Kirish Mustaqillikka erishgan О‘zbekiston Respublikasi dunyoda о‘z mavqiyega ega bо‘lishning yangi ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanish davrini boshdan kechirmoqda. Neft-gaz va yoqilg‘i energetikasi О‘zbekiston Respublikasi hozirgi Prezidenti SH.M.Mirziyoyevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mо‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yо‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisida taraqqiyotning «о‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz о‘z ishimizda doimo suyanamiz dedi. Bu tamoyillar О‘zbekistonda bundan buyon ham siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy о‘zgarishlarni ta’minlashning mustahkam poydevori hisoblanishi tо‘g‘risidagi ma’ruza qildi.
О‘zbekistonning zamonaviy ishlab chiqarish sanoati yirik og‘ir industriya tarmoqlaridan biri bо‘lib, vatanimizning muhim energetik bazasidir. Bu tarmoqda sezilarli darajada ilmiy - texnik potensial yaratilgan va uni rivojlantirishda yuqori yutuqlarga erishilgan. Mamlakatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy barqarorlik, fuqarolarning turmushidagi farovonlik va iqtisodiyotdagi raqobatbardoshlilikni rivojiga katta ta’sir yetuvchi omillar qatorida yoqilg‘i-energetika kompleksi ahvoli asosiy о‘rinni egallashi kо‘p mamlakatlarda oydin kuzatilmoqda. Respublikamiz sanoatning keskin sur’atlarda rivojlanishi va neft mahsulotlariga bо‘lgan ehtiyoj ortib borayotgan bir davrda Respublikadagi iste’molchilarni ehtiyojini keng assortimentda va yetarli miqdorlarda, sifatli neft mahsulotlari bilan ta’minlash maqsadida yangi neft va gaz konlarini qidirish va razvedka qilish ishlari samaradorligini oshirish, uglerod xom ashyosining qidirib topiladigan zaxira hajmlarini kо‘paytirish, neft va gaz tarmog‘ida amaliy kо‘rilayotgan tadbirlardir.
Shu bilan birgalikda neft va gazdan xom-ashyo sifatida neftkimyo sanoatida keng foydalanilmoqda (buni Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi misolida ko‘rish mumkin), undan suniy oqsillarni, formatsevtik preparatlarni, plastmassa va boshqalarni olish mumkin.
Neft qazib olish hajmini kengaytirish uchun yangi konlarni ishlatishga kiritish zarurdir. Bugungi kunda og‘ir neft mahsulotlariga bo‘lgan talab juda yuqoridir. Shuning uchun og‘ir neftlarni qazib olish va uning tarkibidagi bitumni ajratib olish uchun ko‘pgina ishlarni amalga oshirish zarur hisoblanadi. Bugungi kunda gaz va gazkondensatga bo‘lgan talabning oshishi sababli, respublikamizda qator gazkondensat konlari ishga tushirilmoqda hamda uni qayta ishlash bo‘yicha yirik ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish ishlari boshlab yuborilgan. “LUKOYL” va “O‘zbekneftgaz” MXK bilan hamkorlikda “Qandim-Xauzak-Shodi-Qung‘irod” guruhida 6 ta gazkondensat konlaridan olinadigan mahsulotlarni qayta ishlaydigan quvvati 8,1 mlrd. m3 ga mo‘ljallangan GQIZni qurish ishlari boshlab yuborildi.
“Qashqadaryo parmalash ishlari” aksiyadorlik jamiyati “Qashqadaryo parmalash ishlari” aksiyadorlik jamiyati – respublikadagi neft va gaz quduqlarini burg‘ulash ishlariga ixtisoslashtirilgan eng yirik korxonalardan biridir.