Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelli elektr yuritmalarda elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar



Download 136,5 Kb.
bet1/4
Sana22.04.2020
Hajmi136,5 Kb.
#46390
  1   2   3   4
Bog'liq
mustaqil qozgatishli ozgarmas tok dvi


Aim.uz

Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatelli elektr yuritmalarda elektromexanik o‘tkinchi jarayonlar
Elektromexanik o‘tkinchi rejimlar asosan o‘zgarmas tok yuritmalari uchun tatbiq etiladi. Chunki ularda elektrmagnit jarayonlar mexanik jarayonlarga nisbatan tezlikka juda katta ta’sir qiladi. Elektromexanik jarayonlarni tahlil etish ancha qiyin. Chunki, bunda differensial tenglamalarning darajasi ancha yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari odatda, elektromexanik o‘tkinchi jarayonlarni tadqiq etish nochiziq bog‘lanishlarni (gisterezis, to‘yinish va h. k.) hisobga olish zarurligi bilan bog‘liq. Shuning uchun hozirda real tizimlarni tadqiq etish uchun raqamli modellash uslubidan foydalaniladi. Bu holda EHMda olingan natija aynan shu qaralayotgan qurilmaga taalluqli bo‘ladi.

Turli elektr mexanik tizimlarini o‘tkinchi jarayonlarga tatbiq etish uchun umumiy analitik yechimga ega bo‘lish kerak. Bu esa parametrlarni o‘tkinchi jarayon­ni kechish vaqtiga ta’sirini, tokning maksimal qiymatlari va boshqalarni aniqlash imkoniyatini beradi. Lekin bunda bir nechta joizliklar va soddalashtirishlar kiritilib, iloji boricha nochiziq bog‘lanishlarni ularga mos bo‘lgan chiziqli bog‘lanishlar bilan almashtirish darkor.

Bog‘lanishlarni chiziqlashtirish maqsadida mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok dvigatellari uchun elek­tromexanik o‘tkinchi jarayonlarni tahlil etishda quyi­dagi shartlarni qabul qilamiz:

— chulg‘amlar (yakor, kompensatsiya va boshqalar) induktivligini o‘zgarmas deb qabul qilinadi;

— yakor reaksiyasi ta’siri ahamiyatga olinmaydi;

— uyurma toklar va gisterezis hisobga olinmaydi.

Ushbu shartlar bajarilganda dvigatel magnit oqimini o‘zgarmas deb qabul qilish mumkin. Bundan tashqari soddalashtirish maqsadida jarayonlarni o‘zgarmas statik moment yoki tezlikka chiziqli bog‘liq, deb qara­ladi.

Boshqarish ta’siri asosan yuritma tizimida ishlatilayotgan ta’minot manbayi bo‘lgan o‘zgartgichning xususiyatlari bilan aniqlanadi.



= const bo‘lgan holni ko‘rib chiqamiz. Bu holda EYK KEw va dvigatel momenti KMI bo‘ladi.

Dvigatel ishini ifodalovchi tenglamalar quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:


KM- MJdw/dt, (6.37)

KEw + Ir LdI/dt. (6.38)
Tezlikning differensial tenglamasini olish uchun (6.37) tenglamani tokka nisbatan yechamiz:
J/KMdw/dt Mq/KM, (6.39)
yoki
= (J/KM)•(dw/dt) Iq, (6.40)
bu yerda: Iq — statik (qarshilik) momenti Mq ga mos keladigan tok.

Vaqt bo‘yicha differensiallaymiz:


dI/dt = (J/KM)•(d2w/dt2). (6.41)
(6.40) va (6.41) ifodalarni (6.38) ga qo‘yib, quyida­gini olamiz:
(6.42)
Aniqlangan tenglamani KE ga bo‘lamiz:
(6.43)
Ushbu ifodada Jr/(KEKM) = TM — elektromexa­nik vaqt doimiysi:
JL/KEK= (Jr/KEKM)•(L/r) = TMTy,
bu yerda: Tya = L/r — elektrmagnit vaqt doimiysi. Vaqt doimiylarini (6.43) tenglamaga kiritib, quyi­dagini olamiz:
(6.44)
Mazkur tenglamadagi birinchi tashkil etuvchi boshqarish ta’sirini, ikkinchisi — tashqi ta’sirni tashkil etadi.

Differensial tenglamalarni yechishning klassik usulini qo‘llab (6.44) tenglamani yechamiz. (6.44) tenglamaning o‘ng tomonini boshqacha ko‘rinishda yozamiz. Buning uchun quyidagi belgilashlarni kiritamiz: w= U/KE, Dw = Iqr/KE — tez­likning statik tushishi; wq = w0-Dwcstatik moment Mq ga mos keladigan tezlik. Bu holda quyi­dagini olamiz:


(6.45)
Salt yurishda o‘ng tomonda ideal salt yurish tezligi w0 bo‘ladi.

Yakor tokining differensial tenglamasini aniqlash uchun (6.40) tenglamani tezlikni vaqt bo‘yicha hosilasiga nisbatan yechamiz:



Download 136,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish