Mustaqillikka erishgan О‘zbekiston Respublikasi dunyoda о‘z mavqiyega EGA bо‘lishning yangi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda


Burg‘ilash tizmasining yopishib qolishi, tortilishi va



Download 9,7 Mb.
bet15/16
Sana05.06.2022
Hajmi9,7 Mb.
#638572
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
КашПИ хисобот 2019

5. Burg‘ilash tizmasining yopishib qolishi, tortilishi va
qisilib qolishi.
Burg‘ilash tizmasining tortilishi (zatyajka) deganda - tizmani ko‘targanda ilmakda og‘irlikning ortishi tushuniladi. Tizmaning o‘tirishi (posadka) - indikator tarozisida ko‘rsatiladigan, ilmakda og‘irlikni to‘liq kamayishidir.
Burg‘ilash tizmasini tushirish jarayonida quduq devorini qisilgan, tarnov hosil bo‘lgan uchastkalarida ilmakda og‘irlikni kamayishi kuzatiladi. Burg‘ilash tizmasining qisilib qolishi deganda - uni quduqdan ko‘tarib olishni iloji bo‘lmaganidagi sharoit tushuniladi. Burg‘ilash tizmasining yopishib qolishi deganda - tarnov hosil bo‘lgan oraliqlarda o‘tirishlar, quduqning juda qiyshaygan joylarida tizmaning yopishib qolishi tushuniladi.
Qisilib qolgan oraliqni topish uchun maxsus asbob (prixvatoopredelitel) karotaj kabeliga bog‘lab quduqqa tushiriladi.
Burg‘ilash tizmasini qisilib qolishi quduqqa begona predmetlar tushib ketganda ham sodir bo‘lishi mumkin.
Sement eritmasini xalqa oralig‘ida hisoblangan vaqtdan oldinroq qotib qolishi natijasida ximoya kuvurlari qisilib qolishi mumkin.
Oldini olish va bartaraf etish. Qisilib qolishlarni oldini olish uchun - o‘pirilishlar, yutilishlar, tarnov hosil bo‘lishi, neft, gaz, suv paydo bo‘lishi, quduq stvolining keskin qiyshayishi kabi murakkabliklarni sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak.
Burg‘ilash tizmasining qisilib qolishni oldini olish uchun (quduq-qatlam sistemasida bosim o‘zgarishi natijasida ) - zichligi past bo‘lgan burg‘ilash eritmalari bilan quduqni yuvish kerak, qaysiki bunda quduqdagi bosim kichik bo‘lishi kerak.
Qisilib qolishlarni oldini olishni yana bir yo‘li – burg‘ilash eritmasi tarkibida moylovchi materiallarni oshirishdir.
Neft qo‘shish (5-12%), smad (1-4%), texnik spirt (T-66, T-80), grafit (0,5-1,5%) qo‘shish amalga oshiriladi.
Quduq kesimida yuqori o‘tkazuvchan qumtoshlar, tuproq, suv asosidagi eritmada bo‘kishi mumkin bo‘lgan tog‘ jinslari bo‘lsa, bu tog‘ jinslarini burg‘ilashda neft asosidagi eritmalarni qo‘llash natijasida qisilib qolishlarni to‘lik oldi olinadi. Qisilib qolishlarni oldini olishda asosiy rolni burg‘ilash eritmasini yaxshi tozalash va quduq stvolini shlamdan tozalash o‘ynaydi: qalin, qo‘pol, yuqori o‘tkazuvchan, yopishqoq qobiqni yo‘qotish; burg‘ilash tizmasini vaqti-vaqti bilan aylantirish va ko‘tarib-tushirib, xarakatlantirib turish kerak.
Energiya uzib qo‘yilganda, dvigatellar ta’mirlanayotgan vaqtda yordamchi dvigatel yoki qo‘lda burg‘ilash tizmasini aylantirib, ko‘tarib-tushirib xarakatlantirib turish kerak. Tizmani ko‘tarishni iloji bo‘lmaganda, burg‘ilash tizmasini qisilib qolishini oldini olish uchun eng oxirgi chora, ayrim hollarda - tizmani quduq tubiga o‘tirg‘izishdir. Negaki bunda hosil bo‘ladigan egilish to‘lqinlari, ta’mirlash ishlari tugagandan keyin tizmani ko‘tarib olishga yordam beradi.
Burg‘ilash tizmasini tushirish jarayonida o‘tirishlar kuzatilsa, tizmani tushirish to‘xtatiladi va o‘tirishlar kuzatilgan oraliqni qayta ishlab (burg‘ilab) chiqiladi.
Qisilib qolishlar sodir bo‘lganda zudlik bilan uni bartaraf etish choralari qo‘llaniladi. Negaki vaqt o‘tishi bilan qisilib qolish kuchayishi va boshqa oraliqlar ham qisilib qolishi mumkin. Burg‘ilash tizmasi qisilib qolganda eng birinchi tadbir uning tarqalib (kengayib) ketishiga yo‘l quymaslik. SHu maqsadda texnik ruxsat etiladigan normalar chegarasida burg‘ilash tizmasini xarakatlantirish, rotor bilan aylantirish, aylantirib bo‘lmasa, vaqti-vaqti bilan ruxsat etiladigan aylantiruvchi moment hosil qilish kerak (rotor bilan urish kerak).
Agar sirkulyasiya yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, quduqni yuvishni davom ettirish lozim. Eritma tarkibiga moylovchi materiallar qo‘shish kerak va ruxsat etilgan kattalikkacha burg‘ilash eritmasi zichligini pasaytirish kerak.
Sirkulyasiya yo‘qolsa xavf ortadi: xalqa oralig‘i shlam bilan to‘lib qoladi, burg‘i teshiklari va turbobur, teskari klapanlar shlam bilan to‘lib qoladi; sirkulyasiyani yo‘lga qo‘yishda yutilishlar sodir bo‘lishi mumkin.
Neft va kislotali vanna qo‘yish uchun albatta sirkulyasiyani yo‘lga qo‘yish zarur.
Qisilib qolgan burg‘ilash tizmasini ozod qilishdan oldin burg‘ilash uskunasining ahvoli sinchiklab tekshirib chiqiladi (asoslar, minora, tal sistemasi, chig‘ir va uning qotirilgan qismlari, tal kanati va uning ahvoli) va burg‘ilash nasoslari, indikator tarozisining sozligi, ilgakka beriladigan ruxsat etilgan kuchlanish aniqlanadi; nasoslarda o‘rnatilgan vtulka va ximoyalovchi klapanlarda qancha bosim berish mumkinligi aniqlanadi. Agar sirkulyasiya yo‘q bo‘lsa va uni yo‘lga qo‘yishni burg‘ilash nasoslari yordamida amalga oshirib bo‘lmasa, ancha yuqori bosimga ega bo‘lgan sementlash agregati nasoslaridan foydalaniladi. Burg‘ilash tizmalari orqali katta bosimli nasoslar yordamida burg‘ilash eritmasini xaydash uchun - bog‘lanish elementlari tez echiladigan metall quvurlardan va sementlash uskuna uchidan foydalaniladi (agar kutiladigan bosim katta bo‘lsa). Agar bunda xam burg‘ilash tizmalari orqali eritmani xaydab bo‘lmasa (sirkulyasiya chiqmasa), turbobur yoki OBQ ustidan burg‘ilash quvurini perforatsiya qilish yo‘li bilan teshiladi va ochilgan teshik orqali sirkulyasiya yo‘lga qo‘yiladi. Sirkulyasiya yo‘lga qo‘yilgandan keyin katta bosim ostida, quvur orti oralig‘ini to‘liq tozalanguncha va bosim normal holatga tushgunicha yuviladi.






Xulosa
O‘zbekiston neft va gaz sanoati ayni kunda mamlakat iqtisodiyotining eng yirik tarmog‘i hisoblanadi va energetikaning muhim asosini tashkil etadi. Jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida iqtisodiyotimizning yanada barqaror rivojlanishini ta’minlash, uni diversifikatsiya va modernizatsiya qilish ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash borasidagi ishlarni izchil davom ettirishimiz zarur. Bozor iqtisodiyoti jaxon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi sharoitida har qanday texnologik va iqtisodiy jarayonlar o‘zaro chambarchas bog‘liq. Har qanday texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligi va foydaliligi muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda neftgaz va gazkondensat mahsulotlariga bo‘lgan talabni oshib ketganligi sababli hamda aholini toza gaz mahsulotlari bilan tahminlash, transport vositalarini yoqilg‘i resurslari bilan ta’minlash uchun geologik qidiruv ishlarini kuchaytirish, yangi maydonlarni ochish, konlarni ishga tushirish, uzoq vaqt ishlatilib kelinayotgan konlarni yangi texnika va texnologiyalar bilan jihozlash hamda qazib chiqarish samaradorligini oshirish maqsadida quduq tubiga ta’sir etish usullarini takomillashtirish maqsadga muvofiqdir.
Korxonaning xо‘jalik boshqaruvini boshqarishni rejalashtirish, ishlab chiqarishni tashkillashtirish, ishlab chiqarish xо‘jalik faoliyatini yaxshilashga yо‘naltirish va ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy kо‘rsatgichlarini kuchaytirish ishlari kiradi. Korxonada mehnat samaradorligini kuchaytirish, material va mablag‘ resurslaridan samarali foydalanish katta rol о‘ynaydi va burg‘ilash ishlarini yangi tartibda moliyalashtirish bilan bog‘langandir.
Burg‘ilash ustasi ishlarni tо‘xtovsiz borishiga hamda kerakli materiallar bilan ta’minlashga, quduq qurilishini loyiha bо‘yicha bajarilishiga rioya qilishga, ishlarni bajarishdagi jarayonni xavfsizligini ta’minlashga va atrof muhitni muhofaza qilishning choralarini amalga oshirishga shaxsan javob berishi tо‘g‘risidagi ma’lumotlar keltirilgan.
Burg‘ilash brigadasining a’zolariga tushirish-kо‘tarish jarayonlarini bajarishda hamda mustahkamlash tizmasini quduqqa tushirishda asosan katta topshiriq yuklatiladi.

Download 9,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish