Raddiya. Rad etish usullari.
Raddiya – isbotni buzishga qaratilgan mantiqiy amaldir.
Birorta fikrning chinligini rad etish ayni paytda unga zid bo‘lgan fikrning xatoligini
ko‘rsatishdan iborat bo‘lganligi uchun raddiyani isbotlashning xususiy ko‘rinishi, deb hisoblash
mumkin. Raddiya ham isbotlash kabi tezis (rad qilinishi lozim bo‘lgan hukm), argumentlar
(tezisni rad qiluvchi hukmlar) va demonstrastiya (rad etish usuli) dan tashkil topgan bo‘ladi.
Raddiya birorta masalani muhokama qilish, ya’ni bahs, munozara jarayonida uchraydi. Bahs
qatnashchilaridan biri ma’lum bir tezisni ilgari surib, uni himoya qilsa (proponent), boshqasi unga
qarshi chiqadi (opponent). Hal qilinmagan, Munozarali masalalar bo‘yicha olib boriladigan
bahslar polemika hisoblanib, unda qarama-qarshi tezislar asoslanibgina qolmay, balki tanqidiy
analiz ham qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |