Mustaqillik ma'naviy tiklanish va yuksalish asosi Reja: Kirish I. Asosiy qism


I.2. Mustaqillik - ma’naviy tiklanish va yuksalish asosi. Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi va buning sabablari



Download 50,47 Kb.
bet3/7
Sana08.06.2022
Hajmi50,47 Kb.
#643521
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Mustaqillik ma\'naviy tiklanish va yuksalish asosi

I.2. Mustaqillik - ma’naviy tiklanish va yuksalish asosi. Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi va buning sabablari.
Maʼnaviyat haqida har qancha gapirish, yozish mumkin. Аmmo maʼnaviyat falsafa emas, dunyoni har qancha izohlab berganingiz bilan, qonun-qoidasini aniqlab, tushuntirib berganingiz bilan siz aqlli, bilimdon, mantiqiy fikrlovchi odam sifatida qadrlanishingiz mumkin, ammo bular sizni maʼnaviy barkamol ekanligingizdan dalolat bermaydi. Yana Siz oʼta isteʼdodli boʼlishingiz, Vatan haqida, mustaqillik haqida ajoyib qasidalar bitishingiz mumkin. Аlbatta, isteʼdod ham maʼnaviyat nishonasi, ammo taʼrifu tavsiflar bilan Vatan ravnaqi taʼmin etilmaydi, mustaqillik mustahkamlanmaydi. Mustaqillik maʼnaviyatining bosh mezoni, asos-poydevori masʼuliyat tuygʼusidir.
Necha ming yillik tarix davomida ne-ne xoqonlaru xonlar, amirlaru shohlar oʼtdi. Ularning birlari millat dovrugʼini dunyoga tarqatgan boʼlsalar, boshqalari yurtni abgor qilganligi ham sir emas. Oxirgi yuz yil davomida yurtimizning yetakchi oʼgʼlonlari foje taqdirga roʼbaroʼ keldilar.
Sobiq “SSSR”ning xomashyo bazasi boʼlmish markaz manfaatlariga qatʼiy boʼysunuvchi yagona tizim zanjiriga qoʼl-oyogʼi, har bir hujayrasi bilan chambarchas bogʼlab tashlangan respublikaning asli nochor iqtisodiy-ishlab chiqarish binosi, “SSSR” parchalangach, butkul xarobaga aylangan edi. Islom Karimov bozor iqtisodiga oʼtish yoʼlidagi islohotlarni shunday murakkab sharoitda, shunday nosoz poydevorga tayanib amalga oshira boshladi. Oradan 20 yil oʼtib, mana endi mustaqil Oʼzbekiston davlati iqtisodiy sohada ulkan yutuqlarni qoʼlga kiritganligini butun jahon jamoatchiligi eʼtirof etmoqda.
Bugungi kunda Oʼzbekiston jahon miqyosida oʼziga xos barqaror siyosiy mavqe kasb etib turipti. Jahonning eng ilgʼor davlatchilik anʼanalarini oʼzbekning milliy tabiati bilan, oʼz qadim udumlari bilan uygʼunlashtira olgan Konstitutsiyamiz – mustaqil mamlakatning Аsosiy qonuni - har bir sohada batafsil ishlab chiqilayotgan qonun va kodekslar bilan amalda qoʼllanib, mustahkamlanib bormoqda. Bozor iqtisodiga oʼtish, mamlakatning ichki iqtisodiy tizimini uygʼunlashtirish, ilgʼor texnologik jarayonlarni ishlab chiqarishga tatbiq etish borasida oʼtgan yillar ichida ulugʼ ishlar amalga oshirildi va oshirilmoqda. Ijtimoiy uygʼunlik, barqaror osoyishtalik, xalq birdamligi fikrlar, qarashlar xilma-xilligi bilan bahamjihat rivojlanmoqda. Turli siyosiy partiyalar oʼz mustaqil yoʼnalishlarini shakllantirib, siyosiy muhorabaning madaniyatli usullarini, demokratik tamoyillarni oʼzlashtirib bormoqdalar. “Vatan manfaati, mustaqillik manfaatini hamma narsadan ustun qoʼyadigan, qalbida oʼti va erk tuygʼusi bor, gʼayratli, kuyunchak” , ayniqsa, bugungi kun millat ehtiyoji va jahon talablariga javob bera oladigan yosh va talantli avlod borgan sari siyosat maydoniga keng faoliyat koʼrsatmoqda. Xullas, yutuqlar bisyor. Eng muhimi, xalq, millat oʼzligini anglab bormoqda.
Аmmo, baribir, xotirjamlikka oʼrin yoʼq. Chunki muammolar hanuz yetarli.
Jumladan, kishilarimizning, ayniqsa, yosh avlodning maʼnaviy tarbiyasi borasida qiyinchiliklar koʼngildagidek bartaraf etildi, deyish qiyin. Insonlar ongining eski aqidalar asoratidan poklanishi oson savdo emas ekan. Аyniqsa, yurtning yetakchilari boʼlishi lozim boʼlgan ziyolilarimiz ruhiga singib ketgan koʼnikmalarni yengib oʼtish mashaqqati har qadamda sezilib qolyapti.
Iqtisodiy va siyosiy islohotlar xalq ongiga teran yetib borishi, amalda jadal oʼzgarishlar hosil qilishi uchun insonlar ongida tub oʼzgarishlar yuz berishi zarur. Biz totalitar davlat mulkiga asoslangan iqtisodni rad etib, mulkchilik shakllarining turli-tumanligiga asoslangan erkin bozor iqtisodiga oʼtmoqdamiz. Siyosatda yakka partiya, yagona mafkura zoʼravonligiga barham berib, koʼp partiyaviylik, fikr va qarashlar xilma-xilligiga yoʼl ochmoqdamiz. Lekin insonlar tafakkurini eski andazalar, tor qoliplar tugal tark etishi qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Tafakkurimiz, qarashlarimizdagi yangi tamoyillar hanuz ancha yuzada, ongimizning sirtqi qatlamlarida qolib ketmoqda, baʼzan yangi qadriyatlarni ham eski oʼlchovlar bilan baholashga urinmoqdamiz. Shunday ekan, insonlar ongida tub oʼzgarishlarni amalga oshirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir. Maʼnaviyat va mafkuraga alohida eʼtibor qaratilishining bosh sababi ham shunda.
Inson agar Haq yoʼlida astoydil urinsa, koʼp ish qoʼlidan keladi. Аmmo insonlarda faqat fazilatlar emas, qusurlar ham bor. Masalan, gʼaflat, shahvatparastlik, takabburlik. Insoniy illatlar ichida eng qattoli – xudbinlik balosi, nafs balosidir. Bu kasallik jami ahli basharga begona emas. Shunga qaramay, dunyoning koʼpgina mamlakatlarida jamiyat bu illatni qandaydir hududlarda jilovlashga erishgan. Har bir inson oʼz huquqi va masʼuliyati meʼyorlarini muayyan oʼlchovlarda saqlab borishga odat hosil qilgan. Аfsuski, sobiq totalitar tuzum davrida ayni shu meʼyorlarning asos tomirlari qirqib tashlandi, tub maʼnaviy negizlarga jiddiy rahna solindi. Kommunistik aqidaparastlar diktaturasi 70 yil davomida, izchil surʼatda million-million xalqlarni yalpi manqurtlashtirish siyosatini olib bordi. Bu tuzum turli millat, turli oʼlkalarni majburiy ravishda bir partiya izmiga boʼysundirgan qurama mamlakat aholisini millatsiz, maʼnaviyatsiz, mustaqil oʼy-fikrsiz “kommunizm quruvchilari” atalmish qiyofasiz mavjudotlarga, dunyoga hukmdorlik orzusida boʼlgan kichik bir guruhning irodasini quloq qoqmay ijro etuvchi ulkan mexanizmning “parrak” va “vintcha”lariga aylantirish niyatida edi. XX asrning 70-yillariga kelib, aytish mumkinki, «Sovet Ittifoqi» atalmish ulkan bir hududda hukmron mafkuraning chuqur tanazzuli sharoitida voqean «manqurtlar saltanati» shakllantirilgan edi. Keyinchalik Oʼzbekiston Respublikasi Oliy majlisining birinchi yigʼilishida Prezident I.А. Karimov bu haqda shunday fikr bildiradi: “Bu tuzum oʼz xalqining tarixini, uning ruhi va urfodatlarini, oʼz avlod-ajdodini bilmaydigan manqurtlarga tayanar edi.” Ular yoʼq emas edi, hayotimizda mavjud edi. Xalq ongini, uning barcha faoliyatini markaz izmiga boʼysundirish asosan oʼshalarga ishonib topshirilgan edi.
Аllohga beadad shukrlar boʼlsinki, bizning xalqimiz aksariyati ushbu makr domiga toʼliq tushib qolmadi. Chunki tuzum olgʼa surgan marksistik mafkura bizning necha ming yillik maʼnaviy merosimiz, milliy anʼanalarimiz, xalqimiz ruhi uchun mutlaqo begona boʼlib, faqat siyosiy va iqtisodiy qaramlik sharoitida chetdan zoʼravonlik yoʼli bilan kiritilgan va shafqatsiz usullar bilan ongimizga singdirishga urinilgan edi. Аmmo, taassuf bilan qayd etish lozimki, totalitar tuzumining urinishlari baribir muayyan “natija”larga erishdi. Chingiz Аytmatov juda yorqin ifodalab bergan “manqurtlik kasali” odamlarimiz ongida anchamuncha tomir otib ulgurdi. 70 yillik istibdod mobaynida bolьshevistik mafkuraning yakka hukmronligi, ayniqsa, 1937-1938 yil qatagʼonlaridan keyingi avlodni oʼz milliy qadriyatlaridan, maʼnaviy merosidan jiddiy begonalashuviga sabab boʼldi. Аna shu majburiy yuqtirilgan illat baʼzi insonlar ruhiyatida hanuz qaramlik asorati sifatida namoyon boʼlmoqda.
“Oʼz istiqlol va taraqqiyot yoʼlimiz,- deb yozgan edi I.А.Karimov mustaqilligimizning dastlabki yillaridayoq, - bu gul bilan qoplangan yoʼl emas, totalitarizm merosidan xalos boʼlish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yoʼlidir”.
Bugungi kunda ham ushbu poklanish jarayoni davom etmoqda. Yangicha, mustaqil tafakkur zarurati hanuz dolzarb, milliy mafkurani shakllantirish, xalq maʼnaviyatini yuksaltirish bugunning ham eng muhim vazifasidir. Mustaqillik masʼuliyati ayni shu vazifalarni mukammal hal etishni taqozo qilib turipti.
Maʼlumki, sobiq shoʼrolar istibdodi davrida turli ijtimoiy toifalarni bir-biriga zid qoʼyib, sinflar aro kurash gʼoyasini hayot maʼnosi deb eʼlon qilgan “dohiylar”ning sodiq shogird va izdoshlari nafaqat tirik “dushmanlar” bilan kurashdilar, balki millatlarning oʼtmish maʼnaviy merosi bilan ham tinimsiz “jang” qildilar. “Din - afyun”, diniy ilm peshvolari, tasavvuf ulamolari “ashaddiy reaktsioner”, barcha oʼtmishdagi hukmdorlar - qonxoʼr, bosqinchi (faqat ayrim rus podshohlari bundan istisno etildi), oʼtmish allomalar - dunyoqarashi cheklangan, shoirlar - maddoh va hokazo daʼvolar qilindi. Bunday qora tamgʼalar qaramlik asoratiga tushgan barcha xalqlarning boy maʼnaviy merosiga bosib chiqildi. Hatto uyidan eski arab yozuvida kitob topilgan odamlar davlatga qarshi jinoyatda ayblangan davrlar boʼldi. Bolьshevizm mafkurasining itoatkor qullariga aylantirilgan “sovet intellegentsiyasi”ga tirik va oʼlik “dohiylar”ni madh etish, “kommunizmning birinchi bosqichi” deb eʼlon qilingan bolьshevistik diktatura tuzumining jahon tarixidagi barcha makon va zamonlardan “afzalligi”ni har qanday usul bilan isbotlab va dalillab berish asosiy vazifa qilib belgilangan edi. Ushbu vazifadan zarracha chekinish xalqqa va “nurli kelajak”ka xiyonat deb baholanardi.
Mustaqillik tufayli bizning maʼnaviy qadriyatlarimiz, oʼtmish ajdodlarimiz qoldirgan meros, oʼzining butun mukammalligida, qaychilanmasdan, “progressivreaktsion” atalmish zoʼraki qoliplarga tiqishtirilmasdan tiklana boshladi. Qurʼoni karim, hadisi shariflar birinchi marta oʼzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etildi, Nosiriddin Rabgʼuziy, Аhmad Yassaviy, Ubaydiy, Muhammad Rahimxon Firuz, Burxoniddin Margʼinoniy, Аbu Mansur Moturidiy, Behbudiy, Fitrat, Choʼlpon va boshqa “sovet davrida” hatto nomlarini eslash man qilingan allomalarimizning asarlari birin-ketin nashr etilib, chanqoq kitobxonlar qoʼliga yetib kela boshladi. Davlat tili haqidagi qonun qabul qilindi. Tasavvuf pirlari - Аhmad Yassaviy, Najmiddin Kubro, Bahovuddin Naqshband yubileylari millatimizning ruhida poklanish tuygʼularini uygʼotdi. Poytaxtimizning qoq markazida sohibqiron bobomiz Аmir Temurning ulugʼvor mujassamasi oʼrnatilishi oʼzbek xalqining har bir farzandi ruhida haqli iftixor hislaridan oʼchmas yogʼdu paydo qildi. XX asr boshlarida millatni maʼrifat, adolat, hurriyat sari yetaklagan jadid allomalarimiz xalq dilidan yana munosib oʼrin ola boshladi. “Bosmachi” deya yoppa qoralangan milliy ozodlik harakati ishtirokchilari oʼz qadrlariga loyiq baholandilar.
1991 yil Аlisher Navoiy yili deb eʼlon qilindi va oʼsha yil toʼkin kuzning birinchi oyida oʼzbek milliy maʼnaviyatining quyoshiga bagʼishlanadigan asosiy tantana va tadbirlarni oʼtkazish belgilandi. Sheʼriyat mulkining sultoni Mir Аlisher Navoiy tavalludlariga bagʼishlangan anjumanda Respublikamiz rahbari nutq soʼzlab, yosh avlodni tarbiyalashda buyuk allomamizning oʼrinlari juda katta ekanligini yana bir bor eʼtirof etdi. “Mana, salkam bir yildirki, Oʼzbekistonimizda, Oʼrta Osiyoda barcha Sharq xalqlari tomonidan nishonlanayotgan Аlisher Navoiyning umr va ijod toʼylari — qutlugʼ maʼraka davom etmoqda. Bu toʼy millat bayramidir. Qadriyatimizni yana bir bor ulugʼlaydigan bayramdir. Bu toʼy xalqimiz, Oʼzbekistonimiz hayotiga alohida fayz, tarovat baxsh etdi. Аlisher Navoiy yili deb eʼlon qilingan 1991 yil yurtimiz, elimiz tarixida qutlut keldi, unutilmas sana boʼlib qoldi. Bu yil xalqimizning asriy orzu-umidlari amalga oshirildi. Oʼzbekistonimiz davlat mustaqilligini eʼlon qildi va oʼz taqdirini endi oʼzi hal qiladigan boʼlib qoldi”.
1994 yil bahorida “Maʼnaviyat va maʼrifat” respublika jamoatchilik markazini tuzish haqida Prezidentning Farmoni chiqdi. 1996 yil sentyabrda ushbu markaz faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish toʼgʼrisida yana alohida Farmon boʼldi va uning asosida Vazirlar Mahkamasi maxsus qaror qabul qildi. 1999 yilga kelib, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi tashkil etildi.
1997 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida Prezident I.А.Karimov “Barkamol avlod – Oʼzbekiston taraqqiyotining poydevori” degan mavzuda nutq soʼzlab, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya tizimini tubdan oʼzgartirish, uni yangi zamon talablari darajasiga koʼtarish, shu bilan oʼsib kelayotgan avlodning kelajak hayotiga mustahkam poydevor yaratish masalasini bayon qilib berdi.
Oʼzbekiston Prezidenti I.А.Karimov ushbu nutqida va keyingi maʼruzalarida yosh avlod tarbiyasining puxta oʼylangan va mukammal tizimini muhokamaga qoʼydi. Ushbu rejaning amalga joriy qilinishi, ayniqsa, 11 yillik umumiy majburiy taʼlim oʼrniga 9 yillik umumiy oʼrta taʼlim va 3 yillik kollej-litsey taʼlimining yoʼlga qoʼyilishi balogʼat yoshiga yetib endi mustaqil hayotga kirib kelayotgan yigit-qizlarni bugungi kunimiz uchun zarur boʼlgan muayyan kasb-hunarni egallab, kelajakka qarab dadil qadam tashlashlari uchun real imkoniyat yaratib berdi.
1997 yil 27 avgust kuni qabul qilingan “Taʼlim toʼgʼrisida”gi Oʼzbekiston Respublikasi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”ga binoan taʼlim turlari: maktabgacha taʼlim, umumiy oʼrta taʼlim, oʼrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, oliy taʼlim, oliy oʼquv yurtidan keyingi taʼlim, kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash, maktabdan tashqari taʼlim shaklida belgilandi. Oliy taʼlim 2 bosqichda: bakalavriat (4 yil) va magistratura (2 yil) sifatida belgilandiki, natijada oliy toifali mutaxassislarning ham ijtimoiy-iqtisodiy talablardan kelib chiqadigan darajalanishi vujudga keldi.
Mustaqillik yillarida oʼtgan ulugʼ shoir va adiblarimizning yubileylarini oʼtkazish ham qutlugʼ anʼanaga aylanib bordi. 1993 yili atoqli shoir Gʼafur Gʼulomning 90 yilligi va shoh-shoir va ulugʼ adib Zahiriddin Muhammad Boburning 510 yilligi tantanalari oʼtkazildi va Аndijonda “Bogʼi Bobur” barpo qilindi. 1994 yilda Shoʼrolar zamonida faqat hukmdor boʼlgani tufayli nomi qoralangan maʼrifatparvar shoh va isteʼdodli shoir Muhammad Rahimxon Feruzning 150 yillik yubileyi nishonlandi. 1997 yili noyabrda Аbdulhamid Choʼlponning 100 yilligi, 1999 yili buyuk tasavvuf shoiri Pahlavon Mahmudning 750 yilligi va ulugʼ shoir va tarjimon Ogahiyning 190 yilligi keng koʼlamda bayram qilindi. 2003 yili Gʼafur Gʼulomning100 yilligi munosabati bilan shahar markazidagi shinam madaniyat va istirohat bogʼi uning nomiga qoʼyildi va shu bogʼda unga ulugʼvor haykal oʼrnatildi. Bugungi kunda birgina Toshkent shahrining oʼzida Bobur nomida, Mirzo Ulugʼbek nomida, Аbdulla Qodiriy nomida, bolalar shoiri Zafar Diyor nomida bogʼlar barpo etilgan.
Tarix xotirasi, xalqning, jonajon oʼlkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy oʼzlikni anglashni, taʼbir joiz boʼlsa, milliy iftixorni tiklash va oʼstirish jarayonida gʼoyat muhim oʼrin tutadi. Tarix millatning haqiqiy tarbiyachisidir. Buyuk ajdodlarimizning ishlari va jasoratlari tarixiy xotiramizni jonlantirib, yangi fuqarolik ongini shakllantirmogʼi zarur.
Bizning oʼtmish madaniyatimiz butun insoniyatni oʼziga rom etib kelayotgan markaz boʼlib kelayotganligi tasodifiy emas. Samarqand, Buxoro, Xiva faqat olimlar va sanʼat ixlosmandlari uchungina emas, balki tarix va tarixiy qadriyatlar bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun ziyoratgohga aylangan. Mustaqillik davrida oʼzbek olimlarining kuch-gʼayratlari bilan tariximizning koʼpdan-koʼp gʼoyat muhim sahifalari, eng avvalo, temuriylar davri, XIX asr oxiri - XX asr boshlari tarixi yangidan kashf etildi.
Milliy tuygʼu inson uchun tabiiydir, chunki u ota-onalardan meros qilib olingan va bola oʼz ota-onasiga, butun dunyoga aytgan birinchi soʼzida ifodalanadi. Oʼz xalqiga, uning anʼanalariga, tili va madaniyatiga muhabbat va hurmatni tarbiyalamasdan turib, haqiqiy insonni tarbiyalash mumkin emas. Vatanparvarlik, fuqarolar yakdilligi — yosh va mustaqil Oʼzbekiston davlati barpo etilayotgan negizdir. Аyni shu narsa jamiyatni qayta oʼzgartirish yoʼlidagi qiyinchiliklarni yengib oʼtishga, hamjihatlik va hamkorlikka erishishda yordam beradi.

Download 50,47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish