Metaforalardan bizni hayajonga soluvchi obraz yaratuvchi adabiy ma’no to‘qiladi va badiiy asarning obrazi bizga hissiy ta’sir o‘tkazadi. So‘zlar qo‘shimcha ma’nolar, stilistik bo‘yoqlar oladi, badiiy adabiyotni o‘qiy turib, atrofimizni o‘rab oladigan o‘zgacha dunyoni yaratadi. Nafaqat badiiy, balki og‘zaki va so‘zlashuv nutqida ham nutqning ishonarliroq, hissiyroq, obrazliroq bo‘lishi uchun barcha ifoda vositalaridan hech o‘ylamasdan foydalanamiz. Nutqimizning o‘ziga xos ifodaliligini metaforalar beradi.
Metafora - bu mavjud ma’nolar tili asosida dunyoning lisoniy su’ratini
yaratish usulidir. Metaforalar bir necha xilda bo‘ladi:
a) qotib qolgan, quruq yoki tarixiy metafora: qayiqning tumshug‘i, ignaning teshigi va boshqalar;
b) Frazeologizmlar - ko‘pgina til ifodalovchilari xotirasidagi obrazli qat’iy so‘z birikmalari bo‘lib, metaforik, hissiy, emotsional xarakterga ega: tutashgan doira, xippa bo‘g‘ish, avag‘amning avag‘asi va boshqalar.
c) Yolg‘iz metafora: daydi yurak
d) Kengaytirilgan metafora: Va mana tushumda huddi yuragim og‘rimayotgandek tuyuldi. U - sariq Xitoyda chinni qo‘ng‘iroq edi.
e) An’anaviy-sh’eriy metafora: sevgi olovi, hayot ertasi;
f) Individual-mualliflik metaforasi: yo‘lakning bukrisi
Metaforalar bir vaqtning o‘zida jonlantirish, kinoya, perifraza, mubolag‘a, litota, meyozis, va boshqa obrazli so‘z bo‘lishi mumkin.
Metafora so‘zi yunon tilidan “ko‘chirish” ma’nosini anglatadi. Bunda nomning bir predmetdan boshqasiga ko‘chirilishi nazarda tutiladi. Shunday ko‘chirish amalga oshishi uchun, bu predmetlarda qandaydir o‘xshashlik bo‘lishi kerak, yani ular bir-biriga qaysidir qirrasi bilan o‘xshashi va bir-biriga bog‘langan bo‘lishi kerak. Metafora - bu qandaydir belgilariga ko‘ra ikki predmet yoki hodisaning o‘xshashligi asosida ma’no ko‘chishida ishlatiladigan so‘z yoki ibora sanaladi. Bir predmetdan boshqasiga ma’no ko‘chishi natijasida obraz yaratiladi.
Metafora - she’riy, badiiy nutqning yorqin ifoda vositalaridan biri sanaladi. Lekin uning mavjud emasligi, bu badiiy asarda ifodalilik yo‘qligini anglatmaydi. So‘z va so‘z birikmalarining metaforik ma’nosi orqali yozuvchi dunyoga qarashlarini ko‘rsatish bilan individuallik, o‘zining shaxsiy assotsiativ fikrlash xarakteri, predmetlar takrorlanmasligini yuzaga chiqaradi. Metaforalar sodda va kengaygan bo‘ladi. Yigirmanchi asr she’riyatida kengaygan metaforalardan foydalanish qaytadan tiklanadi, sodda metaforalar xarakteri esa shunga mos ravishda o‘zgaradi.
Metanimiya - yunon tilidan olingan bo‘lib, qayta nomlash degan ma’noni anglatib, bir predmetga boshqasining nomini ko‘chiradi. Bu bir so‘zning boshqasiga ikki predmet, tushuncha orasidagi bog‘liqlik asosida almashtirishi ko‘zda tutiladi. Metanimiya bir belgining boshqasiga, ko‘chma ma’noni o‘z ma’nosiga qo‘yishni o‘zida jamlaydi. Masalan: Men uch likopcha yedim. (Likopchada sho‘rva yedim) Bu ko‘chma ma’nolarni aralashtirish mumkin, chunki bir xil nomga ega predmetlar, yonma-yon joylashganda, o‘zaro bog‘liqlik kasb etadi. Bu zamon va makonda bog‘liqlik bo‘lishi mumkin. Bunday nomlarning ko‘chishi metanimik ma’no ko‘chishi deb nomlanadi.
Sinekdoxa - yunon tilidan olingan bo‘lib, bog‘liqlik ma’nosini anglatadi. Sinekdoxa - metanimiyaning bir turi sanaladi. Ma’no ko‘chishi bo‘lak orqali butun, butun orqali bo‘lak, kichik orqali kattasi, kattasi orqali kichigi anglatilganda sodir
bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |