Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi



Download 93,24 Kb.
Sana21.04.2023
Hajmi93,24 Kb.
#931004
Bog'liq
yangi o\'zbekistonda yangicha tarixning vujudga kelishi va rivojlanishi


Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tarix fani sobiq mustabid tuzum mafkurasidan voz kechish, yangi yondashuvlar bilan bog‘liq o‘zgarishlarga yuz tutdi. Fan taraqqiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish O‘zbekiston tarixchilari zimmasiga jahon amaliyoti yutuqlaridan kelib chiqib, tarix fanini yanada yuqori ilmiy-nazariy darajaga olib chiqish hamda yangi ilmiy yo‘nalishlarni o‘zlashtirish kabi vazifalarni yuklamoqda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 30-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori kengash ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish va uni yangi pog‘onaga ko‘tarish hamda bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjatlardan biridir.
Qarorda Jamoatchilik kengashi oldiga O‘zbekistonning eng yangi tarixini tizimli, haqqoniy va xolis tarzda o‘rganishni tashkil etish, yangi avlod ilmiy va o‘quv-uslubiy adabiyotlarni yaratish hamda mamlakatimizning dunyodagi o‘rni va rolini ko‘rsatishga qaratilgan qator vazifalar qo‘yilgan. Mazkur hujjatda ko‘rsatilgan vazifalarni bir-birini to‘ldiruvchi ikki yo‘l orqali ro‘yobga chiqarish lozim. Birinchi yo‘l – yangi avlod ilmiy va o‘quv adabiyotlarini yaratish. Ikkinchi yo‘l – mavjud bilimlarni yoshlarga targ‘ib etish va o‘qitish.
O‘zbekistonning eng yangi tarixi haqida so‘z yuritilganda, biz uchun, avvalo, mamlakatimizning 1991-yildan keyin bosib o‘tgan tarixiy yo‘li mohiyati va mazmunini anglab yetish muhimdir. Bu jarayon qanday borganligini, mamlakatimiz mustaqillik arafasida va uning dastlabki yillarida qanday muammolarga duch kelganini tushunib yetish muhim. O‘zbek jamiyatida qadimgi davrlardan beri ayrim demokratiya unsurlari: o‘zini o‘zi boshqarishning jamoa shakli, mahalla yig‘inlari, oqsoqollar kengashlari va xalq diplomatiyasi mavjud edi. Biroq hozirgi kunda ushbu institutlar tomonidan an’anaviy funksiyalar bajarilishining o‘zi bilan qanoatlanib bo‘lmaydi. Biz ularning faoliyatini hozirgi davr talablariga mos yangi mazmun bilan to‘ldirishimiz maqsadga muvofiqdir.
Rivojlangan demokratik davlatlarda siyosiy partiyalar fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan birini tashkil etadi. Mamlakatimiz Birinchi Prezidenti Islom Karimov fuqarolarning davlat va jamiyatni boshqarishda keng ishtirok etishini ta’minlovchi siyosiy institutlarning xilma-xilligiga asoslangan yangi demokratik tizim negizlarini shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratgan.
Sobiq tuzum davrida davlat va yakkapartiyaviylik tizimi shaxs ustidan yalpi hukmronligini o‘rnatgan edi. Fuqaroning huquqiy himoyalanmagani, boshqaruvning ma’muriy-buyruqbozlik usullari, har qanday muqobil fikrlashning tazyiq ostiga olinishi ko‘p odamlarda chorasizlik tuyg‘usini uyg‘otib, real hayotdan uzoqlashish istagini oshirdi. “Siyosiy autsayderlar” deb ataluvchi kishilar sonining o‘sishi, jamiyatda ijtimoiy pessimizm va boqimandalikning kuchayishiga sabab bo‘ldi.
Afsuski, bugungi kunda ham jamiyatda eski davrga xos bo‘lgan ijtimoiy ongning retsidivlari muayyan darajada saqlanib qolmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ushbu holatni nazarda tutgan holda O‘zbekistondagi siyosiy partiyalarni jiddiy tanqid ostiga olib, quyidagilarni ta’kidladi: “Ochiq aytish kerak, siyosiy partiyalarda bu sohada haligacha xotirjamlik, qandaydir mudrab o‘tirish kayfiyati hukm surmoqda. Hech kimga foydasi bo‘lmagan majlislar soatlab davom etmoqda, tanqidiy tahlil o‘rniga mayda masalalar bilan o‘ralashib, dolzarb muammolarning yechimi chetda qolib ketmoqda”. Bugun kuchli fuqarolik jamiyatni qurish vazifasi tobora ko‘proq dolzarblik kasb etmoqda. Uning amalga oshirilishi real va faol ko‘p partiyali tizimni shakllantirishni talab etayotir.
O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganishda yuqorida ta’kidlab o‘tilgan vazifalar qatorida jamiyatni ijtimoiy-iqtisodiy isloh qilishdagi o‘zbek modelining konseptual asoslarini idrok etish, davlatimizning global va mintaqaviy integratsiya jarayonlarida ishtiroki bilan bog‘liq masalalarning to‘g‘ri va haqqoniy tahlilini xalqimiz va kelajak avlodga yetkazish burchimizdir.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tarix instituti mamlakat milliy davlatchiligining vujudga kelishi va taraqqiy topishining eng yangi tarixini o‘rganish, ilmiy, ilmiy-ommabop, o‘quv-metodik, ma’rifiy adabiyotlarni tayyorlash va chop etish borasidagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridan biri. Institutda O‘zbekiston eng yangi tarixining turli jabhalarini tadqiq etuvchi “Yangi va eng yangi tarix”, “Etnologiya va antropologiya”, “Tarixshunoslik va manbashunoslik” bo‘limlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu yerda eng yangi tarixni o‘rganishda tarix, xalqaro munosabatlar nazariyasi, sotsiologiya, antropologiya, etnologiya, falsafa, iqtisodiy nazariya, siyosiy muammolarni qamrab olgan yangi fanlararo yondashuvlar tahlili amalga oshirilmoqda. Yana ahamiyatli jihati, institutning olti nafar yetakchi olimi Jamoatchilik kengashi a’zosi hamdir.
Olimlar tomonidan “Buyuk va muqaddas, mustaqil diyor”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixi: nazariy-metodologik asoslari, o‘rganish tajribasi, manba va uslublar”, “O‘zbekiston yoshlari ijtimoiy-madaniy islohotlar jarayonida”, “O‘zbekistonning eng yangi tarixidan lavhalar”, “Farg‘ona vodiysi shaharlarida iqtisodiy transformatsiya jarayonlari (1991-1996-yillar)” kabi qator to‘plam va monografiyalarning nashr etilishi O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid amalga oshirilgan qator ilmiy-tadqiqot loyihalar natijasi, deyish mumkin.
Institutda xorij davlatlari bilan hamkorlikda ishlash yanada takomillashib borayotir. Bugun “Yangi va eng yangi tarix” bo‘limi xodimlarining ilmiy ishlanmalarini chet elda nashr etilgan yigirmadan ortiq monografiyada o‘qish imkonimiz bor ekanligi quvonarli. Bundan tashqari, Rossiya, Germaniya, Yaponiya, AQSh, Belgiya, Buyuk Britaniya, Xitoy, Hindiston, Shveytsariya, Shvetsiya, Gollandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston kabi davlatlar ilmiy nashrlarida yuzdan ortiq maqola chop etilgan. Bo‘lim xodimlari eng yangi tarixning dolzarb masalalariga bag‘ishlangan va jahonning turli mamlakatlarida o‘tkazilgan o‘nlab nufuzli xalqaro konferensiyalarda faol qatnashib kelmoqda.
Bugungi kun talab va ehtiyojlari asosida institut xodimlari va yetakchi malakali mutaxassislar tomonidan tayyorlangan “O‘zbekiston Respublikasining eng yangi tarixi” darsligi chop etilish arafasida. Jamoamiz O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, “Qatag‘on qurbonlari xotirasi” muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi bilan hamkorlikda ishlab, ularga doimiy amaliy ko‘mak berib kelmoqda. Shu bilan birga, institutimizning xorijiy mamlakatlar ilmiy markazlari bilan hamkorligi yanada mustahkamlanib borayotir.
Bu kabi sa’y-harakatlar albatta e’tiborli. Lekin shu kungacha O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish chuqur va har tomonlama tadqiq etilgan emas. Jamoatchilik kengashi zimmasiga yuklatilgan vazifalar to‘laqonli bajarilmaganligi sababli ilm-fanning ta’lim va boshqa ijtimoiy sohalar bilan integratsiyasi mexanizmlari yetarli darajada faollashmadi. Kengashning ishchi organi – O‘zbekistonning eng yangi tarixi masalalari bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi-metodik markaz cheklangan imkoniyatlari sabab bu davr bo‘yicha mavjud adabiyotlarni qayta ko‘rib chiqishni talab darajasida amalga oshirmadi. Ayniqsa, O‘zbekiston tarixi bo‘yicha zamonaviy chet el ilmiy va o‘quv adabiyotlarini o‘rganish va tahlil etish mohiyat jihatidan qoniqtirmaydi.
Bundan tashqari, bizda, afsuski, O‘zbekistonning eng yangi tarixi turli aspektlarini o‘rganish bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislarning (tarixchilar, sotsiologlar, siyosatshunoslar, faylasuflar, iqtisodchi olimlar, huquqshunoslar) tarqoqligi, ular faoliyatini muvofiqlashtirish talab darajasida emasligi yaqqol ko‘rinib qolmoqda. Bugun ilmiy gumanitar hamjamiyat vakillarining hamkorligisiz va birgalikda sarflanadigan kuch-g‘ayratisiz hozirgi zamon tarixining mazmunini tushunish murakkabligi barchaga ayon.
Ana shunday bir paytda davlatimiz rahbarining O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi qarori kengash va tarixchilarga muhim yo‘riqnomalarni belgilab berdi. Institut olimlari va kengashning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, tariximizni mufassal ifoda etadigan tadqiqotlar, kitoblar, monografiya va darsliklar yaratish masalasini tez va sifatli hal etmoq talabini qo‘ymoqda.
Mazkur qarorda belgilanganidek, institut va kengash a’zolari qator rejalar, amalga oshirilishi zarur bo‘lgan masalalarga jiddiy kirishgan. Unda siyosat, iqtisod, madaniyat, ijtimoiy hayotning barcha sohalarida sodir bo‘layotgan voqealar asosida O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish bo‘yicha kompleks yondashuvni ta’minlash inobatga olingan. Ushbu vazifalarning ilmiy idrok etilishi va hal qilinishi muayyan darajada tarix fani mavjud tushuncha-metodologik arsenalining tanqidiy tahlili va tegishli tarzda O‘zbekistonning eng yangi tarixiga oid turli voqealarni tadqiq etish bilan shug‘ullanayotgan barcha ilmiy yo‘nalishlarning nazariy salohiyati yangilanishi bilan bog‘liqdir.

Umuman olganda, O‘zbekistonning eng yangi tarixini o‘rganish va uni o‘qitishning dolzarb muammolari bo‘yicha keng munozaralarning zaruratini chuqur anglagan holda olimlar, pedagog xodimlar va maorifning boshqa vakillarini tarix ilmi va fani masalalarini keng ommaga yetkazish hamda matbuotda faol muhokama qilish zarur. Jamiyatimiz, ayniqsa, yosh avlod ona Vatanimizning yaqin o‘tmishini tushunishga, murakkab, jo‘shqin va jadal sur’atlar bilan davom etayotgan mamlakatimiz mustaqilligining tarix solnomasini tizimli o‘rganishga, uni to‘laqonli anglab yetishga katta ehtiyoj sezmoqda. Mazkur sharafli ijtimoiy vazifani amalga oshirish esa o‘zbek tarixchilarining ilmiy va fuqarolik burchidir.
Tarix fani ham boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar kabi mustaqil fan hisoblanadi. U barcha fanlar qatori alohida o'z o'rni va mavqeiga ega bo'lib, ijtimoiy-gumanitar va boshqa ayrim fanlar bilan uzviy bog'liq holda o'rganiladi. Birinchidan, u o'z xususiyatiga ko'ra, o'tmish haqida saboq beradi, insonlarni sodir bo'lgan voqea va hodisalar haqida kerakli xulosalar chiqarishga undaydi, kishilarni ajdodlarimizning o'tmishdagi hayot tarzini, ular yaratgan moddiy va ma'naviy merosini qadrlashga undaydi.
Ikkinchidan, tarix fanini o'rganishda barcha ijtimoiy-gumanitar fanlar uchun xos barcha shakl va uslublarga tayaniladi, hatto uni o'rganishda matematik usuldan ham foydalanilishi bejiz emas. Chunki tarixiy voqea va hodisalar qat'iy aniqlikda, davriy ketma-ketlikda, xronologik asosda o'rganiladi. Ularni o'rganishda tarixiy hujjat va l haqiqiy ekanligi, ular qachon, qaerda, qanday tarixiy muhit va sharoitda yaratilganligiga ham ahamiyat bermoq lozim. O’zbekiston tarixi fani o'tmishdagi ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni, ularning rivojlanishi va tanazzulining sabab hamda oqibatlarini o'rganadi, kishilarni ulardan kelajak uchun saboq va xulosalar chiqarishga undaydi. Bu esa bo'lg'usi avlodlar kamolotida katta ahamiyatga ega.
Fanning predmeti shu mintaqada sodir bo'lgan jamiki voqea va hodisalar, ulardagi umumiylik va aloqadorlik qonuniyatlari, tarixiy hodisa va jarayonlar, umuman insoniyatning barcha tarixiy faoliyat jarayonlarini o'rganishdir. O’zbekiston tarixi fanini o'rganish ob'ekti O’zbekiston tarixida sodir bo'lgan barcha voqea va hodisalardir. Tarixiy ob'ekt (makon)ga nisbatan fanning maqsadi, vazifasi, yo'nalishini belgilaydi. Ma'lum bir ma'noda ob'ekt bilan predmet bir-biriga juda yaqin tushuncha bo'lsa-da, ular tarix fanida tutgan o'rni va vazifasi bilan farqlanadilar.
Obyekt, aniq tarixiy davr, makon, zamon va geografik va umumiy mintaqaviy chegaralar, ma'lum xalqlar, mamlakatlar tarixi bilan bog'liq jarayonlar bo'lib, ular voqea va hodisalarni bir butun va yaxlitlikda qamrab oladi. Shu boisdan ijtimoiy gumanitar fanlarning ob'ekti, aniq reallikda sodir bo'lgan va bo'layotgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar, o'zgarishlar, voqea va hodisalardir. Predmet esa mana shu obyekt ichidagi aniq tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlardan iborat bo'lgan aniq voqea va hodisalarni o'rganishdir.
Eng yangi tarixni o'rganishda yana bir muhim omil borki, u bugungi kun butunjahon tadqiqotlari tizimida ustuvor o'rinni egallab kelmoqda. Bu “tarixdagi inson” mavzusini tadqiq qilish, boshqacha aytganda, shaxsning, tarixiy siymoning hamda oddiy insonning uni o'rab turgan dunyodagi rolini o'rganish. Eng muhim vazifa eng yangi tarixni jiddiy metodologik va ilmiy asosga qurishdan iborat. Agarda biz fanning nazariy-metodologik asosni chuqur anglab etsak, bu bir vaqtning o'zida tarixni qalbakilashtirish va buzib ko'rsatishning oldini oladi.
Bizningcha, O’zbekiston Respublikasining mustaqillik yillarida bosib o'tgan yo'lining mazmun-mohiyatini obyektiv baholash hamda o‘ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, O’zbekistonning eng yangi tarixi davrini bir qator bosqichlarga bo'lib o'rganish maqsadga muvofiq. Bugungi kunda darslarni yangicha o'quv-uslubiy yondashuvlar, yangicha manbalar va materiallarga tayangan holda o'qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Zero, bu O’zbekistonning umumjahon sivilizatsiyasining qadim o'choqlaridan biri ekanligini, uning jamiyatimiz uchun har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashdagi o'rni katta ekanligidan kelib chiqib, tarix avvalambor insonlarni g'oyaviy tarbiyalab, ularda milliy g'urur va iftixorni shakllantirishga katta hissa qo'shishini ta'kidlash o'rinli.
Shuningdek, talabalar fanni o'rganish jarayonida o'tmishda xalqimizning ya'ni ajdodlarimizning hayoti, turmush-tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo'ladilar, xalq qahramonlari, davlat arboblari, olimu-fuzalolar keng faoliyatlarini o'rganadilar. Shu bilan birgalikda talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma'naviy qadriyatlarining tiklanishi, demokratik fuqarolik jamiyat qurish yo'lida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar xususida ma'lumotlar oladilar.
Tarix fanini o'rganishda ma'lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy g'oya va nazariyalarning o'rni va ahamiyati katta. Ular tarix fanining mazmun va mohiyatini chuqurroq anglashga shuningdek fanni o'rganishning maqsad va vazifalarini kengroq ochib berishga yordam beradi. Shuning uchun ham uni ma'lum nazariy-metodologik tamoyillar, ilmiy-nazariy asoslariga tayangan holda o'rganish muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan Birinchi Prezident Islom Karimov tarixning eng muqaddas milliy va umuminsoniy xotira hamda qadriyat ekanligini ta'kidlab, «Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q", «Yuksak ma'naviyat-engilmas kuch» nomli asarlarida "O’zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi, "Tarix-xalq ma'naviyatining asosidir" degan so'zlarida tarixiy haqiqatni va ma'naviy o'zlikni angalashga undovchi, teran ilmiy-nazariy fikrlarni ilgari surgan edilar.
Ushbu tamoyillar Prezident Shavkat Mirziyoev tomonidan izchil davom ettirilib, mustaqillik yillarida haqqoniy tariximizni o'rganish borasida ko'plab ilmiy va nazariy xulosalarni berib kelmoqda. Ayniqsa uzoq yillar mobaynida yo'l qo'yilgan ayrim xato va kamchiliklarni ro'y rost tanqidiy tahlil qilinishi ham muhim voqea bo'ldi. Bu borada o'z fikr mulohazalarini bildirgan Prezidentimiz quyidagilarni qayd etadi: ”Afsuski, yurtimiz tarixini o'rganishda o'tgan davrlarda arxeologik tadqiqotlar etarli darajada olib borilmadi. Shuning uchun Fanlar akademiyasining Arxeologiya va San'atshunoslik institutlari faoliyatini, oliy o'quv yurtlari va muzeylardagi arxeologik izlanishlarni chet ellik hamkorlar bilan birga tashkil etish zarur. Buyuk alloma va adiblarimiz, aziz-avliyolarimizning bebaho merosi, engilmas sarkarda va arboblarimizning jasoratini yoshlar ongiga singdirish, ularda milliy g'urur va iftixor tuyg'ularini kuchaytirishga alohida e'tibor qaratishimiz kerak. Shu maqsadda, O’zbekiston Milliy teleradio kompaniyasi tarkibida “O’zbekiston tarixi” kanalini tashkil etib, ilmiy jamoatchilik, ijodkor ziyolilarimiz bilan birgalikda uning dasturlarini puxta shakllantirish kerak. Mamlakatimiz muzeylarida saqlanayotgan tarixiy eksponatlarni to'liq xatlovdan o'tkazish, har bir muzeyning katalogini yaratish lozim”1.
Bugungi kunda darslarni yangicha o'quv-uslubiy yondashuvlar, yangicha manbalar va materiallarga tayangan holda o'qitishga katta ahamiyat berilmoqda. Zero, bu O’zbekistonning umumjahon sivilizatsiyasining qadim o'choqlaridan biri ekanligini, uning jamiyatimiz uchun har tomonlama yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashdagi o'rni katta ekanligidan kelib chiqib, tarix avvalambor insonlarni g'oyaviy tarbiyalab, ularda milliy g'urur va iftixorni shakllantirishga katta hissa qo'shishini ta'kidlash o'rinli.
Shuningdek, talabalar fanni o'rganish jarayonida o'tmishda xalqimizning ya'ni ajdodlarimizning hayoti, turmush-tarzi, ularning ajnabiy bosqinchilarga qarshi mustaqillik va ozodlik uchun kurashlari, mardligi va jasorati haqida nazariy ma'lumotlarga ega bo'ladilar, xalq qahramonlari, davlat arboblari, olimu-fuzalolar keng faoliyatlarini o'rganadilar. Shu bilan birgalikda talabalar mamlakatimizning mustaqillikka erishishi, mustaqillik yillarida jamiyatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar, xalqimiz ma'naviy qadriyatlarining tiklanishi, demokratik fuqarolik jamiyat qurish yo'lida amalga oshirilayotgan ijobiy o'zgarishlar xususida ma'lumotlar oladilar.
O’zSSRning ijtimoiy-siyosiy hayotida 1984 yil 23 iyunda bo'lgan O’zbekiston Kompartiyasi MK XVI – plenumi mash'um roli o'ynadi. Moskva tashabbusi va ko'rsatmasi bilan tashkil qilingan mazkur plenumda qabul qilingan hujjatlar respublikada o'zbek xalqini asossiz badnom etish kompaniyasini boshlab berdi. Sobiq respublika rahbarlari Markazga murojaat qilib O’zbekistonga Markazdan rahbar kadrlarni yuborishni iltimos qildilar.
Markazning tazyiqi ostida 1984 yildan O’zbekistondagi rahbarlik lavozimlariga sobiq ittifoqning har xil joylaridan «kadrlar desanti» kela boshladi. Birgina 1984 –1987 yillarda Moskva, Leningrad va Rossiyaning boshqa shaharlaridan 400 dan ortiq kishi O’zbekistonning partiya, sovet, ma'muriy-xo'jalik organlariga ishga yuborilgan. Kadrlarni almashtirish siyosati ayanchli tus oldi.
Natijada Markazdan o'zbek xalqining urf-odatlari, ana'nalari haqida umuman tasavvurga ega bo'lmagan rahbar xodimlarning respublikaga yuborilishi va mazkur “kadrlar desanti”ning faoliyati ko'plab salbiy holatlarning kelib chiqishiga sabab bo'ldi.
O’zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining ikkinchi kotibligiga Anishchev, Ministrlar Soveti raisining birinchi o'rinbosari Ogarok, Oliy Sovet Prezidiumi raisning o'rinbosari etib Romanovskiy, Respublika prokurori etib Buturlin, uning o'rinbosarligiga Gaydanov, tergov boshliqligiga Laptev, Ichki ishlar vazirligiga Didorenkolar tayinlandi. Toshkent shahri partiya rahbari etib Satin qo'yildi. Barcha viloyatlarda ham ahvol shunday bo'lib, ular respublikadagi hukmronlikni to'la qo'lga olgan edilar.
Bundan ko'zlangan maqsad jamiyatni sosialistik asosda isloh qilish, jamiyatning barcha sohalarida to'la demokratik jarayonlarni boshlash edi. Ammo hukumatning olib borgan ichki siyosati va ko'pmillatli mamlakat fuqarolari qarashlari o'rtasida o'ziga xos nomutanosiblik sodir bo'ldi. Xususan 1987 yildagi mavjud siyosiy tuzumni va iqtisodiyotga partiyaviy rahbarlikni saqlab qolgan holda, xo'jalik mexanizmini isloh qilish yo'lidagi urunishlar ham samara bermadi.
KPSS MQ ning 1985 yil (aprel) Plenumi mamlakatda vujudga kelgan vaziyatni tahlil qilib, sovet jamiyatini “qayta qurish” zarurligi borasida ko'rsatmalar berdi. Plenum ijtimoiy hayotni “demokratlashtirish”, “oshkoralikni joriy qilish”, milliy siyosatni “takomillashtirish”, umuman jamiyat hayotining barcha sohalarini “chuqur isloh qilish” yo'lini e'lon qildi. Lekin amalda bu siyosat islohotlarni amalga oshirishning aniq konsepsiyasi bo'lmasdan, balki chuqur inqirozga yo'l tutgan sovet mustabid tuzumini saqlab qolishga, markazning milliy respublikalar ustidan nazoratini kuchaytirishga yo'naltirilgan edi.
“Qayta qurish” va uning cheklanganligi shunda namoyon bo'ldiki, garchanda demokratiya, oshkoralik deya bong urilgan bo'lsada, 1985-1990 yillar oralig'ida respublika hayotida katta siyosiy, ijtimoiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Asosiysi ijtimoiy siyosiy vaziyat keskinlashib, millatlararo nizolar, iqtisodiy muammolar yuzaga kela boshladi. Ana shunday muammolardan biri, shubhasiz paxta monokulturasi va uning oqibatlari bo'ldi. Respublikada hamon paxta monokuliturasi va uning salbiy oqibatlari natijasida kelib chiqqan og'ir vaziyat davom etdi. Mazkur salbiy voqealar bilan bog'liq bo'lgan jarayonlar natijasida ko'pgina rahbarlar va oddiy fuqarolar jabr ko'rdilar. Ya'ni “Paxta ishi”, “O’zbeklar ishi” va ular bilan bog'liq ayanchli holat yanada kuchaydi. Sovet tuzumi va u bilan bog'liq Markaz rahbarligida O’zbekistonda navbatdagi oshkora qatag'onlar boshlanib ketdi. "Paxta ishi" deb atalgan mash'um siyosat niqobi ostida minglab begunoh kishilar jinoiy javobgarlikka tortildi. Markaz ko'rsatmasiga ko'ra "Paxta ishi" va "o'zbeklar ishi" deb nomlangan tergovlar olib borildi. Gdlyan va Ivanovlar guruhi ilg'or paxtakorlar, davlat boshliqlari, umuman o'ylab topilgan va bevosita “paxta ishi” bilan bog'liq minglab kishilarga nisbatan qonunsiz, beshafqat ishlarni boshlab yuboradilar. Ularning zo'ravonligi oqibatida sudlar adolatsiz hukmlar chiqara boshladilar.
Markazdan yuborilgan Gdlyan va Ivanov guruhi ming-minglab rahbarlik mahoratini puxta egallagan rahbar kadrlarga nisbatan turli aybnomalarni o'ylab topdilar, qamash, ozolikdan mahrum qilish kabi hollar kuchaya boshladi. O’zbekistonning mustaqillik sari tashlangan eng mubim qadamlardan biri esa O’zKP Markaziy Komitetining 1989-yil 25-noyabr plenumida O’zbekiston hukumati avvalo paxta monokuliturasi oqibatida respublika va o'zbeklar boshiga yog'ilayotgan malomat toshlariga chek qo'yish, matbuotda paxta monokuliturasi va ekologik holatga haqidagi mish mishlarni tugatish haqida edi.
XX asr Sobiq ittifoqda davom etgan ijtimoiy-siyosiy jarayonlar O’zbekistondagi ekologik holatga ham ta'sir ko'rsatmasdan qolmadi. Mamlakatdagi ma'muriy buyruqbozlik tizimi, mafkuraviy hukmronlik mintaqadagi ekologik xolatga ham o'z salbiy o'tkazdi. Zero, Sobiq ittifoq davrida totalitar, mustamlakachilik tuzum zo'rovonligi O’zbekistonda yuz bergan ekoijtimoiy inqirozlar o'z mohiyatiga ko'ra ma'naviy fojea hamdir. Ekologik shovinizm barcha sohalarda siyosiy va iqtisodiy qaramliklar, milliy ma'naviy qadriyatlarning toptalishi, kadrlar tayyorlashning imperiya manfaatlariga moslashtirilishi, tabiiy boyliklarga nisbatan talonchilik siyosati kabilarda namoyon bo'ldi. Amalga oshirilgan shovinistik siyosat natijasida tabiatga vahshiyona munosabat Orol fojeasiga olib keldi, flora va fauna buzildi, turli xil kasalliklar, jumladan, bepushtlik, ayollar va bolalar o'limi oshdi. Birgina misol, o'sha paytda AQSh va Yaponiyada tug'ilgan 1000 ta boladan 1-2 tasi yoshiga etmay o'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkich, O’zbekistonda 46 taga etganligini qanday izohlash mumkin?. Ekoijtimoiy ma'naviy inqirozlar ko'rsatkichi aholining salomatligining yomonlashishida ham o'z aksini topdi. Jumladan, 1976 yildan 1990 yilgacha faqat O’zbekistonning o'zida katta yoshdagi va bolalar orasida umumiy kasalga chalinish (har 10 ming kishi hisobiga) muntazam o'sib borgan. Respublika bo'yicha kattalar va o'smirlarning umumiy kasallanish intensiv ko'rsatkichi 1976 yilda 2466,5 tadan 1990 yilda 3598,6 taga etgan. Tashqi muhitning salbiy ta'siri tufayli asab tizimi, teri, teri osti kasalliklari 1989 yilning o'zida - 1,4, qon aylanish tizimi kasallanishi - 1,3 marta ko'paygan. Sil kasalligiga chalinish 3 foizga ko'paygan. Bolalar jumladan, go'daklar o'limi sobiq Ittifoqning boshqa hududlaridagi ko'rsatkichidan ikki marta yuqori bo'lgan. Respublikada har yili 200 mingga yaqin kishi gepatit kasaliga duchor bo'lgan. Er, suv, havoga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish kabi ekoko'nikmalarimiz milliy qadriyatlarimiz va urf-odatlarimiz kommunistik mafkura asosida shakllantirilgan sovet udumlarini qaror toptirish orqali unutildi. Ekomilliy ko'nikmalarimizning unutilishi esa yuz bergan fojeaning navbatdagi ma'naviy inqirozi edi. Farg'ona voqealari. Ma'lumki XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sovet tuzumi parchalanishi arafasida mamlakatdagi inqirozli vaziyat millatlararo munosabatlarning keskinlashuvida ham o'z aksini topdi. Chunki, uzoq yillar davomida ijtimoiy – iqtisodiy, siyosiy, madaniy sohalarda to'planib qolgan muammolar millatlararo munosabatlarga ta'sir etmasdan qolmadi. Bunday nizolar O’zbekistonni ham chetlab o'tmadi. 1989 yil may-iyuni oylarida Farg'ona viloyatidagi millatlararo mojarolar respublikadagi siyosiy vaziyatning keskin tus olishiga olib keldi. Respublikaning o'sha paytdagi O’zbekiston kompartiyasining sobiq birinchi kotibi Rafiq Nishonov boshchiligidagi siyosiy rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to'g'ri baholay olmagani uchun, yoshlarning ommaviy chiqishlari, millatlararo to'qnashuvlar sodir bo'la boshladi.
Shu narsa ayonki, deya yozadi Birinchi Prezident Islom Karimov “....o'shanda barcha voqealarning ildizi - Farg'ona vodiysida yashayotgan aholining og'ir ijtimoiy-iqtisodiy ahvoli bilan chambarchas bog'liq edi. Yuzaga kelgan qaltis vaziyatni bartaraf etish uchun, eng avvalo, viloyatda, umuman vodiy viloyatlarida yangi ish o'rinlarini yaratish, bir so'z bilan aytganda, odamlarga ta'minot va daromad manbaini topib berish zarur edi. 1989 yilning iyuli oyiga qadar Farg'ona viloyati aholisining hayot darajasini oshirish, mehnatga yaroqli aholining bandligini ta'minlash bo'yicha maxsus dastur ishlab chiqildi va bosqichma-bosqich amalga oshirildi. 1989 yil 24 mayda Quvasoy shahrida yoshlar o'rtasida bo'lgan bezorilik millatlararo (mahalliy yoshlar bilan mesxeti turklar o'rtasida) to'qnashuvni keltirib chiqardi va bu mojaro Farg'ona vodiysida ommaviy tus oladi. O’sha davrdagi respublikaning rahbariyati yuzaga kelgan bu murakkab vaziyatni to'g'ri baholay olmadi. Natijada, oddiy mojaro Farg'ona, Marg'ilon, Toshloq, Qo'qon, Andijon, Namangan, Toshkent viloyatida aholining, ayniqsa, yoshlarning ommaviy chiqishlariga aylanib ketdi va millatlararo to'qnashuvlarda namoyon bo'ldi.
Mamlakatimizga rahbar etib saylangan Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgach, eng avvalo, mamlakatda tartib o'rnatishga kirishdi. O’zbekistonning turli mintaqalaridan chiqqan etnik nizolar va ijtimoiy tanglik o'choqlari shaxsan Prezident ishtirokida bartaraf etildi ”. Rahbar nafaqat siyosatchi bo'lishi, balki dastlab uning irodali, qo'rqmas shaxs sifatida shakllanganligi ham e'tiborlidir.
Bu davrda ijtimoiy va xo'jalik vazifalarini ma'muriy-buyruqbozlik bilan hal etish mumkin bo'lmay qoldi. Iqtisodiy o'sish esa yildan-yilga kamayib boraverdi. Respublika xalq xo'jaligida umumiy ijtimoiy mehnat unumdorligining pasayishi hisobiga mo'ljaldagidan 4,3 foiz yoki 850,4 million so'mga kam milliy daromad olindi. 1989 yilda O’zbekistondagi har bir kishiga sobiq ittifoqdagi o'rtacha darajadan bir yarim baravardan kam kapital mablag' to'g'ri keldi.O’sha davrda respublikada milliy ongning o'sishi, o'zlikni anglash darajasining kuchayishi yana ko'plab muammolarning echimini kun tartibiga qo'ydi. Ammo sobiq respublika rahbarlari bu muammolarni echish uchun qilinayotgan harakatlarni “jamiyatga qarshi harakat”, deb tushundilar.
Ma'lumki, XX asrning 80-yillari oxirlariga kelib sobiq ittifoqda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy inqiroz chuqurlashib, beqarorlik kuchayib bordi. O’z navbatida necha yillar davomida hal etilmagan, xalqning sabr kosasini to'ldirgan muammolar oxir-oqibatda ijtimoiy larzalarga, milliy nizolarga olib keldi.
Bunday salbiy holatlar, afsuski, O’zbekistonni ham chetlab o'tmadi. 1989 yilning may oyi oxirlari – iyunning boshlari butun Farg'ona viloyati millatlararo to'qnashuvlar alangasi ichida qolib ketdi. Dastlab 23 may kuni boshlangan fojea ikki kundan keyin Toshloq tumaniga, undan so'ng esa Marg'ilon va Qo'qon shaharlariga ham yoyildi.
Qadimdan o'zining bag'rikenglik, mehmondo'stlik, mehr-shafqatlilik fazilatlari bilan shuhrat qozongan xalqimiz hech qachon birovga nisbatan adovatda bo'lmagan, qo'l ko'tarmagan. Biroq, sobiq ittifoqdagi buzg'unchi kuchlar ta'sirida ana shunday favqulodda kutilmagan fojea sodir etildi va begunoh insonlar qurbon bo'ldi. Keyinchalik, aniq tarixiy dalillar asosida ma'lum bo'ldiki, ana shu tartibsizliklarga, xalqimiz, yurtimiz manfaatlariga mutloqo zid bo'lgan harakatlarga milliy kiyimlarni kiyib olgan, aslida boshqa millatlarga mansub bo'lgan, maxsus tayyorgarlik bilan ko'chaga chiqqan kishilar tashkilotchilik qilishgan, ular tinch aholini qo'zg'ab, janjal chiqarishga da'vat etgan. Ular mesxeti turklari va boshqa millat vakillariga qarshi ig'vo va bo'hton gaplarni tarqatib, sodda olamonni g'alayon ko'tarishga chaqirdilar va ba'zi holatlarda bunday yovuz niyatlarini amalga oshirishga erishdilar ham. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, ayni shu paytda keng miqyosda tartib va intizomni, eng avvalo, boshqaruvning barcha darajalarida va jabhalarida ijro mexanizmini qayta qurishni tezlashtirish vazifalarini o'z vaqtida hal etish masalasi, fuqarolar huquqlarini himoya qiluvchi barcha davlat muassasalarini nazorat qilish ham katta ahamiyat kasb etmoqda edi.
Ana shu ob'ektiv holatni hisobga olib, 1990 yil 24 martda XII chaqiriq O’zbekiston SSR Oliy Sovetining birinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiya O’zbekiston tarixida birinchi marta prezidentlik lavozimini ta'sis etish to'g'risida qaror qabul qildi. Sessiya yakdillik bilan Islom Abdug'anievich Karimovni O’zbekiston Sovet Sosialistik Respublikasining Prezidenti etib saylash to'g'risida qaror qabul qildi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O’zbekistonda Prezident lavozimining ta'sis etilishi respublikaning siyosiy va iqtisodiy mustaqilligi uchun kurash borasida qo'yilgan navbatdagi dadil qadamlardan edi.
Respublikaning Prezidenti sessiyada «Bu katta ishonch uchun o'zimning minnatdorchiligimni bildiraman, men buni, eng avvalo, o'zbek xalqi, O’zbekiston SSRning barcha mehnatkashlari, ishchilar sinfi, dehqonlar, ziyolilar, jumhuriyatimizda yashovchi hamma millat va xalqlar taqdiri uchun o'z zimmamga tushgan ulkan burch va javobgarlik deb qabul qilaman. Har bir grajdanning konstituson huquqi va erkinliklarini ta'minlash yo'lida katta mas'uliyat deb tushunaman», dedi.
O’z fikrini davom ettirib, Prezident o'z vazifasiga to'xtalib, quyidagilarni ta'kidladi: «O’zbekiston Prezidenti sifatidagi o'zimning asosiy vazifalarimni nimadan iborat deb bilaman? O’zbekiston SSRning siyosiy mustaqilligini mustahkamlash va yanada takomillashtirish, uni yangi va hayotiy mazmun bilan boyitish, shuningdek, Prezident boshqaruvining muhim vazifalaridan biri respublikaning iqtisodiy mustaqilligini, o'zini o'zi idora qilishga o'tishini ta'minlashdir. Ayni chog'da mehnatkashlarning, aholining hamma tabaqalari farovonligini oshirish, odamlarning talab va ehtiyojlarini qondirish, ijtimoiy sohani tez sur'atlar bilan rivojlantirish – respublika davlat hokimiyati organlaridan, shaxsan mendan, O’zbekiston SSR Prezidentidan doimiy e'tibor talab qiladigan vazifadir».
Yana muhim siyosiy voqealardan biri, bu 1990 yil 20 iyunda bo'lib o'tgan O’zbekiston SSR Oliy Sovetining 2-sessiyasida Mustaqillik deklarasiyasi qabul qilindi. U 12 bo'limdan iborat bo'lib, unda milliy armiyani shakllantirish bilan bog'liq bo'lgan ayrim bandlar quyidagilardan iborat edi:
1. O’zbekiston SSRning demokratik davlat mustaqilligi respublikaning o'z hududida barcha tarkibiy qismlarida va barcha tashqi munosobatlardagi tanho hokimligidir.
2. O’zbekiston SSRning davlat hududi chegarasi daxlsiz va bu hudud xalqning muhokamasiga qo'yilmay turib, o'zgartirilishi mumkin emas. 3. O’zbekiston SSRda davlat hokimiyati uning hududiga kiradigan barcha tarkibiy va bo'linmas qismlari ustidan amalga oshiriladi va shu hududda yashaydigan aholiga taalluqlidir va h.k.
Bu hujjatning tarixiy ahamiyati eng avvalo, mamlakatimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, erkin tafakkur asosida yashash, fikrlash, milliy va umumbashariy qadriyatlarga tayanib ish ko‘rish kabi jihatlar bilan izohlanadi. Mustaqillik deklaratsiyasida mamlakatimiz hududida asrlar davomida shakllangan davlatchilik, fan-ta’lim va madaniy taraqqiyot borasidagi boy tajriba va an’analari o‘z aksini topgan. Mazkur hujjatning murakkab sharoitlarda qabul qilinishi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish sari tashlangan qat'iy va muhim qadami bo‘ldi.
Shu ma’noda, Mustaqillik deklaratsiyasi nafaqat huquqiy, balki jamiyat va davlat hayoti hamda O‘zbekistonda yashovchi har bir fuqaroning bugungi munosib hayotini va ertangi taqdirini belgilab beruvchi siyosiy hujjatdir.
Mustaqillikning o‘tgan davri mobaynida mamlakat ichki siyosiy tizimida davlat hokimiyati idoralari faoliyati demokratik tartib-qoida va an’analar asosida qayta tashkil qilindi. Xususan, qonunchilik, ijro va sud hokimiyatlari tashkil topdi. Mamlakatda siyosiy plyuralizmga asoslangan ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllantirildi, shuningdek, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Mustaqillikka erishish yo'lida ayniqsa O’zbekistonning GKChP voqeasi paytidagi qat'iy pozisiyasi hal qiluvchi roli o'ynadi. Shu kuni O’zbekiston Prezidenti Hindiston safaridan qaytgani hamonoq – 19 avgust kuni kechqurun respublika rahbarlari va Toshkent shahri faollari bilan uchrashib, qat'iy tarzda GKChPga munosabat borasida O’zbekiston nuqtayi nazarini ma'lum qildi. Respublika rahbariyati: «Markazdan, kim bo'lishidan qat'i nazar, qonunga xilof ko'rsatmalarni bajarish mumkin emas», deb hisobladi. 20 avgustda O’zbekiston SSR Oliy Kengashi Rayosati, O’zbekiston SSR Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining, Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri rahbarlari ishtirokida qo'shma majlis bo'ldi. Unda O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi.
Shu kuni Prezident respublika aholisiga murojaat bilan chiqdi. Ushbu murojaatda O’zbekistonning o'z mustaqilligiga erishish yo'li qat'iy ekanini yana bir bor alohida uqtirildi. Jumladan, unda shunday deyildi: «O’zbekiston jumhuriyati, uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas. Markazdan, boshqa ba'zi bir jumhuriyatlardan qanday qarorlar chiqmasin, va'dalar berilmasin, har qanday chaqiriqlar, da'vatlar, yo'l-yo'riq ko'rsatishga harakatlar bo'lmasin, biz o'zimiz tanlagan yo'limizdan va belgilab olgan maqsadimizdan qaytganimiz yo'q. Bu yo'l bizning xalqimiz tarixiga, urf-odatlariga, tabiatimiz shart-sharoitlariga, xullas, xalqimiz manfaatlariga mos yo'ldir», - deb qat'iy ta'kidlandi.
Ana shunday sharoitda, ya'ni Markaz va respublikalar o'rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo'qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o'z holiga tashlab qo'yilgan. bir sharoitda tarixiy vaziyatni to'g'ri baholagan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo'ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yo'lidagi barcha to'siqlar olib tashlanishi, respublika so'zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo'lishi lozim edi. Ana shunday sharoitda, ya'ni Markaz va respublikalar o'rtasidagi munosabatlar tobora taranglashib, Markaz boshqaruv qobiliyatini yo'qotgan, har bir mintaqa, har bir respublika o'z holiga tashlab qo'yilgan. bir sharoitda tarixiy vaziyatni to'g'ri baholagan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston mustaqilligi haqida Qonun qabul qilish masalasini keskin qo'ydi. Chunki har bir milliy respublikaning chinakam teng huquqliligi va mustaqilligi ta'minlangandagina tanazzuldan chiqish mumkin edi. Buning uchun mustaqillik yo'lidagi barcha to'siqlar olib tashlanishi, respublika so'zda emas, balki amalda tenglar orasida teng bo'lishi lozim edi.
O’zbekistonning mustaqil davlat deb e'lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etganini alohida ta'kidlash lozim. Unda «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida»gi hamda «O’zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i to'g'risida»gi masalalar kun tartibiga qo'yilib, qizg'in muhokama qilindi.
O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to'g'risida Prezident ma'ruzasi tinglandi. U o'z nutqida 1991 yil o'rtalarida markaziy hukumat olib borayotgan ichki siyosatni tahlil qildi. 1991 yil 19-21 avgust kunlari Moskvada Favqulodda holat davlat komiteti a'zolarining fuqarolar boshiga azob-uqubatlar solishga intilganini, butun-butun xalqlarning ozodligini, respublikalar mustaqilligini yana kishanlamoqchi bo'lganini ochib tashladi. Alg'ov-dalg'ovli kunlarda ham O’zbekistonning o'z yo'li va maqsadi borligini, bu xalq manfaatiga mos yo'l ekanini, qanday qilib bo'lmasin, undan qaytmaslik lozimligini aytdi.
Ma'lumki, mustaqillikka erishish ostonasida odamlarning ta'minoti, daromadi, yashashi uchun zarur bo'lgan kundalik mahsulotlarning eng kam miqdori, ortiqcha ishchi kuchining bandligi kabi masalalardagi ahvol og'ir bo'lgan. Buning asosiy sababi - bu yillarda har bir viloyat bo'yicha aniq dasturlar, ichki rezervlar hisobidan ishni to'g'ri tashkil etish, ishlab chiqarish quvvatlarini rekonstruksiya qilish, qancha miqdorda, kimga va qachon qo'shimcha xom ashyo ajratish evaziga ahvolni yaxshilash imkoniyatlari to'g'risida amaliy tadbirlar bo'lmagan. Bu davrda yildan-yilga tobora keskinlashib kelayotgan asosiy ijtimoiy muammo - bu aholi o'rtasida ishsizlar sonining jadal ravishda o'sib borishi edi. Mamlakatimiz rahbari o'sha davrda vujudga kelgan ahvoldan chiqish yo'li sifatida quyidagilarni belgilab berdi:
a) ishlarning ahvoliga xolis baho berish, respublikadagi vaziyatni sog'lomlashtirishning konkret va aniq-puxta dasturini ishlab chiqish;
b) hayotning barcha sohalarida qat'iy tartib va intizom o'rnatish, rahbar kadrlarni joy-joyiga to'g'ri qo'yish, ularga nisbatan talabchanlikni oshirish.
Demak, yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda, harbiy xizmatchilar bilan olib boriladigan ma'naviy-ma'rifiy tayyorgarlik mashg'ulotlarida mustaqillikkacha bo'lgan davr bilan bog'liq bo'lgan tarixiy jarayonlarni falsafiy-mantiqiy tushunish, istiqlol tarixini anglash, tarixiy-siyosiy voqelik va hodisalarga tahliliy yondashish, ularning bosqichma-bosqich kurashlar evaziga qo'lga kiritilganini idrok etish masalalarga chuqur yondashish zarur edi .
Ana shunday og'ir, sarosimali tahdid va taxminlar paytida O’zbekiston rahbariyati korxona va xo'jaliklarning rahbarlari, xalq noiblari, barcha sofdil kishilar, xalqni matonat va osoyishtalikka da'vat qildilar. Ayniqsa, Birinchi Prezident Islom Karimovning bo'layotgan voqealarga munosabati barchani qanoatlantirdi, uning halqqa suyanganligi u bilan dardlashganligi, xalq bilan hukumat o'rtasida sog'lom munosabatning vujudga kelishiga olib keldi.
90-yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda xalqning mustaqillikka erishishidan iborat azaliy orzusini amalga oshirish bosh masala bo'lib qoldi. Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan, bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan turli qarashlar shakllandi. Ikkinchi tomondan, o'sha davrdagi markaziy davlat rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni to'g'ri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishish tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xo'jaligini bozor iqtisodiyotiga o'tkazishni hayotning o'zi kun tartibiga qo'ya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaruratga aylantirdi. Shunday bo'lsa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yo'nalishdagi kuchlar manfaatlari to'qnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan:
Birinchi kuchlar - N.Rijkov va V.Pavlov Dasturi tarafdorlari. Ular sobiq SSSRni saqlab qolish, xalq xo'jaligini markazdan boshqarish, huquqni ko'proq markazda to'plash niyatida edilar. Ular iqti¬sodiyotni rivojlantirishda sotsialistik yo'ldan voz kechmaslikni talab qilar edilar.
Ikkinchi kuchlar - S.Shatalin guruhi a'zolari tarafdorlari. Ular SSSRni tarqatib yuborish, ittifoqdosh respublikalar o'rnida suveren, Mustaqil Davlatlar tuzish, cheksiz xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish, xususiylashtirish, kolxoz va sovxozlarni tugatib, fermer xo'jaliklari tuzishni ko'zda tutdilar. Bu mohiyatan iqtisodiy rivojlanishning sotsialistik yo'lidan voz kechishni bildirar edi. Uchinchi kuchlar - bu M.Gorbachyov Dasturini quvvatlovchilar. Ular murosa yo'lini qidirib, yuqorida tilga olingan har ikki dastur yo'nalishlarini uyg'unlashtirish va SSSRni saqlab qolish, markazlashgan ma'muriy buyraqbozlik hokimiyatini yo'qotmaslik, «shokovaya Terapiya» («falaj qilib davolash») usulidan foydalanish g'oyasini ilgari surar edi. Yangi Ittifoq Shartnomasini tayyorlash ham shu maqsadlarga yo'naltirilgan edi. Jumladan, yangi Ittifoq Shartnomasida mamlakat nomini ham «Sotsialistik Respublikalar Ittifoqi» deb emas, «Mustaqil Sovet Respublikalari», «Mustaqil Davlatlar Ittifoqi» deb atash to'g'risidagi takliflar ham o'rtaga tashlana boshladi. Hindiston safaridan qaytgan O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov, 19 avgust kuni kechqurun Toshket shahrining faollari bilan bo'lgan uchrashuvda O’zbekiston nuqtai nazarini ma'lum qildi va Markazdan bildirilgan qonunga xilof bo'lgan har qanday ko'rsatmalarni respublika rahbariyati tomonidan bajarilishni man etdi. 20 avgustda O’zbekiston SSSR Oliy Kengashi Rayosati va O’zbekiston SSR Prezidenti xo'zuridagi Vazirlar Mahkamasining respublika rahbarlari ishtirokida qo'shma majlisi bo'ldi. Unda fitna munosabati bilan vujudga kelgan vaziyat muxokama qilinib, O’zbekistonning mustaqillikka erishish yo'li o'zgarmasligi haqida Bayonot qabul qilindi. Unda O’zbekiston Mustaqillik Deklarasiya qoidalarini amalga oshirish yo'lida boraveradi, deb ko'rsatildi. O’sha kuni O’zbekiston Birinchi Prezidenti I.Karimov respublika aholisiga murojaat bilan chiqib, O’zbekistonning mustaqilligiga erishish yo'li qat'iy ekanligini yana bir bor alohida uqtirdi. Shunday og'ir sharoitda, tarixiy vaziyatni to'g'ri baholay bilish qobiliyatiga ega bo'lgan O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov Oliy Kengash sessiyasini chaqirish va unda O’zbekiston Mustaqilligi haqida qonun qabul qilishni talab qildi. Respublika Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O’zbekiston davlat mustaqilligi to'g'risida qonun loyixasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirishga qoror qildi. 1991 yilning 31 avgustida O’zbekiston zamonaviy tarixining yangi davri boshlandi. Shu kuni Oliy Kengashning navbatdagi tashqari oltinchi sessiyasi “O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida” Qaror qabul qildi , tegishli bayonot bilan chiqdi va “O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to'g'risida”gi Qonunni tasdiqladi. Mamlakat taqdiri hal bo'lgan bu xujjatlarda xalqning asriy orzulari mujassamlandi:u o'z takdirini o'zi hal qiladigan bo'ldi;
O’z eridagi barcha tabiiy boyliklarning, ota-bobolari mehnati bilan yaratilgan butun ishlab chiqarish va ilmiy-texnik kuch qudratning to'la huquqli egasiga aylandi;
buyuk tarixi va madaniyatining munosib vorisi, buyuk ajdodlarning urf-odatlari va insonparvar an'analarning davomchisi, porloq kelajagining mustaqil ijodkori bo'ldi;
“ O’zbekiston Respublikasining Davlat Mustaqilligini e'lon qilish to'g'risida”gi qarorda “1 sentabr' O’zbekiston Respublikasining Mustaqillik kuni deb belgilansin va 1991 yildan boshlab bu kun bayram va dam olish kuni deb e'lon qilinsin”, - deb qat'iy belgilab qo'yildi.
O’zbekiston o'z mustaqilligini qo'lga kiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O’zbekiston Oliy Kengashi “O’zbekistonning davlat ramzlari to'g'risida” maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo'lib o'tgan VIII sessiyasi ”O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida” qonun qabul qildi O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o'zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog'i yurtimizning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir .
1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida “O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida” Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasi tomonidan O’zbekiston birinchi Konstitusiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo'ldi.
Ushbu sesssiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi to'g'risida»gi Qonun ham kabul kilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O’zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so'm muomalaga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to'g'risida Prezident I.Karimov: - “Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitusiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir!” - dedi .
Har qanday mustaqil davlatlarning huquqiy asosi - bu uning asosiy Konuni - Konstitusiyasidir. Har qanday jamiyat kelajakni ko'zlab yashaydi va uning poydevorini imkon qadar mustahkamroq ko'rishga harakat qiladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz, jamiyatimiz erishgan buyuk yutuq - O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi bo'ldi.
I. Karimovning tarixiy xizmatlari.
Birinchi Prezident I.Karimov mustaqillikning dastlabki kunidan boshlab yangi jamiyatga mos siyosiy islohotlar o'tkazish yo'llarini oqilona ko'rsatibgina qolmay, ayni paytda jamiyatning bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o'tish tamoyillarini ishlab chiqdi, uni izchil amalga oshirish chora-tadbirlarini ko'rdi. Jahon tajribasi, O’zbekistonniing milliy xususiyatlari, imkoniyatlari va shart-sharoitlari asosida taraqqiyotning “ O’zbek modeli” ishlab chiqildi.
Shunday qilib, XX asr 90-yillarning boshlariga kelib O’zbekiston xalqlari tarixida misli ko'rilmagan tarixiy voqea yuz berdi. O’zbekiston davlat mustaqilligini qo'lga kiritdi. Dunyo haritasida 1991 yil 1 sentabrdan boshlab yana bitta mustaqil, to'la huquqli suveren davlat - O’zbekiston Respublikasi paydo bo'ldi.
O’zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'lini tanlashi.
Chorak asr mobaynida umrboqiy modelga aylanib ulgurgan, jamiyatimizni isloh etish, demokratlashtirish va liberallashtirish, mamlakatimizni modernizasiya qilish hamda tub tarkibiy o'zgarishlarni amalga oshirish bo'yicha puxta o'ylangan, dunyoda «o'zbek modeli» nomi bilan tan olingan taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish orqali O’zbekiston zamonaviy jadal va barqaror rivojlanib borayotgan davlatga aylandi.
Shunday qilib, O’zbekistonning o'ziga xos taraqqiyot yo'li nazariy va amaliy jihatdan belgilab olindi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohotlarni chuqurlashtirish va jamiyatni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning XIV sessiyasida (1999-yil 14- aprel) quyidagi oltita ustuvor yo'nalish bilan to'ldirildi:
1. Mamlakat siyosiy, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish.
2. Jamiyat ma'naviyatini yanada yuksaltirish.
3. Kadrlar masalasi
4. Xalq turmush darajasining izchil va barqaror o'sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish.
5. Iqtisodiyotda tarkibiy o'zgarishlarni ta'minlash.
6. Jamiyatdagi barqarorlik tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni sarhadlarimiz daxlsizligini, malakatimiz yaxlitligini ta'minlash.
O’zbek modelining hayotga izchil tatbiq etilishi yurtimizning iqtisodiy va ijtimoiy qiyofasini tubdan o'zgartirib yubordi. Bugun O’zbekiston iqtisodiyoti izchil, barqaror va jadal o'sayotgan jahondagi juda kam sonli mamlakatlar safidan mustahkam o'rin oldi. Ijtimoiy, madaniy sohalarda erishilayotgan ulkan yutuqlar nufuzli xalqaro tashkilot va ekspertlar tomonidan keng e'tirof etilib, yuksak baholanmoqda. Taraqqiyotning o'zbek modeli yuksak zamonaviy texnika va texnologiyaning mavjudligi, ishlab chiqarishning industrial tavsifi, rivojlanishda axborot texnologiyalarining o'rni va ahamiyatining yuqoriligi, xizmat ko'rsatish sohasining muttasil o'sib borishi, iqtisodiy o'sishning intensiv yo'li ustuvorligi, iqtisodiyotning ochiqligi, davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish, raqobat muhitini yaratish, erkin tadbirkorlikka keng yo'l ochish orqali bozor munosabatlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotning ijtimoiy yo'naltirilganligi, xalq farovonligining izchil yuksalishi, milliy iqtisodiyotning global iqtisodiyot bilan integrasiyalashuvining kuchayishi tendensiyalari bilan tavsiflanmoqda.
Taraqqiyotning o'zbek modeli qotib qolgan statik tushuncha emas, albatta. Uning xarakteri va shakl-shamoyilini belgilaydigan asosiy tamoyillar saqlanib qolgan holda doimo yangi vazifa va qoidalar bilan bo-yitilib, takomillashtirilib borilmoqda. Zero, hayot barcha tartib qoidalarga o'z tuzatishlarini kiritib boraveradi. Jamiyat hayotining barcha jabhalarini modernizasiyalash, ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishini diversifikasiyalash, innovasion texnologiyani izchil rivojlantirish, sanoat mahsulotlari etkazib berishni yanada kengroq mahalliylashtirish — «o'zbekcha taraqqiyot»ning mantiqiy davomidir.
Yuqorida qayd etilgan Vazirlar Mahkamasi majlisidagi davlatimiz rahbari ma'ruzasida O’zbekistonni joriy yilda rivojlantirishning 6 ta eng muhim ustuvor yo'nalishi orasida iqtisodiyot va uning etakchi tarmoqlarini modernizasiya qilish, texnik hamda texnologik yangilashni jadallashtirish, ishlab chiqarishni diversifikasiya qilish markaziy o'ringa qo'yildi. Shu maqsadda 370 dan ortiq strategik loyihani ko'zda tutadigan investisiya dasturi ishlab chiqilgan. Barcha investisiyalarning to'rtdan uch qismi ichki manbalar hisobidan moliyalashtirilib, ular yangi quvvatlarni yaratish, rekonstruksiya va modernizasiya qilishga yo'naltirilmoqda. Bularning hammasi oxir-oqibatda milliy iqtisodiyotimiz rivojlanishini sifat jihatdan yangi bosqichga ko'tarish, o'zbek modelining hayotbaxsh kuchini butun dunyoga yana bir bor namoyish etish imkonini beradi.
O’zbekiston Respublikasi mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholini ijtimoiy himoya qilishni ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilab oldi. Bu esa olib borilayotgan islohotlarning avvalo inson manfaatlariga xizmat qilishining yorqin dalili ekanligini isbotlaydi. Dunyo e'tirof etgan bozor iqtisodiyotiga o'tishning besh tamoyilning aynan biri ham kuchli ijtimoiy himoyaga yo'naltirilgan. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov ta'kidlab o'tganlaridek, «Bozor mexanizmlarini joriy etishdan oldin insonlarni ijtimoiy himoya qilish tadbirlari amalga oshirilmog'i lozim. Davlat o'z aholisini himoya qila olgan taqdirdagina, insonparvar hisoblanadi»69 deyilgan.
Shu maqsadda har yili ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan saramoyalarning ko'lami ortib bormoqda. Masalan, 2006 yilda byudjet mablag'larining 51,9% i 2008 ―Ijtimoiy himoya yili Davlat dasturi doirasida aholining ijtimoiy himoyasiga 484 mlrd, so'mdan ortiq (53,8%), «Yoshlar yili» da 1,5 trln. so'mdan ortiq (54,6%), «Barkamol avlod yili» doirasida 1 trillion 700 milliard so'm, «Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik» yilida 2 trillion so'm miqdorida mablag' ajratildi. 2016 yil – Sog'lom ona va bola yilida mamlakatimiz tibbiyot muassasalarini zamonaviy diagnostika va davolash uskunalari bilan jihozlash uchun 80 million dollar qiymatidagi kredit va grant mablag'lari yo'naltirildi, farzand ko'rish yoshidagi ayollar va bolalar tibbiy ko'rikdan o'tkazilib, sog'lomlashtirildi.
Yuqoridagi raqamlardan ko'rinib turganidek aholining ijtimoiy himoyasiga yo'naltirilgan mablag'larning miqdori yildan-yilga ortib bormoqda va bu boshqa sohalarga nisbatan ham ko'pni tashkil qiladi. Shunday ekan, mustaqillikning dastlabki yillaridanoq aholining kam ta'minlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini moddiy qo'llab quvvatlashning qonunchilik tizimi izchil shakllana bordi. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 39-moddasida: «Har bir shaxs qariganda, mehnat layoqatini yo'qotganda, boquvchisidan mahrum bo'lganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda davlat ijtimoiy taiminotini olishga haqli» deb mustahkamlangan. O’zbekiston Respublikasida imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy himoya qilish pensiya, ijtimoiy yordam va ijtimoiy xizmat ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Ijtimoiy himoyaning bir ko'rinishi sifatida pensiya 3 xil toifadagi fuqarolarga beriladi.
1. Yoshga doir
2. Nogironlik
3. Boquvchisini yo'qotganligi munosabati bilan beriladigan pensiya sifatida ta'minlanadi.
Iqtisodiyotni isloh qilishning yana bir o'ziga xos ustuvor yo'nalishi, bu davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, iqtisodiyotda xususiy sektorning o'rni va ahamiyatini oshirishdir. Bunda, eng avvalo, xususiylashtirilgan korxonalar bilan ishlash, ularning faoliyati samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat mulkini boshqarish uslublari tamoman o'zgartirilib, quyidagi ijobiy natijalarga erishildi: birinchidan, korxonalarni xususiylashtirishdan keyingi qo'llab-quvvatlashning yangi amaliyoti joriy etildi, ishlamayotgan korxonalar faoliyatini qayta tiklash bo'yicha investisiya loyihalarini ishlab chiqishda davlat tomonidan ko'maklashish yo'lga qo'yildi. Tadbirkorlik sub'ektlariga faoliyat yuritmayotgan va to'liq quvvat bilan ishlamayotgan korxonalar maydonlarida yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish imkoniyati berildi. Bu esa, yuqori qiymatdagi investisiyalarni o'zlashtirish va minglab ish o'rinlarini tashkil etish imkoniyatini berdi. Ushbu loyihalarni moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun Xususiylashtirilgan korxonalarga ko'maklashish maxsus jamg'armasi tashkil etildi va ushbu jamg'arma tomonidan tegishli kredit liniyalari ochildi.
Mamlakatimiz ilk bor xalqaro kredit reytingini oldi va jahon moliya bozorida 1 milliard dollarlik obligasiyalarini muvaffaqiyatli joylashtirdi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti tomonidan O’zbekistonning kreditga doir tavakkalchilik reytingi oxirgi 10 yilda birinchi marta yaxshilandi.
Energetika, nefti-gaz, geologiya, transport, yo'l qurilishi, qishloq va suv xo'jaligi, ichimlik suvi va issiqlik ta'minoti hamda boshqa qator tarmoqlarda chuqur tarkibiy islohotlar boshlandi. Sanoatning 12 ta etakchi tarmog'ida modernizasiyalash va raqobatdoshlikni kuchaytirish dasturlari jadal amalga oshirilmoqda. Natijada o'tgan yili iqtisodiy o'sish 5,6 foizni tashkil etdi. Sanoat mahsuloti ishlab chiqarish hajmi 6,6 foizga, eksport – 28 foizga ko'paydi. Oltin-valyuta zaxiralarimiz 2019 yil davomida 2,2 milliard dollarga ortib, 28,6 milliard dollarga etdi.
Mustaqillikning dastlabki davridayoq, davlat boshqaruvi sohasida, tegishli sohalar bo'yicha o'zgarishlar amalga oshirila boshlandi. Shu boisdan ham tez orada ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda muhim o'rin tutuvchi idoralar xususan, Davlat reja qo'mitasi o'rniga Iqtisodiyot vazirligi, Davlat ta'minot qo'mitasi o'rnida respublika ulgurji va birja savdosi aksiyadorlik uyushmasi, Davlat narx qo'mitasi o'rniga Moliya vazirligi tarkibida narxlarni nazorat qiluvchi maxsus boshqarmalar tuzildi. Respublikada moliya va bank tizimi ham tubdan o'zgarib, Moliya vazirligi respublika byudjetini shakllantirish bilan bir qatorda, davlat soliq va moliya siyosatini belgilashi va valyuta ishlarini boshqarishi belgilab qo'yildi. Fuqarolar huquqini aks ettiruvchi, himoya qiluvchi, faoliyatini tartibga soluvchi 500 dan ortiq qonun va Parlamentning qonunga tenglashtirilgan qarorlar tizimi, Prezident farmonlari va Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilindi. Fuqarolarning dinga bo'lgan munosabati “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to'g'risida”gi (1998) Qonun bilan tartibga solinib, daxlsizligi ta'minlandi. Ta'kidlash lozimki, O’zbekiston inson huquqlariga oid qator xalqaro shartnomalariga qo'shilgan. O’zbekiston 1996 yil aprelda BMT komissiyasiga siyosiy va inson huquqlari bo'yicha Xalqaro pakt normalarini bajarish borasida milliy ma'ruza matnini taqdim etdi. “Inson huquqlari umumjahon Deklarasiyasi” va xalqaro hujjatlar asosida 1991 yil 4-sessiyada “Jamoat birlashmalari to'g'risida”, 1996 yil “Siyosiy partiyalar to'g'risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Inson huquqlari bo'yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy Markazi Prezidentning 1996 yil oktyabrdagi Farmoni bilan tashkil etildi. Milliy Markaz o'z faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 13 noyabrdagi qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko'ra faoliyat olib bormoqda.
Inson huquqlari va erkinliklarini ta'minlashda 1997 yil 26 apreldagi “Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) to'g'risida”gi Qonun alohida ahamiyatga ega. Oliy Majlisning Inson huquqlari bo'yicha Vakili (Ombudsman) mansabdorlar, tadbirkorlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilish maqsadida faoliyat ko'rsatadi.
Zero, inson huquqlariga oid 2017-2019 yillar mobaynida qator farmon va hukumat qarorlari chiqdi. 2018 yil noyabrda Samarqandda o'tkazilgan inson huquqlari bo'yicha “Osiyo forumi” O’zbekistonda inson haq-huquqlariga bo'lgan munosabatning dolzarbligini va yangicha echimini namoyon etdi.
Harakatning asosiy maqsadi - ko'p millatli mamlakatda xalqlar birligini yanada mustahkamlash, O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasida mustahkamlangan bar¬cha fuqarolarning huquq va kafolatlarini to'la-to'kis amalga oshirish va fuqarolik, vatanparvarlik tuyg'ularini rivojlantirishdan iborat.
O’zbekistonning yangi konstitusiyasini ishlab chiqish g'oyasi aslida respublika Oliy Sovetining 1990 yil 20 iyunda bo'lgan 2-sessiyasida ilgari surilgan edi. Bu boradagi ishlar deyarli 2,5 yil davom etdi. Uch guruhdan iborat komissiya bu borada tegishli faoliyat ko'rsatib uning 149 ta moddadan iborat yangi variantini 1992 yil bahorda ishlab chiqdi. 1992 yil 26 sentyabrda esa umumxalq muhokamasi uchun matbuotda e'lon qilindi. Loyiha taklif va mulohazalar asosida qayta tuzatilib 1992 yil 21 noyabrda ikkinchi marotaba matbuotda e'lon qilindi. 1992 yil 8 dekabrda Oliy Kengashning 12-chaqiriq, 11-sessiyasida muqaddima, 6 bo'lim, 26 bob, 128 moddadan iborat konstitusiya qabul qilindi.
Konstitusiya O’zbekiston Respublikasining mustaqil taraqqiyot yo'lidagi, zamonaviy demokratik va huquqiy davlat barpo etishdagi asosiy huquqiy hujjat bo'lib shakllandi. U o'z mazmun-mohiyatiga ko'ra, jahondagi eng ilg'or va demokratik jihatlarni o'z ichiga singdirgan. Keyinchalik jamiyatni yanada erkinlashtirish va demokratiyalash, ikki palatali parlament tuzish zaruriyatidan kelib chiqqan holda Konstitusiyaga tegishli o'zgartish va qo'shimchalar kiritildi.
Konstitusiyaning Oliy Majlis vakolatlariga doir 76-88-moddalarga, Prezident vakolatlari va vazifalariga doir 89, 90, 93, 95, 96, 97 - moddalariga ham o'zgartishlar va qo'shimchalar kiritildi. 2007 yil 11 aprelda qabul qilingan Qonunga binoan Konstitusiyaning ayrim moddalariga, xususan Prezident vakolatlariga doir 89, 93-modda 15-bandi, 102-modda 2-qismi o'zgartirildi.
Konstitusiyaviy tizimning prinsiplari quyidagilardan iboratdir:
1) Davlat hokimiyatini tashkil qilish asoslari.
2) Ijtimoiy hokimiyatni tashkil qilish.
3) Fuqarolik jamiyati turmushini tashkil qilish.
O’zbekiston o'zmustaqilligini qo'lgakiritishidan ancha oldin respublikaning davlat mustaqilligiga doir mutlaqo yangi davlat ramzlarini tayyorlash va qabul qilish ishlari boshlab yuborilgan edi. Xususan, 1991 yil 15 fevralda O’zbekiston Oliy Kengashi ― O’zbekistonning davlat ramzlari to'g'risida maxsus qaror qabul qildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991 yil 18 noyabrda bo'lib o'tgan VIII sessiyasi O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i to'g'risida Qonun qabul qildi O’zbekiston Respublikasining davlat bayrog'i va uning ramzi bizning mamlakatimiz hududida ilgari mavjud bo'lgan g'oyat qudratli saltanatlar bayrog'iga xos bo'lgan eng yaxshi an'analarni davom ettirgan holda respublikaning tabiatiga xos bo'lgan xususiyatlarni, xalqimiz milliy va madaniy sohalardagi o'zligini aks ettiradi. Mamlakatimiz Davlat bayrog'i yurtimizning o'tmishi, bugungi kuni va kelajagining yorqin ramzidir.
1992 yil 2 iyulda O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining X sessiyasida ―O’zbekiston Respublikasining Davlat gerbi to'g'risida Qonun qabul qilindi. Davlat gerbidagi har bir belgi chuqur ma'noga ega.
O’zbekiston Respublikasining Oliy Kengashining 1992 yil 10 dekabrda bo'lib o'tgan XI sessiyasi tomonidan O’zbekiston birinchi Konstitusiyasining qabul qilinishi mamlakat tarixida olamshumul voqea bo'ldi.
Ushbu sesssiyada «O’zbekiston Respublikasining Davlat madxiyasi to'g'risida»gi Qonun ham qabul kilindi. Sessiyada shoir Abdulla Oripov va bastakor Mutal Burxonov tomonidan tayyorlangan madhiya nusxasi tasdiqlandi.
O’zbekiston Prezidentining 1994 yil 16 iyunidagi Farmoniga muvofiq 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O’zbekiston Respublikasining milliy valyutasi - so'm muomalaga kiritildi.
O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining ramzlari to'g'risida Biringchi Prezident I.Karimov: - Milliy valyuta, bayroq, gerb, madhiya, Konstitusiya kabi davlat va xalqning ramzi, mustaqillikning muqaddas belgisidir! - deb ta'kidlagan.
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimini isloh qilish jarayonida ikkita asosiy vazifa uddalangani qayd etilgan. Avvalo, iqtisodiyotda ma'muriy-buyruqbozlik va taqsimot tizimidan bozor munosabatlariga o'tilgan bo'lsa, ikkinchidan, davlat organlarining yangi sharoitlarda samarali faoliyat yuritishiga erishildi. Ma'muriy islohotlar davlat boshqaruvi tizimi organlari tuzilmasini unifikasiyalashtirdi. Davlat xizmati ushbu tizimning asosiy unsuriga aylandi.
Tahlillar shuni ko'rsatayaptiki, davlat xizmati faoliyatini tartibga soladigan hujjatlar bugungi kunning talab va vazifalariga javob bermayapti, sohadagi barcha masalani qamrab olmasdan, yagona huquqiy standartlar hamda ma'muriy-boshqaruv amaliyotini o'r-natishga xalaqit qilmoqda. Xususan, zamonaviy texnologiyalardan foydalanish darajasining pastligi, yagona kadrlar siyosatining yo'qligi, davlat xizmatchilarining ijtimoiy va huquqiy himoya¬si ular tomonidan bajarilayotgan vazifalarga mos emasligi davlat xizmatchilarining ish faoliyatiga salbiy ta'sir ko'rsatayapti. Bularning barchasi, o'z navbatida, tashkilotlar, fuqarolar hamda fuqarolik jamiyati institutlari o'rtasidagi munosabatlarning byurokratlashuviga, davlat tuzilmalari faoliyati yopiqligiga shart-sharoit ¬yaratmoqda.
Ayni paytda ba'zi idoralarda, misol uchun, Davlat soliq qo'mitasida ishga qabul qilish tartibi aniq bo'lib, ularda bu taomil tanlov asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunday yondashuv xolisona qaror qabul qilish, malakali xodimni tanlab olish, kadrlar zaxirasi uchun ma'lumotlar bazasini yaratish imkonini beribgina qolmasdan, fuqarolarning ishga joylashishda teng huquqliligini ta'minlashga ¬xizmat qiladi. Fikrimizcha, bunday yondashuv davlat xizmatiga qabul qilish bo'yicha yagona standartning asosiy unsurlaridan biri bo'lishi va qonuniy asosga ega bo'lmog'i lozim.
Bugun vazirlik va idoralarga taqsimlashda nomzodlarni tayinlash va vakolatli organlar bilan kelishish jarayonini yanada batafsil tartibga solish, uning ochiqligini ta'minlash zarurati tug'ilmoqda.
Shuni qayd etish kerakki, xodimlarni attestasiyadan o'tkazish ularni baholashning asosiy vositasi hisoblanadi. Bu taomil kasbiy va boshqaruv ko'nikmalarini takomillashtirishdagi muammolarni hamda mansab pillapoyasidan yuqori lavozimlarga ko'tarilishi uchun salohiyatini aniqlash imkonini beradi. Amaliyot malakani baholash tizimiga aniq ko'rsatkichlarni joriy qilish zaruratini ko'rsatayapti. Bular davlat xizmatlarini ko'rsatish hamda amaliy natijalarga erishish bilan uzviy bog'liq bo'lishi lozim. Bunda aholi so'rovlari asosida natijalarni baholash kerak.
Huquqiy-demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning asosiy prinsiplaridan eng muhimi davlat hokimiyati organlarining umumxalq saylovlari asosida shakllantirilishi hamda fuqarolarning davlat va jamiyat ishlarida bevosita, yoki o'zlari tomonidan saylab qo'yilgan vakillari orqali ishtirok etishi hisoblanadi. Bunda eng avvalo, jamiyat bilan davlat o'rtasida o'ziga xos “ko'prik” vazifasini o'tovchi va fuqarolik jamiyatining eng muhim institutlaridan biri bo'lgan – siyosiy partiyalar asosiy rol o'ynaydi.
Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tuzilgan, davlat hokimiyati organlarini shakllantirishda jamiyat muayyan qismining siyosiy irodasini ro'yobga chiqarishga intiluvchi hamda o'z vakillari orqali davlat va jamoat ishlarini idora etishda qatnashuvchi fuqarolarning ko'ngilli birlashmasidir. Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o'zlarining demokratik yo'l bilan saylab qo'yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar.
Ekspertlarning fikriga ko'ra, siyosiy partiya – bu siyosiy ambisiyaga ega bo'lgan shaxslar tomonidan tuzilgan va boshqariladigan hamda umumiy mafkura asosida birlashgan tarmoqdir (networks). Siyosiy partiyalar eng avvalo, o'z elektorati manfaatlaridan, siyosiy mafkurasi va pozisiyasidan kelib chiqib, siyosiy qarorlar qabul qilish jarayonlariga etarlicha ta'sir o'tkazishlari hamda o'zining vakillari orqali davlatning markaziy va mahalliy ijroiya organlari ustidan jamoatchilik nazoratini o'rnatishda qatnashishlari lozim.
Bugungi kunda, O’zbekistonda to'tta siyosiy partiya rasman ruyxatdan o'tgan holda faoliyat olib bormoqda, bular: O’zbekiston Xalq demokratik partiyasi; “Adolat” sosial-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi va O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi.
2002 yilgi umumxalq referendumidan so'ng mamlakat tarixida birinchi marta Qonunchilik palatasi (quyi palata) hamda Senatdan (yuqori palata) iborat bo'lgan ikki palatali parlament tizimiga o'tildi. Besh yil o'tib parlament siyosiy partiyalar rolini kuchaytirishga qaratilgan qonstitusiyaviy qonunlarni qabul qildi. Birinchi marta siyosiy partiya fraksiyalari parlamentda muxolifatni shakllantirish va muqobil qonun loyihalarini hamda milliy taraqqiyot dasturlarini ilgari surish imkoniyatiga ega bo'ldi. 2008 yilda Qonunchilik palatasi a'zolari soni 120 dan 150 taga oshirildi va nomzodlar faqat siyosiy partiyalar tomonidan ilgari surilishi mumkinligi belgilab qo'yildi.
2008-2014 yillarda demokratik islohotlarni yanada kuchaytirish va davlat hokimiyatining uch bo'g'ini o'rtasidagi muvozanatni yaxshilash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasiga bir qator o'zgartishlar kiritildi. Masalan, O’zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi o'rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan holda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo'yicha O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qo'shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish haqidagi masala kiritiladi. Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi tegishincha O’zbekiston RespublikasiOliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a'zolari umumiysonining kamida uchdan ikki qismi ovoz bergan taqdirda qabul qilingan hisoblanadi.
Bunday holatda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Bosh vazirni lavozimidan ozodetish to'g'risida qaror qabul qiladi. Bunda O’zbekiston Respublikasi VazirlarMahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste'foga chiqadi.
2014-2016 yillarda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud organlari faoliyatinitakomillashtirish hamda davlat organlari bilan fuqarolik jamiyati institutlario'rtasidagi o'zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan islohotlar amalgaoshirildi. Masalan, 2016 yil aprelida qabul qilingan “Parlament nazoratito'g'risida”gi qonunda parlament tomonidan nafaqat ijro etuvchi, balki huquqnimuhofaza qiluvchi organlar faoliyati ustidan nazorat shakllari va tartiblaribelgilab berildi. Unga ko'ra, parlament eshituvlarini o'tkazish, parlament vadeputatlar tomonidan so'rovlar yuborish, qonunlar qabul qilinganidan so'ng ularningamalga oshirilishini monitoring qilish amaliyoti kiritildi. Qonunchilik palatasidaOila va ayollar masalalari bo'yicha, Yoshlar masalalari bo'yicha komissiyalar,Fuqarolarning sog'lig'ini saqlash masalalari qo'mitasi qo'mita tuzildi; Senat tarkibidaesa Prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasi tuzildihamda Vazirlar Mahkamasining parlamentdagi vakolatli vakili lavozimi joriy etildi. 2020 yil 24 iyuni kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «Sudlar faoliyatini yanada takomillashtirish va odil sudlov samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida» Qarori qabul qilindi. Unga ko'ra,so'nggi yillarda mamlakatimizda sud-huquq tizimini yanada takomillashtirish, fuqaro va tadbirkorlarning huquq va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish choralarini kuchaytirish, odil sudlovni samarali ta'minlash hamda sudiyalar hamjamiyati rolini oshirish bo'yicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Amalga oshirilgan ishlar natijasida odil sudlov jarayonida inson huquqlarini himoya qilish darajasi yangi bosqichga chiqdi.
Xususan, nohaq ayblangan 2,3 mingga yaqin kishi oqlandi, adashib jinoyat yo'liga kirib qolgani sababli ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinishi mumkin bo'lgan 3,5 mingdan ortiq yoshlar va xotin-qizlarga mahalla va jamoatchilik kafilliklari asosida engilroq jazolar tayinlanib, o'z oilalari bag'rida qoldirildi, inson huquqlarini qo'pol tarzda buzgan 60 nafar huquq-tartibot organi xodimlari jinoiy javobgarlikka tortildi. Shu bilan birga, sud himoyasini ta'minlashdagi ortiqcha byurokratik to'siqlar saqlanib qolayotganligi, sud qarorlarini qayta ko'rishning bir-birini takrorlovchi bosqichlari mavjudligi, investorlar huquqlarining sud himoyasida bo'lishi etarli darajada tashkil etilmaganligi va boshqa bir qator kamchiliklar sud organlarining amaldagi tuzilishini zamon talablari va xalqaro standartlarga muvofiq qayta ko'rib chiqishni taqozo etmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida sud-huquq sohasida belgilangan vazifalarni izchil amalga oshirish, fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yuksaltirish, ishlarni sudda ko'rish sifatini oshirish hamda xolis, adolatli va qonuniy sud qarorlarini qabul qilish uchun taraflarning tengligi va tortishuvchanligini amalda ta'minlash mexanizmlarini kengaytirish maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan Sudiyalar oliy kengashi va sudiyalar hamjamiyati bilan birgalikda qonunchilik tashabbusi asosida sud tizimida 2021 yil 1 yanvardan boshlab quyidagi tashkiliy-tuzilmaviy o'zgarishlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi.
Bugungi kunda respublikamizda jamiyat hayotining turli sohalarida 5
mingtadan ziyod nodavlat notijorat tashkiloti faoliyat yuritayotir. Bu 2000
yildagiga qaraganda 2,5 barobarga ko'p, degani. Ular qatorida «Kamolot» YoIH, O’zbekiston Xotin-qizlar qo'mitasi, «Sog'lom avlod uchun», «Nuroniy»
jamg'armalari, «Ijod» fondi, Nodavlat notijorat tashkilotlar milliy assosiasiyasi va boshqa jamoat tashkilotlarini sanab o'tish mumkin. Birgina,
O’zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assosiasiyasi 400 dan
ortiq tashkilotni o'z safida birlashtirgan.
Umuman, ijtimoiy sheriklik — turli xil fikrga ega bo'lgan fuqarolar va turliguruhlarning umumiy maqsad yo'lidagi hamjihatligidir. Turli maqsadga egabo'lgan insonlarni bir maqsad yo'lida birlashtirish murakkab vazifadir. AmmoVatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishishda ana shu ezgu g'oyalar,pok maqsad va niyatlar yakdillashuvi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qolaversa,ijtimoiy sheriklik jamiyatda siyosiy kuchlar va ijtimoiy qatlamlarninghamjihatligi, turli millat, irq va din vakillarining o'zaro hamkorligi, ilg'org'oyalarning o'zaro uyg'unligi, har bir shaxs o'zining fuqarolik burchini his etishi, jamiyatdagi tinchlik va barqarorlik asosida shakllanadi, rivojlanadi.
Konsepsiyada ilgari surilgan «Ijtimoiy sheriklik to'g'risida»gi qonunning qabul qilinishi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot dasturlarini amalga oshirishda, gumanitar muammolarni hal etishda,mamlakat aholisi turli qatlamlarining huquqi, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishda nodavlat notijorat organlarining davlat hokimiyati organlari bilan o'zaro munosabati tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishning to'laqonli huquqiy tayanchi bo'lib xizmat qiladi.
O’zbekistonda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari tomonidan yarashtirish masalasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Ta'kidlash joizki, fuqarolar yig'inlarida faoliyat olib borayotgan Yarashtirish komissiyalarining vazifasi faqat nizoli oilalardan kelib tushgan arizalarni ko'rib chiqishdagina emas, balki nizoni keltirib chiqaruvchi sabablarni atroflicha o'rganib, oilalarda sog'lom turmush tarzini keng targ'ib qilishdan ham iborat hisoblanadi.
Inson huquqlari umumjahon deklarasiyasining muqaddimasida xalqlar o'rtasida do'stona munosabatlarni rivojlantirishga ko'maklashish zaruriyatiga e'tibor qaratish lozim, deb belgilangan. G'arb mamlakatlarining ayrim siyosatchilari ham O’zbekistondagi fuqarolar o'zini o'zi boshqarish organlari tizimining o'ziga xosligini yuqori baholashgan. Jumladan, nemis siyosatchisi Artur Faynberg: “Mahalla – inson huquqlarini hurmat qilgani holda yoshlarni tarbiyalashga, uning kamol topishiga ko'mak beruvchi jamiyat instrumenti”, deb baho bergan. Shu bilan birga, individualizm singib ketgan G'arb mutaxassislari uchun bu tizimning tub mohiyatii tushunish mushkulligini ham ob'ektiv tavsiflab berishgan.
O’zbekistonda bosqichma-bosqich amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va milliy taraqqiyot talablaridan kelib chiqib mahalla faoliyatiga oid qonun hujjatlari muntazam ravishda takomillashtirib borilyapti. Xususan, 2013 yil 22 aprelda “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi qonunning yangi tahriri tasdiqlandi. 2016 yil oxirlaridan boshlab mahalla fuqarolar yig'ini faoliyatini yanada takomillashtirish, uni zamon talablariga moslashtirish, mazkur organni aholining joylardagi haqqoniy tarzda dolzarb masalalarni hal etuvchi o'z-o'zini boshqarish halq idorasiga aylantirish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.
Fuqarolarning moddiy mustaqilligi va siyosiy-huquqiy ongi oshishiga sabab bo'layotgan demokratik islohotlar chuqurlashib, bozor munosabatlari rivojlanib borgani sari mahalla institutining huquqiy asoslarini takomillashtirish zarurati tug'ildi. Natijada 1999 yil 14 apreli kuni “Fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari to'g'risida”gi qonun yangi tahrirda qabul qilindi. Unda fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish huquqi bevosita mustahkamlab qo'yildi, mahalla faoliyatining asosiy tamoyillari, uning faoliyatini qo'llab-quvvatlashga davlat kafolati belgilab berildi, fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari vakolatlari kengaytirildi.
2004 yil 29 aprelda «Fuqarolar yig'ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to'g'risida”gi qonunning qabul qilinishi mahalla faoliyatini demokratlashtirish yo'lidagi ulkan qadam bo'ldi. Ushbu qonunda, birinchidan, fuqarolar yig'ini organlariga saylovning demokratik tamoyillari belgilab berildi va mahalla organlariga saylov tizimi barpo etildi; ikkinchidan, saylov jarayonining barcha bosqichlari batafsil tartibga solindi; uchinchidan, qonun darajasida mustahkam huquqiy kafolat yaratildi.
Mahalla o'z faoliyatini moliyalashtirish bo'yicha ham davlat ko'magini ola boshladi. Shunday qilib, rais, mas'ul kotib, “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi rahbari va fuqarolar yig'inlarining diniy ma'rifat va ma'naviy-axloqiy tarbiya masalalari bo'yicha maslahatchisidan iborat to'rt nafar mas'ul shaxs ishi, shuningdek, mahallaning qo'shimcha xarajatlari davlat hokimiyatining mahalliy organlari byudjetidan moliyalashtirilmokda.
Insonning huquq va erkinliklari samarali himoya qilinishini har tomonlama ta'minlashga yo'naltirilgan sud-huquq islohotlarining hayotga tatbiq etilishida advokatura institutini mustahkamlash muhim ustuvorlik hisoblanadi. Ushbu institutni yanada takomillashtirish maqsadida 2008 yil 1 may kuni qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “O’zbekiston Respublikasida advokatura institutini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Farmoni bu borada muhim dasturilamal bo'ldi. Ushbu Farmon fuqarolarning tergov va sud ishini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqini mustahkamlashga qaratilgan konstitusiyaviy me'yorni amalga oshirish, advokatura instituti mustaqilligini ta'minlash, uni malakali kadrlar bilan to'ldirish, advokatlik kasbining nufuzini oshirish hamda insonning huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini kafolatli himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqdi. Fuqarolik jamiyatining asosiy institutlaridan biri sifatida O’zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi tuzildi, 2008 yil 31 dekabrda “Advokatura instituti takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida”gi Qonun qabul qilindi. Shuningdek, 2009 yil sentyabrida kuchga kirgan O’zbekiston Respublikasining “O’zbekiston Respublikasi Fuqarolik prosessual kodeksining 52-moddasiga o'zgartish va qo'shimcha kiritish to'g'risida”gi Qonuniga binoan, sudda ish yuritish bo'yicha vakil sifatida professional faoliyat bilan faqat advokatlar shug'ullanishi haqidagi muhim me'yor mustahkamlab qo'yildi. O’rnatilgan bunday tartib sud ishida yurisprudensiya sohasidagi maxsus bilimlardan bexabar shaxslarning ishtirokiga yo'l qo'ymaslik va fuqarolarga ko'rsatiladigan huquqiy yordam sifatini oshirishga yo'naltirilgan.
Download 93,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish