Mustaqil o’zbekistonda


Kichik guruh a’zolarining majburiyatlari



Download 132,5 Kb.
bet15/15
Sana10.06.2022
Hajmi132,5 Kb.
#652155
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
DILSHODA QAYTDI XATOLARINI KO\'RINGLAR

Kichik guruh a’zolarining majburiyatlari:
Kichik guruhning xar bir a’zosi:
- o’rtoqlarining fikrini diqqat bilan eshitishi;
- guruh ishida faol qatnashishi va hamkorlikda ishlashdan bo’yin tortmasligi kerak;
- zarurat bo’lganda yordam so’rashi;
- undan yordam so’rashganda, boshqalarga o’z yordamini berishi;
- guruh ishining natijalarini baholashda ishtirok etishi;
- o’zining rolini yaxshi tushunishi va bajarishi;
- topshiriqni bajarishda, aniq vazifalarini bilishi kerak.

Har bir kichik guruhning etakchisi tayinlangani ma’qul.
Ularni passiv, o’z fikrini aytmaydigan yoki yaxshi o’zlashtiradigan, faol talabalardan tanlash mumkin. Etakchi turli funktsiyarni bajarishi mumkin, kichik guruh a’zolarining topshiriqni bajarishini nazorat qilishi lozim.
Etakchilar guruhning har bir a’zosini individual hissasini, rolini ko’rsatib berishlari kerak. Iloji borichi barcha o’quvchi – talabalarni etakchi rolida sinab ko’rgan ma’qul.
Kichik guruhlarga bo’linib dars o’tish uslubining bir necha modellari – variantlari mavjud. Ular komandalarning o’quv materialini o’zlashtirish natijasini yaxshilashga qaratiladi. Bunda o’qituvchi biron-bir material yoki o’tilgan darsni qisqacha tushuntirib, talabalarga topshiriq beradi. Topshiriq masala, mashq, savolga javob va boshqa shakllardagi nazorat ishi bo’lishi mumkin. Topshiriq komandalar ichida muhokama qilinadi. Keyin o’rganilgan mavzu bo’yicha har bir komanda a’zosi individual tarzda nazorat ishi yozadi. Har bir talabaning ballari jamlanib, umumiy komandaning bali chiqariladi. U shaxsiy va koman-da to’plagan ball bilan taqqoslanadi. Komandalarning olgan o’rinlari aniqlanib, to’plangan balga ko’ra rag’-batlantiriladi.
Ikkinchi modelda musobaqa (tanlov) o’tkaziladi. Bunda komanda a’zolar boshqa komanda a’zolari bilan muso-baqalashib ochkolar to’plashadi.
Uchinchi model, mozaika modeli deb ham ataladi. Bu model ko’proq katta guruh, aytaylik, 25-30 tadan talaba bor guruhlarda qo’llangani ma’qul. Guruhdagi talabalar soni bo’yicha o’qituvchi har bir komandaga 5 yoki 6 tadan talabani jalb qiladi. Har bir komanda tarkibidagi talaba soniga qarab, 5-6 savol yoki qismdan iborat materialni o’rganish uchun topshiriq beriladi.Har bir komandadan bir kishi bitta qismni yoki savolni o’rganadi.
Turli komandalardan shu qism yoki savolni olgan talabalar birga yig’ilib, o’quv topshirig’ini muhokama qiladilar. Bu guruhlarni ekspert guruhlari deb ataladi. Asosiy guruhlarni alfavitdagi harflar bilan talabalarni raqamlar bilan belgilaymiz.
Aytaylik, guruh 30 ta talabadan iborat. O’qituvchi ularni 6 tadan 5 ta guruhga ( A, B, V, G, D ) bo’ladi. Birin-chi guruh A, undagi talabalar A1, A2, A3, A4, A5, A6, ikkinchi guruh B, undagi talabalar B1, B2, B3, B4, B5, B6 va hokazo tarzida bo’linidi. Har bir talaba o’zining raqami bo’yicha asosiy komandasidan, ya’ni harf bo’yicha o’quv materialining ma’lum qismini yoki savolni o’rganish bo’yicha topshiriq oladi. So’ngra mutaxassislar guruhida
( raqamlar bo’yicha ) barcha 1 yoki 2 va hokazo raqamlar asosi-da yangi guruh tashkil bo’ladi. YA’ni mutaxassislar koman-dasi A1, B1, V1, G1, D1, ikkinchi komanda A2, B2, V2, G2, D2 va hokazo tarzida yangi komanda xosil bo’ladi. Har bir asosiy komandadan bir hil raqamdagi, lekin har hil ko-manda a’zolari to’planib, o’zlariga berilgan savol, top-shiriqni muhokama qiladalar. So’ngra har kim ekspertlar guruhidan o’zining asosiy guruhiga qaytadi.
Guruhning har bir qatnashchisi ekspertlar guruhida o’zi o’rgangan masalani gapirib beradi. Guruhning har bir qatnashchisi diqqat bilan o’rtoqlarining fikrini eshi-tishga xarakat qiladi. CHunki berilgan topshiriqni baja-rishning yagona yo’li o’rtoqlarining fikrini diqqat bilan tinglab, tahlil qilib, so’ngra gapirib berishdir. Undan tashqari, har bir talabada o’z topshirig’ini mufassal ba-jarish uchun stimul mavjud. Sababi, u berilgan savol, topshiriqni o’rtoqlari qay darajada o’zlashtirishlariga mas’ul.
Kichik guruhlarga bo’lib dars o’tishdagi to’rtinchi model avvalgi modellardan birmuncha farqlanadi. Bu modelda
kichik guruhdagi har bir talaba berilgan topshiriqni avval alohida o’zi bajarib, fikrini seminar daftariga yozadi. So’ngra guruh birgalikda hammaning fikrini o’rganib chi-qadi. Kichik guruh nomidan yagona javob tayyorlanadi, dars-da barcha guruhlarning javoblari eshitiladi va guruhni erishgan natijasi baholanadi.
XULOSA
Xalq ta’limi tizimi deb muayyan mamlakatlar ichki va tashqi taraqqiyotiga tavsif beruvchi hamda ma’lum bir qoidalar asosida tashkil etilgan barcha ta’lim-tarbiya muassasalarining tuzilishiga aytiladi. O‘zbekistonda Xalq ta’limi tizimi respublikamizni ijtimoiyiqtisodiy va madaniy rivojlantirishning ustuvor sohasi hisoblanadi. Xalq ta’limi tizimi respublikamizning ilm borasidagi kuch-quvvatini, jamiyat, oila va davlat oldidagi o‘z mas’uliyatini anglaydigan erkin shaxsni shakllantirish maqsadini ko‘zlaydi. Xalq ta’limi tizimi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risidagi qonunga muvofiq tashkil etiladi va nazorat qilinadi. Respublikamiz Konstitutsiyasining 18 va 41- moddalarida ko‘rsatilganidek, barcha fuqarolar jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeyidan qat’i nazar, bilim olish huquqiga egadirlar. Shuningdek, fuqarolarning bepul umumiy ta’lim olishi davlat tomonidan kafolatlangandir. Bu huquq ilm olishning tekinligi, yoshlarga umumiy majburiy o‘rta ta’lim berishni amalga oshirishni, o‘qitishni hayot, unumli mehnat bilan bog‘lash asosida rivojlantirish negizida izohlanadi. Fan-texnika taraqqiy etayotgan hozirgi davrda xalq ta’limi tizimining barcha tarmoqlarini muttasil takomillashtirish, uni oqilona uyushtirish va boshqarish masalalariga katta ahamiyat berilmoqda. Òaniqli venetsiyalik sayyoh Marko Polo uzoq vaqt hozirgi Markaziy Osiyo mintaqasi hududida yashagan xalqlarning an’analari, urf-odatlarini o‘rgandi. U o‘z esdaliklarida yosh avlodni hayotga tayyorlashda ko‘p asrlar davomida qo‘llanilgan usul va vositalarga tayangan holda „Nur sharqdan tarqaladi“ degan edi. Qadimgi Yevropada keng tarqalgan mazkur hikmatda Sharq xalqlarining insoniyat madaniyat poydevorini yaratishdagi ulkan hissasi tan olingani ifodalangandir. Lekin ma’naviyatni tiklashga bo‘lgan harakat faqat Yevropada yoki faqat Sharqda boshlangan deyish, G‘arb-u Sharqni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish ham noto‘g‘ri. Ota-bobolarimizning, „O‘tmishni unutganning kelajagi bo‘lmaydi“, degan hikmatli gapi bor. Biz o‘z tariximizni qancha chuqur 56 o‘rgansak, bu yosh avlodga shuncha to‘g‘ri ta’lim berishimizda asqotadi. Markaziy Osiyoda falsafiy, axloqiy-ma’rifiy tafakkurning ilk kurtaklari xalq og‘zaki ijodida o‘z aksini topgan. Ularda yozuv paydo bo‘lgunga qadar va undan keyin ham xalq ruhi va ma’naviy faolligi ifoda etilgan. Sharqda, jumladan, O‘zbekiston hududida azal-azaldan ta’limtarbiya sohasiga juda katta e’tibor berilgan edi. Bolalarni kichik yoshdan ilmga qiziqtirish, axloqi pok, vijdonli, mehr-shafqatli qilib voyaga yetkazish masalalariga ota-bobolarimiz jiddiy qaraganlar. Sharq pedagoglari bolalarni o‘qishga qiziqtirish uchun kitobdagi voqealarni qush va hayvonlar tilidan hikoya qilar edilar. Masalan, „Qobusnoma“, „Axloqi Muhsiniy“, „Kalila va Dimna“ kabi asarlardagi naql-rivoyatlarga odob-axloq qoidalari singdirib yuborilgan. Markaziy Osiyo arablar tomonidan fath qilingan paytlarda ham rivojlangan o‘lkalardan biri bo‘lganligi tarixiy qo‘lyozmalardan ma’lumdir.

TAVSIYALAR YO’Q


1.

Adabiyotlar ro’yxati:


2. Barkamol avlod – O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. Toshkent, “SHarq”, 1998.
3. Barkamol avlod orzusi. Sh. Qurbonov va b.tahr. ostida. Toshkent, “SHarq”, 1999.
4. Pedagogika. A.Q. Munavvarov tahriri ostida. Toshkent, “O’qituvchi”, 1996.
5. Tursunov I. va boshqalar. Pedagogika kursi. Toshkent, “O’qituvchi”, 1997.
6. Mavlonova R. va boshqalar. Pedagogika. Toshkent, “O’qituvchi”, 2001.
7. Hoshimov K. va boshqalar. Pedagogika tarixi. T., “O’qituvchi”, 2006. va b..
8. www.ziyonet.uz

1

Download 132,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish