Bugun men avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq
bo'laman.
Mening maqsadlarim buyuk, lekin bu narsa meni cho'chitmaydi. Men
orzuyimga yetguncha, ko'p marotabalab qoqilishim mumkin.
Qoqilgandan keyin men albatta turaman, chunki hamma odamlar ham
kerakli manzilga yetguncha, ko'p martalab adashadilar. Faqat,
chuvalchang qoqilmaydi, ammo men chuvalchang emasman, o'simlik
emasman, qo'y emasman, men- insonman. Boshqalar o'z qorgan loyidan
xujra qursin, men esa o'zimnikidan saroy quraman.
Bugun men avvalgidan yuz baravar ko'proq hurmatga loyiq
bo'laman.
Don yerdan o'sib chiqishi uchun avvalambor quyosh yerni qizdirishi
kerak, mening orzularim ro'yobga chiqishi uchun esa, mana shu
o'ramalardagi so'zlar mening hayotim mazmuniga aylanishi kerak. Men
bugun kechagidan ko'ra yaxshiroq bo'laman. Bugun men mo'ljallagan
tog'imda imkonim boricha balandroq ko'tarilaman, ertaga esa-
bugungidan balandga chiqaman, indin esa, ertadanda balandroqqa
ko'tarilaman.
Do'stlaringiz bilan baham: |