Iqtisodiy sohada zamonaviy rivojlanish tendentsiyalariga mos raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, jahon iqtisodiyoti kon’yunkturasiga moslashish, xo‘jalik yurituvchi sub'ektlarning mustaqilligini yanada mustahkamlash va tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish kabi ustuvor yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin.
Ijtimoiy sohada aholini har tomonlama himoya qilish, xususan, kam ta’minlangan oilalarni muhofaza qilish, bepul tibbiy xizmatdan foydalanish va ta’lim olish masalalarini mamlakatda amalga oshirilayotgan kuchli ijtimoiy siyosatning muhim yo‘nalishlari sifatida e’tirof etish mumkin.
Xulosa o‘rnida ta’kidlash lozimki, mustaqillik deklaratsiyasining tarixiy ahamiyatini yana bir bor e’tirof etgan holda, uning zamirida mamlakatimizda yashayotgan har bir fuqaro o‘z taqdiriga va mamlakat kelajagiga nisbatan yuksak mas’uliyatni his qilgan holda yondashishi lozimligi g‘oyasi yotadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |