8.2-rasm. 24.3706 datchik-taqsimlagich:
a-umumiy ko'rinish; b-magnitoelektrik datchik.
1-taqsimlagich qopqog'i; 2-yugurdak (begunok); 3-starteming qutbli uchlari; 4-starter chulg'ami; 5-datchik rotori; 6-markazdan qochma rostlagich; 7-magnit; 8-bronzali vtulka; 9-o‘rnatish belgilari; 10-kontakt plastinasi; 11-starter chulg'amining uchlari.
Impulslarning magnitoelektrik datchigi bir fazali o‘zgaruvchan tok generatori bo‘lib, rotor va startyordan tashkil topgan (8.2-rasm,a). Datchik rotori halqasimon muttasil magniti va magnitli yumshoq po‘latdan tayyorlangan qutb uchlari bo‘lgan sakkiz qutbli tizimdan iborat. Datchik startyori esa (8.2-rasm, b) halqasimon chulg‘amdan iborat. Startyordagi qutb-uchliklar juftligi soni huddi rotordagi kabi dvigatel silindrlari soniga teng. Rotor aylanganda datchik chulg‘amini kesib o‘tuvchi magnit oqimi o‘zgaradi va sinusoidal kuchlanish impulslari tranzistorli kommutatorning “kirishi”ga boradi. Birinchi silindr porsheni YCHN da bo‘lganda o‘t oldirishning boshlang‘ich paytini o‘rnatish uchun rotor va startyorga radial chiziqlar qo‘yilgan. Ularning bir-biriga to‘g‘ri kelishi kontaktli o‘t oldirish tizimidagi uzgich kontaktlarining ochilish paytiga mos keladi.
Б116 o‘t oldirish g‘altagi ichiga moy to‘ldirilgan, germetiklangan va chulg‘amlari elektrik ajratilgan chizma bo‘yicha tayyorlangan. G‘altakning transformatsiyalash koeffitsiyenti W2/W1=154.
Qo‘shimcha rezistorlar bloki 14.3729 ikkita rezistordan iborat bo‘lib, ular nixrom simdan spiralsimon ko‘rinishda tayyorlangan va metall korpusga joylashtirilgan. Blokning chiqishlari С. К belgilanishlarga ega. Dvigatelni yurg`azishda Rд1 rezistor qo‘shimcha rezistor vazifasini bajarib, startyorni ulovchi qo‘shimcha rele kontaktlari bilan (deyarli) uzib qo‘yiladi. Rд2 doimiy ulanib hamda birlamchi zanjirdagi tokni cheklab turadi. Chunki, o‘t oldirish g‘altagidagi birlamchi cho‘lg‘amning qarshiligi tranzistorli tizimlar uchun pasaytirilgan (kommutatordagi chiqish tranzistorning ochilishi va yopilishida, birlamchi chulg`amdagi EYKni kamaytirish maqsadida birlamchi chulg‘amning o`ramlari soni kamaytirilgan).
Tranzistorli 13.3734 kommutatori o‘t oldirish g‘altagini birlamchi cho‘lg‘amidagi (maksimal qiymati 7A bo‘lgan) tokni kommutatsiyalash uchun mo‘ljallangan bo‘lib, sakkiz uchqunli datchik-taqsimlagich valining 20 dan 1825 min-1 gacha bo‘lgan aylanishlar chastotasida uzluksiz uchqun hosil bo‘lishini ta’minlaydi.
Tranzistorli kommutator ikkita kaskaddan , ya’ni VT1, VT2 tranzistorlar qatnashgan hosil qiluvchi (shakllantiruvchi) va kollektorining zanjiriga o‘t oldirish g‘altagining birlamchi WI cho‘lg‘am i ulangan VT3 tranzistor qatnashgan chiqaruvchi kaskadlardan iborat (8.1-rasmga qarang).
Impuls datchigining (1) rotori qo`zg'almay turganda va o‘t oldirish uzgichi (6) ulangan paytda kirish tranzistori VT1 yopiq bo`ladi, chunki uning bazasiga musbat qutblangan signal yuborilmaydi. Shuning uchun VT2 tranzistor bazasiga VD4 diod hamda R8 va R6 rezistorlar orqali kirib kelgan musbat kuchlanish hisobiga ochiq bo‘ladi. Tok batareyaning musbat qutbidan o‘t oldirish uzgichi (6), VD4 diod, R8 va R7 rezistorlar, VT2 tranzistorning kollektor-emitter o‘tishi, R9 rezistor orqali “massaga” va undan batareyaning manfiy qutbiga o‘tadi. VT2 tranzistorning emitter toki, kollek tor-emitter o‘tishi o‘t oldirish g‘altagining (3) birlamchi chulg‘amiga ketma-ket ulangan VT3 chiqish tranzistorini ochadi. Birlamchi I, tok zanjiriga batareyaning (7) musbat qutbi, o‘t oldirish uzgichi (6), qo‘shimcha rezistorlar bloki (4), o‘t oldirish g‘altagining (3) birlamchi Wl chulg‘ami, VT3 tranzistorning kollektor-emitter o'tishi, “massa” va batareyaning manfiy qutbi kiradi.
Impulsli datchik (1) rotori aylanganda, uning chu1g‘amida sinusoidal kuchlanish hosil bo'ladi. Bu kuchlanish tranzistorli kommutator va R2 rezistor, VD2 diod, R3-C1 zanjir orqali VTl tranzistor bazasiga yuboriladi. Musbat kuchlanish impulsini VTl tranzistor bazasiga kirib kelishi, uning ochilishiga olib keladi. VD4 diod - R8, R6 rezistorlar - VTl tranzistorning kollektor-emitter o‘tishidan iborat zanjirdan o‘tgan tok, VT2 tranzistor bazasidagi tokni qariyb nolga qadar pasaytiradi va tranzistor uzib qo‘yish rejimiga o‘tib yopiladi. Bu esa avtomatik ravishda VT3 chiqish tranzistorining yopilishiga olib keladi. O‘t oldirish g‘altagining birlamchi Wl chulg‘amidagi I, tok keskin kamayadi va ikkilamchi W2 chulg`amda, taqsimlagich (8) rotori vositasida o‘t oldirish svechalariga (9) taqsimlanadigan yuqori kuchlanish hosil bo‘ladi. Datchik (I) signalining manfiy yarim to‘lqini VT2 tranzistorni ochib, VTl tranzistorni yopadi. VT2 tranzistorning ochilishi VT3 chiqish tranzistorini avtomatik ravishda ochilishiga olib keladi va yuqorida yozilgan jarayon yana takrorlanadi.
Kommutatorda chizmani ishlash sharoitini yaxshilash va himoya etish uchun xizmat qiluvchi bir qator qo‘shimcha elementlar bor. Kommutator chizmasining kirishi va chiqishi oralig‘iga musbat teskari bog‘lanish (RIO, C7) zanjiri ulangan bo‘lib, u VTl kirish tranzistorining ochilishini tezlashtiradi. Bu esa taqsimlagich valigining uzluksiz uchqun hosil bo‘lishi boshlanadigan minimal aylanishlar chastotasini sezilarli darajada pasaytirishga (20 min-1 gacha) yordam beradi. S1 kondensator va R3 rezistor, dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi o‘zgarganda, uchqun hosil bo‘lish paytining siljishini kompensatsiyalaydi. Uchqun hosil bo‘lishning siljishi shunga bog‘liqki, dvigatel tirsakli valining aylanishlar chastotasi ortganda datchikning chiqish kuchlanishi (datchik-taqsimlagich valigining kichik burilish burchagida ham) VTl kirish tranzistorini ocha oladigan qiymatga erishadi. Binobarin, VT3 chiqish tranzistori ertaroq yopilishi ro‘y beradi, bu esa o‘t oldirishni ilgarilatish burchagini noma’qul ortishiga olib keladi. VD3 stabilitron va R4 rezistor, tranzistorli kommutatorni ta’minlash zanjiridagi ortiqcha kuchlanishlardan himoya qiladilar. Akkumulator batareyasining qutblari noto‘g‘ri ulanganda VD4 diod kommutatorni himoya qiladi.
O`t oldirish g‘altagining birlamchi chug`amida yuzaga keluvchi ortiqcha kuchlanishdan VT3 chiqish tranzistorini himoya qilish C6 kondensator vositasida bajariladi. C2, C3 va C5 kondensatorlar kommutator tranzistorlarining baza-emitter o‘tishlarini kuchlanishlar chayqalishidan himoya qilib, ularni yolg‘ondakam ishlab ketishiga barham beradi. Ta’minlash kuchlanishining filtri sifatida S4 kondensator ishlatiladi.
Halokat vibratori 51.3747, tranzistorli kommutator 13.3734 yoki impulsli datchik ishlamay qolganda, kontaktsiz o‘t oldirish tizimini qisqa muddat (30 soatgacha) ishlashi uchun mo‘ljallangan. Vibrator ishlaganda yuqori kuchlanishlarni svechalarga yuborish payti taqsimlagich rotori bilan belgilanadi va har bir svechaga uchqunlar seriyasi (turkumi) yuboriladi.
Xoll datchigi ishlatilgan elektronli o‘t oldirish tizimi BA3-2108, 2109, 3A3-1102 kabi yengil avtomobillarda qo`llaniladi. BA3-2108, 2109 avtomobillarining o‘t oldirish tizimi tarkibiga 40.3706 datchik - taqsimlagich, 36.3734 yoki 3620.3734 turidagi elektronli kommutator, 27.3705 o‘t oldirish tizimi va А17ДВ-10 yoki А17ДВР o‘t oldirish svechalari kiradi. Ushbu tizim konstruksiyasining o‘ziga xos tomonlariga va chizma yechimlariga quyidagilar kiradi:
• datchik-taqsimlagich valigi gorizontal joylashgan va u dvigatel taqsimlash valining tores qismidan harakatlantiriladi;
• dvigatel tirsakli valining vaziyatini bildiruvchi datchik sifatida Xoll effektiga (ta’sir kuchiga) asoslangan mikroulagich qo`llanilgan;
• kommutatorda dvigatel tirsakli valining kichik chastotali aylanishlarida tok kuchini cheklagan holda o‘t oldirish g‘altagiga energiya to‘planish vaqtini rostlovchi tizimlardan foydalanilgan;
• ta’minlash kuchlanishi 6V dan ISV gacha o‘zgarganda kommutatsiyalangan tok stabillashtiriladi;
• o‘t oldirish uzgichi ulangan, lekin dvigatel ishlamayotgan bo`lsa, tizim o’chirib qo’yiladi (2-7 sonyadan so‘ng).
Do'stlaringiz bilan baham: |