453
34-MAVZU: O‗ZBEKISTONDA EKOLOGIK VAZIYATNING
OG‗IRLASHISHI VA OROL FOJIASI. O‗ZBEKISTONDA PAXTA ISHI VA
UNING OQIBATLARI.
REJA:
1. Ekologik muvozanatning buzilishi.
2. Orol dengizining qurishi va uning dahshatli oqibatlari
3. Orolbo‗yi mintaqasida og‗ir vaziyatn ing yuzaga kelishi.
4. Paxta ishi – sovet rejimining O‗zbekistondagi so‗nggi qatag‗on siyosati
Respublika qishloq xo‗jaligida paxta monokultura sifatida rivojlantirildi. 1950-yilda 1,2 mln.
gektar yerga g‗o‗za ekilgan bo‗lsa, 1985-yilda qariyb 2 mln. gektar yerga g‗o‗za ekildi. Paxta xom
ashyosi shu yillarda 2,3 mln. tonnadan, 5,4 mln. tonnaga yetdi. Hosildorilik har gektar hisobiga 20,1
sentnerdan 27 sentnerga ko‗tarildi.
Markaziy hokimiyat Ittifoq mehnat taqsimotida, yagona xalq xo‗jaligi kompleksida
O`zbekistonning asosiy o‗rni paxtachilik ekanligini qat‘iy belgilab qo‗ygan edi. O`zbekistonga og‗ir
vazifa – SSSRning xalqaro maydonda paxta mustaqilligini ta‘minlash vazifasi yuklatilgan edi. Mana
shu boisdan paxta O`zbekistonda monokulturaga, ya`ni hukmron tarmoqqa aylandi. 1985-yilda
respublika paxta maydonlari barcha ekin maydonlarining uchdan ikki qismini egallardi. Andijon,
Farg‗ona, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro viloyatlarida esa uning salmog‗i 70–75 foizga yetardi. Bu holat
ekinlarni ilmiy asoslangan mezonlarga binoan almashlab ekish va tuproq unumdorligini qayta tiklash
imkonini bermas edi.
Paxtachilikda juda zaharli ximikatlar (butifos, merkaptofos) haddan tashqari ko‗p miqyosda
qo‗llanilardi, ularni saqlash va ishlatish qoidalari buzilardi, bunday bedodlikdan odamlar zaharlanadi,
atrof-muhit ifloslanardi, suv, havo va tuproq ham minerallashib zaharlanib bordi. Kasalliklar soni
ortdi, o‗lim, nosog‗lom bola tug‗ilish hollari ko‗paydi.
Paxta og‗ir va mashaqqatli mehnat evaziga yetishtirilardi, dehqonlar ter to‗kib ishlardi, biroq
mehnatiga yarasha haq olmasdilar. Negaki, birinchidan, paxta xom ashyosiga kam haq to‗lanar edi,
ikkinchidan, paxta xom ashyosidan tayyor mahsulotlar tayyorlash asosan boshqa mintaqalarda
amalga oshirilardi, daromadning ko‗p qismini tayyor mahsulotlar tayyorlovchilar olardi, xom ashyo
yetishtiruvchilar nochor ahvolda qolaverardi.
O`zbekiston qishloq xo‗jaligida makkajo‗xori va sholi ham yetishtirilardi. 1970-yillarda barcha
viloyatlarda 18 ta ixtisoslashgan makkajo‗xorichilik sovxozlari tashkil ertildi va makkajo‗xori
yetishtrish sezilarli darajada ko‗paydi. Biroq 80-yillarning o‗rtalarida bu tarmoqqa e‘tibor kamaydi,
makkajo‗xori ekishga ajratilgan ekin maydonlari keskin kamaytirildi. Natijada makkajo‗xori
yetishtirish pasayib, 1985-yilda atigi 443,1 ming tonnaga tushib qoldi. Sersuv va jazirama issiq
bo‗ladigan joylarda sholi yetishtirilar edi. Sholi asosan Chirchiq, Ohangaron, Sirdaryo bo‗ylarida
yetishtirilar edi. O`zbekiston Kompartiyasi MQ va Ministrlar Kengashi 1978-yil noyabrida sholi
yetishtirishni yanada ko‗paytirish to‗g‗risida qaror qabul qildi. Qarorga muvofiq Amudaryoning quyi
qismida – Qoraqalpog‗iston ASSR va Xorazm viloyatida ancha yerlar o‗zlashtirildi va
ixtisoslashtirilgan maxsus sholikorlik sovxozlari tashkil etildi. Birgina Qoraqalpog‗istonda
sholikorlikka ixtisoslashtirilgan sovxozlar soni 19 taga yetdi. 1985-yilda Qoraqalpog‗istonda 323,3
ming tonna sholi tayyrolangan bo‗lsa, Xorazm viloyatida 117,9 ming tonna sholi tayyorlandi.
Toshkent, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatlarida ham sholi yetishtirish ancha ko‗paydi. 1985-yilda
respublika bo‗yicha 482,9 ming tonna sholi tayyorlandi.
Respublikada bug‗doy, arpa yetishtirish imkoniyatlari katta edi. Ammo bu imkoniyatlardan
foydalanilmadi, bug‗doy ekish uchun sug‗oriladigan yer ajratilmadi. Bug‗doy va arpa bahorikor
(lalmikor) yerlarga ekilardi. Hosildorlik gektariga 5-8 sentnerdan oshmasdi. 1985-yilda atigi 387,9
ming tonna bug‗doy yetishtirildi, aholining bug‗doyga bo‗lgan talabi mutlaqo qondirilmasdi,
respublikaga boshqa mintaqalardan bug‗doy keltirilar edi.
Respublika dalalarida shirin-shakar mevalar, uzum, qovun-tarvuz, sabzavotchilik mahsulotlari
yetishtirilar edi. Respublikada 49 ta sovxoz meva va uzum yetishtirishga ixtisoslashtirilgan edi. 1985-
yilda respublikada 206,1 ming gektar mevazor, 133,4 ming gektar uzumzorlar bor edi. Meva
yetishtirish 633 ming tonnaga, uzum yetishtirish 635,6 ming tonnaga ko‗tarildi. Xorazm, Jizzax,
Sirdaryo viloyatlarida ko‗p miqdorda qovun-tarvuz yetishtirilar edi. Termiz tumanida tashkil etilgan
―Navro‗z‖ limonariyasi aholining limonga bo‗lgan ehtiyojining katta qismini qoplaydigan bo‗ldi.
454
Barcha viloyatlarda, ayniqsa yirik shaharlar atrofida sabzavot yetishtirish yo‗lga qo‗yildi. 50-80
yillarda respublikada 45 ta sabzavotchilikka ixtisoslashtirilgan kolxoz, 35 ta sabzavot-sutchilik
sovxozlari tashkil etildi. Sabzavot, kartoshka yetishtirish va poliz ekinlari maydoni 1985-yilda 196,3
ming gektarga yetdi. Shu yillarda kartoshka yetishtirish 240,7 ming tonnaga, sabzavot tayyorlash 2,4
mln. tonnaga, poliz mahsulotlari 790 ming tonnaga ko‗paydi.
Chorvachilik ham o‗sdi. 60-yillarda qoramolchilikka ixtisoslashtirilgan 30 ta sovxoz tashkil
etildi. 70-yillarning ikkinchi yarmida davlat va kolxozlar mablag‗lari hisobiga 45 ming sigir
boqiladigan kichik sutchilik komplekslari, 65 ming buzoq boqiladigan go‗shtchilik komplekslari va
ochiq maydonda 190 ming bosh qoramol boqiladigan 13 ta ixtisoslashtirilgan komplekslar qurildi.
1982-yilda chorvachilik, cho‗chqachilik va sutchilik komplekslari soni 82 taga yetdi. 1985-yilda
xo‗jaliklar 4,1 mln. bosh qoramol, shu jumladan, 1,6 mln. sigirlarni boqib mahsulotlar yetishtirdi.
Buxoro, Jizzax, Navoiy, Qashqadaryo, Samarqand viloyatlari, Qoraqalpog‗iston ASSRda 90
taga yaqin ixtisoslashtirilgan qorako‗lchilik sovxozlarida 5mln.dan ortiqroq qorako‗l qo‗ylari boqilib,
qimmatbaho qorako‗l terilari yetishtirildi. Shuningdek, 3 mln. boshdan ortiqroq xisori va jaydari
qo‗ylar boqildi.
60–70-yillarda parranda go‗shti va tuxum ishlab chiqaradigan 20 dan ortiq yirik parrandachilik
komplekslari barpo etildi, parrandalarni oziqlantirish, ko‗paytirish, tuxum va go‗sht yetishtirish
ishlari mexanizatsiyalashtirildi. 1985-yilda respublikada 33,5 mln. tovuqlardan qariyb ikki mlrd.
dona tuxum olindi.
O`zbekistonda sobiq Ittifoq bo‗yicha yetishtirilgan pillaning uchdan ikki qismi yetishtirilardi.
1985-yilda xo‗jaliklar tomonidan yetishtirilib davlatga sotilgan pilla 32,2 ming tonnaga yetdi.
Shuningdek, yiliga o‗rta hisobda 4 ming tonnaga yaqin asal tayyorlandi. Amudaryo, Sirdaryo va Orol
dengizi qirg‗oqlarida andatra, nutriya, norka va boshqa hayvonlar urchitildi hamda mo‗ynalar
tayyorlandi. Baliqchilik xo‗jaliklari 1985-yilda 26 ming tonna mahsulotlar yetishtirdilar.
Mustabid sovet tuzumi sharoitida dasturulamal bo‗lib qolgan ―Inson tabiatning xo‗jayini‖,
degan soxta mafkuraviy da‘vo, xo‗jalik yuritishning yaroqsiz usullari, tabiiy va mineral xom ashyo
zaxiralaridan vahshiylarcha foydalanish kabi illatlar ekologik muammolarni keltirib chiqardi.
O`zbekistonda yerning nihoyat darajada sho‗rlanishi, tuproq unumdorligining pasayishi, yerning
zaharlanishi va buzilishi, havo bo‗shlig‗i, yer usti va yer osti suvlarining ifloslanishi ekologik muhitni
yomonlashtirib bordi.
Cho‗lu sahrolarni o‗zlashtirish borasidagi dabdabali tadbirlar, paxta monokulturasining
kuchayishi, Amudaryo va Sirdaryo havzalari bo‗ylab sug‗orish tizimlarini jadal suratda qurish ishlari
Orol fojeasini keltirib chiqardi. Orol dengizining sathi qariyb 20 metrga pasaydi, uning sohillari 60–
80 km.ga chekindi, u endi yaxlit dengiz emas, balki ikkita qoldiq ko‗lga aylanib qoldi. Dengizning
suv qochgan 4 mln. gektardan ortiqroq tubi qumli, sho‗rhok sahroga aylandi. Undan kuchli shamol va
bo‗ron orqali ko‗tarilgan tuz, chang-to‗zonlar atrof-muhitni yemirmoqda, odamlar sog‗lig‗ini
yomonlashtirmoqda. Oshqozon raki, tuberkulez, qorin tifi, kamqonlik, siydik yo‗llari va jigar toshi,
qon bosimi va boshqa kasalliklar ko‗paydi. Bolalar va xotin-qizlar o‗limi ko‗payishi kuzatilmoqda.
Yiliga 90 kunlab davom etadigan kuchli bo‗ron tufayli 15–75 mln. tonna tuzli qumlar
atmosferaga ko‗tarilib, 300–500 km. masofaga yoyilmoqda. Orolning qurib borishi ekoligik kulfat
darajasiga aylandi, uning atrofida yashaydigan qariyb 35 mln. kishi xavf-xatar ostida qoldi.
O`zbekiston iqtisodiyotida qishloq xo‗jaligi yetakchi o‗rinni egallaydi. XX-asrning 50–80-
yillarida yerning meliorativ holatini yaxshilash, yangi yerlarni o‗zlashtirish, sug‗orish inshoatlari
qurish avj oldi. KPSS MQ va SSSR Ministrlar Sovetining 1956-yilgi ―Paxta yetishtirishni
ko‗paytirish uchun O`zbekiston SSR va Qozog‗iston SSRdagi Mirzacho‗l qo‗riq yerlarini sug‗orish
to‗g‗risida‖gi, 1958-yilgi ―O`zbekiston SSR, Qozog‗iston SSR va Tojikiston SSRdagi Mirzacho‗lni
sug‗orish va o‗zlashtirish ishlarini yanada kengaytirish va jamoalashtirish to‗g‗risida‖gi qarorlariga
asosan irrigatsiya tarixida birinchi bo‗lib Mirzacho‗lda katta maydonlarda qo‗riq yerlarni
o‗zlashtirish ishlari olib borildi. Yirik ishlab chiqarish bazasi barpo etilib, qurilish ishlari industrial
asosda
olib
borildi.
1956-yilda
qo‗riq
yerlarni
o‗zlashtirish
bosh
boshqarmasi
―Glavgolodnostepstroy‖,
1963-yilda
irrigatsiya
va
sovxozlar
qurilishi
bo‗yicha
―Glavsredazsovxozstroy‖, ularning hududiy boshqarmalari, joylarda trest va qurilish boshqarmalari
tizimi tashkil etildi. Yangi yerlarni o‗zlashtirish jarayoni yangi sovxozlar, ularning xo‗jalik binolari,
aholi yashaydigan posyolkalar bunyod etish bilan olib borildi. 1956–1965-yillarda Mirzacho‗lda 84
ming gektar yer o‗zlashtirildi, 16 ta paxtachilikkka ixtisoslashgan, bitta bog‗dorchilik-uzumchilik
455
sovxozlari tashkil eildi. O`zlashtirilgan hududlarda 1957-yilda Yangiyer va 1961 yilda Guliston
shaharlari vujudga keldi. 1963-yil 16-fevralda markazi Guliston shahri bo‗lgan Sirdaryo viloyati
tashkil etildi. Mirzacho‗l yerlarini sug‗orish, meliorativ holatini yaxshilash tadbirlari amalga
oshirildi. Janubiy Mirzacho‗l kanali qurildi.
Qoraqalpog‗iston avtonom respublikasi, Surxondaryo, Buxoro va Qashqadaryo viloyatlarida,
Markaziy Farg‗ona cho‗llarida ham sugoriladigan dehqonchilikni kengaytirish, irrigatsiya-qurilish
ishlari keng ko‗lamda olib borildi. Qoraqalpog‗istonda yangi sholikorlik sovxozlari ishga tushirildi.
Buxoro viloyatida 1963-yilda Amu-Qorako‗l, Amu-Buxoro mashinakanallari qurilib foydalanishga
topshirildi. Natijada Buxoro viloyatida 90 ming gektar yer, jumladan, 26 ming gektar yangi yer
maydonlari sug‗oriladigan, Qizilqum sahrosida maydoni 300 ming gektardan ortiq yaylovlarga suv
boradigan bo‗ldi. 1953–1963-yillarda Markaziy Farg‗ona cho‗llarida 72,4 ming gektar yer
o‗zlashtirildi, 16 ta yangi kolxoz va 2 ta yangi sovxoz vujudga keldi.
Jizzax, Qarshi cho‗llarini, Mirzacho‗l, Surxon-Sherobod, Quyi Amudaryo yerlarini o‗zlashtirish
ishlari ham avj oldi. Jizzax cho‗lida 70 ming gektardan ortiqroq yangi yerlar o‗zlashtirildi.
O`zlashtirilgan yerlarda Mirzacho‗l, Do‗stlik, Zafarobod, Arnasoy tumanlari tashkil etildi. Sanoat
korxonalari barpo etilgan, aholi zichroq yashaydigan posyolkalar bazasida Paxtakor, Do‗stlik,
Gagarin shaharlari vujudga keldi. 1973-yilda Jizzax viloyati tashkil etildi. Sirdaryo viloyatida yangi
yerlarni o‗zlashtirsh ishlari davom ettirildi. 1966–1975-yillarda 181 ming gektar yangi yerlar
o‗zlashtirildi. Bu yerlarda 55 ta sovxozlar vujudga keldi.
50–60-yillarda Kosonsoy, Qamashi, Farg‗ona, Pachkamar, Chorvoq, Quyimozor, Janubiy
Surxon, Chimqo‗rg‗on, Toshkent, Ohangaron suv omborlari qurildi. 70-yillarda Amudaryo suvi
hisobiga eng yirik Tuyamo‗yin, Kampirrovot daryosi bo‗yida Andijon, Namangan viloyatida Chortoq
va Eskar, Samarqand viloyatida Qoratepa, Surxondaryo viloyatida Surxon suv omborlari barpo etildi.
Katta Namangan, Parkent va boshqa suv omborlari qurildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |