17-modda. Qonun loyihasini taqriz uchun yuborish
Qonun loyihasi qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan boshqa qonunchilik tashabbusi huquqi subyektlariga, shuningdek manfaatdor davlat organlari, nodavlat tashkilotlar, ilmiy muassasalarga taqriz uchun yuborilishi mumkin.
Qonun loyihasi faqat qonun loyihasi borasidagi ishlar tugallanganidan va u bo‘yicha ekspertiza o‘tkazilganidan keyin qonunchilik tashabbusi huquqi subyekti tomonidan taqriz uchun yuboriladi.
III. Qonunlar loyihalarining mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablar.
Qonun loyihalarining ekspertizasi
Do'stlaringiz bilan baham: |