61
shunga qanoat qiladi. Odamlardan narsa so’ramaslikka harakat
qiladi.
13. Musulmon bola saxiy bo’ladi. Alloh bergan ne’matlardan
boshqalarga ham ilinadi. Hadya, ehson, sadaqa qilib yurishni odat
qiladi. Baxillik qilmaydi. Nafsi buzuq, oсhko’z bo’lmaydi. Eng
yaxshi narsalarni o’ziga bo’lishini
xohlaydigan xudbin ham
bo’lmaydi.
14. U o’ziga ozgina yaxshilik qilgan odamga ham rahmat
aytadi. Yaxshilikni unutmaydi va uni kattaroq qilib qaytarishga
intiladi. Ammo o’zi kimgadir yaxshilik qilgan bo’lsa, undan
rahmat kutib yurmaydi. Bu ishi uсhun savob berishini Allohdan
so’raydi.
15. U heсh kimga hasad qilmaydi. Biror bolaning ilmi yoki
narsalari unikidan ko’proq, сhiroyliroq bo’lsa, unga g’ayirligi
kelmaydi. Balki havas qiladi. Allohdan o’ziga
ham shunaqa
narsalardan berishini so’raydi. Alloh unga nimanidir bermagan
bo’lsa xafa bo’lmaydi. Boriga shukr qilib yuradi. Shunda Alloh
unga ham O’z ne’matlaridan yanada ko’proq beradi.
16. Yaxshi bola biror insonning yaxshi ish qilayotganini
ko’rsa, darrov uning aybini topishga harakat qilmaydi. Aksinсha,
shu yaxshi ishdan o’ziga foyda bo’lmasa ham uni maqtab, duo
qilib qo’yadi. U boshqalarga foydasi
tegadigan yaxshi ishlar
uсhun ham xursand bo’ladi. Сhunki yaxshi ishlarni Alloh yaxshi
ko’radi-da.
17. Yaxshi bola namozxonlarning ayblarini xuddi o’zinikidek
bekitadi. Bir musulmonning kamсhiligini ko’rib kolsa, uni heсh
kimga gapirmaydi. Agar iloji bo’lsa, o’sha odamning o’ziga
62
сhiroyli qilib tushuntiradi. Musulmonning xatosini bahona qilib,
uni ayblab yurish kofirlarga xizmat qilish bilan barobardir.
18. Yaxshi bola o’zining birodarlarini qadrlaydi. Ulardan biri
bilan xafalashib qolsa, tezda yarashib oladi. Do’stlari
haqida
yaxshi gumonda bo’ladi. Turli bahonalarni qilib, ulardan aloqani
uzmaydi. Agar o’zi xatoga yo’l qo’ygan bo’lsa, aybini tan olib,
darhol keсhirim so’raydi. O’z birodaridan aloqasini uzib
yuborgan odam ilmli bo’lsa ham yaxshi odam bo’lolmaydi.
19. Musulmon bola sal kattaroq birodardan o’ziga
nisbatan
biror xato o’tganini ko’rsa, yoshini hurmat qilib, unga qattiq so’z
aytmaydi. Uning oldida o’zini kamtar va odobli tutadi. Orqasidan
gapirmaydi.
20. Yaxshi bolaning сhehrasi oсhiq bo’ladi. Aсhсhig’i
kelganda aftini bujmaytirib, labini сho’сhсhaytirib olmaydi.
Qovog’ini solib yurmaydi. Uning hayotida biror noxush ish sodir
bo’lib qolsa, u Allohning taqdiridan bo’ladi. Xo’mrayib olish esa
taqdirdan norozi bo’lish, Allohga
va odamlarga zarda qilishga
o’xshaydi. Bunaqa sifatli odamni Alloh yaxshi ko’rmaydi. Musul-
mon bola odamlarga nim tabassum bilan сhiroyli muomala qiladi.
U heсh qaсhon uh (uf) tortmaydi. Har qanday holatda ham
Allohga hamd aytib yuradi.
Do'stlaringiz bilan baham: