Mutola a adabiyot nadir? Abdulhamid Cho‘lpon



Download 78,34 Kb.
bet5/7
Sana07.04.2022
Hajmi78,34 Kb.
#533419
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
M U T O L A A uchun

OSSURIYA SHOHI ASARXADON
(Hikoya)
Lev Tolstoy
Ossuriya shohi Asarxadon shoh Lailie mamlakatini bosib oldi,
shahar-qishloqlarini beomon talab, yoppasiga o‘t qo‘ydi, aholisini qul
qilib, mulkiga haydab keldi, qo‘shinini yakson etib, Lailiening o‘zini
qafasga soldi.
Shoh Asarxadon kechasi xobxonada yotgancha, Lailieni qatl etish
yo‘lini qidirar ekan, bexos shitir etgan ovozni eshitdi va ko‘zini ochib,
ustida oppoq soqoli ko‘ksiga tushgan, ko‘zlari beozor boqib turgan bir
cholni ko‘rdi.
— Lailieni qatl etmoqchimisan? — deb so‘radi chol.
— Ha, — deb javob berdi shoh, — shu topda uni qanday qatl
etsam ekan, deb o‘ylab turgan edim, o‘zi-a.
— Lailie, axir, o‘zingsan-ku, — so‘z qotdi chol.
— Bekor gap, — dedi shoh, — men – menman, Lailie esa –
Lailie.
— Lailie bilan sen asli bir odamsizlar, — dedi chol, — faqat
sening ko‘zingga boshqa-boshqa bo‘lib ko‘rinyapsizlar, xolos.
— Ko‘zingga shunday ko‘rinyapti, xolos, deganing nimasi?! —
dedi shoh. — Men, mana, parqu ko‘rpada huzur qilib yotibman, sodiq
g‘ulomu joriyalarim amrimga muntazir, ertaga ham bugungidek do‘styorlar bilan yana kayf-safo qilaman, Lailie bo‘lsa, ana, tutqin qushga
o‘xshab qafasda o‘tiribdi, ertaga qoziqqa o‘tqazilsa, tili og‘zidan osilib
tushadi va tanasi og‘riqdan ming bor burishib-tirishadi, oxiri esa o‘ligi
itlar oldiga tashlanib, tilka-pora qilinadi.
— Sen Lailieni hayotidan mahrum etolmaysan, — dedi chol
qat’iyat bilan.
— O‘n to‘rt ming askarni halok qilganim va jasadlaridan qo‘rg‘on
tiklaganim-chi? — dedi shoh. — Mana, men – borman, ular – yo‘q.
Demak, Lailieni ham hayotidan mahrum eta olaman.
— O‘sha askarlar yo‘q ekanini sen qayoqdan bilasan?
— Agar ular bor bo‘lsa, nega ko‘zimga ko‘rinmaydi?! Xullasi
kalom, ular azob tortdi, men esa huzur qildim, ularga yomon-u, menga
yaxshi bo‘ldi.
— Buyam senga shunday tuyulyapti, xolos. Sen ularga emas,
o‘zingga azob bergansan.
— O‘lay agar, gapingga tushungan bo‘lsam, — dedi shoh.
— Tushuntiraymi bo‘lmasa?
— Ha-da!
— Unda bu yoqqa kel, — dedi chol suvga limmo-lim kattakon
jomni ko‘rsatib.
Shoh jom yoniga keldi.
— Ust-boshingni yech-da, unga tush.
Asarxadon chol aytgandek qildi.
— Ustingdan quya boshlashim hamono, — dedi chol qo‘lidagi
cho‘michni suvga to‘ldirib, — darhol jomga boshingni tiq!
Chol uning boshi ustida cho‘michni engashtirdi, shoh ham shu
ondayoq jomga bosh tiqdi.
U ana shu lahzadayoq o‘zini Asarxadon emas, boshqa odam deya
his etdi. Va shuning barobarida o‘zini xobxonada go‘zal bir ayol bilan
birga ko‘rdi. Bu ayolni u hech qachon ko‘rmagan emish-u, ammo
o‘zining xotini ekanini bilarmish. Ayol tavoze-la o‘rnidan qo‘zg‘alar
emish-da, “Aziz hojam Lailie, sen kecha saltanat ishlaridan horibcharchab, har kungidan uzoqroq uxlab qolding, men esa hech kim
uyqungni buzmasin, deya tepangda qo‘riqchi bo‘lib o‘tirdim. Saroy
a’yonlari devonxonada senga muntazir turibdi. Shohona libosingni
ustingga il-da, ularning yoniga chiq”, deyar emish.
Asarxadon shu so‘zlardan o‘zining Lailie ekanini bilibdi-yu, ammo
nega bunday bo‘lib qolganidan ajablanish o‘rniga, aksincha, nega
o‘zining Lailie ekanini shu vaqtgacha bilmaganidan hayron bo‘libdi,
o‘rnidan turib kiyinibdi-yu, vazir va mulozimlari ilhaq kutayotgan
devonxonaga chiqibdi.
A’yonlar shoh Lailiega ikki bukilib ta’zim etibdi, so‘ngra uning
ijozati bilan joylariga cho‘kibdi. Mulozimlardan eng ulug‘i, bu yog‘iga
yovuz tojdor Asarxadon haqoratlariga chidab bo‘lmaydi, unga qarshi
urush ochish kerak, deya shohga maslahat solibdi. Biroq Lailie keksa
a’yon fikrini ma’qullamabdi va Asarxadon huzuriga elchi jo‘natib, uni
insofga chaqirmoq kerak, deya qaror chiqaribdi-da, ahli mashvaratga
ijozat beribdi. Shundan keyin eng boobro‘ zotlardan elchilar saylabdi va
Asarxadonga borib aytajak gaplarini ipidan-ignasigacha quloqlariga
quyibdi.
Shu ishlarni oyoqlatgach, Asarxadon o‘zini yana Lailie deya his
etaroq arxar ovlagani toqqa chiqib ketibdi. Ov degani, o‘ziyam,
baroridan kelibdi. U bir juft arxar otibdi va saroyga qaytib, do‘st-yorlari
bilan bazmga sho‘ng‘ibdi, mashshoqlar nag‘masi-yu raqqosalar raqsidan
huzur olibdi.
Lailie ertasiga, odati bo‘yicha, arzgo‘ylar, sudlanuvchi va
dovlashuvchilarni qabul etibdi – har bir ish o‘ziga munosib ajri oliy
olibdi. Bu vazifani yakuniga yetkazib, yana xush ko‘rgan ermagi –
shikorga ravona bo‘libdi. O‘sha kuni shohga qari ona sherni otib
o‘ldirish va bir juft shervachchani o‘lja olish nasib etibdi. Shikordan
so‘ng yana nag‘ma va raqslar bilan ko‘ngil yozib, do‘st-yorlar ila bazm
quribdi.
U Asarxadon huzuriga yuborilgan elchilarning qaytishini kutib,
shu zaylda kunlar va haftalarni o‘tkazibdi. Elchilar bir oydan so‘nggina
qaytibdi: ularning burun va quloqlari kesilgan emish.
Shoh Asarxadon elchilardan Lailiega shuni aytib yuboribdiki, agar
u tez fursatda oltin, kumush va sarv og‘ochida katta o‘lpon to‘lamasa,
shuningdek, o‘zi ham Asarxadon saroyida hozir bo‘lib, unga ta’zim bajo
keltirmasa, elchilarni nima ko‘yga solgan bo‘lsa, Lailieni ham shu
ko‘yga solar emish.
Ilgari Asarxadon bo‘lgan Lailie yana a’yonlarni to‘plabdi va bu
yog‘iga qanday yo‘l tutish xususida mashvarat qilibdi. Vazir va
mulozimlarning hammasi bilittifoq, Asarxadon bostirib kelmay turib
o‘zimiz unga qarshi urush ochishimiz kerak, deya fikr bildiribdi. Shoh
bu safar maslahatga rozi bo‘libdi va Asarxadon ustiga cherik tortibdi.
Lashkar yetti kun yo‘l bosib, sakkizinchi kun deganda daryo yoqasidagi
keng-mo‘l vodiyda dushman qo‘shini bilan to‘qnashibdi. Lailie lashkari
mardona jang qilar va bu shoh qalbiga taskin berar emish-u, ammo
Asarxadon qo‘shini tog‘dan mo‘r-malaxdek yopirilib tushib, butun
vodiyni qoplab olgani va shu tariqa uning askarlarini tang ahvolga solib
qo‘yganidan betoqat bo‘lar emish. U o‘z aravasida janggohning qoq
o‘rtasiga otilibdi va sanchib-chopib boraveribdi. Ammo, taassufki, Lailie
askarlari yuzlab bo‘lsa, Asarxadon jangchilari minglab emish. Lailie shu
asnoda avval yaralangani, so‘ng asir olinganini payqabdi.
U barcha asirlar bilan birga, Asarxadon askarlari qurshovida,
to‘qqiz kun qo‘li bog‘liq yo‘l bosibdi. O‘ninchi kun deganda uni
Nineviyaga olib kelishib, qafasga bandi etishibdi.
Lailie ochlik va jarohatdan azob tortmas emish-u, lekin g‘animdan
qasos olishga ojiz qolganidan uyat olovida qovrilar emish. “Bu
vaziyatda qo‘limdan faqat bir ish keladi, u ham bo‘lsa – meni har
qancha azoblashmasin, sira oh-voh qilmay, mardona chidab berish”,
deya o‘z-o‘ziga ont ichibdi shoh.
Lailie qatl soatini kutib yigirma kun qafasda o‘tiribdi. Boyoqish
qarindosh-urug‘ va do‘st-birodarlarini qatl etgani olib ketishayotganini
ko‘rib va ularning qatlgohdan kelayotgan dod-faryodini eshitib turar
emish: jallodlar mahkumlardan birining oyoq va qo‘llarini chopsa,
boshqasining tirikligicha terisini shilib olar emish-u, ammo bundan na
behuzur bo‘lar, na achinish tuyar va na dahshatga tushar emish.
Lailiening ko‘zi haram kanizaklari qo‘lini bog‘lab olib ketayotgan o‘z
xotiniga tushibdi. “Shoh Asarxadonga joriya qilib berishmoqchi”, degan
alamli o‘ydan yuragi uvishibdi uning. Ammo boyoqish bu isnodga ham
tishini tishiga qo‘yib chidab beribdi.
Nihoyat, ikki jallod qafas eshigini ochib, uni tashqariga chiqaribdida, qo‘lini qayish bilan bog‘lab, qon halqob bo‘lib yotgan qatlgohga olib
kelibdi. Lailie ro‘parasida qonga belangan o‘tkir qoziqni ko‘ribdi.
Undan endigina sodiq bir do‘stining jasadini sug‘urib olgan ekanlar.
Lailie anglab yetibdiki, bu qoziqni, hoynahoy, o‘zi uchun bo‘shatishgan.
Lailiening ustidan kiyimini yechib olishibdi. Shunda u bir vaqtlar
kuch-quvvat yog‘ilib turgan ko‘rkam tanasi endi suyakka yopishgan qoq
teri bo‘lib qolganidan qo‘rqib ketibdi. Ikki jallod abgor tanani oriq
sonlaridan tutib azot ko‘taribdi va qoziqqa o‘tqazmoqchi bo‘libdi.
“Endi o‘lim meni domiga tortadi”, deb o‘ylabdi Lailie va har
qanday azobga miq etmay chidab berish haqidagi ontini unutib, shafqat
so‘rab dodlay boshlabdi. Lekin uning dod-faryodiga hech kim parvo
qilmas emish.
“Axir, bunday bo‘lishi mumkin emas, — deb o‘ylabdi u talvasa
ichida, — men, hoynahoy, uxlayotgan bo‘lsam kerak. Ha, bu – tush”. U
shunday deya jon-jahdi bilan uyg‘onishga harakat qila ketibdi. “Axir,
men Lailie emas, Asarxadonman”, deb o‘ylarmish u nuqul.
— Sen ham Lailie, ham Asarxadonsan. — U judayam olisdan
kelayotgan ana shu sasni eshitar emish-u, ayni choqda, qatl
boshlanayotganini ham sezib turar emish...
...Shu on u tomog‘i yorilgudek chinqirib yubordi-da, jonholatda
boshini jomdan ko‘tardi. Bu payt chol uning ustidan cho‘mich tubidagi
oxirgi suvni quymoqda edi.
— Azob shunchalik ham og‘ir bo‘ladimi! Shunchalik ham uzoqqa
cho‘ziladimi! — dedi Asarxadon nafasi og‘ziga tiqilib.
— Shunchalik ham uzoqqa cho‘ziladimi, deysanmi? —
taajjublandi chol. — Boshingni hozirgina suvga tiqding-u, darrov
chiqarib olding; mana qara, hali cho‘michdagi suvning barini quyib
bo‘lganim yo‘q. Hoynahoy, so‘zimning ma’nosini anglagandirsan endi?
Asarxadon churq etmadi, faqat cholga qo‘rqib qarab qo‘ydi, xolos.
— Endi anglagandirsan, — deya so‘zini takrorladi chol va bunday
deb qo‘shib qo‘ydi: — Lailie sening o‘zing ekaning-u sen qatl etgan
askarlar ham o‘zing ekaningni. Nafaqat askarlar, sen shikorda otib
o‘ldirgan va bazm dasturxoniga tortilgan jonivorlar ham sen o‘zing
eding. Sen nuqul hayot mening dastimda deb kibrlanib yurarding, biroq
men ko‘zingdan yolg‘on pardasini ko‘tardim va shunda ayon ko‘rdingki,
sen o‘zgalarga yomonlik qilaman deb o‘zingga yomonlik qilibsan.
Hayot barcha uchun yagona, sening hayoting esa shu yagona hayotning
birgina zarrasi. Hayotning shu bir zarrasini yaxshiroq yoki yomonroq,
uzunroq yoki qisqaroq qilishgina sening izmingda, xolos. Uni ham faqat
bir yo‘l bilan yaxshiroq qila olasan: o‘z hayotingni o‘zgalarnikidan
ajratib turgan to‘siqlarni buzib tashlaysan-da, barcha insonlaru
jonivorlarni o‘zing deb bilasan – ularga muhabbat qo‘yasan. Hech
zog‘ni hayotdan mahrum etish sening qo‘lingda emas. Sen joniga qasd
qilganlar hayoti atigi ko‘zingdan panalandi, butkul yo‘qolgani yo‘q. Sen
o‘z hayotingni uzaytirib, o‘zgalar hayotini qisqartirmoqchi bo‘lding,
lekin, bilib qo‘y, bu muddaoga hech qachon yetolmaysan. Hayot uchun
na zamon, na makon darkor. Bir soniyaligu bir asrlik hayot ham, sening
hayoting-u boshqa jonzotlar hayoti ham barobar. Hayotga barham berish
yoki uni o‘zga izga solish ilojsiz, chunki u biru bordir. Qolgani esa
sarobu ro‘yodir, xolos.
Chol shularni aytdi-yu, ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Ertasiga shoh Asarxadon Lailie va boshqa hamma asirlarni ozod
etishga farmon berdi – qatlni bekor qildi.
Indiniga o‘g‘li Ashurbanipalni huzuriga chorlab, podsholikni unga
topshirdi, o‘zi esa avval bo‘lib o‘tmish ushbu voqea haqida obdon
o‘ylab olish uchun sahroga chekindi, so‘ng shahar va qishloqlarni yayov
kezib, hayot yagona ekani va kimki boshqalarga yomonlik tilasa, o‘ziga
jabr etajagi haqida odamlarga pand so‘ylab yashab o‘tdi.

Download 78,34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish