Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi


 1918-1939-yillarda Afrika mamlakatlari



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/160
Sana02.01.2022
Hajmi1,61 Mb.
#309183
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160
Bog'liq
mavzular to'plami

2. 1918-1939-yillarda Afrika mamlakatlari 
Afrika  qit’asini  keng  ma’noda  ikkita  mintaqaga  bo‘lish  mum  kin: 
Shimoliy  va  Tropik  Afrika.  Afrika  qit’asining  shimoliy  qismi  arab-  islom 
sivilizatsiyasining  bir  qismiga  aylandi.  Bu  hudud  doim  Yaqin  Sharqqa 
intilib  yashaydi  va  shu  bilan  Afrikaning  qolgan  qismidan  farq  qiladi. 
Shimoliy Afrikada Misr, Jazoir, Tunis, Marokash, Liviya joylashgan.
 
Misr.  1922-yili  Buyuk  Britaniya  Misr  ustidan  o‘z  protektoratini  bekor 
qilib,  uning  to‘liq  mustaqilligini  tan  oldi.  1923-yili  qabul  qilingan 
konstitutsiyaga ko‘ra, Misr monarxiya deb e’lon qilindi.
 
1941-yili Misr hududiga Germaniya va Italiya qo‘shinlari kiritildi.
 
Jazoir, Tunis va Marokash Fransiyaning mustamlakalari bo‘lib, Birinchi 
jahon  urushidan  keyin  ham  shu  holat  saqlanib  qoldi.  Jahon  urushlari 
oralig‘ida  Jazoirda  —  Farhod  Abbos,  Tunisda  —  Habib  Burg‘iba, 
Marokashda  —  Abdul  Karim  boshchiligida  milliy-ozodlik  harakatlari  avj 
oldi.  Bu  harakatlar  g‘alaba  qozonmagan  bo‘lsa-da,  mintaqadagi  arab 
xalqlari milliy va siyosiy ongining o‘sishida katta rol o‘ynadi. 
Ikkinchi jahon urushi yillarida ko‘plab musulmonlar Fransiyani qo‘llab-
quvvatladi,  fransuz  armiyasi  safiga  kirdi.  1940-yili  Fransiya 
mag‘lubiyatga  uchragandan  so‘ng  Jazoir  va  Tunis  Germaniya  va  Itali-
yaning xomashyo bazasiga aylantirildi.
 
Liviya.  Birinchi  jahon  urushidan  keyin  Italiya  Liviyaga  ko‘p  ming 
kishilik  qo‘shin  kiritdi.  Liviya  qarshilik  harakati  otryadlari  Italiya 
qo‘shinlariga  qarshi  kurash  olib  bordi.  1931-yili  qarshilik  harakati 
bostirilib, 
uning 
rahbarlari 
qatl 
qilindi. 
Liviya 
Italiyaning 
mustamlakasiga aylantirildi.
 
Ikkinchi  jahon  urushi  yillari  Italiya  Liviyaning  qulay  strategik 
joylashuvidan  foydalandi:  portlar,  aerodromlar,  yo‘llar  qurildi.  Mamlakat 
hududi urush harakatlari maydoniga aylandi.
 
Tropik  Afrika.  Yaqingacha  ko‘pchilik  yevropaliklar  Afrika  tarixini 
nazar-pisand  qilmasdan,  bu  tarix  umuman  bo‘lmagan  deb  hisoblardi.  XX 
asrning  boshlarigacha  Afrika  tarixi  yevropaliklar  nazarida  faqat  qul 
savdosi va iqtisodiy talonchilik bilan bog‘liq edi. 1926-yili Millatlar Ligasi 
tomonidan  qabul  qilingan  «Qullik  haqida»  konvensiyada  qullik  va  qul 
savdosiga ta’rif berilib, ular qoralandi. 
Birinchi jahon urushidan so‘ng Afrikaning janubiy va markaziy qismida 
joylashgan  hududlar  Buyuk  Britaniyaga  qarashli  bo‘lib,  uning 


443 
 
mustamlakalarida  Afrika  umumiy  aholisining  katta  qismi  istiqomat 
qilardi.
 
Fransiya  Afrika  qit’asining  katta  hududini  egallab  olgan  bo‘lsa-  da, 
Fransiya mustamlakalarining asosiy qismi G‘arbiy va Ekvatorial Afrikada 
joylashgan va ancha qismi Sahroyi Kabirga to‘g‘ri kelardi.
 
Qolgan  hududlarni  Belgiya,  Portugaliya,  Ispaniya  va  Italiya  o‘zaro 
bo‘lishib olgandilar.
 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   160




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish