gandan
keyingi
xizmat-
lar
Sifati
Tashqi
bezagi
Kafolatlash
Real
bajaril-
gan
tovar
G‘oya
bo‘yicha
Tovarni
qo‘llab-
quvvatlovchi
tadbirlar
195
elektrotovarlarni shu guruhga kiritish mumkin.
Alohida ahamiyatga ega bo‘lgan tovarlar – bular tengi yo‘q tavsifga ega
bo‘lgan yoki mashhur firmaning nomi bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlardir.
Masalan, mashinaning noyob markasi, o‘ta qimmatbaho taqinchoqlar.
Talab juda kichik bo‘lgan tovarlar – bular kam iste’mol tovarlari bo‘lib,
odatda xaridorlar bu tovarlarni sotib olishni o‘ylamaydilar. Masalan, yangi
tovarlar. Bu guruh tovarlarini sotish uchun anchagina marketing harakatlarini
bajarishga to‘g‘ri keladi. Ishlab chiqarish – texnik maqsadlarga mo‘ljallangan
tovarlar – bu yakka shaxslar va tashkilotlar tomonidan boshqa tovarlarni
ishlab chiqarishni davom ettirish yoki biznes sohasida foydalanish uchun
sotib olinadigantovarlardir.
Tovar bilan bog‘liq elementlardan biri uning markasi hisoblanadi.
Marka – bu nom, atama.Tovar belgisi –bu rasm, simvol, emblema
bo‘lib, uni so‘z bilan ifodalab bo‘lmaydi va u tovarni qaysi markaga tegishli
ekanligini belgilaydi, u muayyan tovarni identifikatsiyalashda qo‘llaniladi.
Tovar raqobatchilar tovaridan markasi bilan osongina farqlanadi.
Markali tovar tovarlarning umumiy massasi orasidan yaqqol ko‘rinadi,
iste’molchilar ongida u ijobiy tasavvurga ega. Marka siyosatini amalga
oshirish marka nomini tanlash, markaning bozor kuchini aniqlash, va
nihoyat, marka strategiyasini ishlab chiqish bilan bog‘liq. Markaning nomi
avvalo, tovarning xususiyati, asosiy sifatini aks ettirishi va boshqa belgilarga
to‘g‘ri kelmasligi kerak. Buyumlar va xizmatlardan tashqari shaxslar
faoliyati, ularning manzili, ishlab chiqarishni, xizmatni tashkil etish shakllari
va fikrlar, g‘oyalar ham tovar hisoblanadi. Ko‘pchilik rahbarlar, mahsulot
ishlab chiqarganda faqat texnik detallariga e’tibor qaratadilar, lekin
ko‘pchilik mijozlarning qarashi bunday emas. Mijozlar uchun mahsulot bu –
o‘z ehtiyojlarini qanoatlantirishdir. Shunday ekan mahsulot sifati
mijozlarning istaklari, qarashidan kelib chiqishi kerak.
Mahsulot va xizmatning farqi:
Mahsulot – bu moddiy yoki fizik xususiyatga ega bo‘lib, uni ko‘rishyoki
ushlab ko‘rish, sotib olib unga egalik qilish mumkin. Odatda, mahsulotni
sotib olayotganda nima xarid qilayotganingizni oldindan bilasiz va ko‘rasiz.
Xizmat esa – bir tomonning ikkinchi tomon uchun ko‘rsatayotgan xatti-
harakatdir. Siz mijozga xizmat ko‘rsatganingizda, mijoz uni ko‘z bilan
ko‘rib, qo‘l bilan ushlamaydi, balki his etadi, foydalanadi, iste’molqiladi.
Mahsulot korxonada ishlab chiqariladi va sotiladi. Mijoz kelgunga qadar
do‘konda yoki omborda saqlanadi. Biroq xizmatlar odatda, avval sotiladi,
keyin ishlab chiqariladi. Mahsulot ishlab chiqaruvchilar mijoz- dan ancha
uzoqda bo‘lishi mumkin, lekin xizmat ko‘rsatuvchi va mijoz odatda yonma-
yon turadi.
196
Narx
Qadoqlash
Do'stlaringiz bilan baham: |