2-BOB. XALQARO SAVDO: TARKIBI VA RIVOJLANISH BOSQICHLARI
2.1Xalqaro savdoning rivojianish bosqichlari va xususiyatlari
Jahon xo‘jaligi rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri — bu xalqaro iqti- sodiy munosabatlarning intensiv rivojlanib borishi hisoblanadi. Bu mamlakatlar, mamlakatlar guruhi, alohida firma va korxonalar o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqa- larning kengayishi tobora chuqurlashuvi bilan izohlanadi. Ushbu holatni xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi, xo‘jalik hayotining globallashuvi, milliy iqtisodiyot ochiqligining kuchayishi, mamlakatlarning iqtisodiy integratsiyalashuvi va hududiy xalqaro iqtisodiy aloqalar strategiyasining chuqurlashib borayotgan- ligida ko‘rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |