Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’limdan ko‘zlangan maqsad va vazifalar - bu talabalarda mustaqil bilim olish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Mustaqil ta’lim seminar mashg‘ulotlariga tayyorgarlik ko‘rishdan tashqari fan dasturida ko‘rsatilmagan, ammo fan bo‘yicha talabaning bilim doirasini kengaytiruvchi qo‘shimcha mavzular doirasida berilgan topshiriqlarni bajarishni o‘z ichiga oladi.
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
O‘zbekistonda ijtimoiy sohada amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar.
Mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi tizimida amalga oshirilgan islohotlar.
Yuksak ma’naviyatli yoshlarni tarbiyalashda O‘rta Osiyo allomalari ilmiy merosining o‘rni (allomalarning ilmiy faoliyati misolida).
O‘zbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarining faoliyati (o‘zgarish va muammolar)
O‘zbekistonda millatlararo munosabatlar va diniy siyosat
O‘zbekistonda Yoshlarga oid davlat siyosati
Zamonaviy transport-kommunikatsiya tizimining shakllanishi – O‘zbekistonning muhim geosiyosiy vazifalaridan biri
Qishloq xo‘jaligi va sanoat sohasidagi o‘zgarishlar.
O‘zbekistonda inson huquqlari va erkinliklari kafolatining yaratilishi.
Milliy havfsizlikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar.
Iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi ustuvor xalqaro reytinglar va ularga O’xbekistonning integratsiyalasuvi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi huzurida O‘zbekistonning eng yangi tarixi bo‘yicha jamoatchilik kengashi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi Qarorining mazmun-mohiyati.
Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning roli.
O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati.
O‘zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki.
O‘z-o‘zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o‘rni.
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining ustuvor jihatlari.
O‘zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo‘nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.
Prezident Sh.M. Mirziyoyevning keng miqyosli iqtisodiy islohotlari: valyutani erkin konvertatsiya qilish, moliya tizimini isloh qilish, soliq tizimini soddalashtirish, biznesni yuritish shartlarini soddalashtirish, korxonalar uchun eksportni rivojlantirish, monopoliyalarni bekor qilish, majburiy mexnatni taqiqlash, investitsiyalarni keng jalb etish.
Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O‘zbekiston Respublikasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
Prezident Sh.M.Mirziyoyevning fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasidagi yangi dasturi – “Kuchli davlatdan-kuchli fuqarolik jamiyatiga” Konsepsiyasining mohiyati.
Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot.
“2030 yilgacha O‘zbekiston xalq ta’limi tizimini rivojlantirish konsepsiyasi”ning ustuvor jihatlari.
Besh tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o‘rni.
O‘zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati.
Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo‘nalishlar.
Talaba tavsiya etilagan mavzulardan birini tanlaydi va quyidagi shakllarda bajaradi:
|
Referat
|
Glossariy
|
Test savollari
|
Taqdimot
|
|
10-15 betdan iborat
|
Mavzuga oid muhim atamalar izohi (kamida 10 ta atama)
|
10 ta test savollari
|
Mavzu bo’yicha slayd
(kamida 12 sahifa), grafik va rasmlardan foydalanish tavsiya etiladi
|
Eslatma: Mustaqil ta’lim uchun 10 ball ajratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |