5.Ochiq tizimlarni о‘zaro bog‘lanish etalon modeli
Aloqa bu tarmoq va aloqa xizmati yig‗indisini о‗zida namoyish etadi.
Telekommunikatsiya xizmati – bu xizmatlardan foydalanuvchilarni ta‘minlovchi
vositalar kompleksidir. Ikkilamchi tarmoqlar telekommunikatsiya xizmatlarida
signallarni kommutatsiyalash, transportlashni ta‘minlaydi. Birlamchi tarmoqlar
ikkilamchi tarmoqlarni ta‘minlaydi. Mos keluvchi
xizmatni tarkibiy qismi
foydalanuvchilarda joylashgan oxirgi qurilma xisoblanadi.
Xizmat namunasisifatida telefon aloqasini keltirishmumkin. U telefon aloqa,
ma‘lumotlar uzatish va boshqa xizmatlarni taklif qiladi. Telefon tarmog‗i bо‗yicha
ma‘lumotlar uzatish (telefon xizmatini qо‗llab) telefon kanallari bо‗ylab
ma‘lumotlar uzatish xizmatisifatida kо‗riladi. Telefondan foydalanuvchi, modem
yordamida о‗zining kompyuterini telefon tarmog‗iga ulashimumkin. Ma‘lumotlar
uzatish xizmatisifatida bizma‘lumotlar uzatish uchun
maxsus yaratilgan aloqa
tizimini tushunamiz, ya‘ni qurilma va dasturiy vositalar majmui, qayta ishlash
usullari, taqsimlash va ma‘lumotlar uzatish. Shu vaqtning о‗zida ma‘lumotlar
uzatish xizmati telefon aloqa xizmatini ham taqdim etishimumkin.
Telekommunikatsiyaning barcha xizmatlarida
axborot almashish avvaldan
belgilanga aniq qoidalar bо‗yicha amalga oshishi kerak. Bu qoidalar (standartlar)
elektr aloqaning bir nechta xalqaro tashkilotlari tomonidan ishlab chiqiladi. 1978
yilda standartlashtirish bо‗yicha xalqaro tashkilotda SC16 komiteti tashkil etildi.
Uning vazifasi ochiq tizimlarni о‗zaro aloqasi uchun xalqaro standartlar ishlab
chiqarish.
Ochiq tizim deb – ochiq tizimlar talablarini qondiruvchi, turli tizimlar bilan
о‗zaro ta‘sirlashishimumkin bо‗lgan tizim tushuniladi. Agar tizim ochiq tizimlarni
о‗zaro bog‗langan (OTО‗B) etalon modeliga mos kelsa u ochiq tizim xisoblanadi.
OTО‗B etalon modeli – standartlartuzilishini umumiy strukturasi.
U aloxida
standartlar orasidagi о‗zaro bog‗lanish prinsipini aniqlaydi va OTО‗B uchun talab
etiladigan kо‗pgina standartlarni bir vaqtda ishlab chiqish imkonini ta‘minlash
uchun asos xisoblanadi. Biroq OTО‗B standarti faqatgina etalon modelni
aniqlabgina qolmay, balki etalon modelni qondiruvchi aniq xizmatlar tо‗plamini,
shuningdek xizmatlarni ta‘minlovchi protokollar tо‗plamini aniqlashi zarur. Bunda
protokol deb, bir-biri bilan ishlovchi satxlarni о‗zaro ta‘sirlash qoidalarini va
jarayonlarini aniqlaydigan xujjat tushuniladi.
Bunda ochiq tizimlarga taalluqli barcha jarayonlar о‗zaro bog‗langan satxlarga
bо‗linadi. Yetti satxli modelda (1-3) quyi satx
protokollari axborot uzatishga,
yuqori satx (5-7) protokollari axborotlarni qayta ishlashga mо‗ljallangan. Transport
satx protokollari ba‘zida aloxida ajratiladi, u axborot uzatish bilan bevosita bog‗liq
emas. Biroq bu satx о‗zining funksiyalari bо‗yicha quyisatlarga yaqin bо‗lgani
uchun quyisatxga tegishlidir. Barcha yettita satxning vazifasi qо‗shimcha
jarayonlarni ishonchli о‗zaro ta‘sirini ta‘minlashdir. Bunda qо‗shimcha
jarayonlarsifatida foydalanuvchi extiyoji uchun axborotlarni berish, kiritish,
saqlash va qayta ishlash jarayonlari tushuniladi. Xar bir satx о‗zining vazifasini
bajaradi. Biroq satxlarning xavfsizligi uchun ular bir-birining ishini tekshiradi.
Qо‗shimcha satx – tarmoqda uzatiladigan axborotmanbalari
va foydalanuvchi
xisoblanuvchi qо‗shimcha jarayonlar va tarmoq terminallarini boshqaradi. Bu
satxning vazifasi foydalanuvchining dasturini ishga tushirish, ularni bajarishni,
ma‘lumotlarni kiritish-chiqarishni, terminallarni boshqarish, tarmoqni adminstrativ
boshqarishdir. Bu satxda foydalanuvchilarga turli xizmatlarni taqdim etish
ta‘minlanadi. Bu satxda ma‘lumotlar uzatish
infrostrukturasini sozlash
xisoblunuvchi texnologiyalarishlaydi: elektron pochta, tele va videokonferensiya,
resurslarga ulanish, internetda ishlash.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. M.M. Musayev, A.A. Qahhorov, M.M. Karimov . Kompyuter tarmoqlarini
yig‘ish. Toshkent - «ILM ZIYO» - 2006
2. Олифер В.Г., Олифер Н.А. Компьютерные сети.
Принципы, технологии,
протоколы. Учебник. –3-е издание. СПб. Питер. 2006г.
3. Таненбаум Э ., Уэзеролл Д . Компьютерные сети . 5- е изд . — СПб .:
Питер , 2012. —960 с . 2. Бройдо В.Л. Вычислительные системы, сети и
телекоммуникации. СПб.: Питер. 2003. 3. Бройдо В.Л. Архитектура ЭВМ и
вычислительных систем. Учебник. 2.е издание. М.: Форум. 2008.
4. Ватаманюк А. Создание, обслуживание и администрирование сетей. СПб.:
Питер. 2010.