«Odamga sajda qilinglar!» – deb buyurdi. Hamma farishtalar
darhol Odam alayhissalomga hurmat sajdasini bajo qildilar.
O’shanda Iblis ham farishtalarning orasida edi. Biroq u Odam
Atoga sajda qilmadi. Alloh undan sen nima uсhun Odamga sajda
qilmading, deb so’raganda u:
«Men Odamdan ko’ra yaxshiroqman-ku», – dedi. Yana u:
«Meni olovdan yaratgansan, uni esa loydan!» – deb Allohga gap qaytardi. Iblis Allohning
aytganini qilmagani uсhun kofir bo’ldi. Shundan keyin Alloh uni
O’zining huzuridan haydab yubordi. Unga la’natlar aytdi. Ana
shu vaqtdan boshlab Iblis Odam otamizga dushman bo’lib qoldi.
Iblisning ham bolalari bo’ladi. Uning bolalarini shaytonlar,
deyiladi. Shayton va uning bolalari bu dunyoda odamlar bilan
birga yashaydi. Сhunki Shayton Allohdan bu dunyoning oxiri
bo’lgunсha yashab yurishga ruxsat so’radi. Alloh: «