1.Mutaxassislar (faylasuf va sotsiolog olimlar)ning fikricha, hali ilm-fanda „antikultura“ („gʻayrimadaniyat“) degan ilmiy tushuncha shakllanmaganligi uchun „Pop (ommaviy) madaniyat“ tushunchasi, nochorlikdan qoʻllanilmoqda. Chunki, „ommaviy madaniyat“, aslida madaniyatsizlik, yaʼni maʼnaviyatsizlik va axloqsizlik sinonimidir. „Ommaviy madaniyat“ shu boisdan, eng avvalo, yuksak isteʼdod va oʻlmas maʼnaviy-axloqiy gʻoyalar bayroqdori boʻlgan mumtoz madaniyatga, sanʼatga, uning boyliklariga qarshi tish-tirnogʻi bilan kurashib, uni inkor etib keladi.
Gʻarb dunyosining oʻzidagi faylasuflar, sotsiolog olimlar, "Bizga „Toʻqqizinchi simfoniya“ (Betxoven) kerak emas!" yoki „Mona Liza“ni loyga qorishtiramiz!" kabi jaholatparastlikka asoslangan xitoblar „ommaviy madaniyat“ tarafdorlari va muxlislarining dasturiy qarashlari negizini tashkil etadi, deb yozadilar.
Ajablanarlisi, gohida gʻoyatda isteʼdodli insonlar ham „ommaviy madaniyat“ targʻibotchilarining qutqusiga uchrab, uning tegirmoniga suv quymoqda. Masalan, rassom Salvador Dali Leonardo da Vinchining „Mona Liza“ („Jakonda“) asarini kulgi qilib, Mona Liza lablari ustiga moʻylov chizgan va „Moʻylovli Jakonda“ asarini yaratgan. Mana shunday „achchiq istehzoli, qora mazmunli kulgi“ — „ommaviy madaniyat“ faoliyatining eng yetakchi belgilaridan biridir.
„Ommaviy madaniyat“ namoyandalari qora, zaharxanda, behayo kulguni „isyon ifodasi“ deb bilishadi. „Nimaga qarshi isyon“ degan savol tugʻiladi. Agar „pop-madaniyat“ dunyoga „ehson“ etayotgan „pop-art“ („tasviriy sanʼat“ desa ham boʻladi), "pop- natijalariga qarab hukm yuritilsa, ular insoniyat yaratgan barcha qadriyatlarni isyonkorlik bilan inkor etadi: yuksak madaniyatni, maʼnaviyatni, axloqni, yuksak orzu-maqsadlarni mensimaydi.
Ular uchun ezgulikning oʻzi yoʻq. Jumladan, sanʼat — alohida isteʼdodlar tomonidan yaratiladigan maʼnaviy boylik, moʻʼjiza ekanligi kabi ijodning oliy mezonlari „pop-madaniyat“ tarafdorlarining oʻta darajada gʻashini keltiradi. Ularcha, hamma sanʼatkor boʻlishi mumkin. Hamma narsa sanʼat atalishi mumkin. „Pop-art“ — ommaviy sanʼat shu xulosa manbaida vujudga kelgan.
Chunonchi, „ommaviy madaniyat“ namoyandalaridan biri Karl Manning fikricha, atrof-borliqda, maishiy hayotda mavjud barcha narsalar (masalan, konserva bankalari, siniq tish choʻtkalari, mashina, vodoprovod kabilarning zanglagan boʻlaklari, turli suratlar, jurnal-gazeta qiyqimlari ham) hayot bagʻridan alohida ajratilib, ularga muayyan tartib berilib, odamlar nazariga tutilsa, bu oddiy chiqindilar baayni arxeologik qazilmalar chogʻida topilgan qadimgi yunonlar davriga xos osori atiqalarday oʻzgacha ahamiyat kasb etib, „sanʼat, madaniyat namunalari“ qatoridan oʻrin olar emish.
„Pop-art“chilarning dasturiy qarashi shundayki, ular insonni emas, aksincha, narsalar va buyumlarni eʼzozlashadi; maʼnaviy dunyoni emas, maishiy-isteʼmolchilik his-tuygʻularini qadrlaydilar va ularni keng ommalashtirishga intiladilar. Ularning maʼnaviy pozitsiyasi — maʼnaviyatni oʻldirish va „narsalarga qullik“ni ragʻbatlantirishdir. Amerikaning taniqli adibi R. Bredberi aytganidek, „ommaviy madaniyat“ maktabidan oʻtgan avlod uchun hayotning maʼnosi — avtomobil, televizor, muzlatkichga ega boʻlish. Agar televizor ikkita boʻlsa, ularga shuncha yaxshi.
Ommaviy madaniyat koʻrinishlari[tahrir | manbasini tahrirlash]
Kitch (zarracha badiiy-estetik qimmatga ega boʻlmagan narsa va buyumlarga yuksak andoza tusini berish),
komiks (tagiga qisqa matn yoki luqmalar bitilgan behayo matbaa — rasm mahsulotlari),
starizm (subʼektiv ehtiroslarga berilgan holda, estrada artistlari, aktyorlar, sportchilar, telediktorlarni ilohiylashtirish),
Hippining (avvaldan rejalashtirilmagan, nogahonda uyushtiriladigan „keskin“ tomoshalar, masalan, royal, pianino yoki avtomobillarni urib abjagʻini chiqarish yoxud oʻt qoʻyish orqali vahshiyona, ommaviy „koʻngil ochish“lar uyushtirish) „ommaviy madaniyat“ning ayrim koʻrinishlaridir.
Ommaviy madaniyat" nima? Bu savolga har bir xalq o‘zining manfaatlari va qadriyatlaridan kelib chiqqan holda javob beradilar. Umuman olganda "ommaviy madaniyat" bizning qadriyatlarimizga mutlaqo to‘g‘ri kelmaydigan madaniyatlar qatoriga kiradi. Bu xususda Prezidentimiz SH.M.Mirziyoyev: "Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama-karshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, "ommaviy madaniyat" kabi xavf-xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur yetkazmoqda. Mana shunday va boshka ko‘plab tahdidlar insoniyat hayotida jiddiy muammolarni keltirib chiqarayotgani - ayni haqiqat va buni hech kim inkor etolmaydi"48, - degan edi. Shu nuqtai nazardan qaraganda biz uchun ommaviy madaniyat - bu bir guruh boylikka o‘ch odamlar tomonidan zamonaviy axborot-texnologiyalarining imkoniyatlaridan unumli foydalangan holda axloqiy buzuqlik, zo‘rovonlik, o‘z manfaatini o‘zgalar manfaatidan ustun qo‘yish, "men "ni ulug‘lash kabilarni aks ettiruvchi har xil o‘ta sayoz madaniyat asarlarini moddiy va ma’naviy hayot maydonlariga tashlab, ko‘ngilocharlik bahonasida tijoratga asoslangan iste’molchilikni yo‘lga qo‘yib xalqlarni o‘z milliy qadriyatlariga asoslangan madaniyatidan judo qilish evaziga katta daromad topishga qaratilgan aksilmadaniyatdir.
«Ommaviy madaniyat»ning belgilari: axloqiy buzuqlik, zo‘ravonlik, individualizm, egotsentrizm va boshqalar kiradi.
2.
Do'stlaringiz bilan baham: |