Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

 
Mavzuni takrorlash va mustahkamlash uchun savollar hamda 
topshiriqlar: 
1. Bitiruv malakaviy ishiga qo‘yiladigan umumiy talablarni 
tushuntiring. 
2. Bitiruv malakaviy ishni bajarishning maqsad va vazifalarini 
ayting. 
3. Bitiruv malakaviy ishlarning mavzusini tanlash tarbini 
izohlang. 
4. Bitiruv malakaviy ishi mavzusini tanlashda rahbar va talaba 
qaysi jihatlarga e’tibor berishi lozim? 
5. Bitiruv malakaviy ishni bajarishga rahbar tanlash tartibini 
tushuntiring. 
6. Bitiruv malakaviy ishning tarkibi qaysi qismlardan iborat 
bo’ladi? 
7. Bitiruv malakaviy ishini bajarishda zaruriy manbalar 
nimalardan iborat bo‘lishi mumkin? 
8. Bitiruv malakaviy ishining tarkibi va mazmunini yoritish 
qoidalari haqida ma’lumot bering. 
9. Bitiruv malakaviy ishining kirish qismida qaysi ma’lumotlar 
joy olishi lozim? 
10. Bitiruv malakaviy ishlarini amaliyotga hamda o‘quv 
jarayonlariga qo‘llanilishini izohlang.
11. Bitiruv malakaviy ishini rasmiylashtirish tartibini 
tushuntiring. 


145 
13-MAVZU. BITIRUV MALAKAVIY ISHLARGA 
RAHBAR XULOSASINI TAYYORLASH, BITIRUV 
MALAKAVIY ISHLARIGA TAQRIZ TAYYORLASH 
VA ULARNI BAHOLASH. 
 
Tayanch iboralar: bitiruv malakaviy ish, rahbarlik qilish, 
rahbar xulosasi, ichki taqriz, tashqi taqriz, dastlabki himoya, 
baholash mezoni, DAK xulosasi. 
 
13.1. Bitiruv malakaviy ishlarga rahbar xulosasi va taqrizlarni 
tayyorlash. BMIni dastlabki himoyaga kiritish 
Belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan bitiruv malakaviy ishi 
himoya kunidan 5 kun avval jildlanmagan holda ilmiy rahbarga 
taqdim etiladi. Rahbar 5 kun ichida malakaviy ishni o‘rganib chiqishi 
va unga o‘z xulosasini berishi shart.
Xulosani yozish bo‘yicha ilmiy rahbar uchun eslatma 
Ilmiy rahbar xulosasi tasdiqlangan shalkda tuzilib, ilmiy rahbar 
imzosi hamda fakulьtet yoki universitet muhri bilan tasdiqlanadi. 
Xulosada quyidagi jihatlarga e’tibor berish lozim: 
- mavzuning dolzarbligi; 
- ishning mundarijasi tasdiqlangan mavzu va topshiriqqa 
muvofiqligi; 
- qarorning sifati, asoslanganligi va to‘g‘riligi hamda qo‘yilgan 
masalaning to‘liq o‘rganilganlik darajasi; 
- bitiruvchining tashabbuskorligi va mustaqilligi; 
- topshiriqning to‘liq bajarilgan diqqatga sazovor bandini 
ko‘rsatish; 
- ishda o‘ziga xos, original qarorlarning mavjudligi; 
- ishning to‘liq va muayyan qismlaridagi ijobiy va salbiy 
jihatlari; 
- bitiruvchining mavzu bo‘yicha bilimi va ularni amaliyotda 
qo‘llay olish qobiliyati; 
- izoh va grafiklarning rasmiylashtirilish sifati; 
- loyihada standartlar talablariga rioya qilinganligi; 
- ish natijasining amaliyotga qo‘llanilishi mumkinligi darajasi; 
- BMIni himoyaga tavsiya etish mumkinligi; 


146 
- ishning sifati yuzasidan umumiy baho (ish yuqori, o‘rta, quyi 
darajada bajarilgan); 
- 4 balli tizimda loyihani baholash (a’lo, yaxshi, qoniqarli, 
qoniqarsiz).
Ilmiy rahbar malakaviy ishning talab darajasida bajarilganligiga 
ishonch bildirgandan so‘ng, ishni o‘z taqrizi, tashqi taqriz, BMIga 
berilgan topshiriq, annotatsiya, o‘quv jarayoni va amaliyotga joriy 
etish dalolatnomalari bilan birga kafedra mudiriga taqdim etadi. 
Taqrizda talabaning faolligi, qabul qilingan qarorlardagi yangiliklar va
malakaviy ishning boshqa ijobiy (yoki salbiy) tomonlari tavsiflanadi. 
Ilmiy rahbar bitiruv malakaviy ish belgilangan talablarga javob 
bermasligiga ishonch hosil qilsa va talaba kamchiliklarni bartaraf 
etishdan bo‘yin tovlasa ishni dastlabki himoyaga tavsiya etmasligi 
ko‘rsatilgan salbiy taqriz berishi ham mumkin.
Kafedra mudiri taqdim etilgan materiallar asosida, malakaviy 
ishni talaba tomonidan dastlabki himoyaga kiritish haqida qaror qabul 
qiladi. Agar, kafedra mudiri talabaning malakaviy ishini dastlabki 
himoyaga kiritish mumkin emas deb hisoblasa, masala kafedra 
majlisida, rahbar ishtirokida muhokama etiladi. 
Kafedra mudiri bitiruv malakaviy ishlar dastlabki himoyasini 
qabul qiluvchi maxsus komissiya tarkibini kafedra majlisiga taqdim 
etadi va majlis tasdiqlagan komissiya dastlabki himoyani o‘tkazadi.
Dastlabki himoyani qabul qilgan komissiya xulosasi bayonnoma 
(protokol) 
bilan 
rasmiylashtiriladi 
(bayonnoma 
shakli 
ilova 
qilinmoqda). Bayonnomada dastlabki himoyaga kiritilgan talabaning 
ismi-sharifi, 
BMIning 
mavzusi, 
uning 
asosiy 
natijalari 
va 
kamchiliklari, himoyada talabaga berilgan savollar, savollarga talaba 
bergan javoblarning natijalari qayd etiladi. Komissiya bitiruv 
malakaviy ishining dastlabki himoyasi natijalari asosida uni DAKda 
himoya qilishga kiritish yoki kiritmaslik haqida qaror qabul qiladi. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish