O‘RTAMAXSUSPROFESSIONALTA’LIMNING 54. 02. 01-Bino va inshootlar qurilishi mutaxassisligibo‘yicha
“Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari”fanidan
O‘QUVDASTURI
Kvalifikatsiya nomi:
1.Quruvchi–texnik
O‘quv rejadagi tartib raqami:
1.03
Ajratilgan soat:
80
Toshkent-2021
Tuzuvchilar:
M.Ubaydullayev
Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi bosh mutaxassisi
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fani amaliy -ilmiy va barcha fanlar bilan bog‘lovchi asos hisoblanadi.
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari talabalarda ilmiy va muhandislik ishlarini avtomatlashtirish masalalarni tezkor echish, masalalarni sonli natijalargacha olib kelishda asosiy fan hisoblanadi.
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanining maqsadi muhandislikka oid hisoblash ishlarini avtomatlashtirish va shunga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishdan iborat.
O‘zlashtirish (o‘qitish)natijalari
Kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fani axborotlash- tirishning milliy tizimini shakllantirishda;
iqtisodiyot va jamiyat hayotining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalarini;
kompyuter texnikasi va telekommunikatsiya vositalarini ommaviy ravishda joriy etishda hamda ulardan foydalanishda;
fuqarolarning axborotga ortib borayotgan talab-extiyojlarini yanada to‘liqroq qondirishda;
jahon axborot hamjamiyatiga kirishda hamda jahon axborot resurslaridan bahramand bo‘lishni kengaytirishda kasbiy faoliyatda axborot texnologiyalari fanini o‘qitish katta ahamiyatga egadir.
Bilimlar
Malaka talabida ko‘zda tutilgan mavzular bo‘yicha minumum talablarga javob berish.
Ko‘nikma
Inshootlarni kompyuterli loyihalash jarayonida asosiy masalalardan biri hisoblangan loyiha-konstruktorlik hisoblarini avtomatlashtirish bo‘yicha boshlang‘ich ko‘nikmalar hosil qilishdan iborat.