Mustaqil so’z turkumi. Reja: - Fe’l so’z turkumi haqida umumiy ma’lumot.
- Fe’lning lug’aviy shakli
- Fe’lning sintaktik (munosabat) shakli
- Fe’l yasalish
Ma’noviy xususiyati. - Harakat va holat bildiruvchi so’z fe’l deyiladi: Bola yugurdi (harakat). Sitora uxladi.
Fe’l nima qilmoq, nima bo’lmoq so’rog’ini oladi. - Ravishdosh shakli qay tarzda (shoshilib) nima uchun (shoshganidan) nima maqsadda, qachon (o’qigach), qanday, qaysi (o’qigan bola) so’roqlarga javob bo’ladi.
Lug’aviy ma’no turi. Maktab darsligida fe’lning 4 ta ichki lug’aviy ma’no guruh ajratiladi. - Nutqiy faoliyat: gapirmoq
- Aqliy faoliyat: o’ylamoq
- Jismoniy faoliyat: chizmoq
- Holat: kulmoq
Morfologik xususiyati. - Fe’l o’ziga xos shakl yasovchiga
- ega:
- Lug’aviy shakl yasovchi: nisbat, bo’lishli-bo’lishsizlik, vazifa shakli, ko’makchi fe’l, harakatning kuchsiz darajasi,va davomiyligini bildiruvchi qo’shimcha;
- Sintaktik (munosabat)shakl yasovchi: tasdiq-inkor, zamon, shaxs-son, mayl.
Grammatik ma’no turi. - Fe’l grammatik jihatdan o’timli va o’timsiz fe’lga bo’linadi.
- O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’zga bo’g’lanadi: o’qidi, ko’rdi,yod oldi kabi. Bu so’z kimni, nimani so’rog’iga javob bo’ladi: nimani o’qidi, kimni ko’rdi, nimani yod qildi kabi.
O’timli fe’l tushum kelishigidagi so’zga bo’g’lanadi: o’qidi, ko’rdi,yod oldi kabi. Bu so’z kimni,nimani so’rog’iga javob bo’ladi: nimani o’qidi, kimni ko’rdi, nimani yod qildi kabi. - O’timsiz fe’l tushum kelishigidagi so’zga bog’lanmaydi: bordi, uxladi, ranjidi, xandon urdi kabi. Bu so’z kimni, nimani so’rog’iga javob bo’lmaydi.
Otlashgan so’z otning so’z yasovchidan boshqa qo’shimchasini oladi. - Sintaktik xususiyati. Fe’l gapda quydagi vazifada keladi:
- Kesim: U choyxona yonidan o’tdi
- Hol: Bola shoshilib gapirdi
- Aniqlovchi: O’qigan kishi o’zdi.
- Kirish: Aytishicha, kechga qaytarmish.
Yordamchi fe’l “So’z qo’shib fe’l yasash” mavzusida o’rganildi. - Mustaqil fe’l tuslangan fe’l (sof fe’l) va tuslanmagan fe’lga ajratiladi.
- Kesim vazifasidagi fe’l-tuslangan, ya’ni sof fe’l. Fe’lning nokesimlik shakli (ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi) tuslanmagan fe’l hisoblanadi.
Fe’lning lug’aviy shakli. - Fe’lning lug’aviy shakli sirasiga nisbat, ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi shakli, harakat tarzi (ko’makchi fe’l), harakatning kuchsiz darajasi va davomiyligini bildiruvchi qo’shimcha kiritilgan.
Nisbat. Nisbat-fe’lning lug’aviy shakl hosil qiluvchi. Nisbat shakli harakat va holat bajaruvchiga munosabatini ko’rsatadi. - Nisabat turi quydagi:
- aniq;
- o’zlik;
- majhul;
- orttirma;
- birgalik;
Aniq nisbat. - Aniq nisabat qo’shimchaga ega emas, ya’ni nol shaklli. Bajruvchisi aniq bo’lgan harakat yoki holatni bildirgan fe’l shakli aniq nisbat deyiladi: bildi, ko’rdi, so’radi, aytmadi, qaytmadi.
O’zlik nisbati. - O’zlik nisabti bajaruvchisi ustida amalga oshadigan harkat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli o’zlik nisabati deyiladi.
-(-i)n: tashlan, ko’rin, yuvin, taran, so’kin, suyan, yutin, kiyin, artin, kavshan, o’pkala - -(-i)l tanil, ayril, qayril, bo’g’il, tug’il, qoril, yig’il,otil,qiynal, teshil, tikil.
Ayrim manbada o’zlikning –(i)sh shakli ham qayd etiladi: joylashdi, kirishdi, qorishdi. - O’zlik daraja shakli quyidagi fe’lga qo’shilmaydi:
- 1) o’timsiz fe’l
- 2) ba’zi o’timli fe’l
- O’zlik nisbat shakli ba’zi fe’l o’zakdagi –la so’z yasovchisi bilan yaxlitlanib, bir butunlik hosil qiladi. Bunday fe’l aniq nisbat shaklida deyiladi.
Orttirma nisbat - Bajaruvchining ta’siri bilan boshqa shaxs yoki narsa tomonidan bajarilgan harakat yoki holatni bildiruvchi fe’l shakli orttirma nisbat shakli deyiladi.
Majhul nisbat. - Bajruvchisi noma’lum bo’lgan harakat yoki holatni ifodalovchi fe’l majhul nisbat deyiladi.
Birgalik nisbati. - Birdan ortiq bajaruvchi tomonidan birgalikda bajrilgan harakat yoki holatni ifodalaydigan fe’l shakli birgalik nisbati deyiladi va –(i)sh shakli orqali yasaladi: borishdi.
Fe’lning vazifa shakli 4 ta: - Kesim shakli (sof fe’l)
- Ega, to’ldiruvchi shakli (harakat nomi)
- Sifatlovchi-aniqlovchi shakli (sifatdosh)
- Holat shakli (ravishdosh)
Buni ikkiga bo’lish mumkin: - Kesimlik shakli: zamon, shaxs-son, mayl, bo’lishli-bo’lishsizlik;
- Nokesimlik (kesimdan boshqa vazifaga xoslangan) shakli; ravishdosh, sifatdosh, harakat nomi
Do'stlaringiz bilan baham: |