Bo‘lajak qishloq xo‘jaligi mutaxassislarini fizikaning asosiy qonun - qoidalari, hamda nazariy, amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish uchun zarur bo‘lgan fizik tushunchalar bilan tanishtirishdan, yangiliklarni mustaqil o‘rganib, uning tadbiqlarini o‘zlashtira olishga o‘rgatishdan, talabalarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishdan, ijodiy izlanishlarga va qishloq xo‘jaligi ishlab
chiqarishning istiqbollarini fizik tushunchalar yordamida bayon qila olishga o‘rgatishdan iborat.
O‘zlаshtirish (o‘qitish)nаtijаlаri
fizikaviy qonuniyatlar va omillarni qishloq xo‘jaligida qo‘llay olishlari to‘g’risida tasavvurlar hosil qilish va rivojlantirish;
nazariy bilimlar va tajribalarga tayanib bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini, intellektual va ijodiy qobiliyatlarini oshirib, o‘zlari mustaqil ravishda yangi bilimlar olishini, ma’lumotlar oqimidan kerakli ma’lumotlarni ajratib olib ulardan to‘g’ri foydalanishlarini va yangi ma’lumotlarga o‘z fikrlarini bildirib ularni baholay olishlarini rivojlantirish;
mohiyatiga yetgan holda yangi bilimlar olib ko‘nikmalarga
Bilimlаr
qishloq xo‘jaligida fizika qonunlarini qo‘llashning asosiy metodlari bilan tanishish;
zamonaviy qishloq xo‘jaligi texnikalari va ekologik muammolar haqidagi bilim olishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
tinglovchilarni fizika fanidan mustaqil bilim olishlari va ko‘nikmalarini shakllantirishlari uchun ijodiy va indellektual qobiliyatlarini rivojlantirish;
raqamli texnologiyalarni qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida qo‘llay olishlari uchun turli xil ma’lumot manbalaridan shu qatorda axborot texnologiyalaridan foydalanish qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirish;
nazariy olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishlari, turli xil fizikaviy tajribalarni mustaqil o‘tkaza olishlari va olingan natijalarni tahlil qilishni to‘g’ri bajara olishlarini shakllantirish va rivojlantirish;
birgalikda olib boriladigan ish jarayonida o‘zaro hurmatni, o‘zgalar fikrini eshitib haqqoniy baho berishni, mantiqiy fikrlash qobiliyatini
shakllantirish va rivojlantirish.
Ko‘nikmаlаr
fizikaviy modellarni tadqiq qilish;
ishlab chiqarish jarayonlarida va texnikaviy ob’ektlarda eng oddiy fizikaviy tizimlarning modellaridan foydalanish;
fizika fanining turli bo‘limlariga xarakterli bo‘lgan qiymatlarning sonli tartibini o‘lchash va baholash;
qishloq xo‘jalik ekinlarini rivojlanishi va hosildorligini aniqlash maqsadida fizik asbob va uskunalardan foydalanish