Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


-1991-yillarda  Hindiston



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/160
Sana02.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#309183
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160
Bog'liq
mavzular to'plami

1939-1991-yillarda  Hindiston.
 
Ikkinchi  jahon  urushi  tugashi  bilan  Hindistondagi 
hind  va  musulmon  diniy  jamoalari  o‗rtasida  kelishmovchiliklar  yanada  keskinlashdi. 
Buning  ustiga  urushdan  keyingi  oziq-ovqat  inqirozi  Hindistonni  deyarli  ocharchilik 
holatiga olib kelib, ahvolni juda murakkablashtirdi. Bu holat Buyuk Britaniyani tezroq 
Hindistonni tark etishga majbur qildi. 
Mustaqillikning e‘lon qilinishi. 1946-yil 9-dekabrda Ta‘sis majlisi ochildi. Inglizlar 
Hindistonni ikkita davlatga  — Hindiston va Pokistonga bo‗lish rejasini ishlab chiqdi. 
Aholining hind va musulmon diniy jamoalariga  mansubligi bo‗linish uchun asos qilib 
olindi. 
1947-yil  15-avgust  kuni  ikkita  mustaqil  davlat  —  Hindiston  va  Pokiston  tashkil 
topganligi  e‘lon  qilindi.  Hindiston  hukumatini  Javaharlal  Neru,  Pokistonnikini  esa 
Liikat Alixon boshqardi. 
Hidistonning  bo‗linishi  ko‗plab  muammolarni  keltirib  chiqardi.  Bo‗li-  nish 
paytidagi  mojarolarda  odamlarning  ommaviy  o‗ldirilishi  uzoq  yillarga  Hindiston  va 
Pokiston o‗rtasida o‗zaro dushmanlik hissini shakllantirdi. O‗z yurtini tashlab, boshqa 
hududlarga  ko‗chish  ham  millionlab  kishilar  hayotiga  salbiy  ta‘sir  ko‗rsatdi. 
Musulmonlarni  himoya  qilganlikda  ayblangan  Maxatma  Gandi  hind  mutaassibi 
tomonidan o‗ldirildi. 
M. Gandining o‗limi hindlar uchun juda katta milliy fojia bo‗ldi. Bu fojia jazavaga 
tushgan  olomonni  biroz  jilovladi,  o‗ylab  ko‗rishga,  qon  to‗kishni  to‗xtatishga  majbur 
qildi. 


468 
 
Iqtisodiy  rivojlanish.  Mustamlakachilikning  iqtisodiy  qoldiqlarini  yengib  o‗tish 
oson kechmadi. Hukumat keng islohotlar olib bordi. Iqtisodning barcha sohalari erkin 
bozor siyosatiga jalb qilinib, ular asosini xususiy tadbirkorlik va xususiy investitsiyalar 
tashkil qildi. 
Eng katta islohot agrar sohada o‗tkazildi. Yer unda mehnat qiladigan dehqonlarga 
tarqatildi.  Yerni  ijaraga  berib,  undan  foyda  olishga  asoslangan  tizim  bekor  qilindi. 
Biroq  mehnat  unumdorligi  o‗smadi,  hosildorlik  juda  sekin  o‗sdi,  oziq-ovqat 
muammosi yana uzoq vaqt saqlanib qoldi. 
1950-yillarning  ikkinchi  yarmi  -  1960-yillar  Hindistonda  jadal  industrlashtirish 
boshlandi.  Davlatga  qarashli  yirik  sanoat  korxonalari  qurildi.  Ammo  iqtisodiy  o‗sish 
natijalari aholining o‗sish sur‘atlari oldida juda past bo‗lib, yalpi milliy mahsulotning 
yarmidan  ko‗pi  ichki  iste‘molga  sarf  qilinar  edi.  Natijada  1960-yillarda  sog‗liqni 
saqlash,  ta‘lim,  fan  va  madaniyat  sohalarida  erishilgan  muvaffaqiyatlarga, 
iqtisodiyotdagi  o‗zgarishlarga  qaramasdan,  aholining  yashash  darajasi,  turmush 
madaniyati pastligicha qolaverdi. 
Zamonaviy siyosiy tizimning shakllanishi. XX asrda mustaqillikka erishgan Osiyo 
va  Afrika  mamlakatlari  ichida  Hindiston  muqim  parlament  demokratiyasini 
shakllantira olgan yagona davlat bo‗ldi. 
1949-yili  Hindistonning  yangi  Konstitutsiyasi  qabul  qilindi.  Konstitutsiya  asosiy 
demokratik  erkinliklar,  inson  huquqlari,  kastalar  tengligini,  hokimiyatning  bo‗linishi  
prinsipini e‘lon qildi. 
1960-1970-yillardagi  inqiroz.  1965-yil  Hindiston  bilan  Pokiston  o‗rtasida 
boshlangan urush Hindistonda ichki siyosiy barqarorlikka ham salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. 
Urushni  to‗xtatish  uchun  1966-yili  Toshkentda  Hindiston  va  Pokiston  o‗rtasida 
muzokaralar  bo‗lib  o‗tdi.  Muzokaralar  muvaffaqiyatli  yakunlanib,  Toshkent 
deklaratsiyasi qabul qilindi. 
Shu  davrda  iqtisodiy  qiyinchiliklar  ham  ortib  bordi.  1966  —  1967-yil-  larda 
iqtisodda  turg‗unlik  yuz  berdi.  Keyingi  yillarda  ham  sanoat  o‗sishi  past  darajada 
bo‗ldi.  Mamlakatga  ochlik  doimiy  xavf  solib  turdi.  1960-yillarda  agrar  islohot 
o‗tkazildi.  Ammo  u  ahvolni  sezilarli  yaxshilamadi.  Hind  dehqonlari  hali  ham  ochlik 
darajasida kun kechirardi. 
Shunday holatda bosh vazir Indira Gandi 1970-yillarda bir qator muhim islohotlarni 
amalga  oshirdi.  Ular,  asosan,  iqtisodga  davlat  aralashuvini  kamaytirishga  qaratilgan 
edi.  Natijalar  yomon  bo‗lmadi.  Sanoat  va  qishloq  xo‗jaligining  yillik  o‗sishi  keskin 
oshdi.  1980-yillar  o‗rtalaridan  mamlakat  g‗alla  bilan  o‗zini  o‗zi  ta‘minlay  boshladi. 
Chet el investitsiyalari ham ko‗paydi. 
Ammo  1990-yillar  boshida  Hindistonning  iqtisodiy  ahvoli  yana  yomonlashdi. 
Iqtisodiy o‗sish deyarli to‗xtadi, inflatsiya kuchaydi, ishsizlik oshdi. 
Tashqi  siyosatda.  1950-yillari  «J.  Neru  kursi»  shakllandi.  Bu  buyuk  davlatlar 
o‗rtasidagi mojarolardan chetda turish siyosati edi. J. Neru Qo‗shilmaslik harakatining 
tashabbuskorlaridan  biri  bo‗ldi.  Qo‗shilmaslik  harakati  Hindistonning  butun  XX 
asrdagi tashqi siyosatini belgilab berdi. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish