“Qurilishda bahoni shakllantirish va smeta ishi” bo‘yicha ta’lim oladigan o‘quvchilarga qurilishda bino va inshootlarni narxini shakllantirish va loyiha smeta ishlari xaqida asosiy ma’lumotlarni berish;
qurilish ishlari xajmini aniqlash, ish xaqi, mashina mexanizmlar sarflari, qurilishni amalga oshirishda vujudga keladigan ko‘zda tutilmagan sarf xarajatlar xaqidatushunchalarberishdaniborat.
O‘zlashtirish (o‘qitish)natijalari
kapital qurilishda bahoni shakllantirish;
kapital qurilish bahosini shakllantirish tizimi va uni o‘ziga xos jihatlari;
qurilish ob’ektining loyiha- smeta xujjatlari;
qurilish ob’ekti bahosini shakllantirishning turli usullari xaqida tasavvurga ega bo‘lishi;
Bilimlar
O‘zbekiston Respublikasi kapital qurilishda amaldagi bahoni shakllantirishning qonuniy me’yoriy asoslari;
Qurilish ob’ektini bahosini shakllantirishning uslubiy asoslarini xamda shaxarsozlik qoida va me’yorlarini;
Ob’ekt qurilishi qiymatini shakllantirish mexanizmlari va dasturiy vositalarini bilish va ulardan foydalana olish;
Ko‘nikmalar
Qurilish ob’ektlarining loyiha xujjatlari asosida turli usullardan foydalanib ob’ektni smeta qiymatini xisoblash;
kapital qurilish bilan bog‘liq investitsiya dasturlarini tahlil qilish;
ob’ektlar qurilishini smeta xujjatlarini ekspertiza qilish va kamchiliklarini bartaraf etish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi;
loyihaning dastlabki bosqichini amalga oshirishda qurilish ob’ekti bahosini aniqlash, qurilishning boshlang‘ich bahosini joriy narxlarda aniqlash;
tanlov savdolarida qatnashish uchun qurilish bahosini (taklif etilgan narx-oferta) joriy narxlarda aniqlash malakalariga ega bo‘lishi kerak.