Turli mamlakatlarda sement va ganj ishlab chiqarish xarajatlari
Mamlakat
|
50 kg sement ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun
|
100 kg ganj ishlab chiqarish xarajatlari, kishi-kun
|
O’zbekiston
|
100
|
120
|
Qozog’iston
|
90
|
80
|
Jadvaldan ko‘rinadiki, agar mutlaq xarajatlar e’tiborga olinsa, ular har ikkala mahsulot bo‘yicha ham Qozog’iston past bo‘lib, uning O’zbekiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatish uchun hech qanday ehtiyoj yo‘q. Biroq, qiyosiy xarajatlar ushbu fikr-mulohazalarni o‘zgartirib yuboradi. Buning uchun har ikkala mahsulot bo‘yicha mamlakatlarning qiyosiy xarajatlarini hisoblab chiqamiz:
Sement bo‘yicha qiyosiy xarajatlar:
O’zbekiston
Qozog’iston
Ganj bo‘yicha qiyosiy xarajatlar:
O’zbekiston
Qozog’iston
Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, sement bo‘yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsienti Qozog’iston (2,25) nisbatan O’zbekiston (1,6) pastligi sababli sementni O’zbekiston ishlab chiqarishi va eksport qilishi lozim. Ganj bo‘yicha qiyosiy xarajatlar koeffitsienti O’zbekistonda (0,6) nisbatan Qozog’istonda (0,4) pastligi sababli, ganjni Qozog’istonda ishlab chiqarish va eksport qilish maqsadga muvofiqdir. Bunday tartibdagi xalqaro savdoda ishtirok etish har ikkala mamlakat uchun ham manfaatli hisoblanadi
Iqtisodiyot nazariyasida xalqaro ixtisoslashuvning ustunliklarini asoslash Rikardoning klassik sxemasi bilan cheklanmagan. XX asrda xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlari E. Xeksher, B. Olin, P. Samuelson, J. Keyns, V. Leontev, G. Xaberler va boshqa ko‘plab iqtisodchilar tomonidan tadqiq qilindi. Jumladan, iqtisodiy adabiyotlarda Xeksher-Olin-Samuelson modeli deb yuritiluvchi model alohida ahamiyat kasb etadi. Bu model asoschilari E. Xeksher va B. Olin xalqaro tovar oqimlarining yo‘nalish va tarkibiy tuzilishi qay tarzda belgilanishi to‘g‘risidagi zamonaviy tasawurlarni ishlab chiqdilar. P. Samuelson esa mazkur fikrlami amaliy jihatdan ifodalovchi matematik shartlarni ochib berdi. Mazkur model asosida ishlab chiqarish omillari nisbati nazariyasi yotadi. Ma’lumki, turli mamlakatlar ishlab chiqarish omillari ishchi kuchi, yer va kapital bilan turli darajada ta’minlanganlar. Agar mamlakat faqat qandaydir bitta omil bilan yetarli darajada ta’minlangan bo‘lsa, bu mamlakatda shunday omil sig‘imi katta bo‘lgan tovarlami ishlab chiqarish arzonga tushadi. Bu mamlakat uchun ulami ishlab chiqarish va eksport qilish nisbatan foydali hisoblanadi. Xalqaro ixtisoslashuvning qonuniyatlarini yanada chuqurroq tushunish qiyosiy xarajatlar tahlili asosida ko‘p omilli andoza tuzishga olib keldiki, unda tovarlar harakati bilan birga ishlab chiqarish omillarining davlatlararo erkin harakati imkoniyatlari hisobga olindi. 0 ‘tkazilgan tadqiqotlarda nafaqat tarmoqlararo, balki tarmoqlar ichida va mintaqa o‘rtasidagi ixtisoslashuvning qonuniyatlari, mamlakatning material, kapital, mehnat va fan sig‘imli tovarlarga ixtisoslashuv sabablari ochib berildi. Ixtisoslashuvga fan va texnika taraqqiyoti hamda texnologik o‘zgarishlar sur’ati va tavsifi ta’sirining xususiyatlari aniqlandi. 1954-yili amerikalik iqtisodchi V.Leontevning maqolasi e’lon qilinib, unda o‘sha davrda kapital ortiqchaligiga ega bo‘lgan mamlakat hisoblanuvchi AQSH eksporti va importida mehnat va kapital to‘liq sarfining hisob-kitobi asosida Xeksher-Olin nazariyasini tek- shirishgaurinib ko‘rilgan. Bunda AQSH kapital sig‘imiyuqori bo‘lgan tovarlami eksport qilib, mehnat sig‘imi yuqori bo‘lgan tovarlami esa import qilishi taxmin qilinar edi. Natija teskari bo‘lib chiqib, Leontev paradoksi degan nom oldi. Ma’lum bo‘ldiki, AQSHdagi kapitalning nisbiy ortiqchaligi Amerika tashqi savdosiga ta’sir ko‘rsatmaydi. AQSH ko'proq mehnat sig‘imi yuqori, kapital sig‘imi esa past bo‘lgan tovarlami eksport qilar ekan. V.Leontev Amerikadagi mehnatning yuqori unumdorligi amerikalik ishchilaming nisbatan yuqori malakasi bilan bog‘liqligini ta’kidlab, bu yerdagi mehnatning xorijdagi mehnat bilan nisbati 1:3 ekvivalentlikda ekanligini ko‘rsatdi. Bu esa ishchi kuchi malakasi modelining paydo bo‘lishiga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |