Muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi
“AVTOMOBIL DVIGATELLARIGA TEXNIK XIZMAT KO’RSATISH VA TA’MIRLASH”
ICHT ustasi: ____________ R.Jo`rayev 6-MAVZU: O`t oldirish tizimining umumiy tuzilishi va ishlash tartibi Reja: 1. O`t oldirish tizimini 2. Batareyali o‘t oldirish tizimi 3. Yondirish svechalari O’t oldirish tizimi quyidagicha tasniflanadi: 1. Uchqun hosil qilishni sinxronizatsiyalash bo’yicha –kontaktli va kontaktsiz. 2. Energiyani to`plash (yig`ish) bo’yicha – indupitiv va sig`imli. 3. Birlamchi tok zanjirini uzib – ulash usuli bo’yicha – mexanik va tranzistorli. 4. Yuqori kuchlanish impulsini taqsimlash usuli bo’yicha – mexanik va elekton taqsimlash. Endirishni ilgarilitish burchagini rostlash usuli bo’yicha –mexanik avtomatlar va elektron rostlagichlar. Energiyani indukitiv usulida yig`adigan (yondirish g`altaklari orqali), sinxronizatsiyalanishni kontakt usulida, impulslarni mexanik usulida taqsimlaydigan va yondirishni ilgarilatish burchagini mexanik avtomatlar yordamida rostlaydigan o’t oldirish tizimiga klassik yoki batareyali deb ataladi va hozirgi vaqtda keng tarqalgan. Batareyali o‘t oldirish tizimi. Ushbu tizim quyidagi asosiy asboblardan iborat: o`zgarmas tok manbai (akkumulyator yoki generator), uzgich – taqsimlagich, kondensator, yondirish g`altagi va yondirish svechalari. Aytib o`tilgan asboblar ikkita elektr zanjirni tashkil qiladi: birlamchi va ikkilamchi. Birlamchi tok zanjiri quyidagilardan iborat: energiya manbai G, uzgich, yondirish g`altagining birlamchi chulg`ami L1 va uzgich kontaktlariga paralel ulangan kondensator C1 dan iborat. Ikkilamchi tok zanjiri: yondirish g`altagini ikkilamchi chulg`ami L2 dan, yondirish svechalaridan va yuqori kuchlanish tokni o`tkazuvchi simlardan iborat. Batareyali yondirish tizimini ishlash uslubi. Uzgich konaktlari Pr (7rasm) kulachok (mushtcha)K tomonidan mexanik ravishda uziladi, kulachok uz navbatida dvigatelni taksimlash validan xarakat oladi va shuning uchun xam shu tirsakli valdan ikki barobar sekinrok aylanadi. Yondirish kaliti ochilib kontaktlar bir biriga ulanib turganida birlamchi zanjirdan tok utaboshlaydi, buning natijasida yondirish galtagini birlamchi chulgam atrofida, uzakdan chiqqan magnit maydonini kuch chiziklari xosil buladi. Magnit maydonini kuch chiziklari birlamchi chulgan bilan birga ikkilamchi chulgam L2 ni uramlariga xam kirib utadi. Yondirish galtagi kuchlanishni kuchaytiruvchi transformator vazifasini bajaradi. Agar birlamchi chulgamda kuchlanish 10…12 Vni tashkil kilsa, ikkilamchi chulgamda kuchlanish 300…400V gacha oshadi. Yondirish svechasini elektrodlari orasidagi havo masofasidan (tirqishdan) elektr uchquni o`tishi uchun kamida 16000…20000 V kerak bo`ladi. Bunday yuqori kuchlanish impulsi birlamchi tok zanjiri uzgich kontaktlari tomonidan uzilishi bilan hosil bo`ladi, chunki tok yo`nalishi bilan matn maydonini kuch chiziqlari ham keskin yo`qola boshlaydi. Magnit kuch chiziqlari katta tezlikda o`zak tomonga intilish jarayonida ikkilamchi chulg`am o`ramlarini kesib o`tadi. Buning natijasida ikkilamchi chulg`amda 16…25 kV gacha yuqori kuchlanishli elektr yurituvchi kuch (EYuK) hosil bo`ladi va shu tufayli yondirish svechasi elektrodlari orasidan elektr uchqun o`tadi. Birlamchi tok zanjiri uzilganda yondirish g`altagini birlamchi chulg`amida ham 200…400V o`z-o`zini induktsiyalash EYuK toki hosil bo`lib, uning yo`nalishi ikkilamchi chulg`amdan chiqgan tokga qarama-qarshi bo`ladi. Shuning uchun bu tok ochilib turgan uzgich kontaktlari orasidan uchqunlanib o`tishiga olib ketadi, natijada ular tez -tez kuyib, kichik kuchlanishli tokni o`tkazishi mumkin. Kontaktlarga paralel ulab qo`yilgan kondensalitor S1 o`z-o`zini induktsiyalash EYuKni o`ziga qabul qilib kontaklarni qo`yishdan saqlaydi. Undan keyin kondensatordagi tok birlamchi chulg`am orqali razryadsizlanishi natijasida ikkilamchi chulg`amda tok hosil bo’lishiga olib keladi. Bu razryadsizlanish indukitiv fazasini uzoqroq davom etishiga olib keladi, bu hol o`z navbatida aralashmani yaxshiroq yonishini ta`minlaydi. Yondirish svechalari juda qiyin sharoitda ishlaydi, berilgan uchqunni harorati 10000Kni tashkil qiladi, kuchlanishi esa 25…30kV gacha yetadi. Yonish kamerasidagi harorat 2800K gacha ko`tarilishi mumkin. Bunday sharoitlarda ishlaydigan yondirish svechalari: elektr erroziyaga chidamli bo’lishi; haroratini qisqa vaqtda past va yuqori miqdorda o`zgarishiga chidamli bo’lishi; yuqori izolyatsiyalash va germetik xususiyatlariga ega bo’lishi; yonish kamerasida joylashgan svechani pastki qismidan issiqlikni silindrlar kallagiga yaxshi uzatishi va elektrodlarni o`zidan-o`zi tozalanishi mumkin bo’lishi kerak. Svechalar silindrlar kallagiga burab qo`yiladi. Svechani metaldan tayyorlangan qismiga markaziy elektrodi mavjud izolyator parchalanib mahkamlangan. Yon elektrod svecha korpusiga payvandlangan. Markaziy elektrod 13X25T yoki X20N80 rusumli po`latdan tayyorlangan, yon elektrod esa NMts-5 rusumli qotishmadan tayyorlanadi. Svecha sovitilishini yaxshilash maqsadida (svechani 90% issiqligi uning rezbali qismi va korpusining pastki xalqasi orqali silindrlar kallagiga uzatiladi) uning korpusi va izolyator orasiga issiqlik o`tkazuvchi xalqa, svecha korpusi tagiga esa misdan yasalgan zichlagich xalqa o’rnatiladi. Svechada uzatiladigan issiqlik miqdorini cheklash uchun issiqlikdan zo`riqish darajasi turlicha bo’lgan dvigatellarga turli kalil sonli svechalar o’rnatiladi (tavsiya qilinadi). Kalil soni 100…260 bo’lgan svechalar ― “issiq’’ deb aytiladi va ko`p hollarda oddiy avtomobil dvigatellariga o`rnatiladi. ''Covuk” deb ataladigan svechalarni kalil soni 280…500 bo`lib zo`riqlashtirilgan (forsirlashtirilgan) dvigatellarda ishlatiladi. Kalil soni qancha katta bo`lsa, svechalar izolyatori (muxofazaligichi) shuncha kam qiziydi. Shunday qilib ko`p issiqlik qabul qiladigan svechalarga ―sovuq va kam issiqlik qabul qiluvchi svechaga ―issiq svecha deb aytiladi. Odatda kalil soni bir silindrli moslamada eksperimental yo`l bilan aniqlanadi. Qishloq xo`jaligida foydalanadigan zamonaviy avtomobil dvigatellarida 8:11:14:20:23:26: kalil sonli svechalar qo’llaniladi. Svechalar quyidagicha nomlanadi, masalan A17DV (VAZ avtomobil dvigatellarida) -A- svecha rezbasining diametrini bildiradi, M14x1,25. Birinchi xarfi M bo`lsa svecha rezbasi M18x1.5 bo`ladi: -17- svechani kalil sonini bildirib, ushbu raqamni o`nga ko`paytirilib kalil soni aniqlanadi (17x10=170): -D, sondan keyingi birinchi xarf–svechani rezba qismining uzunligi 19mm ligini bildiradi agar bu xarf N bulsa rezba qismining uzunligi 11mm ligi bildiradi: -V oxirgi harf – izolyatorni (muxofazaligich) turishligini bildiradi. Agar svecha nomlanishidagi oxirgi harf bo`lmasa izolyatorni issiqlik konusi svecha korpusi uchidan chiqib turmasligini bildiradi. Yondirish g`altagi – kuchaytiruvchi avtotransformator vazifasini bajarib, akkumulyator yoki generatordan kiritilgan 12V li past kuchlanishli tokni g`altakdan chiqishda 20…24 ming V kuchlanishga aylantirish uchun xizmat qiladi. Yondirish g`altagiga 0,35mm qalinligidagi transformatorli bir nechta po`lat plastinalardan tashkil topgan o`zak o’rnatilgan. Uzakga har bir qatlam o’ralgan sim orasida muxofazalagich qistirmalar qo`yib 18…25 ming o`ramli ikkilamchi chulg`am joylashtiriladi. Uning ustidan 220…300 o`ram birlamchi chulg`am o`ralib joylashtiriladi. Birlamchi va ikkilamchi chulg`amlar sonidan ma’lumki transformatsiya koeffitsienti 62…80 teng (18…25): (220…300) Birlamchi chulg`am o`ramlarini ust tomonda o’ralganligi uni yaxshiroq sovitilishini ta`minlaydi. Birlamchi chulg`amni tashkil qiluvchi mis simning qalinligi 0,52…0,86mm ni, ikkilamchi chulg`am o`ramidagi mis simning qalinligi 0,07…0,09mm ni tashkil qiladi. Yondirish g`altagi akkumulyator batareyasida dvigatelni yurg`azib yuborishda bo’ladigan 6…8V kuchlanishli tokda ishlashga mo`ljallangan. Dvigatel o`t olib ishlab kengaygandan so`ng tegishli kuchlanishni qo’shimcha rezistor ta`minlayda, dvigatelni yurg`azib yuborish esa uning ikki uchi bir biriga starterni elektr yuritmasi kontaktlari yordamida to`gridan-to`gri ulanib elektr toki rezisitor orqali o`tmasdan yondirish kallagi birlamchi chulg`amiga yo`naltiriladi. Download 3,99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |