So’zlashuv uslubi:
Ha, qashqirdan tug’ilgan qashqircha! – dedi titroq bosib. – Bitta shaltoq buzoq bir podani buzadi! – u qo’limni og’ritib siqqanchao’ziga torta boshladi. Lekin shu payt jikkak mo’ysafid:
Qo’yib yubor bola paqirni, - dedi oraga tushib.
Qashqircha, shaltoq, bola paqir kabi biriliklar erkin muloqot, ya’ni so’zlashuv uslubiga xos ekanligini yaqqol ko’rsatib turibdi. Dialogda so’zlashuv aks etgan.
Ilmiy uslub:
Hajviy asarlarda jamiyatdagi illatlarni, yomon xulqli kimsalarning kirdikorlarini yaqqol fosh etish uchun voqealar bo’rttirib ko’rsatiladi, mubolag’a, fantaziya, sifatlash, o’xshatish, qarshilantirish kabi badiiy tasvir vositalaridan keng foydalaniladi.
Berilgan ushbu parcha orqali ilmiy ma’lumot berish ko’zda tutilgan.
Har bir sohaning o’z ilmiy uslubi mavjud. Adabiyotshunoslikka doir ushbu matn aniq ma’lumotlarga egaligi, terminlarning qo’llanilganligi bilan ilmiy uslubning yorqin namunasidir. mubolag’a, fantaziya, sifatlash, o’xshatish, qarshilantirish kabi atamalar qo’llanilgan.
Rasmiy uslub – hujjatlar, qaror va farmoyishlar tili.
Dalolatnoma 1 varaqda 2 nusxada rasmiylashtirildi. Standartlarni tekshirish va nazorat qilish hamda o’lchovlarning yagona birlikda bo’lishini ta’minlash bo’yicha davlat inspektori Azimov F.ga yuklatilsin.
Aniq, ixcham va lo’nda rasmiy ma’lumot berish rasmiy uslubning asosiy xususiyatidir. Rasmiylashtirildi majhul nisbatda hamda yuklatilsin 3-shaxs buyruq maylida qo’llanilgan fe’llar rasmiy uslubda ekanligiga ishora qiladi.
Badiiy uslub:
Shoikrom uxladimi, yo’qmi, bilolmiadi. Bir mahal bola yig’ladimi yo tashqarida shamolning guvillashi aralash dahshatli bir faryod qulog’iga kirdimi, anglay olmay qoldi. Sapchib o’rnidan turib ketti. Shu ondayoq xato qilganini, qotillik qilganini payqadi. Sim uchuni shartta ilgakdan yulib olib, hovliga otildi. Keyin buklanib yotgan odamdan uch qadam beriroqda to’xtadi-yu, birdan cho’kkalab qoldi. Bir lahza ko’zlari olayib tikilib turdi-da, ko’ksidan shamol g’uvurini ham, o’z vujudini ham larzaga soluvchi bir nido otilib chiqdi:
O’.Hoshimov qalamiga mansub “Urushning so’nggi qurboni” hikoyasidan olingan ushbu parchada voqealar o’z badiiy talqinini topgan . Inson kechinmalari, voqealar rivoji so’z qudrati ila o’z ta’sir kuchiga erishgan. shamolning guvillashi aralash dahshatli bir faryod, vujudini ham larzaga soluvchi bir nido kabi birikmalar orqali badiiy tasvir ta’sirchanligiga erishilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |