Tuzuvchilar:
M. Ubaydullayev Pedagogik innovatsiyalar, kasb-hunar ta’limi
boshqaruv hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti Ta’lim texnologiyalari, o‘quv reja va dasturlarini ishlab chiqish bo‘limi
bosh mutaxassisi
D. K. Xolikov TAQI “Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi
katta o‘qituvchisi f. m. f. n
A. Sultonov Andijon arxitektura-qurilish texnikumi “Umumta’lim fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi
Akbarov Andijon arxitektura-qurilish texnikumi o‘quv va tarbiyaviy ishlari bo‘yicha director o‘rinbosari
Sh. Turabayeva Andijon arxitektura-qurilish
texnikumi inspektor
Taqrizchi: SH. Pirmatov TDTU “Oliy matematika” kafedrasi mudiri, f. m.
f. n
A. Abduraximov TAQI“Matematika va tabiiy fanlar” kafedrasi
dotsenti
Dastur nomi:
|
“Matematika”
|
Ajratilgan soat:
|
80
|
Mavzular soni:
|
30
|
Dasturning maqsadi:
|
Matematik tafakkurni rivojlantirish, ishlab chiqarish jarayoni;
qurilishning nazariy va amaliy masalalarini echish bo‘yicha etarli matematik bilimga ega bo‘lish;
ulardan foydalana olish va ularni qo‘llay bilish ko‘nikma va malakalarini hosil qilishdan iborat.
|
O‘zlashtirish
(O‘qitish) natijalari:
|
Matematikaning nazariy va amaliy bilimlari shakllanadi;
matematikaning hozirgi zamon taraqqiyotida tutgan o‘rni haqida tasavvurga ega bo‘ladi;
matematikaning nazariy va amaliy bilimlaridan amaliyotdagi qurilish;
texnika va iqtisodiyotning amaliy masalalarini boshqa fanlar bilan bog‘liq holda yechishda foydalana olishga erishiladi.
|
Bilimlar:
|
Matematik fanlarning hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyotida tutgan o‘rniga;
matritsalar va determinantlarning asosiy xossalariga;
vektorlar ustida amallarga;
to‘g‘ri chiziq, tekislik va fazoda koordinatalar metodiga;
tekislik va fazoda analitik geometriya asoslariga;
ketma-ketlik va uning limitiga;
bir o‘zgaruvchili funksiyaning asosiy xossalariga;
limiti va uzluksizligiga;
bir va bir necha o‘zgaruvchi funksiyasining differensial va integral hisobiga;
oddiy differensial tenglamalar nazariyasining asoslariga oid asosiy tushunchalarini biladi.
|
Ko‘nikmalar:
|
Qurilishga oid masalalarni echishda qo‘llaniladigan matematik apparatni muayyan masala uchun aniq tanlash;
chiziqli va vektorli algebra, analitik geometriya, integral hisob va differensial tenglamalar nazariyasi asosida tatbiqiy masalalarni yechish;
yechimni asoslash, jarayon va hodisalarni matematik tahlil qila bilish
|