Mutaxassislik fanlarini o'qitish metodikasi


Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim berish texnologiyasini



Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/158
Sana24.03.2022
Hajmi2,07 Mb.
#507428
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158
Bog'liq
Mutaxasislik fanlarini o\'qitish metodikasi

Amaliy mashg‘ulotlarda ta’lim berish texnologiyasini 
loyihalash

Amaliy mashg‘ulotlarni o‘tkazishning asosiy yo‘li ta’lim 
oluvchilar tomonidan tayyorlangan ma’ruza va ma’lumotlarni 
jamoaviy muhokama qilishni tashkillashtirishdan iborat bo‘ladi. 

Amaliy mashg‘ulotlar samaradorligi ta’lim oluvchilarni amaliy 
mashg‘ulotga tayyorlanish sifati bilan aniqlanadi. Ma’ruza va 
yangiliklar bilan chiquvchi, ta’lim oluvchilarning tayyorgarligi 
ahamiyatga ega bo‘ladi. Xar bir mashg‘ulot uchun texnologik xaritalar 
ishlab chiqiladi. Texnologik xaritani loyihalash pedagogik mahorat 
cho‘qqisi hisoblanadi, chunki mashg‘ulot davomida bajariladigan 
amaliy ish jarayoni texnologik xaritada ketma-ketlik qoidasi asosida 
tasvirlanadi. 
O‘quv maqsadlari muayyan ta’lim jarayoni yakunida ta’lim 
oluvchi tomonidan o‘zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo‘lgan 
bilim, hatti-harakat bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy topshiriqni uddalay 
olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi. Har bir fanning 
o‘quv maqsadlari to‘g‘ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega. Umumiy 
o‘quv maqsadlarining mazmuni yo‘naltiruvchi maqsadlardan kelib 
chiqib belgilanadi. O‘qituvchi tomonidan amaliy mashg‘ulotlarni 
o‘tkazish texnologiyasi, dars ishlanmasi va texnologik xaritasi ishlab 


100 
chiqiladi. Har bir mashg‘ulot bo‘yicha dars ishlanmalari va texnologik 
xaritalarni ishlab chiqish o‘quv jarayonin 
Dastlabki vaqtlarda amaliy mashg‘ulotlar darsning bir qismi 
hisoblanib, unga tayyorgarlik darsning o‘zida amalga oshirilgan. 
Keyinchalik pedagogik fanlarni o‘qitishda o‘qituvchi faoliyatini 
tashkil qilishning mustaqil sohasi sifatida o‘quv ishlarining bir 
shakliga aylandi. 
Amaliy mashg‘ulotning o‘ziga xos tomoni o‘quv topshiriqlarining 
fan mazmunidagi o‘rni, o‘qituvchi va talaba faoliyatining tashkil 
etilishi bilan xarakterlansada, amaliy mashg‘ulotning vazifasi amaliy 
va juda tor asosda belgilanadi. U asosan ma’ruza, seminar 
mashg‘ulotlarda egallagan bilimlar bayon etilgan bilimlar bayon 
etilgan malumotlarni chuqur va puxta o‘rganishga talaba mustaqil 
ishining sifati va o‘zlashtirishning samarasini aniqlash bilimlarni 
ko‘nikma va malakaga aylantirish maqsadida tashkil qilinadi. 
Hozirgi davrda ta’lim muassasalarida amaliy mashg‘ulotlarni 
tashkillashtirishning turli shakllarini tatbiq etish bo‘yicha faoliyat olib 
borilmoqda. 
Jumladan 
“Mening 
bo‘lajak 
kasbim”, 
“Dars 
o‘tmoqdaman”, “O‘quvchilar mening tassavurimda” nomi bilan 
o‘tkazilayotgan 
dars 
va 
o‘qituvchi 
faoliyatining 
o‘ziga 
mujasamlashtirilgan mashg‘ulot o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan 
ma’naviy-axloqiy mavzusidagi suhbat (tarbiya soati), “Men 
pedagogikani chuqur bilaman” (o‘yin darsi) mashg‘ulotlari talabalarda 
mustaqil ishlash, manbalardan muhimi topish, ijodiy tafakkurni 
rivojlantirish, faktlar, ilmiy axbarotlar to‘plashga qiziqishni 
orttirmoqda. Shuningdek mazkur amaliy mashg‘ulotlarda talabalar 
o‘qituvchi rahbarligida sinf (guruh) mashg‘ulotini o‘tkazish, sinfda 
ijtimoiy-foydali ishni tashkil qilish va o‘tkazish, dars va tarbiyaviy 
soatlarni rejalashtirish ishlarini amalga oshirmoqdalar. 
Amaliy mashg‘ulotlar frontal, guruhiy (juft-juft), individual 
ko‘rinishda “aqliy hujum”, “Kichik guruhlarda ishlash”, “Tanqidiy 
fikrlarsh”, “Klaster” (tarmoqlar), “Munozara” va h.k interfaol 
usullarda o‘tilsa ko‘zlangan maqsadga erishish amalga oshadi. 
Tajribaning ko‘rsatishicha amaliy mashg‘ulot maxsus jihozlangan 
kabinetlar, yoki o‘quv tarbiya muassasalarida o‘tkazilsa samaradorlik 
yanada oshadi. Chunki, bunda o‘qituvchi-talaba-o‘quvchi muloqoti 
amalga oshadi. Talabalar bunday mashg‘ulotlarda o‘zlarini yo 
o‘qituvchi, yo tarbiyachi, yo o‘quvchi- tarbiyalanuvchi o‘rniga 
qo‘yish, nazariya bilan amalyotni taqqoslash imkoniyatiga ega 


101 
bo‘ladilar. Bu esa mashg‘ulot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Seminar 
va amaliy mashg‘ulotlarning mazmundorligi va samaradorligi 
quyidagi talablar asosida qurilishi talab etiladi. 
-Seminar yoki amaliy mashg‘ulotda talaba javobi, ma’ruzasi 
muayan 
ijtimoiy-ma’rifiy 
maqsadga 
yo‘nalgan 
bo‘lishi 
(muammoning qo‘yilishi, dolzarbligi, nazariya bilan amaliyotning 
bog‘liqligi ustuvor maqsadga ega bo‘lishi. 
-
Talaba maruzasida fikrlarning mantiqiy ketma-ketlik, rejalilik, 
mukammalik va fikrlarning o‘zaro aloqadorlik tamoyili asosida 
tuzilganligi, asosiy va qo‘shimcha ma’lumotlarni ajratib ko‘rsatilishi, 
adabiyotlarni aniq tanlanganligi, va to‘g‘ri foydalanganligi. 
-
O‘quvchi- o‘quvchi –o‘qituvchi muloqotining to‘g‘ri tuzilishi, 
o‘quvchi talabaning kursdoshlari, o‘qituvchining tanqidiy fikriga 
xayrxohli, samimiyli, e’tirozli munosabatning ijobiyligi, muomilaga 
kirish madaniyatining mavjudligi. 
-
O‘quvchining axloqiy-madaniy harakatlari: o‘rinli, maqsadli 
bahslashishi, kursdoshi fikrini tinglay olishi, ma’lumotlarni taxlil qila 
olishi, fikrini lo‘nda, ixcham bayon etish va nuqtai nazarini 
dalillashning ijobiyligi. 
-
Talabaning mashg‘ulot jarayonidagi faolligi, mavzu rejasidagi 
har bir punktda o‘z fikrini ayta olishi, o‘ziga va o‘zgalar fikriga 
tanqidiy yondasha olishi.

Download 2,07 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   158




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish