Mustaqillik ma'naviy tiklanish va yuksalish asosi
Reja:
Kirish
I. Asosiy qism
I.1. Mustaqillik va milliy manaviy tiklanish.
I.2. Mustaqillik - ma’naviy tiklanish va yuksalish asosi. Mustaqil O‘zbekistonda ma’naviyat masalalarining davlat siyosati darajasiga ko‘tarilishi va buning sabablari.
I.3. O’zbekistonda milliy- ma’naviy-tiklanishga e’tiborning zaruriyati
I.4. Milliy- ma’naviy-tiklanish jarayonida amalga oshirilgan ishlar
II. Xulosa
III. Foydalanilgan adabiyotlar
Kirish
Milliy g’oya deganda, ajdodlardan avlodlarga o’tib, asrlar davomida e’zozlab kelinayotgan , shu yurtda yashayotgan har bir inson va butun xalqning qalbida chuqur ildiz otib, uning ma’naviy extiyoji va hayot tala-biga aylanib ketgan , ta’bir joir bo’lsa, har qaysi millatning eng ezgu or-zu –intilish va umid – maqsatlarini o’zimizga tasavvur qiladigan bo’lsak, o’ylaymanki, bunday keng ma’noli tushunchaning mazmun – mohiyatini ifoda qilgan bo’lamiz . Istiqlolimizmi qo’lga kiritgan ilk kunlardan boshlab, biz milliy g’oyamizning eng asosiy tushuncha va tamoyillarini belgilab olish va ishlab chiqishga harakat qildik . Xalqimizning asriy orzusi, ko’zlangan yuksak maqsatlarimizga yetishning asosiy omili - avvalambor mustaqillikni asrab - avaylash , uni yanada mustahkamlash bilan bog’liq ekanidan kelib chiqqan holda, milliy g’oyamizning ma’no mazmunini ham ana shunday mezonlar negizida belgilashni vazifa qilib qo’ydik va bu borada bir qancha e’tiborga loyiq ishlarni amalga oshirdik.
Tabiiyki, milliy g’oyamiz shu yurtda yashayotgan barcha odamlarning olijanob niyyalarini , hayotiy manfaatlarini mujassam etadigan yurt tinchligi, Vatan ravnaqi, xalq farovonligi deganda yuksak tushunchalarni o’z ichiga oladi. ,,Milliy g’oya “deganda so’z faqat bir millatga mansub bo’lib qolmasdan, mana shu tabarruk diyorimiz - O’zbekiston tuprog’ida yashayotgan, uni o’z ona Vatani deb biladigan barcha millat va elatlarga
Birdek daxildordir. Milliy g’oya mujassam bo’lgan buyuk maqsadlarni ro’yobga chiqarich avvalambor jamiyatimiz va shu jamiyat a’zosi bo’lmish
har qaysi insonning ma’naviy olami va dunyoqarashidagi ijobiy o’zgarishlar bilan bevosita bog’liq ekanini unitmasligimiz zarur. Bizning eng ulug’ g’oyamiz shuki, O’zbekistonning bitta yo’li bor: mustaqillikni mustahkamlab, mamlakatimizni har tomonlama yuksaltirib, yorug’ va erkin hayot sari olg’a yurish. Mafkuramiz, tutgan yo’limiz, bor kuch – g’ayratimiz ana shu ulug’vor niyatni amalga oshirishga yo’naltirilishi kerak. Xalqimizni, yurtimizdagi barcha siyosiy kuchlarni, nodavlat tashkilotlarni yagona umumiy maqsat atrofida birlashtiradigan, bir tan-u bir jon qiladigan milliy g’oya ham aslida shu. Insoniyatning ko’p asrlik tarixi shundan dalolat berasiki, bu dunyoda o’zining milliy davlatini qurishga azm-u qaror qiladigan har qaysi xalq yuksak vazifalarni amalga oshirish, shu yo’lda odamlarni birlashtirish va safarbar qilish, ularni qalbida ishonch uyg’otish, eski ijtimoiy tuzumdan mutloko yangi tuzumga o’tishda o’ziga qo’shimcha kuch – quvvat va madad topishda umumiy, yagona maqsad orzu – intilish ifodasi bo’lgan milliy g’oyani tayanch va suyanch deb biladi. Butun insoniyat tarixi, xalqimizning necha ming yillik o’tmishi achchiq saboq va xulosalar asosida bir haqiqatni isbotlab bermoqda.
Ya’ni, biz barqaroor taraqqiyot va farovon hayotga erishish yo’lida o’z oldimizga qanday reja va dasturlarni qo’ymaylik, barcha olijanob orzu-intilishlarimizni amalga oshirishning yagona sharti va garovi - bu tinchlik va osoyishtalikdir. Milliy g’oyamizning asosiy mazmunini ifoda etadigan yo’nalishlar haqida gapirilganda, hech shubhasiz, biz Vatan ravnaqi va taraqqiyotini o’zimizcha tasavvur qilamiz. O’z kindik qoni to’kilgan, ota-bobolari xoki yotgan ona yurtni dunyoda teengsiz, muqaddas Vatan deb biladigan odamning maqsad muddaolari aniq, g’urur va iftixor yuksak bo’ladi. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamli isloxotlarning pirovard maqsadi - odamlarimizning ana shuday orzu- umidlarini ro’yobga chiqarish, xalqimizga har tomonlama munosib turmush sharoiti yaratib berishdan iborat ekani haqida takroran gapirishning hojati yo’q, deb o’ylayman. Bu maqsadga erishish uchun yurtimizda barcha asoslar - tabiiy boyliklar, unumdor yer, katta iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy, insoniy va ma’naviy salohiyati mavjud.
Eng muhimi, bu diyorda ana shu farovon hayoti o’z kuchi, o’z aql-zakovati bilan barpo etishga qodir bo’lgan mehnatsevar va iste’dodili xalq yashaydi. Endilikda oldimizda turgan eng muhim vazifa - ana shu yuksak tushunchalar bilan birga milliy g’oyamizning uzviy tarkibiy qismlarini tashkil qiladigan koomil inson, ijtimoiy hamkorlik , millatlararo totuvlik, dinlararo bag’rikenglik kabi tamoyillarning ma’no-mohiyatini bugungi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan ma’naviy – ma’rifiy, ta’lim-tarbiya ishlarining markaziga qo’yish, ularni yangi bosqichga ko’tarish, yosh avlodimizni har tomonlama mustaqil fikrlaydigan yetuk dunyokarash egalari qilib tarbiyalashdan iborat. Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf - odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo’lgan mehr-oqibat,insonni ulug’lash, tinch va osoyushta, do’stlik va totuvlikni qadirlash, turli muommolarni birgalashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamyat kasb etmoqda.Bu borada ma’naviy hayotimizning uzviy qismiga aylanib ketgan hashar odati istiqlol davrida yangicha ma’no-mazmunga ega bo’lib, umum-milliy an’ana tusini olgan barchamizni mamnun etadi.Har yili Navro’z va Mustaqillik bayranlari arafasida o’tgaziladigan umum xalq hasharlari buning tasdig’idir. Ana shu hasharlar paytida mahalla va guzarlar,yo’llar va maydonlar, bog’-u rog’larni tartibga keltirish, dov-daraxtlar o’ygazish, kam ta’minlangan, muhtoj oilalar, yolg’iz va qarovsiz keksalarga amaliy yordam ko’rsatish,hech shubhasiz, jamoyat tafakurining yangilanishiga kuchli tasir qilmoqda.
Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o’zmaqsad-muddaolari, shu bilan birga,umumbashariy taraqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini
Yuksaltirib borishga intilar ekan,bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha movaffaqiya va zaraflari,yo’qatish qurbonlari,quvonch va istiroblari bilan xolis va haqoniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam taqdir bo’ladi.Ma’lumki, sobiq SSSR davrida 9-may har yili G’alaba kuni sifatida bayram qilinar, Markazda va respublikalarda dabdabali harbiy paratlar o’tgazilar edi. Biz maskur sananing asl insoniy ma’no- mohiyati hamda jamoatchiligimizning bu boradagi taklif va mulohozalarni inobatga olgan holda, 9-may kuni mamlakatimizda Xotira va qadirlash kuni sifatida nishonlashga qaror qildik.Bu voqea, hech shubhasiz, yurtimizda tarixiy xotira tola qonli tiklash hayotning o’zi taqozo etgan yana bir jidiy qadam bo’lganini aytish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |