Mustaqillik bizning milliy-madaniy qadriyatlarimizning naqadar boy va



Download 212,53 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana26.05.2022
Hajmi212,53 Kb.
#609110
1   2   3   4
Bog'liq
7- mavzu

 Tarixiy xotiraning tiklanishi.
O„zbekiston mustaqillikka erishgandan 
keyingi dolzarb muammolardan biri – yangi tarixiy sharoitda jamiyatga 
munosib kishilarni tarbiyalash edi. O„zbekiston suveren davlat sifatida 
ijtimoiy-siyosiy hayotda ma‟naviy yangilanish jarayonini amalga 
oshirmasdan, sivilizatsiyaga erishmasdan mustaqillikni har tomonlama 
mustahkamlab bo„lmasligini hayotning o„zi ko„rsatdi. Bugungi kunda 
davlatimiz taraqqiyoti yo‟lida yangi renessansga qadam qo‟yish ustida keng 
ko‟lamdagi ishlar olib borilmoqda. 
Shunday qilib, madaniyat, ma‟naviy meros, sivilizatsiyalar yutug‟i jamiyat va 
inson manaviyatining rivojlanishida, ma‟naviy barkamol avlodni voyaga 
yetkazishda katta ahamiyatga ega. Shuning uchun mustaqillikning dastlabki 


kunlaridanoq o‟tmishda toptalgan ma‟naviy merosimizni tiklashga qat‟iyan 
kirishildi. 
O‟zbek xalqi mustaqil taraqqiyot yillarida ikkita renessansni (ya'ni buyuk 
rivojlanishni) o'z tarixiga muhrlab qo'ydi. Birinchi uyg'onish davrida (IX-
XIIasrlar) ilmiy va diniy bilimlarning uyg'unligi asnosida dunyoni larzaga 
keltiradigan buyuk kashfiyotlar qilindi. Yurtimiz ilm-fan o‟chog'iga aylandi. 
Ibn-Sino, Forobiy, Al-Xorazmiy, Beruniy kabi mutafakkirlar tabiy-ilmiy 
bilimlarni yangi sifat bosqichiga ko'targan bo'lsalar, At-Termiziy, Moturidiy, 
Imom Buxoriy, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband, Najmiddin Kubro 
kabi ulamolar islom dinini milliy g'oya va qadryatlarimizga uyg'un holda 
rivojlantirdilar. Imom Buxoriy musulmon dunyosida «hadis ilmining sultoni» 
sifatida e'tirof etildi. 
Mamlakatimiz Islom ilmining markaziga aylandi.Islom dinidagi hanafiy 
mazhabi, yassaviya, kubroviya, naqshbandiya tariqatlari o'zbek xalqining 
milliy g'oyasiga mos holda rivoj topdi. 
Ikkinchi uyg'onish XIV-XVI asrlarda o'zbek davlati dunyoda eng 
rivojlangan, kuchli va adolatli davlatga, Amir Temurning «Kuch adolatdadir» 
g'oyasi esa mamlakatning harakat dasturi va amaliyotiga aylandi. Alisher 
Navoiy kabi buyuk allomalar komil inson g'oyasini fan darajasiga ko'tardi. 
Bugun g'arb olimlari 500 yil oldin o'rganilgan mavzuni inson omili, inson 
huquqi masalasini antropologiya fani tarkibida katta qiziqish bilan 
o'rganishmoqda.Bugun uchinchi uyg'onish - Mustaqil O‟zbekiston davri 
boshlandi.U 1989 yildan O‟zbekistonning eng yangi tarixi davrini boshlab 
berdi. Bugun o'zbek xalqining milliy g'oyasi huquqiy demokratik davlat va 
fuqarolik jamiyatining rivojlanish g'oyasiga aylanib, O‟zbekiston 
Respublikasining Konstitusiyasi va Qonunlariga singdirilib, amaliyotga 
tatbiq etilmoqda. 


Tarixiy tafakkurning rivojlanishi ma‟rifat asosida, ma‟rifatli bo„lish negizida 
sodir bo„ladi. 1991-yili Alisher Navoiy tavalludining 550 yilligi keng 
nishonlandi. Bu to„yga respublikada katta tayyorgarlik ko„rildi va u xalqning 
katta madaniyat bayramiga aylandi. Uning yigirma jildlik mukammal asarlar 
to„plami nashr etila boshlandi.Yubiley oldidan Alisher Navoiyning buyuk 
siymosi ifoda etilgan sahna asarlari, kinofilmlar yaratildi.Alisher Navoiy 
nomida Davlat mukofoti ta‟sis etildi.Adabiyot institutiga Alisher Navoiy 
nomi berildi. Mamlakat poytaxti Toshkentda ulug„ bobomizning muhtasham 
haykali qo„yildiki, bu joy xalqning muqaddas ziyoratgohiga aylandi. Navoiy 
haykali Komsomol ko„li deb nomlangan istirohat bog„iga o„rnatildi va bog„ 
Alisher Navoiy nomidagi milliy bog„ deb ataladigan bo„ldi. 
1994-yilni hukumat qarori bilan Ulug„bek yili, deb e‟lon qilinishi, uning 600-
yilligini O„zbekistonda va jahon miqyosida, xususan, YUNESKO qarorgohi 
Parijda keng nishonlanishi ham buyuk allomalar qoldirgan meros 
umuminsoniy qadriyatga aylanganligi nishonasidir. 1996- yil Amir Temur 
tavalludining 660 yilligi ham keng miqyosda nishonlandi. Islom Karimov 
«1996-yilni Amir Temur yili» deb atash to„g„risida farmon qabul qildi. 
«Temur tuzuklari» bir necha tilda chop etildi. O„sha davr tarixiy madaniy 
yodgorliklarini tiklab, yozma adabiyotlar ilmiy muomalaga kiritildi. Juda 
qisqa fursatda, Toshkentda bobokaloni-mizning dunyoviy sha‟ni va 
shavkatiga mos keladigan Amir Temur va temuriylar davri tarixi muzeyi 
qurildi. 
Hukumatning maxsus qaroriga binoan, 1999-yil dekabrda Xorazmda 
Muhammad Rizo Erniyozbek o„g„li Ogahiy tavalludining 190 yilligi, 
Nukusda Ajiniyoz Qosiboy o„g„li tavalludining 175 yilligi, 1998-yil oktabrda 
esa Farg„onada Ahmad al-Farg„oniy tavalludining 1200 yilligi keng 
nishonlandi. Islom olamining zabardast allomalari Imom Buxoriy, Imom 
Termiziy, Abu Muin Nasafiy, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy, 


Najmiddin Kubro, Imom Moturidiy va boshqalarning ilmiy merosi o„rganilib, 
ko„plab nusxalarda chop etilmoqda. Imom Ismoil Buxoriy, Imom Abu Iso 
Termiziyning 1200 yilligi, Mahmud Zamaxshariyning 920 yilligi, Najmiddin 
Kubroning 850 yilligi, Bahouddin Naqshbandiyning 675 yilligi, Xoja Ahror 
Valiyning 600 yilligi va boshqa allomalarning yubileylari keng nishonlandi. 
1999-yil vatanparvar siymo, xalq qahramoni Jaloliddin Manguberdi 
tavalludining 800-yilligi, xalq dahosi yaratgan Alpomish dostonining 1000-
yilligining nishonlanishi, Urganch va Termizda ular xotirasiga barpo etilgan 
yodgorlik majmuasi jamiyat ma‟naviyatini yuksaltirishga, milliy ong va 
milliy g‟ururni ko‟tarishga xizmat qilmoqda. Vatanimiz ozodligi yo‟lida 
shahid ketgan Abdulla Qodiriy, Cho‟lpon, Fitrat, Usmon Nosir va boshqa 
xalq jigarbandlarining nomi, izzat-ikromi, hurmati o‟z joyiga qo‟yildi, 
asarlari chop etildi. Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkentda 
mustamlakichilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida 
«Shahidlar xotirasi» yodgorlik majmui, «Qatag‟on qurbonlari xotirasi» 
muzeyi, fashizmga qarshi janglarda jon fido etgan xalqimizning farzandlari 
xotirasini abadiylashtirish maqsadida «Xotira-maydoni» majmuasi barpo 
etildi. Bu tadbirlar xalqimizda milliy ongni yuksaltirishga, tarixiy xotirani 
tiklanishiga, yoshlarni milliy istiqlol g‟oyalari ruhida tarbiyalashga xizmat 
qilmoqda. 
O'zbek xalqining ma'naviy merosida insonparvarlik g'oyalari singdirilgan. 
Ajdodlarimiz insonparvarlikni fan darajasiga ko'tarishgan. Forobiy - «fozil 
inson», Najmiddin Kubro, Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshband - «Orif 
inson», Alisher Navoiy - «komil inson» ta'limotlariga asos solishgan. Bugun 
ham, o'tmishda bo'lganidek, insonparvarlik borasida xalqimiz boshqa 
xalqlarga saboq berishi mumkin.Ommaviy madaniyat, axborot hurujlari 
kuchayotgan sharoitda asosiy muammo yot, buzg'unchi g'oyalar ta'siriga 


tushmasdan, g'oyaviy bo'shliqqa yo'l qo'ymasdan, ma'naviy merosimizga, 
milliy g'oyamizga sodiq qolishdir. 
O‟zbek xalqining ming yillar davomida shakllangan, mustamlakachilik 
davrida oyoq-osti qilingan, insonparvar urf-odatlari va an‟analari, madaniy 
qadriyatlari mustaqillikning dastlabki yillarida ehtiyotlab tiklandi va yangi 
ma‟no-mazmun bilan boyitildi. Maqomchilar, to‟y-marosim qo‟shiqlari, 
shoir-baxshilar va folklor-etnografik dastalarning o‟nlab ko‟rik-tanlovlari 
o‟tkazildi. Pianinochi va skripkachilarning simfonik va kamer musiqalari, 
zamonaviy estrada guruhlarining festival va tanlovlari bo‟lib o‟tmoqda. 
Mamlakatimizda o‟zbek tilining xalq va davlat turmushidagi o‟rni va 
ahamiyati qayta tiklandi. Davlat tili haqidagi qonunda o‟zbek tili o‟zbek 
xalqining ma‟naviy mulki ekanligi, uning ravnaqi, qo‟llanilishi va 
muhofazasi davlat tomonidan ta‟minlanishi belgilab qo‟yildi. Oliy davlat 
hokimiyati, mahalliy hokimiyatv va boshqaruv organlarida, korxonalar, 
muassasalar va tashkilotlarda ish geografik o‟rinlarning nomlariga yagona 
milliy shakl berildi va o‟zbek tilida yozib qo‟yildi. Natijada o‟zbek xalqining 
milliy qadr-qimmati qayta tiklandi va mustahkamlandi. Shuningdek, 
O‟zbekistonda istiqomat qilayotgan barcha millat va elatlarning tili, qadr-
qimmati ham o‟z o‟rniga qo‟yilgan. 
O‟zbekistonda millatlararo totuvlik Konstitusiya va qonunlariga singdirilgan. 
Jumladan, bosh qomusimizda «O‟zbekiston xalqini, millatidan qat'i nazar 
O‟zbekiston Respublikasining fuqarolari tashkil etadi», degan muhim qoida 
belgilab qo'yilgan, (8-modda). 
145 dan ziyod milliy - madaniy markazlar (Chingiz Aytmatov iborasi bilan 
aytganda kichik BMTlar) millatlararo totuvlik g'oyasini hayotga tatbiq 
etmoqda. 
«Yagona oilada» («V edinoy semie») jurnali nashr etilmoqda. Ruslarning 
«Maslennisa», tatar boshqirdlarining «Sabanto'y», uyg'urlarning «Sayil», 


bayramlari xitoylarning «Chunuze» yangi yili, koreyslarning «Soller» va 
“Ovoli – tano” bayramlari nishonlanmoqda. Har yili respublikamiz 
miqyosida «Biz yagona oila farzandlarimiz», «Vatan yagonadir, Vatan 
bittadir», «O‟zbekiston umumiy uyimiz» shiori ostidagi fistivallar 
o'tkazilmoqda. O‟zbekistonda etti tilda: o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, 
turkman, qirg'iz va qozoq tillarida ta'lim olib borilmoqda. Gazetalar sakkiz 
tilda (o'zbek, qoraqalpoq, rus, tojik, turkman, qozoq, ingliz, koreys tillarida) 
nashr etilmoqda.Radio eshittirishlar o'n bitta tilda olib borilyapti.Islom 
Karimov iborasi bilan aytganda millatlararo totuvlik O‟zbekistonning 
dushmanlari ko'ra olmaydigan eng katta boyligidir. 
Prezident Shavkat Mirziyoyevning e‟tibori bilan el-u yurtga mehnati singgan 
insonlarning hurmatini joyiga qo„yish an‟anasi davom ettirilmoqda.2017-
yilning o„zida bu borada ulkan ishlar amalga oshirildi. Toshkent va 
Samarqandda Islom Karimov (2018-yil Qarshida), Namangan viloyatida 
Is‟hoqxon 
Ibrat, 
Xorazm 
viloyatida 
Komiljon 
Otaniyozov, 
Qoraqalpog„istonda Ibroyim Yusupov, Farg„onada Erkin Vohidov, 
Qashqadaryoda Abdulla Oripov, Andijonda Muhammad Yusuf xotiralarini 
abadiylashtirish bo„yicha yirik tadbirlar o„tkazildi. Ularning nomi bilan 
ataladigan markazlar, ijodiy maktablar tashkil etildi. Jizzax shahrida Hamid 
Olimjon va Zulfiya xotirasiga bag„ishlab barpo etilgan yodgorlik majmuasi 
ochildi. 
Yurtimiz taraqqiyoti yo„lida fidokorona xizmat qilgan, milliy adabiyotimiz 
va madaniyatimiz rivojiga ulkan hissa qo„shgan atoqli davlat arbobi, taniqli 
yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligi nishonlanishi xalqimizni 
quvontirdi. O„zbekiston Prezidentining 2017-yil 27-martdagi «Atoqli davlat 
arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash 
to„g„risida»gi qarori asosida 2017-yil 6-noyabr – Sharof Rashidov tug„ilgan 
kuni Jizzaxda tantanali tadbirlar bo„lib o„tdi. Jizzax shahridagi tadbirda 


O„zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, nutq 
so„zladi. 
O„zbekiston 
Respublikasi 
Prezidentining 
2017-yil 
25-yanvardagi 
«O„zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug„aniyevich 
Karimovning xotirasini abadiylashtirish to„g„risida»gi qaroriga ko„ra, Islom 
Karimov haykallari O„zbekiston poytaxti Toshkent shahriga, Islom Karimov 
tug„ilib o„sgan Samarqand shahriga va Islom Karimov birinchi rahbar bo„lib 
ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahriga o„rnatildi. Bundan 
tashqari, 2018-yilda Shavkat Mirziyoyev tashabbusi va rahnamoligida 
Samarqand shahrida, Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik 
majmuasi barpo etildi. Islom Karimov ko„p yillar davomida faoliyat olib 
borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi 
ilmiy-ma‟rifi y yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Shuningdek, bir qator 
ko„chalar va yirik ob‟yektlarga Islom Karimov nomi berildi. Prezident 
farmoni bilan 2018-yil 30-yanvarda Islom Karimov tavalludining 80 yilligi 
keng nishonlandi, 24-martda esa Samarqandda xalqaro konferensiya 
o„tkazildi. 

Download 212,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish