Buxoro Xalq sovet respublikasining tashkil topishi.
1918-yil mart
voqealari va amirlik hamda tevaragidagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlarning borishi
Buxoro davlatini chuqur tanazzulga duchor etdi. Rossiya shaharlariga yuborilgan
ko‘plab miqdordagi qimmatbaho mollar sotilmay omborxonalarda taxlanib
qoldi.Buning evaziga Rossiyadan keltiriladigan mahsulotlar kelishi to‘xtab qoldi.
Buxoroning Rossiya bilan savdo-sotiq aloqalaridagi bu xil o‘zgarishlar uning
iqtisodiy hayotiga, aholi turmush darajasiga salbiy ta‘sir ko‘rsatdi. Bu esa xalq
norozilik harakatlarining kuchayishiga olib keldi.Amirning Rossiya Federatsiyasiva
Sovet Turkistoni tomonidan o‘z davlatiga nisbatan tahdid va hujumi xavfi
kuchayib borishiga javoban o‘z harbiy qo‘shinini tinmay ko‘paytirishga urunishi
ham aholi yelkasiga og‘ir yuk bo‘lib tushayotgandi.Shuningdek, amirlikning
muxolifatchi va inqilobchi kuchlarga nisbatan shafqatsiz xatti-harakatlari ham
siyosiy tanglikni kuchaytirayotgandi. Bundan esa qo‘shni Turkistonning sovet
matasaddilari ustomonlik bilan foydalanishga urindilar. Ular Buxorodan son-
sanoqsiz oqib kelgan inqilobiy va demokratik kayfiyatdagi kuchlarni ishga solib,
ularning tashkilotlarining tuzilishiga yordam berib, moddiy va ma‘naviy quvvatlab,
―Buxoro inqilobi‖ ni tayyorlab bordilar.
Yosh buxoroliklar partiyasi ishlab chiqqan dasturda tez vaqt ichida feudal-
mustabid tuzumni tugatish, mamlakatda demokratik respublikka tuzish va keng
xalq ommasining tub manfaatlarini ko‘zlab bir qancha ijtimoiy- demokratik
o‘zgarishlarni amalga oshirish vazifalari bayon etilgan edi.
Yosh buxoroliklar tashabbusi bilan 1920-yil iyunidan Toshkentda chiqa
boshlagan ―Uchqun‖ gazetasida ham ilg‘or demokratik g‘oyalar ilgari surildi.
Buxoro xalqini amirning mutlaq tuzumini ag‘darib tashlash uchun faol kurashga
da‘vat etib borildi.
Gap Buxoro amirligini ag‘darish, xalq hokimiyatchiligini tashkil qilish,
demokratik o‘zgarishlar to‘g‘risida borar ekan, bunda sovet hukmdorlarining asl
maqsadlari nimadan iborat edi ? Ularning muddaolari mahalliy xalq kurashchilarini
ishga solib, amirlikka qarshi harakatga safarbar etish edi, ularning tashabbusidan
foydalanib, sovet qo‘shini bilan Buxoroga ochiq hujum uyushtirish edi.Negaki
sovet tomoni ustomonlik bilan ishlab chiqqan rasmiy hujjatlar va yo‘l- yo‘riqlarda
amir Buxorosiga qarshi kurash boshlash tashabbusi faqat mahalliy ―inqilobchi‖
kuchlar tomonidan bo‘lishi kerakligi alohida ta‘kidlangandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |