Bolalar va o’smirlarda suitsidal xulq-atvor xavfini quyidagi omillariga
e’tibor qaratish zarur:
-suitsidal moyillik, suitsidga qo’l urgan qarindoshlarning borligi (nasliy
qiynalish);
- oilada iliq va ishonchli munosabatlarning yo’qligi (istaksiz tug’ilgan bola),
tahqirlanganlik hissi;
-ota-onani yo’qotish, oilaning barbod bo’lishi;
-ota-ona, aka-opa yoki boshqa qarindoshlar tomonidan kaltaklanish, xo’rlanish;
-yaqinlari tomonidan jismoniy va ma’naviy kamsitilish;
-qo’rquv, siqilish va tushkunlik, ranjish hissi;
-pedagoglar yoki sinfdoshlar bilan nizolar;
59
-qilgan yoki qilmagan qilmishlar uchun jazolanishdan qo’rqish;
-yolg’izlik;
-spirtli ichimlik yoki toksik zaharlanish holati;
-xarakter patologiyasi va ruhiy kasalliklar.
Suitsidni amalga oshirish ehtimoli katta bo’lgan 3 ta guruh belgilari mavjud:
Birinchi guruh
–
og’zaki belgilar
, bunda suhbatning mavzuidan bilish
mumkin. Bunga ojizlik, umidsizlik hislari taalluqli. Hayot bilan xayrlashuvga oid
suhbat (masalan, “eng sevimli rasmlarni oxirgi marta qo’ryapman...”); o’lish istagi
haqidagi hazil; aniq reja yoki o’z joniga qasd qilish uslubi haqida ma’lumot;
ikkilanish; bironta muhim voqeaga yoki odamga baho berish (masalan, muhabbat va
nafrat orasida); sekin, lanj va ma’nosiz nutq; o’zini va boshqalarni ayblash.
Ikkinchi guruh –
emotsional belgilar.
Ularni og’zaki nomalar va yozma
ma’lumotlar (yig’i, hiqillab yig’lash, bir so’z aytish uchun uzoq pauza) dan bilish
mumkin – qayg’urish, aybdorlik hissi, omadsizlik, shaxsiy ahamiyatsizlik hissi,
qo’rquv, o’zini yo’qotib qo’yish, impulsiv harakatlar.
Uchinchi guruh –
xulqiy belgilar.
Bu xulqning birdan o’zgarishi bo’lib, o’zi
uchun muhim odamlardan yoki uning uchun muhim bo’lgan faoliyatdan
uzoqlashtiradi, shuningdek, o’ylamasdan yoki aqlsiz qiliqlar hayot uchun yoki
salomatlikka xavf bilan bog’liq (masalan, qurilish maydonlarida o’ynash, portlovchi
moddalar bilan manipulyatsiya qilish, sportning xavfli turi bilan shug’ullanish). Bu,
shuningdek, spirtli ichimlik va narkotik moddalarga moyillikdir. Bunga yana alohida
zaruriyatsiz, yashirin depressiya, ko’pincha, jismoniy darmonsizlik oshkor bo’lganda
shifokor yordamiga ehtiyoj ham kiradi. Yashirin depressiyadan tashqari, oshkora
bo’lishi ham mumkin, ya’ni kayfiyatsizlik, nutq, fikrlashning tormozlanishi,
siqilishda ham ko’rinadi. Oshkora depressiyada boshqa simptomlar ham bo’lishi
mumkin: qo’rquv, vahima, qo’rqoqlik. Uchinchi guruh belgilariga, shuningdek,
sevimli narsalardan ajralish (masalan, “itimni jud yaxshi ko’rardim, uni sovg’a
qildim, menga kerakmas...”); o’zini himoya qilish vositalari haqida gaplashish (“gazli
pistolet, balloncha oldim”, “bu tabletkalar qanday ta’sir qiladi, biron narsa sezasanmi
yoki yo’q?”); yashashdan maqsad yo’qligiga oid, inson hayotining qadrsizligi haqida.
60
Ba’zan o’z joniga qasd qilish haqida xayol qilayotgan bolalar va o’smirlar sarosimaga
tushadilar. Ularni umidsizlik qamrab oladi va ular ongsiz ravishda atrofidagilarga o’z
qilmishlari haqida “signal” beradilar. Ularning bundan maqsadi shundaki, ularga
kimdir engillik va xavfsizlik hissini topib kelsin. Shuning uchun, birinchi o’rinda,
suitsidal xulq-atvor shakllanishini to’xtatish imkonini qo’ldan chiqarmaslik uchun
bunday “belgi”larga e’tibor berish zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |