Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor munosabatlariga asoslan- gan


Ish yuzasidan sheriklar va sado xodimlarini  rag‘batlantirish usu- lini



Download 2,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/230
Sana28.06.2022
Hajmi2,95 Mb.
#714106
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   230
Bog'liq
marketing UMK

 
Ish yuzasidan sheriklar va sado xodimlarini 
rag‘batlantirish usu- lini 
tanlash. 
Sheriklari va o‘z savdo vakillarini rag‘batlantirish uchun kom- paniyalar 
har yili milliard dollarlab sarflaydilar (12.3-jadval). Bu vositalar potensial 
xaridorlarni qidirib topishga, mijozlarni ishontirish vataqdirlashga va savdo 
xodimlarini motivatsiyalash uchun mo‘ljallangan. 
Qoidaga ko‘ra kompaniya ishdagi sheriklarini rag‘batlantirishning harbir 
usuli uchun alohida budjet tuzadi, bu rag‘batlantirish esa uzoq yillar 
davomida kamdan kam o‘zgaradi. 
Savdoni (o‘tkazishni) rag‘batlantirish dasturlarini tuzish 
 
Rag‘batlantirishning aniq usullarini tanlab olishda marketologlar 
quyidagilarni hisobga olishlari lozim: 
1)
rag‘batlantirish o‘lchami (kompaniya muvaffaqiyati uchun rag‘bat 
(stimul) ayrim minimal darajadan oshishi kerak); 
2)
dasturda ishtirok etish shartlari (rag‘batlar hammaga yoki alohida 
shaxslar guruhiga berilishi mumkin); 
3)
kompaniyaning davomiyligi (ayrim tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra 
kompaniyani chorakda bir marta davomiyligi uch hafta yoki tovarni sotib 
olinishining o‘rtacha sikli davomida rag‘batlantirish o‘tkazishi optimal 
hisoblanadi); 
4)
rag‘batlantirishni tashuvchilarni tarqatish usullari (chegirma bilan 
taklif qilingan kuponlar bevosita o‘ramga qo‘yilishi do‘konlar, pochta orqali 
yoki bevosita reklama mahsuloti bilan birga tarqatilishi mumkin); 
5)
savdoni rag‘batlantirish bo‘yicha kompaniya tadbirlar o‘tkazish 
muddatlari; 
6)
dasturning umumiy budjeti. Kompaniya umumiy konsepsiyasini tez- tez 
realizatsiya qilish uchun marketologlar bir necha usulni qo‘shib olib 
boradilar. 
Dastlabki testlashtirish, rag‘batlantirish dasturi realizatsiyasi, 
nazorat qilish va baholash 
 
Ko‘pchilik savdoni rag‘batlantirish dasturlari mavjud tajriba asosida 
ishlab chiqilsa ham dastlabki testlashtirish tanlab olingan usul maqsadlariga 
mos kelishiga, stimullar o‘lchami optimalligiga, aksiyani ko‘rsatish usuli 
samaraligiga 
ishonishga 
yordam 
beradi. 
Ayrim 
ta’minotchilar 
rag‘batlantirishning turlicha usullarini iste’molchining o‘zi bilan baholashni 


303 
taklif qiladilar yoki tanlangan usulni haqiqiyligini cheklangan hududlarda 
tekshirib ko‘radilar. Marketing bo‘yicha menejerlar majburiyatlariga 
tayyorgarlik davrini va sotish davrini (tadbirning boshlanish paytidan 
kompaniya tayyorlangan tovarning taxminan 95 % ni realizatsiya qilgach, 
tugaguncha) qamrab oluvchi realizatsiya va rag‘batlantirish dasturining 
nazorati rejasini ishlabchiqish kiradi. 
Har yili dunyoda qariyb 20 mingta xalqaro, milliy va mintaqaviy 
ko‘rgazmalar, yarmarkalar va salonlar o‘tkaziladi. Qizig‘i shundaki, 1798 – 
yilda Parijda tashkil etilgan sanoat ko‘rgazmasi bunday tadbirlarning milliy 
iqtisodiyot uchun muhimligini alohida qayd etgan Napoleon Bonapart 
tomonidan ochilgan edi. Belgiyada birinchi ko‘rgazma 1814 – yilda (Gent), 
Avstriyada 1825 – yili (Vena), Ispaniyada 1846 – yili (Madridda) bo‘lib 
o‘tgan edi. Germaniyada esa ilk sanoat ko‘rgazmalari Myunxenda (1818 – 
yili), Drezdenda (1824 – yili) va Berlinda (1843 – yili) o‘tkazilgan. 
Birinchi butun dunyo ko‘rgazmasi «Barcha xalqlar ulug‘ bir ish — 
insoniyatni takomillashtirish ustida ishlayversin», degan shior ostida 1831 – 
yili Londonda bo‘lib o‘tgan edi. Ana shu ko‘rgazma o‘tkazish tashabbuskori 
Angliya qirolichasi Viktoriyaning umr yo‘ldoshi shahzoda Albert bo‘lgan. 
Buyuk Britaniyadan tashqari unda AQSh, Fransiya, Germaniya va boshqa 
mamlakatlar ishtirok etgan, 14 ming qatnashchi 17 mingta eksponatni 
taqdim etib tanishtirgan edi. Tashrif buyuruvchilar 
— 
avval faqatgina imtiyozli tabaqalar vakillari va qurbi yetadigan badavlat 
kishilar kiraverishda 1 funt to‘lab (bu esa oddiy ishchining bir haftalik ish 
haqidan 6 baravar ko‘p edi), jahonning 40 dan ziyod mamlakatlaridan kelgan 
eksponatlar bilan tanisha olar edilar: ulkan teleskoplar, mexanik to‘quv 
dastgohlari, gidravlik presslar va mexanik chalg‘ilar, rezina buyumlar va 
boshqalar tomoshaga qo‘yilgan edi. Birinchi kuni ko‘rgazmaga 25 ming 
odam tashrif buyurdi. Keyinchalik esa kirish to‘lovi 21 shillinggacha 
kamaytirildi va ko‘rgazmani oddiy odamlar ham bemalol tomosha qiladigan 
bo‘ldi. Ko‘rgazma ishlab turgan yarim yil davomida unga 6 million odam 
keldi. Birinchi butun– dunyo ko‘rgazmasini o‘tkazish bo‘yicha Qirollik 
komissiyasi tomonidan mukofotlarning 3 ta darajasi belgilangan edi: 
faqatgina yangi ixtiroga yoki buyumning yangicha dizayni uchun beriladigan 
katta medal, ikkinchi darajali medal – yuqori sifatli mahsulot uchun 
ko‘rgazmaga tashrif buyurganlar va komissiya a’zolari e’tibor qaratgan 
eksponat Faxriy yorliq bilan taqdirlangan edi. Mukofotlar jami 5081 ta 
bo‘lgan, inglizlarga 4038 tasi topshirilgan bo‘lsa, ajnabiylarga1145 tasi nasib 
etgan. 
1855 – yilda Parijda ikkinchi, 1862 – yilda Londonda uchinchi butun 
dunyo ko‘rgazmasi o‘tkazildi. Jahon savdosida mahsulot sotish bozori uchun 
kurash keskinlashib ketishi XX asr boshlarida ko‘rgazma- yarmarka 
faoliyatining tamomila yangi turi – namunalar jahon ko‘rgazmasi paydo 
bo‘lishiga olib keldi. 1900-yili Italiyaning Turinda avtomobillar tarmoq 
yarmarkasi tashkil etildi. Fransiyada 1904-yili Parij shahrida yarmarkasi 
ishlay boshladi. Namunalar xalqaro yarmarkasiBirinchi jahon urushi davrida 
va urushdan keyingi yillarda ayniqsa, keng tarqaldi. Xalqaro aloqalar izdan 


304 
chiqishi, tashqi savdo va valuta cheklovlari joriy etilishi, to‘lov balanslari 
buzilishi sharoitida aynan xalqaro yarmarkalar jahon savdosini qayta 
tiklashga ko‘mak berishning eng qulay shakli bo‘lib xizmat qildi. 1915-yilda 
Londonda namunalar xalqaro yarmarkasi ochildi, 1916-yilda Lionda tashkil 
etildi (u hozirgi vaqtda ham eng yirik hisoblanadi), 1918-yilda Bryusselda, 
1920-yiliMilanda, 1926-yili Salonikida, 1927-yilda esa Izmirda ochildi. 
Ikkinchi jahon urushi aksariyat xalqaro yarmarkalar ishini to‘xtatib 
qo‘ydi. Savdo aloqalari izdan chiqdi, yarmarka inshootlari vayronaga 
aylandi. Urushdan keyin esa, aziyat chekkan Yevropa davlatlari iqtisodiyoti 
tiklanib borgani sayin xalqaro yarmarkalar faoliyati qayta tiklandi. 

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   230




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish