Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

Darslikning asosiy matni
– bu ta’lim oluvchi tomonidan 
o‘rganilishi va o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan o‘quv axborotining 
asosiy manbai vazifasini bajaradi. Matnning mohiyatini asosiy 
tushunchalar, qonunlar, qoidalar, nazariyalar, mezonlar, tamoyillar va 
faoliyat usullari haqidagi bilimlar tashkil etadi. 
Darslikdagi qo‘shimcha materiallar.
Bu matnlar – asosiy 
matnda 
bayon 
qilingan 
holatlarni 
mustahkamlab 
va 
chuqurlashtirishga, kasbiy qobiliyatlarni rivojlantirishga xizmat 
qiluvchi o‘quv materialini o‘z ichiga oladi. Qo‘shimcha matnlarga 
belgilashlar, hujjatlar (xrestomatik) materiallar, amaliy ko‘nikmalarni 
shakllantirishga yo‘naltirilgan 
mashqlar, xulosalar, 
tavsiyalar, 
ma’lumotlar kiradi. Qo‘shimcha matnlar o‘quv materialini 
o‘zlashtirishga yordam berish bilan birga ijodkorlikka undovchi va 
tarbiyaviy funksiyalarni bajarishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. 


35 
Darslikning tushuntirish matni
– o‘quv materialini tushunishga 
va chuqurroq o‘zlashtirishga mo‘ljallangan xususiy yozma tuzilma. 
Bu matnlar ta’lim oluvchilarning mustaqil o‘quv faoliyatini tashkil 
qilishda muhim ahamiyatga ega. Tushuntiruvchi matnlarga izohlar, 
ilovalar, tayanch iboralar, tushuntirishlar, lug‘atlar, ramzlar va 
ko‘rsatkichlar kiradi. Bu matnlar tushunarli, qisqa va ma’lum 
tushunchani aniq shakllantiradigan bo‘lishi kerak.
1
 
4.2. Davlat ta’lim standarti 
Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti 
Oliy 
ta’limning 
Davlat 
ta’lim 
standartlari 
“Ta’lim 
to‘g‘risida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi 
Prezidentining “Ta’lim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan 
isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to‘g‘risida” 1997-yil 
6-oktabrdagi PF-1869-son va “O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni 
saqlash tizimini isloh qilish davlat dasturi to‘g‘risida” 1998-yil 10-
noyabrdagi PF-2107-son farmonlari, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta’lim tizimi uchun davlat ta’lim 
standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to‘g‘risida” 1998-yil 5-
yanvardagi 5-son, “Davlat test markazi tarkibida Kadrlar tayyorlash 
sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta’lim muassasalari 
attestatsiyasi boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida” 1998-yil 11-
martdagi 109-son, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test 
markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2004-yil 24-
iyundagi 293-son qarorlari va oliy ta’lim sohasini tartibga soluvchi 
boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan. 
“Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar”: 
kadrlar tayyorlash sifatiga, ta’lim mazmuniga qo‘yiladigan 
umumiy talablarni; 
ta’lim oluvchilar tayyorgarligining zarur va yetarli bilim 
darajasi hamda oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan 
umumiy malakaviy talablarni; 
o‘quv yuklamasining hajmini; 
1
Ҳасанбоев Ж., Тўрақулов Х.А., Алқаров И., Усмонов Н.Ў., Исъянов Р.Г., Юзликаев Ф. 
Педагогика назарияси (Дидактика): Олий ўқув юртлари учун дарслик. – Тошкент: Фан 
ва технологиялар, 2011. 105-бет. 


36 
ta’lim muassasalari faoliyati va kadrlar tayyorlash sifatini 
baholash tartibotlari hamda mexanizmini belgilaydi. 
OT DTS o‘quv jarayonini, ta’lim muassasalari faoliyatini, 
kadrlar, darslik va o‘quv qo‘llanmalari tayyorlash sifatini baholashni 
tartibga soluvchi tegishli normativ hujjatlar (ta’lim sohalarining davlat 
ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura 
mutaxassisliklari uchun malaka talablari, o‘quv rejalari, o‘quv fanlari 
dasturlari va boshqalar) yaratish uchun asos hisoblanadi. 
OT DTS oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlashda idoraviy 
bo‘ysunishi va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, O‘zbekiston 
Respublikasi hududida joylashgan barcha ta’lim muassasalari uchun 
majburiydir. 
OT DTSga Kadrlar tayyorlash milliy dasturi bosqichlarini 
amalga oshirish jarayonida, shuningdek mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotining istiqbollari, jamiyat ehtiyoji, fan, texnika, texnologiya 
va madaniyat yutuqlari, kadrlar tayyorlash borasida jahon 
tendensiyalaridan kelib chiqqan holda tuzatishlar va qo‘shimchalar 
kiritilishi mumkin. 
Oliy ta’lim standartlari quyidagi toifalarga bo‘linadi: 
• O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari: 
— Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar; 
— Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori. 
• Oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi 
tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari — ta’lim 
sohalarining davlat ta’lim standartlari; 
Muayyan ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti quyidagilarni 
o‘z ichiga olishi lozim: 
• zarvaraq (titul); 
• mundarija; 
• muayyan ta’lim sohasi (soha tarkibi)ning umumiy tasnifi; 
• bitiruvchilarning soha bo‘yicha tayyorgarlik darajasiga 
qo‘yiladigan umumiy talablar; 
• o‘quv reja tuzilmasi; 
• kadrlar tayyorlash sifatini baholash. 
Ta’lim sohasining davlat ta’lim standarti ikkita (bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari) qismdan iborat 
bo‘ladi. 


37 
Quyidagilar oliy ta’limning normativ hujjatlari hisoblanadi: 
• oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi 
tomonidan tasdiqlanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va 
magistratura mutaxassisligining malaka talablari, o‘quv rejalari va 
o‘quv fanlari dasturlari; 
• oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi 
tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasalarining muayyan ish 
faoliyatini tartibga soluvchi normativ hujjatlar. 
Oliy ta’limning birinchi bosqichida o‘quv rejalari va fanlar 
dasturlari umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi bilan 
uzluksizlik va uzviylik ta’minlanishini inobatga olgan holda ishlab 
chiqilishi va talabaning quyidagi majburiy fanlar bloklarini 
o‘zlashtirishini nazarda tutishi zarur: 
• gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy; 
• matematik va tabiiy-ilmiy; 
• umumkasbiy; 
• ixtisosli; 
• qo‘shimcha. 
O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga muvofiq ayrim 
oliy ta’lim muassasalari yoki ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari 
bo‘yicha boshqa fanlar bloklari belgilanishi mumkin. 
Kasb faoliyati ko‘nikmalarini egallash uchun malaka 
amaliyotlari o‘tilishi nazarda tutilishi shart. 
O‘quv rejalar majburiy o‘quv fanlari bilan bir qatorda talabalar 
tanlagan fanlarni ham o‘z ichiga olishi shart. 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejalari va fanlar dasturini 
o‘zlashtirishda talabalarning o‘quv fanlariga oid bir qancha masalalar 
va muammolar bo‘yicha mustaqil bilim olishi nazarda tutilishi lozim. 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uning o‘quv rejalariga muvofiq 
ravishda yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanishi shart. 

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish