1-mavzu. Kirish. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlash,
saqlashni va dastlabki ishlashni mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishning ahamiyati va rivojlanish istiqbollari.
Reja:
1. Kirish. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishning halq farovonligini oshirishdagi o’rni;
2. Ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirishning rivojlantirish istiqbollari;
3.Texnika xavfsizligi qoidalari.
4. Asosiy atama va tushunchalar.
1. Kirish. Qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirishning halq farovonligini oshirishdagi o’rni
Mustaqillik yillarida sezilarli darajada taraqqiy etayotgan respublika agrosanoatining barcha yo’nalishlarini, ayniqsa, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini eng zamonaviy, mukammal qishloq xo’jaligi texnikalari bilan ta’minlash uchun xorijiy davlatlarning ilg’or firmalari bilan hamkorlikda bunday texnikalarni mamlakatimizda ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Shu bilan birga davlatimiz tomonidan fermer xo’jaliklariga texnikalardan foydalanishning yangi yo’nalishlarini yaratib berilganligi, ya’ni, o’zining shaxsiy texnikasidan hamda boshqa korxona va tashkilotlarning texnikalaridan shartnoma asosida yoki ijaraga olib foydalanish imkoniyalari borligini alohida ko’rsatib o’tish mumkin.
Shu bilan birga qishloq xo’jaligining barcha sohalarini mexanizatsiyalashtirish halq faravonligini oshirishda eng muhim yo’nalishlardan biri (1.1-rasm) bo’lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda qishloq xo’jaligi mahsulotlari yetishtirish asosan sug’oriladigan dehqonchilik sharoitida amalga oshiriladi. Suv zaxirasini yetarli emasligi eksintensiv usulda mahsulotlar yetishtirishni, ya’ni, yangi ekin maydonlarini yaratish hisobiga mahsulotlar ishlab chiqarishni ko’paytirish imkoniyatini chegaralanganligi uchun kelajakda intensiv usulda - ekinlar hosildorligini oshirish hisobiga mahsulotlarni ko’paytirish istiqbolli yo’nanalish qilib belgilangan. Bunda qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini to’liq mexanizatsiyalashtirish asosiy vazifalardan biri hisoblanadi.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini mexanizatsiyalashtirishning asosiy maqsadi,sodda qilib aytganda, mahsulotlarni yetishtirishda mehnat sarfini kamaytirishdan iborat. Ma’lumki, hozirgi davrda texnikalar kuchi bilan har qanday cho’lni go’zal, yashnagan vodiyga aylantirish mumkin, lekin bir vaqtni o’zida uni teskarisi ham amalga oshishi hech gap emas.
Shuning uchun texnikani qo’llashda nihoyatda ehtiyot bo’lish talab etiladi, har bir traktor va qishloq xo’jaligi mashinasini to’g’ri ishlatish, ulardan to’g’ri foydalanish, har bir ishni qachon va qanday amalga oshirishni bilish qishloq xo’jaligi sohasida ishlaydigan har bir mutaxassis uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmasligimiz kerak.
Hozirgi kunda mamlaktimizda qishloq xo’jaligi ekinlarini yetishtirishda bajariladigan ishlarni mexanizatsiyalash darajasi ancha past bo’lib, bu ko’rsatgich paxtachilikda 70-75%, g’allachilikda 85-90%, yem-xashak tayyorlashda 80-85%, sabzavot-polizchilikda 70-75%, bog’ va uzumchilikda esa 50-55%tashkil etmoqda.
Shu bilan birga yetishtirilgan qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash ishlari ham talab darajasida emas.
Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo’jaligi mahsulotlardan paxta xom ashyosi va bug’doy doni to’liq qayta ishlanayotgan bo’lsa, meva, uzum, kartoshka, sabzavot va poliz ekinlarini atigi 15...28% qayta ishlanmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |