Kutiladigan miqdor - bu mumkin bo`lgan barcha natijalarning
o`rtacha o`lchangan qiymatlari. Chetlanish - bu haqiqiy natija bilan
kutiladigan natija o`rtasidagi farq bo`lib, u tavakkalchilikdan
(yo`qotishdan) darak beradi.
Insonlar tavakkalchilikga borishga tayyorligi bo`yicha uch turga
bo`linadi: tavakalchilikga borishga moyil, tavakkalchilikga borishga
qarshi, ya′ni moyil emas va tavakkalchilikka befarq qaraydigan insonlar.
Tavakkalchilikni pasaytirishning quyidagi turlari mavjud:
diversifikatsiya, sug`urtalash, tavakkalchilikni birlashtirish,
tavakkalchilikni taqsimlash, axborot izlash, fyuchers, opsion, xedjerlash va
boshqalar.
Bozorda sotiladigan tovar to`g`risida, tovarni ishlab chiqaruvchi
firmaning nomi to`g`risidagi axborotlar, tovar markasi, firma belgisi,
firmaning obro`i, tovar sifati va kafolati to`g`risidagi axborotlar bozor
signallari bo`lib xizmat qiladi va bu signallar tovar sotib olishdagi
tavakkalchilikni kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |