Musulmon Renessansi va uning vujudga kelishidagi tarixiy shart sharoit


At-Tarix as-sag'ir ("Kichik tarix")



Download 100,65 Kb.
bet5/20
Sana27.06.2022
Hajmi100,65 Kb.
#707949
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
SHARQ ALLOMA

8. At-Tarix as-sag'ir ("Kichik tarix"). Imom al-Buxoriyning bu asari ham hadis tarixiga oid qimmatli asardir. Imom al-Buxoriy bu asarida mashhur sahobalar, tobe'iynlar va tobe'iynlarning izdoshlarini zikr qilgan bo'lib, ularning vafot etgan yillari, naslu nasablarini, ularning o'zaro muloqotlarini bayon qiladi, ko'p hollarda noqis (jarh) va isloh qilinganlarini ham qayd etadi. Muallif o'z asariga yilma-yil tartib berib, agar bir sanani tugatsa, u sanada vafot etgan mashhur shaxslarni, sodir bo'lgan boshqa muhim ishlarni zikr etib, undan so'ng keyingi sanani boshlaydi. Bu asar Hindistonda va Qohirada nashr etilgan.
9. Imom al-Buxoriyning hadislarga oid "al-Jomi al-kabir" ("Katta to'plam") asari xususida ba'zi manbalarda zikr qilinsada, bu asar haqida batafsil ma'lumotga ega emasmiz asarning ayrim qo'lyozma nusxasi saqlanganligi haqida ba'zi taxminlar bor. "Kashf az-zunun" asarida ham shu tarzdagi ma'lumot bilan chegaralanilgan.
10. Xalq af'ol al-ibod ("Olloh bandalari ishlarining yaratilishi").Sahobalar va tobe'iynlar Qur'oni karim oyatlari va hadisi shariflarga tayanib sohta guruhlarga raddi javob qilishi hadisshunoslik tarixida mavjud edi. Ushbu kitobning maqsadi ham shu yo'nalishda. Imom al-Buxoriydan bu asarni Yusuf ibn Rayhon ibn Abdussamad al-Firabriy rivoyat qilgan. Imom al-Buxoriyning bu asari 1958 yilda Makkai Mukarramada va 1886 yilda Hindistonda nashr etilgan.
11. "Kitob az-zuafo as-sag'ir" ("Zaif roviylar haqida kichik kitob). Bu asar "Kitob az-zuafo" nomi bilan ham zikr qilinadi. Muallif bu asarida zaif roviylarning ismlarini alifbo harflari tartibida keltirgan. Aksar hollarda zaiflikning sabablari roviyning ustozlari zikri bilan birga bayon qilinadi. O'ta diqqat e'tibor bilan bu kitobda roviylarning nuqsonlari va qusurlari ko'rsatilib, ular rivoyatning zaiflik negizlarini aniqlashga imom al-Buxoriy katta extiyotkorlik va zo'r mas'uliyat bilan ish tutgan. Allomaning bu asari 1885 yilda Hindistonda chop etilgan.
12. Imom al-Buxoriy "al-Musnad al-kabir" ("Katta musnad") nomli asar yozgan bo'lsa-da, uni bizgacha yetib kelgani haqida aniq ma'lumot yo'q. Lekin uning bir qo'lyozma nusxasi ikkinchi jahon urushidan oldin Olmaniyada saqlanganligi haqida taxmin qilinadi.
13. Imom al-Buxoriyning "At-Tafsir al-kabir" ("Katta tafsir") nomli asari haqida allomaning shogirdlaridan biri al-Firabriy zikr qilgan. Nemis sharqshunosi Karl Brokelmanning yozishicha, bu asarning bir qo'lyozma nusxasi Jazoirda, yana bir nusxasi Parijda saqlanar ekan.
14. "Kitob al-Hiba" ("Xayr-ehson haqida kitob"). Imom al-Buxoriyning bu kitobi haqida allomaning shaxsiy kotibi Muhammad ibn Abu Hotam al-Varroq: "Imom al-Buxoriy xayr ehson haqida bir kitob ta'lif etdilar, unga besh yuzga yaqin hadis kirgan",-deb yozgan. Lekin, afsuski bu asarning biron-bir qo'lyozma nusxasi bizgacha yetib kelganligi ma'lum emas.
15. Imom al-Buxoriyning boshqa bir asari "Asomiy as-sahoba" ("Sahobalarning ismlari") deb ataladi. Imom al-Buxoriydan avval biron muallif ushbu ("Asomiy as-sahoba") mavzusida kitob yozgani ma'lum emas. Imom al-Buxoriydan keyin esa Ibn Munda, Ibn Abdulbir, Ibn al-Asir, al-Hofiz ibn Hajar al-Asqaloniy va ulardan boshqa qator mualliflar sahobalarning ismlari, ularning siyratlari va ular solnomalari haqida asarlar yaratgan. Kezi kelganda aytish kerakki, bu juda muhim mavzu bo'lib, uning ilmiy ahamiyati kattadir. Ushbu asarning bir qo'lyozma nusxasi Ikkinchi jahon urushidan oldin Olmoniyada saqlanganligi haqida ma'lumotlar bor.
16. "Kitob ul-vuhdon" ("Yagonalar haqida kitob"). Alloma ushbu "Kitob al-vuhdon" asarida faqat bir hadis rivoyat qilgan sahobalarni zikr qiladi. Imom al-Buxoriy bu sohada ham birinchilardan bo'lib asar yaratgan. Undan keyin imom an-Nasoiy ham (ayni shu tarzda) "Kitob al-vuhdon" nomli asar yaratgan, shuningdek al-Buxoriyga taqlid qilib imom Muslim ham "Kitob al-vuhdon" nomli asar yozgan. Imom al-Buxoriyning bu asari ham bizgacha yetib kelganligi hozircha ma'lum emas.
17. Imom al-Buxoriyning "Kitob al-Mabsut" ("Mufassal kitob") nomli asari haqida olim al-Xaliliy "al-Irshod" nomli asarida zikr qilgan. Asarni Imom al-Buxoriydan Muhiyb ibn Salim rivoyat qilgan bo'lib, uning mavzui haqida aniq yozilmagan. Lekin faraz qilish mumkinki, imom al-Buxoriy ushbu asarida hadislarni chuqur tadqiq etish natijasida fiqhiy masalalarni batafsil bayon qilgan bo'lsa kerak. Asarning qo'lyozma nusxasi Ikkinchi jahon urushidan avval Olmoniyada bo'lganligi zikr qilinadi.
18. Kitob al-Ilal ("Illatli hadislar haqida kitob"). Illatli hadislarni bilish g'oyatda nozik va muhim bo'lib, ushbu ilmni idrok etish uchun muallif keng ko'lamda ma'lumotga ega bo'lishi va g'oyatda iqtidorli bo'lishi talab qilingan. Ehtimol, Imom al-Buxoriyning "Kitob al-ilal" nomli asari ushbu mavzuga bag'ishlangan dastlabki asarlardan biri bo'lishi mumkin.
19. Birr al-volidayn ("Ota onaga mehr-muhabbat").Manbalarda ta'kidlanishicha, bu asarni imom al-Buxoriydan Muhammad ibn Dallaviyx rivoyat qilgan. Asarning nomidan ham uning mazmun-mohiyati ma'lum bo'lgan bilan allomaning ushbu asari bizgacha yetib kelmagan hisoblanadi.
20. Kitob al-ashribati (Ichimliklar (sharbatlar) haqida kitob). Ushbu asar haqidagi qisman ma'lumotlar ad-Doruqutniyning "al-Mu'talaf va al-Muhtalaf" nomli kitobida keltirilgan. Asar bizgacha yetib kelmagan bo'lsa kerak.
21. Qazoyo as-sahoba vat-tob'yeiyn ("Sahobalar va tobe'iynlar hukumlari") nomli asarini Imom al-Buxoriy 827|212 hijriy sanada "at-Tarix al-kabir" ("Katta tarix") asaridan ham oldin tasnif qilgan. Sahobalar va tabe'iynlar haqidagi qimmatli ma'lumotlarni, ular to'g'risidagi amaliy munosabatlarni o'zida mujassam qilgan ushbu asar, ming afsuski, bizgacha yetib kelmagan.
22. Kitob ar-Riqoq (Nafosat haqida kitob). Imom al-Buxoriyning ushbu asari haqida juda oz ma'lumotga egamiz. Olim Hoji Xalifa bu asar haqida qisqagina "Al-Buxoriyning "Kitob ar-Riqoq" asari hadis kitoblaridan biri" [1]-degan iboradan boshqa hech qanaqa ma'lumot keltirmagan. Aftidan, allomaning ushbu asari bizgacha yetib kelmagan.
23. "Al-Jomi' as-sag'ir fil-hadis" ("Hadis haqida kichik to'plam).Imom al-Buxoriyning ushbu asari haqida Hoji Xalifa: "Bu asarni imom al-Buxoriydan Abdulloh ibn Muhammad al-Ashqar rivoyat qilgan",-deb yozgan. Shayx Al-Muborakfuriyning yozishicha, al-Hofiz ibn Hajar: "bu imom al-Buxoriyning mavjud asarlaridandir,-deb ta'kidlagan. Ikkinchi jahon urushidan oldin bu asarning bir qo'lyozmasi Olmoniyada bo'lganligi taxmin qilinadi.
24. "Al-Qiroatu xalf al-imom ("Imom orqasida turib o'qish"). Imom al-Buxoriyning qalamiga mansub bu mashhur risolada hadislar va boshqa manbalarga tayanilgan holda imomning orqasida turib qiroat qilish mumkinligi isbot qilingan. Ushbu asarida imom al-Buxoriy o'zi qo'llagan nafis uslub orqali o'zi bilan munozara qilganlarga o'rinli javob qilganligi ham tahsinga sazovor. Imom al-Buxoriyning bu asari bir necha yil ilgari Qohirada, undan keyin Hindistonda chop etilgan.
Imom al-Buxoriyning "Al-Jomi as-sahih" asari islom dini ta'limotlariga ko'ra Qur'oni karimdan keyingi asosiy manba hisoblanadi. Bu asarning to'lig'icha "Al-Jomi as-sahih al-musnad min hadis Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi" yoki bo'lmasa tarixchi Badruddin al-Ayniyning yozishicha, "Al-Jomi al-musnad as-sahih al-muxtasar min umuri Rasululloh-sallollohu alayhi va sallam va sunanihi va ayyomihi degan nomlar bilan atalsa-da, hadis ilmida qisqacha "al-Jomi as-sahih" ("Ishonchlito'plam"), aksar holda esa "Sahih al-Buxoriy" nomi bilan mashhurdir. Asarning qirqga yaqin qo'lyozma nusxalari Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida va yana bir qancha nusxalari O'zbekiston musulmonlari idorasining kutubxonasida saqlanadi.
Ushbu asarning yozilish sabablari haqida mulohaza yuritilganda azaldan olimlar o'rtasida ikki xil fikr mavjud. Ulardan biri olim Ibrohim ibn Ma'qal an-Nasafiy (854 yilda vafot etgan) Imom al-Buxoriyning nomidan shunday hikoya qiladi: "Bir kun biz Ishoq ibn Rohvayhning huzurida bo'lgandik. Shunda u: birontangiz Rasulluloh-sallollohu alayhi va sallamning sahih hadislarini muxtasar bir kitob tarzida ja'm qilsangiz edi,-dedi. Bu gap mening qalbimga chuqur o'rnashib qolib, o'shandan boshlab "Al-Jomi as-sahih" asarimni yozishga kirishdim". Tarixchi an-Navaviy keltirgan ikkinchi fikr quyidagicha talqin qilingan: "Muhammad ibn Sulaymon ibn Forisning hikoyasi: men imom al-Buxoriy hazratlari shunday deganini eshitganman:"Tushimda Payg'ambar alayhissalomni ko'ribman, go'yoki men u zotning ro'barularida turibmanu qo'limdagi yelpig'ich bilan u zoti sharifdan nimalarnidir haydayapman. Men bu voqea haqida tushning ta'birini aytuvchilardan so'rasam, Siz Payg'ambar alayhissalom qavllarini kizbdan tozalagansiz. Mana shu gap mening zimmamga "al-Jomi as-sahih"ni yozishni yukladi". Imom al-Buxoriy g'oyatda taqvodor va pokiza inson bo'lganligidan Muhammad alayhissalomning sahih hadislarini to'plashga juda katta mas'uliyat va halollik bilan yondoshgan. Shu boisdan ham allomaning o'zi: "As-Sahih" kitobimga tahorat qilib ikki rak'at namoz o'qimasdan turib bironta ham hadis kiritmaganman-deb ta'kidlaydi. O'rni kelganda ta'kidlash joizki, Payg'ambar hadislariga bag'ishlanib o'sha davrda yaratilgan asarlarga xilma-xil hadislar bilan bir qatorda sahobalarning qavllariyu tobe'iynlarning fatvolari ham kiritilgan. Bunga misol qilib mashhur olim Molik ibn Anasning (712-795) "al Muvatto" va boshqa qator asarlarni ko'rsatish mumkin.
Imom al-Buxoriyning bu yirik asari, muallifning o'zining ta'kidlashicha ham, aksar olimlarning yozishlaricha ham olti yuz ming hadisdan saralanib sahihlari tanlab olingan va o'n olti yil davomida ta'lif etilgan. Asar qayerda yozilgan deb savol tug'ilishi ham tabiiy. Bu masala haqida ham turli fikrlar aytilgan. Tarixchi ibn Hajar al-Asqaloniy mana shu fikrlarni ja'mlab shunday xulosaga kelgan: Imom al-Buxoriy bu yirik asarini yozishni va uning asosiy mundarijasini tuzishni Makkayu mukarramada-Baytulloh al-Haromda bo'lgan vaqtidan boshlab o'z ona yurti Buxoroda asarini nihoyasiga yetkazib oqqa ko'chirgan. Albatta alloma o'z asariga kiritgan aksar hadislarni xorijiy yurtlarda safarda bo'lganida to'plagan. O'z asarini ishonchli manba sifatida bo'lishga alohida e'tibor bilan qaradi, shu boisdan ham uni uch marta tahrir etib ushbu tasnifini tugatdi. Natijada islom olamidagi barcha muhaddislarga namuna bo'ladigan, Payg'ambar alayhissalomning sahih hadislarini o'zida mujassam qilgan mukammal bir asar yaratildi. Imom al-Buxoriyning hadis ilmi va uning turli tarmoqlari, roviylar tarixlaridan hartomonlama to'liq va keng qamrovli ilmga ega bo'lishi, hadislarni to'plash maqsadida turli mamlakatlarga ilmiy safarlar qilishi, ko'p sonli va xilma-xil saviyadagi ustozu-shayxlardan hadislar yozib olganligi va nihoyat uning aql bovar qilmaydigan darajada quvvai hofizasining kuchliligi, uning noyob qobiliyati va fidoyiligi-mana shu omillar allomaga "al-Jomi as-sahih" dek ilmiy va amaliy jihatdan yuksak saviyada bo'lgan yirik asar yaratish imkoniyatini berdi. Shu bilan birga aytish kerakki, muallif o'z asari uchun ma'lumotlar to'plashga va ularni ta'lif etishga ko'p ham shoshilmadi, balki chuqur ilmiy poydevorga (manhajga) tayangan mukammal reja asosida ish olib bordi. Bu jihatlar hadislar to'plashda ham, ularni asar sifatida yaxlit tartibga keltirishda ham, uning yozilish muhlatida (o'n olti yil davomida) ham, shunday noyob asar yaratilishi uchun katta ahamiyat kasb etadigan ilmiy muhit mavjud bo'lgan turli-tuman (Makka, Madina, Basra, Bag'dod, Buxoro) shaharlarda yozilishi ham bir so'z bilan aytganda, mazkur omillarning barchasi o'ziga xos buyuk asar yaratilishi uchun poydevor bo'lib xizmat qildi.
Imom al-Buxoriyning o'ziga xos uslubi bo'lib, bu o'rinda u yiqqan hadislar roviylarining hissasi alohida o'rin tutadi. Chunonchi bu xususda manbalarda "Sahih"ni imom al-Buxoriydan yetmish, to'qson, yuz ming roviylar rivoyat qilganligi qayd qilinadi. Uning roviylari jumlasidan imom Muslim ibn al-Hajjoj, Abu Zur'a, imom at-Termiziy, ibn Huzayma kabi hadis ilmining yetuk darg'alari ham bo'lgan. Hadislarni roviylardan yozib olishga ham imom al-Buxoriy juda katta mas'uliyat va ehtiyotkorlik bilan yondoshib, faqat eng ishonchli olimu ulamolardangina qayta-qayta tekshirib hadis yozib olgan. Bu xususda allomaning o'zi "ming yoki undan ortiq ishonchli (siqot) ulamolardan hadis yozib oldim, mening asarimga isnodi keltirilmagan bironta ham hadis kirmagan",-deb ta'kidlaydi. Shu boisdan hadis rivoyat qiladigan shaxslarning ahvollari, ularning nasl-nasabi, u hadisni kimdan eshitgan va boshqa qator masalalarni to'liq bilgach, ulardan hadis yozib olgan. Bu haqida imom al-Buxoriy "Biron kishidan hadis yozib olishim boshqalarnikiga o'xshamas edi. Men agar biron shaxsdan hadis yozmoqchi bo'lsam-eng avvalo uning ismi sharifi, kunyasi, nasl-nasabi, aytayotgan hadisini qanday manbadan olgan, uning nusxalari haqidagi xabarlarni so'rab-surishtirar edim, ammo boshqalar esa bu masalalarga ko'p ham e'tibor bermaydilar"-deb hikoya qiladi. Uning "iymon-qavl va unga amal qilish" demagan hechbir kimsadan hadis yozmaganligi olim uchun qat'iy bir qoida va dasturulamal sifatida butun umri mobaynida davom etdi. Barcha ilmiy faoliyatida mana shu tartibotga qat'iy amal qildi. Alloma Abu Ja'far al-Uqayliyning yozishicha, imom al-Buxoriy "Sahih" asarini yozib tugatgach Ahmad ibn Hanbal, Yax'ya ibn Ma'iyn, Ali ibn al-Madiyniy va boshqa mashhur olimlarga ko'rsatganda ular bu asarni katta mamnuniyat bilan ma'qullaganlar.
Avval ta'kidlab o'tilganidek, Imom al-Buxoriyning bu asariga faqat sahiyh (ishonchli, to'g'ri) hadislar kiritilgan. Albatta bu o'ta mashaqqatli va xayrli ishni amalga oshirishda muallif ma'lum qonun-qoidaga boshqacha qilib aytilsa, shartlarga, rioya qilgan. Umuman hadisshunoslik ilmida tan olingan olti sahih asarning mualliflari ham, boshqa muhaddislar ham o'ziga xos shartlarga binoan o'zasarlarini yaratganlar. Bu haqda olimlar tomonidan maxsus asarlar ham bitilgan. Shular jumlasiga Ibn Tohir al-Muqaddasiyning "Shurut al-aimmati as-sitta" ("Olti mashhur olimning shartlari") yoki bo'lmasa Abu Bakr al-Xozimiyning qalamiga mansub "Shurut al-aimmati al-xamsa" ("Besh mashhur olimning shartlari") kabi asarlarini ko'rsatish mumkin. Manbalarda imom al-Buxoriyning shartlari deb ataladigan ushbu qoidalar, asosan, quyidagilardan iborat: isnod muttasil, ya'ni ketma-ket uzluksiz bo'lishi, hadis rivoyat qiluvchi islom diniga mansub bo'lib haqgo'y bo'lib, uning gapida yolg'on va pala-partishlik bo'lmasligi zarur; u (roviy) adolat sifatlarini o'zida mujassam qilgan, o'zini tuta biladigan vazmin, o'tkir zehnli, xato-nuqsoni kam, iymon-e'tiqodi komil inson bo'lishi shart edi. Mana shu shartlar to'liq mujassam bo'lganda o'zi eshitgan sahih hadislarning aksar qismini imom al-Buxoriy "Sahih" asariga kiritdi. Allomaning o'zi ham: "Faqat sahih (ishonchli, to'g'ri) bo'lgan hadislarnigina "al-Jomi as-sahih" asarimga kiritdim" [1],-deb alohida ta'kidlagan.
Mashhur muarrix Ibn Hajar al-Asqaloniy shunday degan: "Al-Jomi as-sahih"dagi al-muallaqot va al-mutobiat hadislardan boshqa men, sof tahrir qilgan-mukarrarlari (takrorlanadiganlari) bilan birga kirgan hadislarning umumiy soni yetti ming uch yuz to'qson yetti hadisdir. Ulardan ta'liyqga muallaqlari) doirlari bir ming uch yuzu qirq bir hadisni tashkil qiladi. Binobarin Imom al-Buxoriyning" Sahih" kitobiga kirgan hadislar-takrorlanadiganlari bilan birgalikda jami bo'lib, to'qqiz ming sakson ikki hadisdan iboraTermiziy
Ibn Hajar al-Asqaloniy yana:
Ushbu adadga sahobalarga tegishli (mavquf) hadislar va ulardan keyingi tobe'iynlarga doir maqtu'otlar kirmaydi, -degan.
Yana u:
-"Sahih al-Buxoriy"da bo'lgan mana shu adadni Ollohning inoyati bilan kamoliga yetkazib, to'liq tahrir qilganman. Mendan oldin bironta olim shu darajada ish bajarganini men bilmayman. Sahv va xatolardan xoliman, deb qat'iy ishonch bilan aytaolmayman, Olloh o'zi adadkor,-degan.
Imom al-Buxoriyning shoh asari Al-Jomi' as-sahihga bag'ishlanib, arab tilida juda ko'p sharhlar va hoshiyalar yozilgan bo'lib, ular hajm va ahamiyati jihatidan xilma-xildir. Qator manbalarda (masalan Hoji Xalifaning "Kashf uz-zunun", al-Qastaloniyning "Muqaddima", Umar Rizo Kahholaning "Mu'jam al-muallifiyn" kabilar) keltirilishicha, ularning soni yuzga yaqindir.
O‘rta asrlarda yashagan ko‘pgina olimlar ilm-fanning turli sohalariga oid dunyoviy fanlar bilan birga diniy ilmlar rivojiga ham katta e’tibor berganlar. Zotan diniy ilmlar jamiyat taraqqiyotida, insonlarning kamol topishi va dunyoqarashi shakllanishida alohida ahamiyat kasb etgan.

Download 100,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish