O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI MAXSUS PEDAGOGIKA VA INKLYUZIV TA’LIM FAKULTETI
MUSTAQIL TA’LIMDAN MASALALAR
Bajardi: Abdullayeva Muborakxon
Qabul qildi: Uchkun Rahmatov
Mavzu: Odam populyatsiyasida Xardi-Vaynberg qonunini qo’llanilishiga doir 10 ta masala tuzish va ularning yechimlari.
Xardi –Vaynberg qonuni bo‘yicha masalalar ishlash 1908-yil ingliz matematigi Godfri Xarold Xardi va nemis vrach - genetigi VilgelmVaynberg bir-biridan mustaqil ravishdan qonun yaratishdi. Bu qonunga binoan populatsiyada gomozigota va geterozigota organizmlarni tarqalishini algebraik formula bo‘yicha xisoblab topish mumkin. Dominnat allel (A) uchrash chastotasi p bilan, retsessiv allel(a)ning uchrash chastotasi esa q bilan belgilanadi. Populatsiyada bu allellarning uchrash chastotasini quyidagi formula bilan aniqlanadi: p + q = 1 (yoki 100%). Panmiksiya yuz beradigan populatsiyalarda bu gametalarning uchrash ehtimolligini genotiplar nisbatiga qarab aniq hisoblash mumkin.
Birinchi avlod fenotipi
Birinchi avlod genotipi Aa x Aa
Fenotip: Dominant gomozigota Dominant geterozigota Retsessiv gomozigota Genotip: AA(p2 ) 2Aa (2pq) aa(q2 ) Xardi va Vaynberg bu ma’lumotlar asosida quyidagi formulani ishlab chiqdi:
AA + 2Aa + aa = 1 yoki p2 + 2pq + q2 = 1 Bu formula yordamida populatsiyada uchrovchi har qanday belgini uchrash chastotasini xisoblab topish mumkin
Lekin bu formulani quyidagi vaziyatlardagina ishlatish mumkin bo‘ladi : 1. Populatsiya tarkibidagi individlar soni ko‘p bo‘lib, unda panmiksiya (erkin chatishish) yuz bersa;
2. Hamma genotiplar yashovchan deb hisoblansa, nasl bersa va tabiiy tanlanish yuz bermasa;
3. Mutatsiyalar uchramasa, yoki juda kam uchrasa;
4. Populatsiya genotipida o‘zgarish yuz bermasa. Tabiatda bunday populatsiya uchramasligini hisobga olib shuni aytish mumkinki, Xardi-Vaynberg qonuni ideal populatsiya uchun qo‘l keladi. Shunday bo‘lsada bu qonun tabiiy populatsiyalarda uchrovchi bir qancha genetik hodisalarni tahlili uchun ishlatiladi.
Masalan, agar fenilketonuriya kasalligi yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda 1:10000 nisbatda uchrasa va autosom-retsessiv irsiylansa, dominat belgi bo‘yicha gomozigota va geterozigotalarning qanchaligini hisoblab topish mumkin. Fenilketonuriya bilan og‘rigan bolaning genotipi q 2 (aa) = 0,0001. Bu yerdan q = 0,01.
Yechish: p = 1-0,01 = 0,99. Geterozigota organizmlarni uchrash chastotasi 2pq 2 × 0,99 × 0,01 ≈ 0,02 yoki ≈ 2 % Endi dominant va retsessiv belgilar uchrash chastotasini hisoblab topamiz AA = p2 = 0,992 = 0,9801 ≈ 98 % Aa = q2 = 0,012 = 0,0001 ≈0,01 % .
Masala: Ma’lum belgi bo‘yicha geterozigotali organizmlar o‘zaro chatishtirildi. Agar ushbu populatsiyada shu belgi retsessiv allel(aa)ining uchrash chastotasi 75 % ga yoki ¾ ga teng bo‘lsa, bu chatishtirishdan hosil bo‘lgan avlod genotipik nisbat qanday bo‘ladi? Ishlanishi: Oddiy monoduragay chatishtirish o‘tkazganimizda Aa x Aa chatishtirishdan olinadigan genotipik nisbat 1 : 2 : 1 bo‘lar edi. Bu yerda esa masala quyidagicha ishlanadi:
Demak bu yerda: AA - 1; Aa - 6; aa - 9, ya’ni 1 : 6 : 9 nisbat. Masala: Populatsiyada A va a genlarining nisbati mos ravishda 0,8 va 0,2 ga teng. Shu populatsiyada ikki geterozigotali organizm chatishtirildi va 1800 ta organizm olindi. Gomozigota va geterozigta organizmlarning o‘zaro nisbatini toping. Ishlanishi : Genlarning uchrash chastotasi Xardi-Vaynberg qonuni tenglamasi bo‘yicha topiladi: p 2 + 2pq + q2 = 1 Bu yerda p dominant gen chastotasi; q retsessiv gen chastotasi. Berilgan masalada A = 0,8; a = 0,2 ga. Yuqoridagi tenglama bo‘yicha : p 2 + 2pq + q2 = 0,82 + 2 × 0,8 × 0,2 + 0,22 = 0,64 + 0,32 + 0,04 = 1 Demak AA = 0,64 (64%); Aa = 0,32(32 %); aa = 0,04 (4 %). 1800 ta avlodning 100% deb oladigan bo‘lsak, quyidagi nisbat chiqadi: 1800 — 100% x — 64% 𝑥 = 64 x 1800 100 = 1152(𝐴𝐴) 1800 — 100% x — 32% 𝑥 = 32 x 1800 100 = 576(𝐴𝑎) 1800 — 100% x — 32% 𝑥 = 4 x 1800 100 = 72(𝑎𝑎) Javob: AA - 1152; Aa - 576; aa – 72
Masala: Dengiz cho‘chqalarida junining kaltaligi (A) uzunligi (a) ustidan dominantlik qiladi. Dengiz cho‘chqalarining populatsiyasida A gen uchrash chastotasi 60 %, a genniki esa 40 %. Populatsiyada 3600 ta individ bo‘lsa, nechtasining juni kalta gomozigota(1), nechtasining juni uzun(2), nechtasining juni kalta geterozigota(3) ? Ishlanishi : Bu masalada ham Xardi-Vaynber qonuni formulasidan foydalanib quyidagi tenglikni chiqaramiz: 0,62 + 2 × 0,6 × 0,4 + 0,42 = 1 Bundan 0,36 + 0,48 + 0,16 = 1 chiqadi. Demak AA = 36 %; Aa = 48 %; aa = 16 %. 3600 ta individni 100 % deb olsak, masalani sharti bo‘yicha quyidagi natija chiqadi: 1) 3600 — 100% x — 36% 𝑥 = 36 x 3600 100 = 1296(𝐴𝐴) juni kalta gomozigotali individlar(AA)–1296 ta; 2) 3600 — 100% x — 16% 𝑥 = 16 x 3600 100 = 576(𝑎𝑎) 2- juni uzun individlar(aa) – 576 ta; 3) 3600 — 100% x — 48% 𝑥 = 48 x 3600 100 = 1728(𝐴𝑎) 3- juni kalta geterozigota individlar(Aa) – 1728 ta. Javob: AA – 1296, aa – 576, Aa – 1728 Masala : Tulkilar populatsiyasida 1000 ta sariq tulkiga 10 ta oq tulki to‘g‘ri keladi. Yuqoridagi ma’lumotdan foydalanib ushbu populatsiyadagi sariq gomozigotali(a), sariq geterozigotali(b) va oq(c) tulkilar necha foizdan uchrashini aniqlang ? Ishlanishi: Bu yerda p 2 + 2pq + q2 = 1 tenglama bo‘yicha ishlash uchun dastlab q 2 ni topib olamiz: q 2 = 10/1000 = 0,01; Bundan q = 0,1. Keyin p ni topamiz, p + q = 1 bo‘lganligi uchun p = 1 - 0,1 = 0,9. Demak 0,92 + 2 × 0,9 × 0,1 + 0,12 = 1. Bundan 0,81 + 0,18 + 0,01 = 1. Foiz nisbatda esa a = 81 %; b = 18 %; c = 1 %. Javob: a - 81; b - 18; c -1.
Do'stlaringiz bilan baham: |