Elektron raqamli imzo - xabar yoki hujjat yaxlitligini va muallifining xaqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladigan va shaxs imzosini to‘laligicha o‘rnini bosa oladigan hujjatga tegishli isbotdir. U axborot - kommunikatsiya tizimlari orqali uzatilayotgan hujjatlarni va axborotlarni haqiqiyligini tekshirishda qo‘llaniladi.
Elektron hujjat almashish tizimlari – elektron hujjatlarni axborot-kommunikatsiya tizimi orqali jo‘natish va qabul qilish jarayonlari yig‘indisi
Matn-atamasi ilmiy adabiyotlarda turlicha talqin qilinadi.O‘zbek tilining izohli lug’atida matn so‘zining arabchadan o‘zlashganligi, eskirgan kitobiy so‘zekanligi va aynan tekst so‘zi anglatgan ma’noga tengligiga ishora qilinadi. Matn hajm va mazmun belgisiga ko`ra ikkiga bo`linadi: 1.Hajm belgisiga ko`ra matn turlari. 2.Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko‘ra matn turlari.