ta’qiqlanadi. Bundan tashqari, mazkur moddada hech kim diniy e’tiqodini ro‘kach qilib qonunda
belgilangan majburiyatlarni bajarishdan bosh tortishi mumkin emasligi ham qayd etilgan.
Qonunning «Ta’lim tizimi va din» deb atalgan 7-moddasida quyidagilar yozib quyilgan:
«O‘zbekiston Respublikasida ta’lim tizimi dindan ajratilgan. Ta’lim tizimining o‘quv dasturlariga
diniy fanlar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi».
Bu qoidani quyidagicha tushunish kerak:
Respublikamizda davlat o‘quv yurtlarida diniy ta’lim berilmaydi, ya’ni maktabgacha ta’lim,
umumiy ta’lim, o‘rta maxsus va oliy o‘quv yurtlari o‘quv rejalariga din dars sifatida kiritilmaydi.
Chunki, bu o‘quv yurtlari dunyoviy bilimlar beruvchi maskanlardir.
Lekin, fuqarolar mutlaqo diniy ta’lim olish huquqiga ega emas, degan ma’no kelib
chiqmaydi. O‘zbekiston fuqarolari diniy ta’lim olishlari mumkin. Biroq, bunda albatta, qonunda
belgilangan tartibga amal qilish shart. Xo‘sh, bu qonunning tartiblari nimalardan iborat?
«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra voyaga etmagan
bolalarni ularning ota-oanlari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligisiz diniy tashkilotga
jalb etish, diniy bilim berishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Oliy va o‘rta diniy o‘quv yurtlarida ta’lim olish uchun fuqarolarga umumiy majburiy o‘rta
ta’limdan keyin ruxsat etiladi. Bu diniy o‘quv yurtlari albatta davlat ro‘yxatidan o‘tgan bo‘lishi
lozim. Diniy o‘quv yurtlarida ta’lim beruvchilar albatta, diniy ta’lim olgan bo‘liShlari hamda diniy
ta’lim berishga qonunda belgilangan tartibda ruxsat olgan bo‘lishlari lozim. Bu belgilangan
qoidalardan boshqa shakllarda diniy ta’lim berish qonun yo‘li bilan man etiladi.
Belgilangan tartiblarning buzilishi qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishgacha olib
keladi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 145-moddasiga ko‘ra voyaga
etmagan bolalarni diniy tashkilotlarga jalb etish, shuningdek, ularni ixtiyoriga, ota-onalari yoki
ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar ixtiyoriga zid tarzda diniy bilim berganlar eng kam iSh haqining
50 barobaridan 75 barobarigacha miqdorda jarima solinishiga yoki 2 yildan 3 yilgacha ahloq
tuzatish ishlari, yohud 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Istiqlol yillarida din sohasida chuqur o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. O‘zbekistonda turli dinlarga
mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun
zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga,
ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Jumladan, 1995 yilning oktyabr oyida Toshkent shahrida “Bir samo ostida” shiori ostida xalqaro
musulmon-xristian konferensiyasi o‘tkazilishi, 1996 yilning noyabrida Rus pravoslav cherkovi
Toshkent va Markaziy Osiyo eparxiyasining 125 yilligi tantanalari o‘tkazilishi fikrimizning
isbotidir.
2013 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, respublikamizda 16 konfessiyaga (Islom, Rus
pravoslav cherkovi, Rim-katolik cherkovi, Nemis-lyuteran cherkovi, Arman-apostol cherkovi,
To‘liq injil xristianlari, Evangel-xristian baptistlar cherkovi, Novoapostol cherkovi, Ettinchi kun
adventistlari, “Golos bojiy”, Iegovo shohidlari, Koreys protestant cherkovlari, Yahudiylik,
Bahoiylik, Krishnani anglash jamiyati, Buddaviylik) mansub 2224 ta diniy tashkilot rasman
faoliyat olib boradi. Jumladan, 2037 ta masjid, 2 ta markaz, Toshkent islom instituti, 9 ta o‘rta
maxsus islom bilim yurti, shuningdek, jami 175 ta noislomiy diniy tashkilot, jumladan, Pravoslav
va Protestant seminariyalari faoliyat ko‘rsatmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: