Mustaqillikka erishilganidan so’ng O’zbekistonimizda qadimiy ildizga EGA bo’lgan milliy davlatchilik tiklandi



Download 31,77 Kb.
Sana12.01.2017
Hajmi31,77 Kb.
#376

Mustaqillikka erishilganidan so’ng O’zbekistonimizda qadimiy ildizga ega bo’lgan milliy davlatchilik tiklandi. Mustaqillik yillarida o’zbek davlatchiligini yangi  tarixiy sharoitda tiklash va yanada rivojlantirishning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy hamda ma’naviy asoslari yaratildi va mustahkamlandi. O’z kelajagining haqiqiy bunyodkoriga aylangan xalqning oliy manfaatlariga javob beruvchi ichki va tashqi siyosat muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. Hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati tarmoqlariga bo’linishi amalga oshirildi. Samarali ishlaydigan ikki palatali parlament shakllantirilib, faoliyat yuritmoqda. Siyosiy partiyalarning davlatni boshqarish va jamiyatni isloh qilishdagi roli kuchayib bormoqda. Oliy Majlis Qonunchilik palatasida partiya fraksiyalarini va xalq deputatlari Kengashlarida partiya guruhlarini faollashtirish, shu jumladan ularning jamiyatni demokratlashtirish va yangilashda, mamlakatni modernizatsiyalash va isloh qilishda, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, ularning hohish-irodasini ifodalashda amaliy ishtirok etishi uchun tubdan yangi sharoitlar yaratildi. Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlashda, ommaviy axborot vositalarini erkinlashtirishda bevosita ishtirok etuvchi fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish jarayonlari chuqurlashmoqda. Aholini ijtimoiy himoyalash tizimini uzluksiz takomillashtirish borasida jadal ishlar olib borilmoqda. 
         Bozor islohotlarini izchil amalga oshirish natijasida iqtisodiy o’sishga erishildi. Iqtisodiyotning yangi tarmoqlari barpo etilib, rivojlanmoqda, fermerlik harakati kengaymoqda, mehnat unumdorligi oshmoqda. Bularning barchasi birgalikda barqaror iqtisodiy o’sish va xalq farovonligining oshishiga erishish uchun zarur bo’lgan infratuzilmaviy bazani shakllantirdi. 
         Mamlakatimizda siyosiy partiyalarning jamiyat va davlatni rivojlantirish jarayonidagi asosiy vazifalarini amalga oshirish uchun zarur huquqiy baza yaratilgan. Natijada siyosiy partiyalarning shu jumladan jamiyat va davlat boshqaruvi sohasidagi roli va vakolatlarini yanada oshirish uchun yangi imkoniyatlar ochib berildi va bu xalqaro standartlarga to’liq mos keladi. 
         Biroq rivojlangan mamlakatning qaror topishiga samarali siyosiy tizim va raqobatbardosh iqtisodiyotdan tashqari qudratli ma’naviy baza, huquqiy va siyosiy munosabatlarning yuqori madaniyati ham muhim o’rin tutadi. Mazkur yo’nalishda milliy g'oyani yanada rivojlantirish zarurati ham mavjud bo’lib, uning mohiyati yuz berayotgan jarayonlarga nisbatan o’z nuqtai nazariga ega bo’lgan fuqaroning, shaxsning ma’naviyatini takomillashtirishdan iboratdir. 
         Shu bilan birga, siyosiy partiyalarning ushbu yo’nalishdagi faoliyati har tomonlama komil va vatanparvar insonni tarbiyalashga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga nisbatan qo’yiladigan talablarga har doim ham javob bermaydi. 
         Yangilangan O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining asosiy maqsad-vazifasi milliy an’analarni va qadriyatlarni saqlashdan iborat. Partiya huquqiy demokratik davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini barpo etish, fan-texnika taraqqiyotini va O’zbekistonning globallashib borayotgan jahonda munosib o’rin egallashini ta’minlashni yoqlaydi. U biz   faxrlanadigan milliy an’analar va qadriyatlarimizni saqlab qolish tarafdorlari bo’lgan insonlar manfaatlarini himoya qilishni o’z oldiga maqsad qilib qo’yadi. Bunday shaxslar - partiyaning asosiy ijtimoiy qatlamidir. Partiya mustaqillik yillarida boshlangan milliy qadriyatlarni tiklash, o’zlikni anglash, milliy g'oyalarni shakllantirish va milliy mustaqillik mafkurasini mustahkamlash, xalqning ma’naviy hayotida diniy an’analarni tiklash kabi hayrli ishlarni izchil, bosqichma-bosqich va tizimli ravishda davom ettirish tarafdoridir. Ushbu ishni sifat jihatdan yangi darajaga ko’tarish, uning samaradorligini oshirish zarur. 
         "Maqsadimiz - O’zbekiston fuqarosi ongida o’z mamlakatining  tarixiy o’tmishi, bugungi kuni va kelajagi uchun   faxrlanish tuyg'usini tarbiyalash va mustahkamlash!" - yangilangan O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining asosiy siyosiy shiori hisoblanadi. 
         Yangilangan partiya ikkita siyosiy tashkilot - "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi va "Fidokorlar" milliy-demokratik partiyasining birlashishi asosida tashkil etildi, bu mazkur partiyalarning so’nggi yillardagi o’z faoliyatini chuqur tahlil qilishi, shuningdek quyidagilarni hisobga olishi natijasida sodir bo’ldi:
- partiyalarning nomlarida, ularning Ustav va dasturiy hujjatlarining mazmunida o’z ifodasini topgan - ikkala partiyaning asosiy maqsad vazifalari, faoliyat mafkurasining yaqinligi ;
- Oliy Majlisning Qonunchilik palatasiga va davlat hokimiyatining mahalliy vakillik organlariga navbatdagi saylovlarga yuqori darajada tayyorgarlik ko’rish va yangilangan partiya imkoniyatlarini samarali amalga oshirish, shuningdek o’zini mamlakatning qudratli salohiyatga hamda o’z elektoratining xayrihohligiga ega bo’lgan siyosiy partiyasi sifatida namoyon etish maqsadida o’z siyosiy kuchlari, partiyalarning kadrlar resurslarini va ijtimoiy qatlamini birlashtirish zarurati. 
         Yangilangan O’zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi quyidagi sohalarda vazifalarni amalga oshirish orqali hokimiyat uchun kurashish, saylovchilarning eng ko’p ovozini olish va vakillik hokimiyati organlarida eng ko’p o’rinlarni egallashni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan.
Download 31,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish