Oldingi tahrirga qarang. Ko‘p yil ishlaganlikni imtiyozli hisoblash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(27-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Oldingi tahrirga qarang. VI. TERRORChILIK FAOLIYATIDA IShTIROK ETGANLIK HAMDA TERRORIZMGA QARShI KURASh TO‘G‘RISIDAGI QONUNChILIKNI BUZGANLIK UChUN JAVOBGARLIK
(VI-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 28-modda. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang. Terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladi.
Shaxs terrorchilik faoliyatida ishtirok etishdan o‘z ixtiyori bilan qaytgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining va terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonunchilikka muvofiq javobgarlikdan ozod etilishi mumkin.
(28-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 29-modda. Terrorchilik faoliyati uchun tashkilotning javobgarligi
Tashkilot sudning qarori asosida terrorchilik tashkiloti deb topiladi va tugatiladi.
Terrorchilik tashkiloti deb topilgan tashkilot tugatilganda unga tegishli mol-mulk musodara etiladi hamda davlat mulkiga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida ro‘yxatga olingan xalqaro tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) O‘zbekiston Respublikasining sudi tomonidan terrorchilik tashkiloti deb topilgan taqdirda O‘zbekiston Respublikasi hududida mazkur tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) faoliyati taqiqlanadi va bu tashkilot (uning bo‘linmasi, filiali, vakolatxonasi) tugatiladi, unga (uning bo‘linmasiga, filialiga, vakolatxonasiga) tegishli, O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lgan mol-mulk musodara etiladi va davlat mulkiga o‘tkaziladi.
30-modda. Etkazilgan zarar uchun javobgarlikdan ozod etish
Terrorchilikka qarshi operatsiyada ishtirok etayotgan harbiy xizmatchilar, mutaxassislar va boshqa shaxslar bunday operatsiya o‘tkazilayotganda majburan zarar yetkazganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolarning ma'naviy va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish masalalari...
O'zbekiston Respublikasi Toshkent Oliy harbiy texnika bilim yurtida “Jangari ekstremizm va xalqaro terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasi xavfsizligiga solayotgan zamonaviy tahdidi. Terrorizmga qarshi kurashishda fuqarolarning ma'naviy va huquqiy madaniyatini yanada rivojlantirish masalalari” mavzusida respublika harbiy-ilmiy seminari bo'lib o'tdi.
Unda diniy tashkilotlar, nufuzli ta'lim muassasalari hamda huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ishtirok etishdi.
Mazkur seminar harbiy xizmatchilar va kursantlarning diniy ekstremizm va xalqaro terrorizmga qarshi kurashish borasidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, ularni ogohlikka chorlash, shaxsiy tarkibda jamiyatda sodir bo'layotgan har qanday o'zgarish va vokea-hodisalarga nisbatan dahldorlik hissini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.
Anjuman davomida terrorizm bilan bog'lik qonunchilikni takomillashtirishdagi yangiliklar hamda Ichki ishlar vazirligi tizimida terrorizm va ekstremizga qarshi kurash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada kelgusidagi vazifalar, shuningdek yoshlarimizning diniy va dunyoviy bilimlarini yanada oshirish borasida rasmiy axborotlardan foydalanish masalalari, hamda terrorizm va ekstremizga qarshi doimiy profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.
Seminar davomida "Mustaqillik yillari: milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishi", "Xalqaro-terrorchi tashkilotlarning Ommaviy axborot vositalaridan foydalanish usullari va unga qarshi kurashish choralari", "Diniy ekstremizm va terrorizmning Markaziy Osiyo mintaqasiga salbiy tasiri va uni bartaraf etish chora tadbirlari" singari ma'ruzalar o'qib eshittirildi. ekstremizm va terrorizm insoniyat bilan birga XXI asrga kirib kelgan eng xavfli ijtimoiy illatlardan biriga aylandi. ekstremizm bag'rikenglik, rang-baranglik va hamfikrlilikni rad etishi bilan mamlakat taraqqiyoti va fuqarolararo hamjihatlikka raxna soladi.
Aqidaparastlar nafaqat ijtimoiy hayotning siyosiy, iqtisodiy yoki madaniy sohalariga zarar etkazadilar, balki jamiyatga ommaviy tarzda psixologik bosim o'tkazib, eng mudhish shakllardagi zo'ravonlik va agressivlik mafkurasini yoyadilar. Shu nuqtai-nazardan, jamiyatda diniy asosda nizolar chiqishiga yo'l qo'ymaslik, dinni siyosiylashtirish va soxtalashtirish orqali mamlakatdagi ijtimoiy barqarorlikni izdan chiqarishga qaratilgan har qanday harakatning oldini olish davlat va jamiyatning oldida turgan hayotiy muhim masalalardan biri hisoblanadi.
Bugungi kunda ekstremizm va terrorizm alohida mamlakatlarning milliy xavfsizligi va umuman jahon hamjamiyatiga jiddiy tahdid uyg'otayotgan omilga aylandi. Umumbashariy muammoga aylangan ekstremizm va terrorizmni jahon hamjamiyati faqat birgalikda, turli tor geosiyosiy manfaatlardan voz kechgan holda harakat qilibgina enga olishi mumkinligi aksariyat davlatlar tomonidan tan olingan ayni haqiqatdir.
ekstremizm va terrorizm illatining so'nggi paytlarda tobora kuchayib borayotgani mazkur muammoning naqadar dolzarb ekanini ko'rsatadi. Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev ham bu masala yuzasidan: “Ayni vaqtda dunyoning ba'zi mintaqalarida yuzaga kelgan notinch vaziyat aholi migratsiyasi kuchayishiga, bu esa, o'z navbatida, terrorizm va ekstremizmning tarqalishiga hamda ularning global muammolardan biriga aylanishiga olib kelmoqda. Bunday vaziyatda milliy davlatchiligimiz, mustaqilligimiz, aholimizning tinch va osoyishta hayoti va xavfsizligimizni saqlash biz uchun eng ustuvor vazifaga aylanib bormoqda” deb so'zlaganlar.
Ta'kidlash joizki, turli ekstremistik va terroristik tashkilotlar Markaziy Osiyo davlatlaridagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatni izdan chiqarishga qaratilgan faoliyatini davom ettirmoqda. Shu nuqtai-nazardan, muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev jahon hamjamiyati e'tiborini Markaziy Osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlash, terrorizm va ekstremizm, transmilliy jinoyatchilik va narkotrafik tahdidlariga qarshi samarali kurashishni BMT preventiv diplomatiya usullaridan foydalangan holda, shuningdek, MDH, ShHT, EXHT va boshqa nufuzli xalqaro hamda mintaqaviy tuzilmalar mexanizmlari doirasida ta'minlash mumkin ekaniga, xavfsizlikka tahdidlarni “o'ziniki va o'zgalarniki” deb ajratishdan voz kechish, “yaxlit xavfsizlik” tamoyiliga amalda rioya qilish zarurligiga qaratmoqda.
O'zbekiston ekstremizm va terrorizm tahdidlari va zararlarini boshidan kechirgan mamlakat hisoblanadi. Yurtimizda ushbu illatlarga qarshi kurashish, uning sabablarini oldini olish bo'yicha jahon hamjamiyatiga namuna bo'la oladigan darajada o'ziga xos tajriba shakllangan.
Respublikamizda Prezidentimiz boshchiligida hukumatimiz tomonidan ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash borasida jahon hamjamiyati uchun namuna bo'lishi mumkin bo'lgan samarali ishlar qatorida quyidagilarni qayd etish mumkin:
To'g'ri yo'ldan adashganlarni ijtimoiy reabilitatsiya qilish va ularni sog'lom hayotga qaytarish maqsadida mazkur shaxslar bilan keng jamoatchilikni jalb etgan holda tushuntirish-profilaktika ishlarini tizimli tashkil qilish, ularni maxsus ro'yxatdan chiqarish bo'yicha mexanizm yaratildi. Mazkur mexanizmning samarasi sifatida aqidaparastlik g'oyalari ta'siriga tushgan 16 mingdan ziyod fuqarolarning ichki ishlar organlarining maxsus hisobidan chiqarilishi jamiyatda katta ijobiy rezonans berdi.
Yoshlarni ilm-ma'rifatga o'rgatish, ularga islom dinining insonparvarlik mohiyati, islom madaniyatining asl qadriyatlarini etkazish, ma'rifiy islom ta'limoti, buyuk ajdodlarimizning ulkan ma'naviy merosini chuqur o'rganish, jamiyatda diniy va milliy bag'rikenglik va hamkorlikni mustahkam qaror toptirish orqali aholi, ayniqsa, yoshlarda aqidaparast g'oyalarga nisbatan mustahkam ma'naviy himoya qobig'i shakllantirish maqsadida Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari faoliyati yo'lga qo'yildi. Samarqandda hadis va kalom ilmi maktabi, Buxoroda tasavvuf maktabi, Qashqadaryoda aqida maktabi, Farg'onada islom huquqi (fiqhi) ilmiy maktablari ochildi. Shuningdek, Davlat Rahbari darajasida respublikada mavjud diniy konfessiya rahbarlari bilan muloqotlar uyushtirilib, barcha din vakillariga keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Har yili O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining diniy ekstremizmga qarshi kurash, millatlararo va konfessiyalararo hamkorlikni yanada kuchaytirishga yo'naltirilgan kompleks tadbirlar dasturi qabul qilinadi. Ushbu dastur doirasida davlat va jamoat tashkilotlari, mahalla yig'inlarida, aholining turli qatlamlari orasida ekstremizm va terrorizm bilan bog'liq tahdidlarning oldini olishga qaratilgan seminar, uchrashuv va davra suhbatlari o'tkazish yo'lga qo'yilgan.
Aqidaparastlik g'oyalari tarqalishini oldini olish uchun OAV va boshqa axborot etkazish vositalaridan samarali foydalanishga urg'u berilmoqda. Xususan, “Diniy ekstremizm – kelajakka tahdid”, “ekstremizm va terrorizm – taraqqiyot kushandasi”, “Ogoh bo'ling “Sekta”, “Din niqobi ostidagi axborot xurujlari” nomli bukletlar tayyorlanib, mahallalarga, turli vazirlik, tashkilot va idoralar orqali aholiga etkazilmoqda.
Xorijdagi mehnat migrantlari, talabalar va vaqtincha istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni ekstremistik oqimlar ta'siriga tushib qolishini oldini olish yuzasidan zarur tadbirlar amalga oshirilmoqda. Respublikamizning taniqli ulamolari Rossiya Federatsiyasining Moskva, Sankt-Peterburg, Ekaterinburg, Novosibirsk va Qozon shaharlari, Chuvash Respublikasi, Sibir o'lkasi, Sverdlovsk va Omsk viloyatlariga Ukrainaning Kiev shahriga xizmat safariga yuborilib, mazkur tashriflar davomida o'tkazilgan diniy-ma'rifiy uchrashuvlarda ma'rifiy islom ta'limoti hamda hozirda buzg'unchi oqimlar tomonidan noto'g'ri talqin qilinayotgan “hijrat”, “jihod”, “shahidlik” kabi tushunchalarning asl mohiyati haqida keng tushunchalar berilmoqda.
Prezidentimizning BMT Bosh Assambleyasi 72-sessiyasidagi nutqida xalqaro terrorizm va ekstremizmning ildizini boshqa omillar bilan birga, jaholat va murosasizlik tashkil etishi, shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifa ekaniga e'tibor qaratildi.
“ekstremizm g'oyalari ta'siriga tushib qolgan, to'g'ri yo'ldan adashgan fuqarolar ijtimoiy reabilitatsiya qilinmoqda, ularni sog'lom hayotga qaytarish uchun zarur sharoitlar yaratilmoqda.
Dunyoda terrorizm tahdidlari, ayniqsa, so'nggi yillarda kuchayib borayotgani ularga qarshi, asosan, kuch ishlatish yo'li bilan kurashish usuli o'zini oqlamayotganidan dalolat beradi.
Bu borada ko'p hollarda tahdidlarni keltirib chiqarayotgan asosiy sabablar bilan emas, balki ularning oqibatlariga qarshi kurashish bilangina cheklanib qolinmoqda. Shu munosabat bilan odamlar, birinchi navbatda, yoshlarning ongu tafakkurini ma'rifat asosida shakllantirish va tarbiyalash eng muhim vazifadir.
Shu nuqtai-nazardan, Prezidentimizning ikki global ahamiyatga ega, ya'ni yoshlarga oid siyosatni shakllantirish va amalga oshirishga qaratilgan umumlashtirilgan xalqaro huquqiy hujjat — BMTning “Yoshlar huquqlari to'g'risidagi xalqaro konventsiya”sini ishlab chiqish hamda BMT Bosh Assambleyasining «Ma'rifat va diniy bag'rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qilish haqidagi takliflari barcha mamlakatlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi va qo'llab-quvvatlandi.
Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, mintaqa va umuman dunyodagi vaziyatning murakkabligiga qaramay, mamlakatimizning yangi islohotlar va rivojlanish davrida Prezident Shavkat Mirziyoev rahnamoligida amalga oshirib kelinayotgan oqilona ichki va tashqi siyosat hamda xalqimizning kuchli irodasi, mehnatsevarligi, bag'rikengligi va ma'rifatparvarligi tufayli mamlakatimizda tinchlik va barqarorlik ta'minlanib kelinmoqda.
Shunday ekan, yurtimizda hukm surayotgan tinch va osuda hayotni asrash, uning mustaqilligi va barqarorligiga munosib hissamizni qo'shish – har birimizning, shu aziz Vatanda yashayotgan turli millat va din vakillarining eng asosiy vazifalaridan bo'lmog'i lozim. Terrorizm (lot. terror — qoʻrqinch, dahshat) — siyosiy raqiblarni, muxoliflarni yoʻqotish yoki qoʻrqitish, aholi oʻrtasida vahima va tartibsizliklar keltirib chiqarish maqsadidagi zoʻravonlik harakatlari (taʼqib qilish, buzish, garovga olish, qotillik, portlatish va boshqalar). Terrorizm yakka tartibdagi va guruhli terrorizm (mas., ekstremistik siyosiy toʻdalarning harakatlari kabi) toifalarga boʻlinadi. Siyosatshunoslikda davlat terrorizmi tushunchasi ham qoʻllanadi (diktatorlik va totalitar rejimlarning repressiyalari). Terrorizm oʻrta asrlardan boshlab barcha mintaqa va mamlakatlarda uchrab turgan. Lekin oʻtgan asrning oxirlaridan uning yangi koʻrinishlari vujudga keldi (chet el davlatlari va hukumatlari rahbarlarini, ularning diplomatik vakillarini oʻldirish yoki oʻgʻirlash, elchixonalar, missiyalar, xalqaro tashkilotlarning binolarini portlatish, aeroportlar va vokzallarda portlashlar sodir etish, havo kemalarini olib qochish, odamlarni garovga olish va h.k.). Xalqaro terrorizm keng tarqalib, terrorizm oshkora siyosiy tus ola boshladi. Terrorchilar ayrim mamlakatlar hukumati va unga yaqin tuzilmalardan madad oladigan hollar yuzaga keldi. Ular tomonidan sodir etilayotgan jinoyatlarning ijtimoiy xavflilik darajasi ortdi. Terrorchilar qoʻliga yadroviy, kimyoviy, biologik qurol tushib qolishi xavfi kuchaydi, elektron terrorchilik paydo boʻldi. Koʻp hollarda terrorizm diniy ekstremizm, narkobiznes, separatizm bilan bogʻliqligi, chatishib ketishi kuzatila boshlandi.
Oʻzbekiston Respublikasida "Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida" maxsus qonun qabul qilindi (2000-yil 15 dek.). Ushbu qonunda terrorizm — siyosiy, diniy, mafkuraviy va boshqa maqsadlarga erishish uchun shaxsning hayoti, sogʻligʻiga xavf tugʻdiruvchi, mol-mulk va boshqa obʼyektlarning yoʻq qilinishi (shikastlantirilishi) xavfini keltirib chiqaruvchi hamda davlatni, xalqaro tashkilotni, jismoniy yoki yuridik shaxsni bironbir harakatlar sodir etishga yoki sodir etishdan tiyilishga majbur qilishga, xalqaro munosabatlarni murakkablashtirishga, davlatning suverenitetini, hududiy yaxlitligini buzishga, xavfsizligiga putur yetkazishga, qurolli mojarolar chiqarishni koʻzlab igʻvogarliklar qilishga, aholini qoʻrqitishga, ijtimoiy-siyosiy vaziyatni beqarorlashtirishga qaratilgan, Oʻzbekiston Respublikasining JKda javobgarlik nazarda tutilgan zoʻrlik, zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish yoki boshqa jinoiy qilmishlar deb taʼriflanadi. Qonunda davlat organlarining Terrorizmga qarshi kurash sohasidagi vakolatlari, terrorchilikka qarshi operatsiyaning oʻtkazilishi, terrorchilik harakati oqibatida yetkazilgan zararni qoplash va jabrlangan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiyasi kabi masalalar huquqiy asoslab berilgan. Oʻzbekiston Respublikasining JKga koʻra, terrorchilik harakatlarini tayyorlash va sodir etish, bunday faoliyatda ishtirok etayotgan shaxslarga bevosita yoki bilvosita har qanday mablagʻ-vositalar va resurslar berish yoki yigʻishga, boshqa xismatlar koʻrsatishga qaratilgan harakat 8 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi. Terrorchilik harakati odam oʻlishiga, boshqa ogʻir oqibatlarning kelib chiqishiga sabab boʻlsa, 15 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etish yoki mamlakatdan chiqarib yuborish jazosi belgilanadi.
Terrorizmni tayyorlashda ishtirok etgan shaxs, agar u hokimiyat organlariga oʻz vaqtida xabar berish yoki boshqa usul bilan ogʻir oqibatlar yuzaga kelishining hamda terrorchilar maqsadlari amalga oshirilishining oldini olishga faol koʻmaklashgan boʻlsa, basharti bu shaxsning xarakatlarida jinoyatning boshqa tarkibi boʻlmasa, jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi.[1] Jahonda[tahrir | manbasini tahrirlash] Erondagi Sistan, Belujiston va Gʻarbiy Ozarbayjon viloyatlarida uchta terroristik guruh yoʻq qilindi va 21-mart kuni Saravondagi teraktni sodir etganlar hibsga olindi. Sistan va Belujistondagi guruh aʼzolari boshqa mamlakatda harbiy tayyorgarlikdan oʻtgan va guruh rahbarligida jinoyat sodir etgan „Jaysh al-Adl“ terroristik guruhiga aloqador boʻlgan. Guruh yetakchisidan ikkita avtomat, shuningdek, bomba tayyorlash uchun baʼzi qurol va materiallar topilgan. Bayonotda uning avval giyohvand moddalar savdosi va qotillik bilan shugʻullangani keltirilgan. Gʻarbiy Ozarbayjonni talon-toroj qilish va terroristik harakatlarni amalga oshirish maqsadida bostirib kirgan qurolli guruh ortidan kuzatuv amalga oshirilgan va Urmiya bilan chegaradosh mintaqadagi qurolli toʻqnashuvdan soʻng ulardan ikkitasi oʻldirilgan, bittasi esa qochib ketganEkstremizm va terrorizmga qarshi kurashish strategiyasi tasdiqlandi