Mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti



Download 381,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana13.07.2022
Hajmi381,46 Kb.
#786347
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Umarova Noila Ota ona va bolalar munosabatlari tizimi



OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TAʼLIM VAZIRLIGI 
MAKTABGACHA TAʼIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA 
MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING 
MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI 
 
КASBIY QAYTA TAYYORLASH
AMALIY PSIXOLOGIYA YO’NALISHI
1 GURUH TINGLOVCHISI 
 
 
Umarova Noila Norqul qizi 
 
OILA PSIXOLOGIYA 
MODULI BO‘YICHA TAYYORLAGAN
MUSTAQIL ISHI 
 
MAVZU
:
 
Ota-ona-bola munosabatlari tizimi 


Ota
-
ona 

 bola” munosabatlarining psixologik xususiyatlari
. Jamiyatning jadal 
rivojlanishi, faoliyat turlarining tobora murakkablashib borishi shaxs ongiga 
ko‘rsatayotgan ko‘rinmas ta’sirlarning kuchayishiga olib kelmoqda. Bu sharoit 
takozo etayotgan bilim ko‘nikma va malakalar shaxslarda to‘la shakllanganligini 
talab etadi. Shaxsning mavjud bilimi, kasb-hunari, malakalari esa bu o‘rinda 
kamlik qilib qolmoqda. Avvalo, insonlarda oilada tarkib topgan insoniy 
fazilatlarning o‘ziga xos jihatlari ya’ni did, farosat, aql, odob, emotsional 
madaniyatga muhtojlik sezilishi, bu jarayonni ijtimoiy xarakterini ega ekanligitni 
ko‘rsatadi. Tarbiyaning sifatlari shaxsning kundalik hayot ehtiyojiga 
aylangandagina u samarali bo‘ladi. Tabiiyki, bunday sifatlarga oilaviy tarbiya 
natijasida erishish mumkin. Avvalo bunda ijtimoiy tarbiyaning o‘rnini alohida 
ta’kidlash joizki, bu shaxsning jamiyatdagi ijtimoiylashuvini ta’minlash imkonini 
beradi. Ma’lumki bu jarayonda oilaning ijtimoiy xarakteri katta bo‘ladi. Oilada oila 
a’zolarining, shu nuqtai nazardan ularning birligiga, o‘zaro hamkorliklariga 
asoslansak, barkamol inson tarbiyasida muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. 
Oilaviy tarbiya bugungi kunning murakkab muammolardan biri xisoblanadi. Uning 
murakkabligi shundaki, har bir oila o‘ziga xos ibtidoiy guruh bo‘lib, tarbiyada 
faqat mazkur guruhga xos xususiyatlarga asoslanadi. Ta’kidlaganimizdek, oilaviy 
tarbiyani ijtimoiy tarbiya bilan almashtirish bolalar kamolotiga salbiy ta’sir 
ko‘rsatadi. Masalan, yasli, bog‘chalarga bormay, faqat oilada o‘sgan va voyaga 
yetgan bolalar maktabga borganlarida o‘z tengqurlari ichida ko‘p jihatlari bilan 
ajralib qoladi. Oilaning bolalarga moddiy va ma’naviy g‘amxo‘rligini, 
ko‘rsatayotgan tarbiyani yasli, bog‘cha tarbiyasi bilan yoki, aksincha, yasli 
bog‘cha tarbiyasini oilaviy tarbiya bilan almashtirib bo‘lmaydi. Faqat o‘zaro 
hamkorlik masalani ijobiy hal etish imkoniyatini beradi. Lekin o‘zining 
xususiyatlari va takrorlanmas ta’siri bilan oila bola tarbiyasida muhim omilligicha 
qoladi. Amaliyotda kuzatganimizdek, bolada ota-onasining mehri, erkalashlari 
asosida ota-onalariga, qarindoshurug‘lariga bo‘lgan hissiyotlari shakllanib boradi. 
Bolaning otasiga bo‘lgan hurmati onaning hurmatini joyiga qo‘yishda asos bo‘ladi. 
Onaga bo‘lgan mehrmuhabbat natijasida o‘z oilasiga, yaqinlariga, voyaga yetganda 


boshqalarga bo‘lgan munosabatlarda o‘z aksini topadi. Ikkinchi tomondan bolalar 
ham o‘z ota-onalariga ta’sir ko‘rsatadilar. Oilaviy aloqalarni oilaviy qiziqish, 
ma’naviy qoniqish hislatlarini takomillashiga sabab bo‘ladilar. Ota-onalarning 
o‘ziga va bolalariga bo‘lgan talabchanligi, katta va kichiklarning o‘zaro 
munosabatlari, do‘stona muhit, ishonch va o‘zaro birbirlarini tushunish oila, 
maktab va jamoatchilikning bolalar tarbiyasi yuzasidan olib boriladigan muhim 
omillaridan biri ekanligini e’tirof etish maksadga muvofiqdir. Bunday birlikning 
amalga oshishida, avvalo, ota-onalarning siyosiy ongliligi muhim rol o‘ynaydi. 
Chunki ota-onalarning faolligi oilaviy hayotda o‘z ifodasini topadi. Shu ma’noda 
bolalar o‘z ota-onalarining siyosiy va fuqarolik qiyofalariga qarab o‘z xulq-
atvorlarini tartibga soladilar, hurmatlarini joyiga qo‘yishga o‘rganadilar. Bolalar 
ulg‘aya boshlashi bilanoq o‘z otaonalarining qaerda ishlashlari, jamiyatda tutgan 
o‘rinlari, ularning bilimiga qiziqa boshlaydilar. Shuning uchun ham ota-onalarning 
nimalarga qiziqishlarini, kimlar bilan safdosh ekanliklarini bolalar mumkin qadar 
ertaroq bilishlari kerak. Ota-ona qanday ishda bo‘lmasin uni jiddiy, el hurmatiga 
loyiq bir ish deb biladigan bo‘lishi kerak. Bu borada oiladagi tarbiyaning 
maqsadga muvofiq tashkil etilishi yuzasidan javobgarlik ayrim holatlarda ma’lum 
darajada maktabga yuklatiladi. Oiladagi hukmronlikning tarbiyaviy jihatdan to‘g‘ri 
bo‘lishini ta’minlash maktabning muhim vazifalaridan biridir. Oilaviy tarbiyaning 
mazmunli tashkil etilishiga dastlabki ta’sirni maktab belgilaydi. Maktabgina 
oilaviy tarbiya samaradorligini oshirish yuzasidan rahbarlik qila oladi. Bu 
vazifalarning muvaffaqiyatli bajarilishida, ijobiy hal etilishida ota-onalar o‘rtasida 
olib boriladigan tarbiyaga oid targ‘ibotning roli benihoyadir. Chunki ota-onalarni 
hozirgi zamon ruhiy-ta’lim-tarbiyaviy bilimlar bilan qurollantirmay turib, oilaviy 
tarbiyani yo‘lga qo‘yib bo‘lmaydi. Ommaviy-tarbiyaviy targ‘ibotda eng 44 yaxshi 
oilalar namunasida ta’sir ko‘rsatish eng maqbul yo‘ldir. Bola tarbiyasi yuzasidan 
oila, maktab va jamoatchilik hamkorligi hozirgi kunimizning dolzarb masalaligi 
ham mana shundadir. Chunki, birinchidan, bola tarbiyasida oila, maktab va 
jamoatchilik hamkorligining o‘zi murakkab jarayon bo‘lib, bunda muallimlardan 
tashqari ishlab chiqarish jamoalari vakillari, yoshlar, kasaba uyushmalari ishtirok 


etadilar. Ikkinchidan, ota-onalar va qarindoshurug‘lar turli mehnat jamoalarining 
vakillari bo‘lib, ishlab chiqarish va yoru do‘stlarining ma’naviy xayotlaridagi 
omillarni muhokama qiladilar, ularning hayotga, oilaviy majburiyatlarga bo‘lgan 
munosabatlari haqida gapiradilar. Shu sababli ham mana shunday toifa oilalarida 
tarbiya topayotgan bolalar boshqa ota-onalarning ko‘chada, jamoat joylaridagi 
hayot faoliyatlariga qarab o‘z otaonalariga baho beradilar. To‘plangan tajriba 
bolalarni yasli, bog‘cha, maktabdagi o‘rtoqlari bilan muhokama qilish orkali 
ba’zan taqlid qilish xollari kuzatiladi. Oilalarning bolalar tarbiyasi uchun 
imkoniyat doiralari ancha keng bo‘lib, ko‘plab oilalarimiz moddiy jihatdan yaxshi 
ta’minlangan. Ota-onaning ko‘pi eng kamida o‘rta ma’lumotli. Bunday holatlar 
ota-onalarning pedagogika, psixologiya sohasidagi bilimlar bilan qurollanishiga va 
maktab bilan hamkorlikda bolalar tarbiyasini yaxshilash imkoniyatlarini yaratadi. 
Otaonalarning bilim saviyasi, umumiy tarbiyaga oid madaniyati, ijtimoiy 
intilishlari va talablari, bolalar tarbiyasiga nisbatan turlicha munosabatlari, 
shakllangan hayo tiy tajribalari, tarbiya va ijtimoiy taraqqiyot natijasida hosil 
qilgan ishonch va e’tiqodlari, oiladagi o‘ziga xoslik bolalar tarbiyasiga salmoqli 
ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘plab qishloq oilalarida ma’lum darajada bolalar tarbiyasi 
yuzasidan jamoatchilik yordami mavjudligiga qaramasdan tarbiyaviy kuchlarning 
bir butunligiga erishilmagan, o‘zaro hamkorlikni qanday tashkil etish mumkinligi 
haqida ma’lumot yetarli emas. O‘qituvchilar ham sinf ota-onalar majlisining 
o‘tkazilishi maktab va oila hamkorligini ta’minlaydi, deb o‘ylashadi. To‘g‘ri, ota-
onalar majlisi ham hamkorlikni ta’minlashning eng muhim omillaridan 
hisoblanadi, lekin oila, maktab, jamoatchilik hamkorligi uchun, ularni birlashtirish 
uchun maxsus tashkil etilgan markaz bo‘lishi lozim. Demak, maktab mukammal 
tashkilot sifatida barcha tarbiyaviy ishlarni maqsadga muvofiq tashkil etishi lozim. 
O‘z o‘qituvchilar jamoasini uyushtira olgan, jamoatchilikni bolalar tarbiyasiga 
yo‘naltira olgan, ularning ota-onalarini yaxshi bilgan maktab ma’muriyatigina 
tarbiyaviy yutuqlarni qo‘lga kirita oladi. Bunday maktablar esa o‘z atrofidagi 
zavod, fabrika, jamoa va davlat xo‘jaliklari, otaliqqa olgan korxonalar bilan 
aloqani mustahkamlab, o‘quvchilarning maktabdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli 


tashkil etmoqdalar, qarovsiz, tarbiyasi og‘ir bolalarni o‘z nazoratlariga olmoqdalar. 
Bunday xayrli ishlarda ko‘plab ota-onalar maktab bilan yaqindan aloqada bo‘lib 
o‘quvchilar tarbiyasi yuzasidan o‘qituvchilar jamoasi bilan bamaslahat ish olib 
borishmoqda. Lekin, ko‘plab ota-onalar bolalar tarbiyasiga tayer emasliklari, 
ularga ta’sir etuvchi turli omillardan bexabarliklari, bola kamolotining murakkab 
tomonlarini bilmasliklari natijasida oilaviy tarbiyada ko‘plab ko‘ngilsiz voqealar 
ham sodir bo‘lmoqda. Bunday salbiy omillar o‘g‘il yoki qizlarning maktabdagi 
ta’lim-tarbiyasiga yomon ta’sir ko‘rsatmoqda. Bu esa o‘z o‘rnida voyaga yetmagan 
yoshlar orasida qonunbuzarliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda. 
Kuzatishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hali ham ayrim ota-onalar bolalar tarbiyasi va 
ularning kelajaklari haqida zamon talabi darajasida tarbiyaviy mas’uliyatni his 
qilmayaptilar. Ota-onalar bilan suhbatlashish natijasida shu narsa aniqlandiki, ular 
farzandlari 15-16 yoshga yetganidagina o‘g‘lim yoki qizim yuqori sinfda 
o‘qiyotganligi esga tushib koladi. Kelajakda qaerga yuborsam ekan, qaerga 
o‘qitsam ekan degan fikrga boradilar. Imkoni boricha, tanish-bilish orqali o‘zlari 
uchun ma’qul dargohga o‘qishga yoki ishga joylashtirmoqchi bo‘ladilar. Ular 
bolalarining qobiliyatiga ham, qiziqishiga ham, xohishiga ham e’tibor bermaydilar. 
Bunday holat ota-onalarning tarbiya masalasida aniq maqsad va dasturlari yo‘qligi 
oqibatida sodir bo‘ladi.O‘rni kelganda shuni alohida ta’kidlash kerakki, ayrim 
maktab o‘qituvchilari orasida o‘z ishiga mas’uliyatsizlik bilan munosabatda 
bo‘luvchi shaxslar ham yo‘q emas. Ularning eng yomon xatolaridan biri tarbiyaga 
oid barcha kamchiliklarni ota-onalar zimmasiga yuklab qo‘yib, o‘zlari esa 
kuzatuvchi bo‘lib qolishlaridir. O‘qituvchi ota-onalarning faol yordamisiz 
bolalarning barkamolligini ta’minlay olmaydi. Bu o‘rinda tarbiyachining o‘zini 
tarbiyalash lozimligini ham esdan chiqarmaslik kerak. O‘ziga nisbatan talabchan 
muallim ota-onalar bilan hamkorlikda o‘quvchilarda mustaqil fikrlash va harakat 
qilish, yangilikni sezish, tashabbuskorlik hamda ijodkorlik qobiliyatlarini 
shakllantirish maqsadida ularga qat’iy talablar qo‘yish uchun ma’naviy huquqqa 
ega bo‘ladi. Hozirgi kunda jamoatchilikn quyidagi dolzarb muammolar tashvishga 
solmoqda. Oilada o‘g‘il-qizlar kimlar tomonidan tarbiyalanayaptilar va ular qanday 


ruhda, maromda tarbiya olmoqdalar? – Oilaning tarbiya ishi rejasi va tartibli olib 
boriladimi? o‘quvchilar ko‘z o‘ngida ota-ona, katta yoshdagi qarindosh–urug‘lar, 
tug‘ishganlar qanday darajadagi obro‘ga egalar? Oila tarbiyasi va ota-ona o‘rtasida 
birlik, umumiylik mavjudmi? Maktabda qo‘llanayotgan ahloqiy tarbiya vositalari 
va shakllari qanday tadbiq etilmoqda? Oilada rag‘batlantirish va jazolash 
metodlaridan qay yo‘sinda foydalanmoqda va shu kabilar. Shuningdek, shaxslararo 
munosabatlarda oila a’zolarining asab sistemasi (uning kuchi, muvozanati, 
ildamlig‘i, beqarorligi), temperamenti (uning xolerik, sangvinik, flegmatik 
toifalari), g‘oyaviy maslagi, uning qiziqishi, xis-tuyg‘usi, ideali, e’tiqodi, 
dunyoqarashi, shaxsiy pozitsiyasi) ahloqiy xislati, diqqati, uning kuchi, tarqoqligi, 
parishonxotirligi, tiyrakligi) xotirasi, irodasi (mustaqilligi, qat’iyligi, dadilligi, 
mard-qo‘rqmasligi), nutq (mazmunli, mantiqli, oxangli, sur’ati, dag‘al va 
yumshoqligi), emmotsional ichki kechinmlari (kayfiyati, extirosi, zo‘riqishi, 
jo‘shqinligi, qo‘rsligi, achchiqlanishi, xursandligi) kabi ruhiyat va ma’naviyat 
jihatlarini xisobga olgan xolda joriy qilish muammolari ham kishilarni juda 
qiziqtiradi. Oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlar tuzilishining taxminiy sxemasi 
quyidagicha:

buva va buvi hamda oilaning qolgan barcha a’zolari aloqasi: 

ota-
onaning o‘zaro munosabatlari: 

ota-ona va farzandlar orasidagi muloqot: 

farzandlarining o‘zaro munosabatlari tartibi: 

kelinning barcha oila a’zolari bilan 
munosabatlari: 

kelinlarning (ovsinlar) o‘zaro muloqot qilishlari kabilar. Inson 
omilini har tomonlama kamol toptirish, o‘zaro yerdam, o‘rtoqlik munosabatlarini 
yanada yaxshilash, shaxsiy oilaviy va ijtimoiy hayotda oddiylik va halollik, 
hushmuomalalik va rostgo‘ylik kabi ma’naviy-axloqiy insonlarga xos bo‘lgan 
sifatlarni yanada takomillashtirish asosida jumxuriyatimizning ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotini jadallashtirish davrimizning eng muhim istiqbulli rejalaridan 
xioblanadi. Kishilik jamiyati taraqqiyoti tarixidan ma’lumki, bola shaxsining 
kamoloti oilada shakllanadi. Oila jamiyat hayotini olg‘a suruvchi, uni yanada 
yuksak bosqichlarga ko‘tarib ravnaq toptiruvchi, kelajak avlodlarni tarbiyalab 
yetishtiruvchi, kamol toptirish uchun mas’ul bo‘lgan g‘oyat muhim o‘chog‘dir. 
Jamiyatimiz taraqqiyoti o‘zining rivojlanish qonuniyatlariga asoslangan holda 


shaxs yetukligini taxminlovchi va tarbiya samaradorligini oshiruvchi omillarni 
vujudga keltirish talabini qo‘ymoqda. Shu bilan birga jumhuriyatimiz taraqqiyoti 
bilan oila, uning barcha hayotiy bosqichlari jiddiy o‘zgarishlarga uchraetganligini 
ham esdan chiqarmaslik kerak. Bizning yangi oila vujudga keltirish borasidagi 
muvaffaqiyatlarimiz shak-shubhasizdir. Oila erkaklar va aellarning to‘la teng 
huquqligi, oila uchun bab-baravar javobgarligi asosida quriladi. Biroq, yangi oilani 
vujudga keltirish oddiy ish emas. Bu murakkab jaraen bo‘lib, uning o‘z 
muammolari mavjud. Mustaqil oila - uning eng muhim negizlaridan biridir. 
Respublikamiz moddiy-texnika bazasining rivojlanishi o‘z navbatida oilaning 
moddiy va ma’naviy kamolotiga, bu esa, o‘z navbatida oiladagi Bolalar tarbiyasiga 
u yoki bu darajada ta’sir ko‘rsatadi. Mehnatkashlarning turmush sharoitlarining 
muttasil yaxshilanishiga, farovonlashishiga olib keladi. Oiladagi daromadlarning 
oshishi, bir tomondan, ota-onalarning bilim saviyalari va madaniy hayotlarining 
yaxshilanishiga sabab bo‘lsa, ikkinchi tomondan, oila a’zolarining yuqori 
ma’naviy ehtiejlarining ijobiy shakllanishiga, oilaviy munosabatlarning 
takomillashuviga, boyishiga, kattalar va kichiklar orasidagi muloqot mazmuniga 
ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Shu sababdan bo‘lsa kerak, respublikamizning, 
jamoatchilikning diqqate’tibori oilalarni mustahkamlash, yangi oilalarning qaror 
topishi va shakllanishiga qaratilmoqda. Chunki yoshlarni oilaviy hayotga 
tayyorlash davr talabiga aylanib bormoqda. Oila va oilaviy tarbiya muammolari 
ichida otaonalarning tarbiyachilik madaniyatini oshirish va ularga umumiy 
tarbiyaga oid bilim berish davrimizning dolzarb masalalaridan biridir. Oilalarni 
pedagogika yutuqlari bilan tanishtirish ularning mustahkamligini ta’minlash 
vositalaridan biridir. Ikkinchi tomondan esa, bu o‘z navbatida, Bolalarning 
tarbiyasida tegishli shakl va uslublarni takomillashtirish yo‘llaridan biridir. 
Shuning uchun ham ota-onalarni, oilalarni tarbiyaga oid bilimlar bilan, tarbiya 
uslublari bilan qurollantirish nihoyatda zarur. 
Ota-onalar va bolalar o'rtasidagi munosabatlar inson hayotida muhim rol o'ynaydi. 
Ota-onalarning munosabati bolaning birinchi taassurotlarini anglatadi va boshqalar 
bilan keyingi barcha aloqalarning ohangini belgilaydi. Mustahkam oilaviy rishtalar 


mustaqillik, qiziquvchanlik, o'zini o'zi anglash va qaror qabul qilish qobiliyatini 
rivojlantirishga yordam beradi. Farzandingiz bilan munosabatlaringizni uning 
hayotida ishtirok etish va yaqin muloqot orqali yaxshilashga harakat qiling. 
Moslashishni unutmang, chunki bola kun sayin o'zgarib, keksayadi. 

Download 381,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish