1
Muvaffaqiyat
Omad va muvaffaqiyat sirlari
Dunyoning eng
buyuk savdogari
OG MANDINO
2
3
BIRINCHI QISM
Xafid bronzadan ishlangan oynaning oldida to'xtab o'z aksini tomosha
qildi-yu, asta shivirladi. "Faqat ko'zlargina o'z yoshligini saqlab
qolibdi",- keyin orqasiga aylandi-yu, zalning burchagiga oxista yurib
ketti. Kumush va va oltin suvi yugurtirilib bezatilgan shiftlarni ushlab
turgan, qora daraxtdan qilingan ustunlarning yonidan, esa fil suyagidan
va qimmatbaho daraxtlardan ishlangan naqshinkor stollar yonidan
oyoqlarini sudrab o'tib bordi. Yumshoq o'rindiqlarda va devorlardan
toshbaqa suyagidan ishlanib, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan zebu-
ziynatlar tovlanib, ko'zni qamashtirar edi. Marmar favvora atrofini
bronza idishdagi ulkan palmalar o'rab olgan, qimmatbaho toshlar bilan
bezatilgan
guldonlar, ichidagi gullar bilan go'zallikda
musobaqalashayotgandek edi. Bu saroyga qadam ranjida qilgan har bir
odam ushbu hashamatli maskanning haqiqiy egasi badavlat odam
ekanligiga shubha qilmasdi. Chol yopiq bog'dan o'tib, anchagina katta
bo'lgan omborxonasiga kirdi. Kiraverishda uni bosh xazinaboni Erasmus
kutib turardi.
-Assalomu alaykum, xo'jayin.
Xafid bosh irg'adi-yu, o'z yo'lida davom etdi. Har xil noxush hayollar
iskanjasida bo'lgan Erasmus uning ketidan borardi. Uni xo'jayinning bu
yerda uchrashuv tayinlagani sarosimaga solib qo'ygan edi. Yangi
keltirilgan mollar solingan aravalarning yonida Xafid bir zum to'xtab
o'tdi. Xizmatchilar mollarni aravadan tushurib, sanab keyin
4
omborxonalarga joylashtirayotgan edilar. Bu yerda nafis matolar jun;
pergament; asal; O'rta Osiyoning yog'i va gilamlari, shu yerda ishlab
chiqarilgan shisha va malham, anjir va yong'oq; Palmiradan keltirilgan
mato va dorilar; Arabistondan keltirilgan ziravor va qimmatbaho
toshlar; don, qog'oz va Misrdan keltirilgan qurilish anjomlari;
Vavilondan keltirilgan kashtalar; Rimdan keltirilgan san'at haykallari
bor edi. Havoni malhamning xidi tutgan edi, lekin qari Xafidning sezgir
burni bu havodan shirin mayizning, olmaning, pishloq va anjirning
yoqimli hidini ilg'ab olgan edi.
Nihoyat u Erasmusga o'girildi.
-Qariya, hozir g'aznada qancha pul bor?
Erasmusning quti o'chdi.
-Hammasi bo'libmi xo'jayin?
-XA, hammasi bo'lib.
-Uzil-kesil hisoblab ko'rganim yo'g'-u, lekin taxminimcha yetti
million oltin talantga yetsa kerak,
-Omborxonadagi va do'konlardagi hamma mahsulotlarni oltinga
aylantirganda qancha bo'ladi?
-Bu yilgi hisob-kitob tugagani yo'q lekin chamamda yana uch million
talant bo'lar.
Xafid boshini silkib qo'ydi.
5
-Boshqa mol sotib olma. Aksincha, menga tegishli bo'lgan hamma
mol-u davlatni sotishga tayyorla, men hamma narsamni oltinga
aylantirmoqchiman.
Xazinabon angrayib qolganidan bir og'iz ham so'z aytolmas edi.
Nihoyat u o'ziga kelib gap boshladi:
-Men sizni tushuna olmayapman, xo'jayin. Axir bu yil biz uchun eng
omadli yil bo'lgan edi-ku. Har bir do'konchi o'tgan yilgidan ancha ko'p
foyda qilgani haqida xisobot berdi. Rim legionerlari ham bizning
xaridorlarimizga aylandilar. Ular bizdan ikki hafta ichida ikki yuzta arab
arg'umog'ini sotib olishdi. Meni kechiring xo'jayin lekin sizning bu
buyrug'ingizni tushuna olmayapman...
Xafid jilmayib, asta Erasmusning qo'lini siladi.
-Mening aziz do'stim, mening senga bergan eng birinchi buyrug'imni
eslay olasanmi?
Erasmusning tundlashgan yuzi asta-sekin yorisha boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |