Mustaqil ta’lim
Tayyorladi:K.Muhammad Tekshirdi:Eshniyazova Maysara
Reja:
1.Matn nima 2.Matnning tarkibi 3.Matn turlari
26.03.2022
Matn – yozuvda yoki boma holda shakllantirilgan mualliflik asari yoki hujjat. Har bir matn ma’lum bir narsa, voqea – hodisani tasvirlaydi, u haqda xabar beradi, so`zlovchining munosabatini ifodalaydi. Matn o`z tuzilishiga ko`ra murakkab sintaktik, butunlik, xat boshi (abzas), bo`lim, qism, bob va paragraflardan tashkil topishi mumkin. Abzas – nemischa : ich tomon, orqa tomon surmoq degan vazifani bildiradi. Abzas – yozma nutq matndagi yangi yo`l (qator)dan biroz joy qoldirib boshlash. Abzas kompozitsion uslubiy ajratish xarakteridagi nutq birligi bo`lib, kitobxonning diqqatini yangi fikrga, yangi tasvirga jalb etish vazifasini bajaradi. Bob kitob va asarlarda ma’lum bir tugalikka ega bo`lgan fasli hisoblanadi. Masalan, konstitutsiyada 26 ta bob bo`lib ularda kamida 3 yoki 4 ta modda bor. Har bir modda yozilish jihatdan bir-biriga yaqin ma’nolarni biliradi. Bo`lim – ilmiy yoki badiiy matnning ma’lum bir narsalarga bag`ishlangan mazmuniy yaxlitlikka ega bo`lgan alohida bir qismi. Bo`lim kitob va asarlarda muayyan bir bo`laklarni ma’no jihatdan ajralib ko`rinishini ifodalaydi. Shu bilan birga ilmiy ish yoki badiiy asarning, davriy nashr va to`plamlarning har bir mustaqil qismidir Masalan, gazetaning e’lonlar bo`limi, yangiliklar bo`limi, maslahatlar bo`limi va hakozo Qism – bo`lak, ulush, hissa, bo`linma kabi ma’nolarni bildirib matnda bo`lim bilan bir xil va teng o`rinda yuritiladi. Masalan, “Kecha va Kunduz” romani 2 qismdan tashkil topgan, ya’ni, “Kecha” hamda “Kunduz” . - Paragraf – bu matnning nomini bildiradi hamda bo`lim va qismlarni umumiy bir nom ostida birlashtirish vazifasini bajaradi.
- Masalan, Said Ahmadning “Ufq bo`sag`asida”, “Hijron yillarida” va “Qirq besh kun” asarlari yagona paragraf bilan ya’ni “Ufq” trilogiyasi asosida birlashadi.
- Ona tili darslarida qo`llaniladigan bayon ham matnlarning bir turi hisoblanadi.
- Bayon usulining yana bir nomi muhokamadir.
- Muhokama matnining o`ziga xos xususiyati shundaki so`zlovchi bayon qilinayotgan voqea hodisaga o`z munosabatini ifodalaydi.
. - Matnlar uslub jihatidan ham rang-barangdir. Ona tili mashg`ulotlarida badiiy, publisistik, ilmiy va rasmiy matnlardan foydalaniladi. Har bir uslub ma’lum bir til me’yorlarini talab qiladi.
- Badiiy matn
- Badiiy uslubda yozilgan matnlarning o`ziga xos xususiyatlari ularda tasviriylik va tasirchanlikning kuchliligidir. Har bir inson badiiy matn yaratishda tabiat va ijtimoiy borliqqa nisbatan erkin munosabatda bo`ladi.
- Badiiy matn tasviriy, obrazli va jozibali bo`ladi. U xalq tilining barcha imkoniyatlarini o`zida aks ettiradi.
. - Publisistik matn
- Bu matn kundalik hayotda turli jarayonlarni ommabop tarzda aks ettiradi.
- Publisistik matn o`zining boyligi, konkretligi, ekipressivligi, tashviqot va targ`ibot harakterdaligi bilan boshqa matnlardan farq qiladi. Bunday matnlarda siyosiy terminlar, neologizmlar, turli kasb-hunar so`zlari hatto so`zlashuv nutqi elementlari ham uchraydi.
- Ilmiy matn
- Bu tip matn adabiy til normalarini to`la saqlagan, faktik materiallarga boy, aniq, siqiq xabarlarni o`z ichiga oladi.
- Ilmiy matn monologik harakterda bo`lib, unga ko`chma ma’noli so`zlar, hazil so`zlar ishlatilmaydi.. Har bir fanga xos ilmiy terminlar va formulalar ilmiy matn asosini tashkil qiladi.
- Rasmiy matn
- Hukumat qarorlari, shartnomalar, rasmiy e’lonlar, ayniqsa rasmiy ish qog`ozlar, ariza tarjimai hol, ishonch qog`ozi, tavsifnoma, hisobot, ma’lumotnoma, qaror, telegramma kabilar bilan ish ko`rish jarayonida nutqning bu ko`rinishini mukammal egallab boradilar
.
The end
Do'stlaringiz bilan baham: |